13- seminar mavzusi
Astranomiyaning O’zbekistonda taraqiyoti.
1901 yildan 1911 yilgacha Zalesskiy Turkistonda og‘irlik tezlanishlari kuzatuvlarini olib boradi. U tomonidan 145 gravimetrik punkt aniqlanib, Turkistonda va qo‘shni rayonlarda 1901-1911 yillarda polkovnik Zalesskiy tomonidan aniqlangan gravimetrik punktlarning ro‘yxati. ishida bayon qilingan.
1900 yilda observatoriya mudirligi lavozimini polkovnik S.S.Kozlovskiy egallaydi. Xuddi shu yili seysmik yerto‘la qurilishi bitishi bilan u yerga Syolner-Repsold rusumidagi gorizontal mayatniklar o‘rnatildi va muntazam seysmik kuzatuvlar boshlab yuborildi, bu kuzatuvlar Kozlovskiy ishtiroqida observatoriyaning meteorologik qismi bo‘yicha mudir yordamchisi Ya.P.Gultyayev olib bordi.
1904 yili observatoriya mudiri lavozimini egallab turgan Kozlovskiyni polkovnik M.N.Osipov almashtiradi. U Zalesskiy bilan birga kator punktlarning uzunlamalarini telegraf orqali aniqlashtirishni tashkillashtirib bajaradi. Shuningdek, uning ikki yil (dekabr 1904-dekabr 1906) mobaynida Quyosh dog‘larni kuzatishga doir bir qator ishlarini aytib o‘tish lozim.
1908 yilda Gedeonov vafotidan so‘ng Osipov Turkiston harbiy topografik bo‘limi boshligi etib tayinlanadi, observatoriya mudirligini u polkovnik A.D.Davidovga topshiradi. Ikki yildan so‘ng, 1911 yilda observatoriya direktori lavozimidagi Davidovni polkovnik A.I.Auzan almashtiradi.
1909 yili Chorjo‘y kenglik stansiyasi eski joyini suv bosganligi tufayli yangi joyga-Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘iga ko‘chiriladi.
1895 yili astrofizik lavozimi ta’sis etilgandan beri o‘zgarmasdan kelayotgan observatoriyaning shtati 1911 yilda seysmolog lavozimi bilan to‘ldirildi, u lavozimni seysmik komissiya tavsiyasiga binoan G.V.Popov (1879-1939) egallaydi. Xuddi shu yili observatoriyada yer silkinishlarni qayd etish uchun akademik B.B.Golitsin ixtiro qilgan mayatniklaridan foydalanila boshlanadi.
1912 yilda ikkinchi darajali seysmik stansiyalar Samarqandda, Olma- Otada, O‘shda tashkil etiladi. 1913-15 yillarda observatoriyada geodezik ishlarda katta qiziqishni uyg‘otgan yonlama refraksiyaning tadqiqi o‘tkaziladi.
1915 yilda Auzan observatoriya mudirligini Zalesskiyga topshirib harakatdagi armiyaga ketib qoladi. 1916 yili Zalesskiy vafotidan so‘ng observatoriya mudirligini astrofizik Rozanov bajarib turdi. Shuni ta’qidlab o‘tish lozimki, xodimlarning kamligi uchun observatoriyaning ekspeditsion faoliyati mavjud doimiy asboblari (meridian doira, 6 dyuymli refraktor, normal astrograf va boshqalar)dan to‘liq foydalanishga imkon bermasdi, ularda faqat yorqin bir maqsad bilan bog‘lanmagan tasodifiy ishlar bajarilardi. Undan tashqari, tashkiliy masalalarni ko‘zlab bitta muassasada astronomik va geofizik tadqiqotlarni birlashtirish uning ishida maqsad sari intilishga to‘sqinlik qilar, turli kelishmovchiliklarga olib kelardi. 1912 yili Fanlar akademiyasi huzuridagi maxsus komissiyasida observatoriyani alohida astronomik va geofizik observatoriyalarga ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Komissiyaning bu masalada qabul qilgan qarori quyidagicha edi: bo‘lingan observatoriyaning astronomik qismi Harbiy boshqarma tasarrufida qolishi, fizik qismi esa Bosh fizik observatoriya tasarrufiga o‘tishi lozim edi. Lekin ajratish loyihasi 1914 yilda urush boshlanishi sababli amalga oshmay qoldi.
TAOning Oktabr to‘ntarishidan keyingi tarixi (1917 – 1966). Oktabr inqilobi davrida TAO yarim yopilish holatiga kelib qolgandi. Urush yillari dala-ekspeditsion ishlar batamom to‘xtagan edi. Observatoriya mudiri Auzanning armiyaga ketishi va Zalesskiyning vafoti o‘zi shundoq ham kam xodimlar sonini yanada qisqartirdi. 1919 yilda Chorjo‘y xalqaro kenglik stansiya o‘z ishini to‘xtatadi. Uning oxirgi kuzatuvchisi L.L.Matkevich (1878-1949) ilmiy asboblarni Toshkentga keltirib tashlaydi. 1918 yilda observatoriya mudiri lavozimiga uning eng eski xodimi Ya.P.Gultyayev saylandi. U observatoriyaning astronomik va geofizik observatoriyalarga ajratish choralarini qabul qildi, bu narsa 1922 yilda amalga oshdi. Astronomik observatoriya Turkiston respublikasining Xalq ta’limi komissariati tasarrufidagi mustaqil muassasaga aylandi. Lekin mutaxassislarning yo‘qligi ishning ketishini qiyinlashtirar, shuning uchun RSFSR va Turkiston respublikasi Narkompros (Xalq ta’limi komissarligi)lari kelishuvlariga binoan o‘sha yilning o‘zidayoq astronomik observatoriya filial sifatida Moskva astronomiya institutiga berildi, bu institutga keyinchalik professor V.G.Fesenkov (1889-1972) rahbarlik qilgan. Astronomiya instituti observatoriyaning ishini kuchaytirish maqsadida Toshkentga professor (keyinchalik SSSR FA haqiqiy a’zosi) M.F.Subbotinni (1890-1966) va yana bir nechta xodimlarni yuboradi. 25.09.1922 yilda Subbotin observatoriyaning direktori etib tayinlanadi, shu vaqtdan boshlab observatoriyaning faoliyati ancha oshadi. Birinchi navbatda normal astrograf ishini qayta tiklash zarur edi, unda xodimlar ko‘pgina tarqoq yulduzli to‘dalarning, ulardagi yulduzlarning xususiy harakatlarini o‘rganish uchun asos bo‘laoladigan tasvirlarini olishdi. Shuningdek, 1894-1904 yillarda Stratonov tomonidan olingan ayrim osmon sohalarining ikkinchi epoxa tasvirlari ham olindi. Bu kuzatuvlarga asoslanib Subbotin va P.A.Savitskiy NGC 7654 (M 52) yulduzli to‘da yulduzlarining hususiy harakati uchta katalogini tuzishdi va nashrdan chiqarishdi. Undan tashqari, Subbotin kichik sayyoralar, katta sayyoralar yo‘ldoshlarini va ayrim sporadik astronomik hodisalarning tasvirlarini olishni boshladi.
1924 yilda O‘zSSR tashkil etilganidan so‘ng astronomik observatoriya oldiga yangi masalalar qo‘yildi. 1925 yil oxirida observatoriya Moskva astronomiya instituti tasarrufidan chiqarilib O‘zSSR Xalq ta’limi komissarligiga o‘tkaziladi va qayta jihozlash hamda xodimlar sonini oshirish uchun mablag‘ ajratiladi. Respublikaning shiddat bilan rivojlanayotgan xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida uning ilmiy yo‘nalishlarini qayta qo‘rib chiqish zarurati tug‘ildi.
O‘rta Osiyoda astronomik-geodezik ishlarining rivoji astronomik kuzatuvlaridan soat tuzatmalarini aniqlash, yuqori aniqlikdagi soat mexanizmlari yordamida vaqtni saqlash va bu vaqtni radiotelegraf orqali ritmik signallar berish yo‘li bilan tarqatish kabi funksiyalarga ega vaqt laboratoriyasini tashkil etish zarurati tug‘ildi. 1926 yili ana shunday laboratoriyani tashkil etishga qaror qilindi. Uni tashkil etish keyingi yildan, professor A.N.Nefedev (1887-1929) Toshkentga kelgandan so‘ng boshlanib ketdi. Bu laboratoriya uchun passaj asbob, astronomik soat, xronograflar kabi jihozlar buyurtirildi; 1928 yili observatoriyani radiostansiya bilan birlashtiruvchi translyatsion tizim o‘rnatilishi tugallandi. 1928 yil aprelidan astronomik-geodezik, gravimetrik, seysmometrik va boshqa aniq ishlarda qo‘llaniladigan vaqtning ritmik signallari tarqatila boshlandi. Xuddi shu yili astronomik kuzatuvlaridan aniq vaqtni topadigan Bamberg firmasida ishlab chiqarilgan passaj asbob olindi. 1930 yilda laboratoriya Rifler soatlari va xronograflar bilan to‘ldirildi. Aytilayotgan davrda toshkentlik laboratoriya SSSR xududidagi davlatning aniq vaqtga bo‘lgan ehtiyojini qondiradigan ana shunday uchta laboratoriyalardan biri edi.
1919 yilda xalqaro Chorjo‘y kenglik stansiyasi o‘z ishini tugatgandan so‘ng Yaponiya (Mitsuzava) va Italiya (Karloforte) orasidagi uzunlama bo‘yicha katta uzilishni to‘ldirib turuvchi shunday stansiya yaratilishiga ehtiyoj sezildi. Subbotin faolligi tufayli stansiyani O‘zbekiston respublikasi xududida qurilishiga qaror qilindi. Barcha xalqaro kenglik stansiyalar 3908’ geografik kenglamada joylashgani uchun kenglik stansiya uchun joy O‘zbekiston xududida ana shu parallelda joylashgan aholi yashaydigan yagona punkti - Qashqadaryo viloyatidagi Kitob shahri yonidan tanlandi.
Uning birinchi direktori A.N.Nefedev rahbarligi ostida 1929 yili zenit-teleskop uchun pavilon va xodimlar uchun uy-joy qurildi. 1929 yil 15 mayda Nefedevning vafoti tufayli ishlar surilib qoldi va regulyar kuzatuvlarni 1930 yil noyabridan yangi direktor M.N.Stoilov boshlab yubordi.
Yangi laboratoriyalarni tashkil etish bilan bir qatorda M.F.Subbotin rahbarligidagi observatoriya jamoasi, jumladan, V.V.Sharonov (1901-1964), N.N.Sitinskaya, P.A.Savitskiy, G.P.Zaxarov regulyar kuzatuv hamda nazariy ishlarni olib borishdi.
1930 yilda Subbotin Pulkovo observatoriyasiga ishga o‘tib ketadi. Toshkentdagi ishni Sharonov hamda Sitinskaya ham tashlab ketishadi. Yangi direktor I.A.Teplov (1884-1954) Ya.P.Sukervanik (1903-1943), B.V.Kukarkin, N.F.Flor (1912-1941), V.A.Malsev (1903-1934) kabi yosh mutaxassislarni ishga jalb etadi.
1931 yili Quyosh tadqiqotlari bo‘yicha I Butunittifoq konferensiyasida O‘rta Osiyoda Quyosh faolligini muntazam kuzatuvlar olib borish uchun laboratoriya tashkil etish haqida taklif kiritildi, bunga binoan TAOda Quyoshning muntazam kuzatuvlari boshlandi, keyinchalik Ittifoqda eng yiriklardan biri bo‘lgan Yu.M.Slonim rahbarligidagi Quyosh Xizmati yaratildi.
1933-34 yillarda yangi joyda meridian doira uchun pavilon qurildi, 1935 yildan boshlab asbob doimiylarini tadqiq qilish maqsadida yulduzlarning sinov kuzatuvlari o‘tkazildi. Asbobni o‘rnatish, qayta jihozlashga doir barcha ishlari Pulkovo observatoriyasining bosh astronomi P.I.Yashnov hamda bu asbobdagi birinchi kuzatuvchisi V.Ye.Surovsev (1890- 1938) rrahbarligida qilindi.
1933 yil 1 oktabridan observatoriya O‘zSSR Markaziy Ijroiya Qumitasi qoshidagi fanlar Qumitasi tasarrufiga o‘tadi. Vaqt muammolari sohasidagi tadqiqotlar, Quyosh faolligini o‘rganish, meridian astrometriya uning ilmiy yo‘nalishini belgilab beruvchi asosiy muammolari bo‘lib qoldi. 1930 yildan sobiq meridian doira xonasida o‘rnatilgan passaj asbobda soat tuzatmalarini aniqlaydigan regulyar kuzatuvlar boshlab yuborildi. Ishchi soat bo‘lib simob uzgichiga ega 36-sonli Xovyu yulduz soati ishlatildi. Kuzatuvlardan tuzatmalar topilgandan so‘ng bu soat harorati jixatidan yaxshi himoyalanmagan xonada (haroratining yillik o‘zgarish amplitudasi 20ni tashkil etardi) joylashgan Rifler soati bilan taqqoslanardi, natijada soat uchun izotermik mukammalroq xona yaratish masalasi ko‘tarildi. Bosh bino bilan 6 dyuymli refraktor gumbazi oralarida joylashgan passaj asbob xonasi ham qoniqarsiz axvolda edi. Kuzatuv sharoitlarini yaxshilash uchun passaj asbobni biror binodan uzoqroqdagi yengil ochilib yopiladigan pavilonga o‘rnatish qaror qilindi. Short rusumidagi soat olinishi munosabati bilan chuqurligi 10 metrli vertikal shaxtadan iborat va shakli sakkiz qirrali xona bilan tugaydigan yerto‘la barpo etildi. U yerda harorat o‘zgarishining yillik amplitudasi 0,5 dan oshmasdi.
1933 yilda TAOning Vaqt Xizmati kontinentlar siljishi haqidagi Vegener gipotezasini tekshirish maqsadida o‘tkazilgan ikkinchi Xalqaro uzunlamalar muammolari konferensiya ishlarida ishtiroq etdi. 1934 yil maydan TAO passaj asbob kuzatuvlaridan geodezik yulduzlar katalogidagi yulduzlarning to‘gri bo‘yicha bir nechta observatoriyalar ishtiroq etgan kooperativ ishga kirishdi, bu ish 1939 yili tugadi. Katalogga 2957 yorqin yulduz kiritildi. Katalogni tuzishda N.V.Simmerman (1890-1942) rahbarligida, Ye.F.Shaposhnikova, L.L.Matkevich (1878-1949), V.P.Sheglov (1904-1985, akademik, 1943 yildan
O‘zSSR FA AI direktori) ishtirok etishdi. Shu bilan birga Ye.V.Surovsev passaj asbobda katta sayyoralarning to‘g‘ri chiqishlarini aniqlab bordi. 1935 yilda observatoriya qoshida mexanik ustaxona tashkil etiladi, unda asboblarni ta’mirlash ehtiyojlari qondiriladi, shuningdek, bu yerda bir qator astronomik asboblarning original konstruksiyalari ham yaratildi.
1937 yildan 1952 yilgacha professor L.Matkevich rahbarligi ostida FK3 tizimidagi 645 xira yulduz katalogini meridian asbobda kuzatishga doir katta ish qilindi. 1945 yildan xira yulduzlarning to‘g‘ri chiqishlarini absolyut usul bilan aniqlash ishlari boshlandi.
1940 yilda I.A.Teplov pedagogik ishga o‘tishi munosabati bilan TAOdagi ishni tashlaydi, 1941 yilgacha observatoriyaga G.A.Lange rahbarlik qiladi, uni Ya.P.Sukervanik (1903-1943) almashtiradi, 1941 yil avgustidan esa, direktor lavozimiga V.P.Sheglov tayinlanadi.
Ulug‘ Vatan urushi boshlanishi bilan vaqt laboratoriyasining ish ko‘lami oshdi. Bunga sabab shuki, GAISH (Shternberg nomidagi Davlat Astronomiya instituti) va SNIIGAiK (geodeziya, aerofotos’emka va kartografiya markaziy ilmiy-tekshirish instituti) Vaqt Xizmatlari o‘z ishlarini majburan to‘xtatganlari uchun Pulkovo Vaqt Xizmati ham o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi.
1941 yil avgustidan TAO Vaqt Xizmati ritmik signallarning bitta o‘rniga uchta seansini tarqata boshlaydi, noyabrdan esa ularning sonini sutkasiga 17ga yetkazadi. 1941 yil sentabridan 1945 yil mayigacha TAOda Leningraddan evakuatsiya qilingan SSSR FA haqiqiy a’zosi S.I.Belyavskiy (1883-1953) rahbarlik qilgan Bosh (Pulkovo) astronomik observatoriya (GAO) joylashadi. Shu vaqtning o‘zida Kitob xalqaro kenglik stansiyasida Simeiz astronomik observatoriyaning asosiy tarkibi joylashadi.
1941 yili TAOga Belyavskiy bilan birgalikda professorlar M.S.Eygenson, V.A.Krat, A.S.Vasilev (1868-1947), A.N.Deych, G.N.Neuymin (1885-1946); katta ilmiy xodimlar V.V.Lavdovskiy, O.A.Melnikov (1912- 1982, keyinchalik FA haqiqiy a’zosi), V.P.Vyazanitsin, Ye.F.Shaposhnikova, S.V.Nekrasova; kichik ilmiy xodimlar V.V.Zuykov, N.M.Rogozinskaya, N.V.Fatchixin; laborantlar N.M.Morin, Ye.M.Ivanova, A.K.Yakubovich, M.N.Neuymina va bir qator texnik xizmatchilar kelishgan edi. 1941 yildan 1942 yilgacha observatoriyaga ilmiy rahbar sifatida FA akademigi, GAO direktori A.A.Mixaylov (1888-1983) ishlagan.
GAO va TAO jamoalarning hamkorlikdagi ishi ancha unumli bo‘ldi. Har xafta GAO va TAO chorshanbalari. deb nom olgan Ilmiy kengashlarining birlashgan majlislari utkazilib, ularda astronomiya tarixi muammolariga, klassik astrometriya, astrofizika va kosmogoniya masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar qilinardi. Bu chorshanbalarda. Toshkentda bo‘lgan geodeziya, aerofotos’emka va kartografiya muxandislari Moskva instituti professorlari I.F.Polak, K.A.Svetkov, A.S.Chebotarev, mashhur matematik, SAGU professori V.I.Romanovskiy, SSSR FA haqiqiy a’zosi M.A.Shatelen (o‘z vaqtida radio ixtirochisi A.S.Popovning assistenti bo‘lgan) ishtirok etishardi.
Vsevolod
Vasilyevich Sharonov
|
Vasiliy Grigoryevich
Fesenkov
|
Mixail
Fyodorovich Subbotin
|
Grigoriy Nikolayevich Neuymin
|
Ular turli paytlarda Toshkent Astronomiya Observatoriyasida ishlab ketganlar
|
1963 yilda observatoriyaning yangi binosi va mexanik ustaxonasi qurildi. Unda barcha laboratoriyalar, kitob saqlash joyi bilan qiroatxonaga ega kutubxona, badiiy adabiyot kutubxonasi, majlislar zali, fotolaboratoriyalar, katta palomar atlasi. bilan ishlaydigan xona va boshqalar joylandi. Ikkinchi qavatdagi keng vestibyulida qadimgi tarixiy asboblar muzeyi joylashgan, undagi ayrim asboblar qimmatbaho deb hisoblanadi. Bulardan, masalan, birinchi navbatda, sobiq Ittifoqda yagona hisoblangan taglikli Jeyms Short reflektorining to‘liq ekzemplyari, o‘ta noyob va xozircha yagona nusxa deb hisoblangan londonlik usta Tanjeyt oktanti kabi asboblarni aytish mumkin. Shu yerning o‘zida observatoriya bunyod etilish paytida olingan birinchi asboblarning fragmentlari saqlanadi. Muzey eksponatlari vaqtni o‘lchash tarixini rivojlanishining barcha boqichlarida, ya’ni, yangi bino devoriga o‘rnatilgan Quyosh soatidan vaqt bo‘limidagi kvars soatlarigacha yaqqol kuzatish mumkin.
1966 – 2003 yillar. 1966 yili TAOga O‘zSSR FA Astronomiya instituti maqomi berildi. Institut tarkibida beshta bo‘lim (vaqt, meridian astrometriya, fotografik astrometriya, Quyosh fizikasi va o‘zgaruvchan yulduzlar bo‘limlari) hamda filial (Kitob xalqaro kenglik stansiyasi) tasdiqlandi.
Observatoriyaning kutubxonasi 1890 yildan to‘ldirila boshlangan. Unda sobiq SSSRda mavjud va 1690 yilda chiqqan Ya.Geveliy qalamiga mansub Astronomiya boshlanishi. kitobining uchta asl nusxalaridan biri saqlanadi. Bu kitob O‘z FA AI tomonidan 1968 va 1970 yillarda nashr etilgan Ya.Geveliyning Yulduzli osmon atlasi.ga asos bo‘laoldi.
1971 yilda Toshkentda SSSR FAning umumiy fizika va astronomiya bo‘limi O‘zSSR FAning fizik-texnika va matematika fanlari bo‘limi bilan hamkorlikdagi ilmiy sessiya bo‘lib o‘tdi.
1974 yili TAOning 100-yilligi nishonlandi. Astronomiya sohasidagi erishgan yutuqlari evaziga institut bir qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. U davriga kelib institutda ikkita fan doktori va o‘n oltita fan nomzodi mehnat qilishardi, ularning ko‘pchiligi tub axolidan chiqqan mutaxassislar: Yu.M.Slonim, V.S.Shevchenko, A.A.Latipov, A.G.Raximov, O.S.Tursunov, I.S.Sattorov, A.S.Ho‘jayev, Sh.Primqulov, A.Sodiqov, E.A.Sanaqulov, M.M.Zakirov va boshqalardir.
1986 yildan 1995 yilga qadar Astronomiya institutiga akademik T.S.Yo‘ldoshboyev rahbarlik qiladi.
Mahalliy aholidan chiqqan astronom mutaxassislardan tashqari institutga Rossiya va boshqa yerdagi universitetlarini muvaffaqiyatli bitirgan yoshlar va nomdor mutaxassislar, masalan, V.S.Shevchenko ham ishga jalb qilindi. Shuningdek, 2003 yilga kelib institutda Milliy Universitetining astronomiya yo‘nalishini bitirgan bir qancha yoshlar ishlay boshladi. 1996 yildan boshlab institutga ajoyib olim, mohir pedagog Shuhrat Abdumannopovich Egamberdiyev rahbar etib tayinlandi. Shunday qilib, o‘sha davrga kelib, institutda beshta fan doktori mavjud bo‘lib, bir qator xodimlar doktoranturada tayyorgarlik ko‘rishgan edi. Bu vaqtga kelib o‘zgaruvchan yulduzlar, Quyosh fizikasi, galaktik astronomiya va kosmogoniya va boshqa bo‘limlar ishlab turibdi. Institut bir qator respublika va xalqaro miqyosidagi grantlarga ega, bir qancha chet davlatlar, chunonchi, Germaniya, Amerika, Ukraina, Rossiya, Koreya davlatlari bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borishmoqda.
Institutda ko‘p yillardan beri Quyosh va Quyoshda sodir etiladigan jarayonlar kuzatuvlari olib borilmoqda. Bu tadqiqotlar bilan Quyosh fizikasi bo‘limi (rahbar - prof. Sh.A.Egamberdiyev) shug‘ullanadi. Ularning tadqiqotlari kuzatuvning yangi yo‘nalishi - Quyosh gelioseysmologiyasiga bag‘ishlanadi. Bu tadqiqotlar ikkita xalqaro gelioseysmologik grantlar: IRIS (International Research on the Interior of the Sun) va TON (Taiwan Oscillation Network) doirasida olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |