Buxoro – 2021
Fan/modul kodi
FAT1206
|
O‘quv yili 2021/2022
|
Semestr
2
|
ECTS – Kreditlar
6
|
Fan /modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
6
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Fizika va astranomiya tarixi
|
54
|
66
|
120
|
2.
|
Fanning mazmuni
Fizika va astranomiya tarixi fanning asosiy maqsadi - fizika va astranomiya sohasida kashf etilgan qonuniyatlarni o’rganish va shunungdek mazkur faning rivojlanish tarixi haqida talabalar ongida ko’nikmalar hosil qilishdan iborat . Fan tarixining asosiy vazifasi fanning rivojlanishini boshqaruvchi qonuniyatlarini topishdan iborat. Fanning rivojlanishi jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi uchun fanning rivojlanishin o‘rganish jamiyat qonunlarini o‘rganish bilan birga boradi. Fizika tarixi fani bu fan haqidagi fandir. Fizika tarixini bilishdan oldin talabalar fanni, undagi qonuniyatlarni yaxshi bilishlari talab etiladi. Shu bilan birgalikda fan talabalarni fikrlash doirasini rivojlantirish va g‘oyaviy tarbiyalash vazifalarni ham bajarish kerak.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Fizika tarixi fani o’quv jarayonining 1-semestrida o’qitiladi. Fanni o’rganish boshqa fanlar bilan birinchi navbatda, tabiatshunoslik fani tarixi bilan, kishilik jamiyati taraqqiyoti fani tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Shu bilan birga. Bu fanni o’rganishda fanlarning falsafiy masalalari, O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi, hozirgi zamon fizikasi va astronomiyasi yo’nalishlari haqidagi manbalar ham muhim o’rin tutadi. Bundan tashqari umumiy fizika kursi barcha qismlaridan etarli bilimga ega bo’lishni ham taqozo etadi.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Fizika va astronomiya tarixi faniga kirish. Fizika fani taraqqiyoti davrlari. Qadimiy sharq davlatlari- Bobil, Mesopotamiya, Xitoy, Xindiston va Misrda fan va stivilizatsiyani paydo bo’lishi hamda rivojlanishi.
2-mavzu. Antik davr fizikasi. Olamning moddiy asosi. Qadimgi dunyo kosmologiyasi.
3-mavzu. O’rta asr sharq, arab mamlakatlarida fizikaning rivojlanishi. lmiy nujum rasadxonasi va u yerda bajarilgan ilmiy tadqiqotlar. Sharq allomalarining tabbiy fanlar rivojiga qo’shgan xissasi. Ilmiy maktab va akademiyalarning tashkil topishi. Sharqning fan akademiyalari va dorulfununlari. Ilmiy markaz va maktablarning paydo bo’lishlari. Ulug’bekning Samarqanddagi ilmiy maktabi va akademiyasi. O’rta asrda musulmon sharqida fizika-matematika fanlarining rivojlanishi. Katta ahamiyatga ega bo’lgan zijlarning paydo bo’lishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |