Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

Umarali NORMATOV,
filologiya fanlari doktori, professor
MUNAQQID JASORATI
(Ozod Sh
arafiddinov tavalludining 90 yilligiga)
kechdi. Tanqid chin iste’dodni, chin san’at asa-
rini, go‘zallik ni kashf etishdek bosh vazifasidan 
cheki
nib g‘oyaviy-sinfiy, siyosiy dema gogiya 
yo‘liga tushib oldi. Yangi o‘zbek ada biyotida 
paydo bo‘lgan noyob iste’dodlarni, noyob 
san’at durdonalari – Cho‘lpon, Oybek, Usmon 
Nosir, Hamid Olimjon lirikasini, “O‘tkan kunlar”, 
“Mehrobdan chayon”, “Sarob”, keyinroq, “Qutlug‘ qon”, 
“Navoiy”, “Jaloliddin” singari asarlarni kitobxon bayramdek 
xush qabul qildi, ammo johil tanqid ularni “nayza” ko‘tar-
ib qarshi oldi; barchasi ur-kaltak qilinib, ular ustidan siyo
-
siy hukmlar o‘qildi. Bu xil jabrdiydalarni himoya qilish o‘ta 
xatarli edi o‘sha kez lari. 30-yillarda bu mudhish siyosatga 
qarshi buyuk siy mo Oybek “Tanqid sohasida savodsizlik 
va ur-yiqitchilikka qarshi o‘t ochaylik!” deya hayqiriq bilan 
chiqdi. Ammo u ning na’rasini eshitadigan bir zot topil-
madi. Aksincha, jasur adibning o‘zi “ur-kaltakchi”larning 
hamlasiga duchor bo‘ldi. Bu jazava goh ko‘tarilib, goh 
biroz yumshab, o‘tgan asr o‘rtalariga qadar davom etdi. 
Shu tariqa, ayrim istisnolarni, masalan, H.Yoqubov va 
A.Alimuhammedovning ba’zi maqolalarini hisobga olma-
ganda, adabiy tanqid o‘ttiz yil davomida zimmadagi bosh 
vazifasini ado etolmadi, asosan, chin iste’dodlar, asl asar-
lar sha’nini toptab, qatag‘onlar “tegirmoni”ga ashyo tayyor-
lab berish bilan band bo‘ldi.
Mustabid hukmdor vafotidan keyin jamiyat ma’naviy 
hayotida yuz bergan o‘zgarish, nisbiy iliqlik, erkinlik 
shabadalari ta’sirida milliy adabiyotimiz rivojida boshlan-
gan yangi to‘lqin, yangi avlod ijodkorlari safida munaqqid 
Ozod Sharafiddinov ham bor edi. Yosh munaqqid ana shu 
to‘lqinning oldingi safida bordi, birinchi qadamlaridanoq 
so‘z san’atidagi sog‘lom kuchlar, asl asarlar, umidbaxsh 
tamoyillarning, navqiron iste’dodlarning kashfiyotchisi 
va himoyachisi sifatida tanildi. Uning “Lirika haqida mu
-
lohazalar”, “Zamon – qalb – poeziya”, “Nihollar” maqo-
lalari she’riyatni, adabiy jarayonni yangicha anglash, 
idrok va talqin etishning yorqin namunalari edi. Munaqqid 
adabiyotimiz osmonida mitti yulduzlar – Erkin Vohidov, 
Abdulla Oripovlar paydo bo‘lganida, bu istiqboli porloq 
chin iste’dodlarni ilk bor kashf etdi, ularni yangi ijodiy par-
vozlarga undadi. Ustoz va safdoshlari – Abdulla Qahhor, 
Zulfiya, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Shuhrat, Said 
Ahmad, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, 
O‘tkir Hoshimov kabi davrning peshqadam adiblari qalami 
ostidan chiqqan deyarli har bir yangi asar Ozod aka nigo-
hidan o‘tib, dunyo yuzini ko‘rar, matbuotda bu sinchkov 
munaqqidning odilona bahosini olar edi. Mana shu jara-
yon munaqqidning vafotiga qadar davom etdi. Yarim asr 
mobaynida milliy adabiyotimiz bo‘stonida paydo bo‘lgan 
birorta yorqin asar uning e’tiboridan chetda qolgan emas.
Adabiy 
taqvim


24
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Adabiy taqvim
Shu bilan birga munaqqid ustozi Abdulla Qahhordan 
ruhlanib, adabiyotdagi xalturaga, o‘rtamiyonachilikka qar-
shi mardona kurash olib bordi. O‘tgan asrning 40–50-yil-
larida keng tarqalgan o‘ta siyosatlashgan, nuqul tuzum 
mafkurasi targ‘ibotiga qaratilgan quruq ritorika, va’zxon-
likdan iborat “she’riyat”ning avra-astarini ochib tashladi, 
ulardan ko‘plab namunalar keltirib, “She’rmi shu asarlar, 
poeziya bormi ularda?” degan keskin savolni qo‘yadi va 
teran ilmiy tahlil, rad etish mumkin bo‘lmagan dalil va man-
tiq asosida “Yo‘q!” deya javob bera oldi. 50-yillar sharoiti-
da bunday fikrni aytish mislsiz jasorat edi. Chunki keskin 
tanqid ostiga olingan “she’rlar” mualliflari uncha-muncha 
havaskor qalamkash emas, davrning dongdor shoirlari edi-
lar, buning ustiga, ularning tanqid ostiga olingan she’rlari 
“g‘oyaviy jihatdan” siyosatga to‘la mos edi. O‘zining bu 
ijodiy prinsipiga ham munaqqid umrining oxiriga qadar 
sodiq qoldi. Dabdabali nomlar bilan atalgan, jimjimador 
tashbehlar bilan to‘lib-toshgan mag‘zi puch asarlarning 
asl basharasini ochib ko‘rsatishda davom etdi. Ehtimol, u 
ayrim hollarda bahoni oshiribroq yuborgandir, ammo eng 
muhimi, butun faoliyati davomida bu ulug‘ olim birorta ham 
chin iste’dod bilan bitilgan asl asarni ayovsiz tanqid ostiga 
olgan emas. Birorta ham yorqin iste’dod sha’niga tegadi-
gan so‘z aytgani yo‘q. Uning munaqqid sifatidagi eng katta 
baxti, omadi ana shunda. Munaqqidning “Zamon – qalb 
– poeziya”dan keyingi o‘zi uchun eng ardoqli so‘nggi ki-
tobi “Ijodni anglash baxti” deb atalishi bejiz emas. Ustoz 
ayni shu xil noyob fazilatlari tufayli ijod ahli qalbiga yo‘l 
topdi, uzoq yillar yozuvchi bilan tanqidchi o‘rtasida g‘ov 
bo‘lib kelgan “beton devor”ni qo‘porib tashladi, yozuv-
chi bilan munaqqid bir-birini tushunib, anglab, bir-birini 
e’zoz lab yashashi, bir tilda so‘zlashishi mumkin ekanligini 
amalda ko‘rsatdi. Shu tariqa u ham ustoz, ham tengdosh, 
ham yosh qalamkashlar ardog‘iga birdek sazovor bo‘ldi. 
Munaqqidning nomi mo‘tabar adiblarimiz qatorida tilga 
olinadigan bo‘ldi. Uning ayni shu xizmatlari tufayli adabiy 
tanqidchiligimiz martabasi yuksaklikka ko‘tarildi.
Zamonaviy adabiy jarayon tadqiqi bilan barobar, us-
tozning XX asr o‘zbek adabiyotining mustabid adabiy siyo-
sat tufayli toptalgan tarixini tiklash, qatag‘on qilingan adiblar 
merosini xalqqa qaytarish, xususan, Cho‘lponni yuzaga 
chiqarish yo‘lidagi jonbozliklari ayni ilmiy-ijodiy jasoratning 
chin namunasidir. Bu yo‘lda u o‘ttiz yil betinim kurash olib 
bordi, nihoyat, istiqlol shabadalari esa boshlagan pallaga 
kelib, ezgu umidlari ushala boshladi; uning rahbarligida 
Cho‘lponning avval bir jildli, so‘ng uch jildli asarlari nashrga 
tayyorlandi, Cho‘lpon ijodi bo‘yicha yozilgan ilk dissertatsi-
yalarga rahbarlik qildi, nihoyat, qator tadqiqotlar, xususan, 
“Cho‘lponni anglash” deb atalgan ham tadqiqot, ham dos-
ton deb atashga loyiq ajoyib asar yaratdi.
Jahon adabiy-tanqidiy tafakkuri yangiliklaridan munta
-
zam xabardor, hech qanaqa qoliplarni tan olmaydigan, 
chin ma’nodagi erkin, ozod ijodkorning betakror, o‘ziga 
xos jo‘shqin va latif ovozi, uslubi, ifoda tarzi ham tan-
qidchiligimizda noyob hodisadir. Adabiyotshunos olim, 
ayniqsa, so‘nggi yillar ijodida ilmiy tafakkur bilan badiiy 
ijodkorlik ni mohirona uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 
Ayni shu yo‘nalishda bitilgan qator badia-esselari xuddi 
yetuk badiiy asardek shavq bilan o‘qiladi. Ustozning istiqlol 
g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi jonbozligi, jamoat 
arbobi, “Jahon adabiyoti” bosh muharriri sifatida amalga 
oshirgan ishlari ham ma’naviy jasoratning yorqin namu-
nalaridir. Uning bevosita muharrirligida chiqqan “Jahon 
adabiyoti” jurnalining 100 ta soni, adabiy jamoatchilik 
e’tirof etganidek, butun boshli universitet bajarishi mumkin 
bo‘lgan ulkan vazifani ado etdi. Uning tarjimonlik faoliyati 
ham ardoqqa loyiq.
Ma’lumki, istiqlol arafasida respublikamizning yangi 
rahbariyati tashabbusi bilan adabiy ta’limni tubdan yangi-
lash harakati boshlangan edi. Ayni shu maqsadda tuzil-
gan ishchi guruhning XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi bilan 
shug‘ullanuvchi a’zolari – O.Sharafiddinov, N.Karimov, 
B.Nazarov, Q.Yo‘ldoshev va kamina zimmasiga g‘oyat jid
-
diy va mas’uliyatli vazifa yuklatilgan edi. Sho‘ro siyosati tu-
fayli adabiyot tarixidan o‘chirilgan Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat 
singari ulug‘ siymolarning sha’nini tiklash, shuning baro-
barida bundan-da mushkulroq masalani hal etish – “sho‘ro 
adiblari”, “sotsrealizm” namoyandalari, tabiiyki, ular ro‘yxa-
ti boshida turgan Hamza ijodiy merosini sho‘roviy talqin
-
lardan tozalab, bor holicha o‘quvchilarga yetkazish lozim 
edi. Bunda ustoz Ozod Sharafiddinovning maslahatlari 
hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Adabiyotshunos olimning 
Hamzaning ijodiy taqdiri haqidagi “Istibdod qurboni” maqo
-
lasi ulkan shoir va dramaturgning milliy adabiyotimiz tari-
xidagi haqiqiy o‘rnini belgilash yo‘lida dadil qadam bo‘ldi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, adabiyotshunos olim-
ning salkam o‘ttiz besh yillik faoliyati sho‘ro zamonida 
kechdi. Garchi u o‘sha yillari davr tazyiqi va ta’qiblarini 
mardona yengib o‘ta olgan bo‘lsa-da, o‘sha kezlari yarat-
gan asarlarida zamon asoratlari qandaydir ko‘rinishda 
o‘z zuhurini qoldirgan. Ijodkor odam uchun o‘z aybini tan 
olish, undan ibratli saboqlar chiqarish ham savob ish. 
Aslida o‘zlikni ang lash ham ijodkor uchun ulkan baxt. 
O‘zini anglamay turib, o‘zgalarni anglash mumkin emas. 
Bu borada ham ustoz hamkasb tengdoshlari uchun ibrat 
bo‘larli jasorat ko‘rsata oldi. “E’tiqodimni nega o‘zgartirdim” 
badiasi bu ning yorqin isbotidir.
Xulosa shuki, bu tabarruk siymo ozod mamlakatning 
chin farzandi, qahramoni sifatida murakkab va sharaf-
li yo‘lni bosib o‘tdi, zabardast munaqqid sifatida zimma-
sidagi buyuk missiyani to‘la-to‘kis ado etishga muyassar 
bo‘ldi. Shunisi quvonarliki, istiqlol yillarida uning millat, 
milliy ma’naviyatimiz, adabiyotimiz oldidagi buyuk xizmat-
lari munosib taqdirlandi, hayotlik chog‘ida O‘zbekiston 
Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, vafotidan keyin ham 
u xuddi tirikligidagidek el-yurtning ardog‘ida. “Ijodni ang-
lash baxti”, “Dovondagi o‘ylar” kitoblarining Respublika 
Davlat mukofotiga sazovor bo‘lishi, olim tug‘ilgan kunning 
mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanayotgani shu 
ehtiromning mantiqiy davomidir.

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish