24
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Adabiy taqvim
Shu bilan birga munaqqid ustozi Abdulla Qahhordan
ruhlanib, adabiyotdagi xalturaga, o‘rtamiyonachilikka qar-
shi mardona kurash olib bordi. O‘tgan asrning 40–50-yil-
larida keng tarqalgan o‘ta siyosatlashgan, nuqul tuzum
mafkurasi targ‘ibotiga qaratilgan quruq ritorika, va’zxon-
likdan iborat “she’riyat”ning avra-astarini ochib tashladi,
ulardan ko‘plab
namunalar keltirib, “She’rmi shu asarlar,
poeziya bormi ularda?” degan keskin savolni qo‘yadi va
teran ilmiy tahlil, rad etish mumkin bo‘lmagan dalil va man-
tiq asosida “Yo‘q!” deya javob bera oldi. 50-yillar sharoiti-
da bunday fikrni aytish mislsiz jasorat edi. Chunki keskin
tanqid ostiga olingan “she’rlar” mualliflari uncha-muncha
havaskor qalamkash emas, davrning dongdor shoirlari edi-
lar, buning ustiga, ularning tanqid ostiga olingan she’rlari
“g‘oyaviy jihatdan” siyosatga to‘la mos edi. O‘zining bu
ijodiy prinsipiga ham munaqqid umrining oxiriga qadar
sodiq qoldi. Dabdabali nomlar bilan atalgan, jimjimador
tashbehlar bilan to‘lib-toshgan mag‘zi puch asarlarning
asl basharasini ochib ko‘rsatishda davom etdi. Ehtimol, u
ayrim hollarda bahoni oshiribroq yuborgandir, ammo eng
muhimi, butun faoliyati davomida bu ulug‘ olim birorta ham
chin iste’dod bilan bitilgan asl asarni
ayovsiz tanqid ostiga
olgan emas. Birorta ham yorqin iste’dod sha’niga tegadi-
gan so‘z aytgani yo‘q. Uning munaqqid sifatidagi eng katta
baxti, omadi ana shunda. Munaqqidning “Zamon – qalb
– poeziya”dan keyingi o‘zi uchun eng ardoqli so‘nggi ki-
tobi “Ijodni anglash baxti” deb atalishi bejiz emas. Ustoz
ayni shu xil noyob fazilatlari tufayli ijod ahli qalbiga yo‘l
topdi, uzoq yillar yozuvchi bilan tanqidchi o‘rtasida g‘ov
bo‘lib kelgan “beton devor”ni qo‘porib tashladi, yozuv-
chi bilan munaqqid bir-birini tushunib, anglab, bir-birini
e’zoz lab yashashi, bir tilda so‘zlashishi mumkin ekanligini
amalda ko‘rsatdi. Shu tariqa u ham ustoz, ham tengdosh,
ham yosh qalamkashlar ardog‘iga birdek sazovor bo‘ldi.
Munaqqidning nomi mo‘tabar adiblarimiz qatorida tilga
olinadigan bo‘ldi. Uning ayni shu xizmatlari tufayli adabiy
tanqidchiligimiz martabasi yuksaklikka ko‘tarildi.
Zamonaviy adabiy jarayon tadqiqi bilan barobar, us-
tozning XX asr o‘zbek adabiyotining
mustabid adabiy siyo-
sat tufayli toptalgan tarixini tiklash, qatag‘on qilingan adiblar
merosini xalqqa qaytarish, xususan, Cho‘lponni yuzaga
chiqarish yo‘lidagi jonbozliklari ayni ilmiy-ijodiy jasoratning
chin namunasidir. Bu yo‘lda u o‘ttiz yil betinim kurash olib
bordi, nihoyat, istiqlol shabadalari esa boshlagan pallaga
kelib, ezgu umidlari ushala boshladi; uning rahbarligida
Cho‘lponning avval bir jildli, so‘ng uch jildli asarlari nashrga
tayyorlandi, Cho‘lpon ijodi bo‘yicha yozilgan ilk dissertatsi-
yalarga rahbarlik qildi, nihoyat, qator tadqiqotlar, xususan,
“Cho‘lponni anglash” deb atalgan ham tadqiqot, ham dos-
ton deb atashga loyiq ajoyib asar yaratdi.
Jahon adabiy-tanqidiy tafakkuri yangiliklaridan munta
-
zam
xabardor, hech qanaqa qoliplarni tan olmaydigan,
chin ma’nodagi erkin, ozod ijodkorning betakror, o‘ziga
xos jo‘shqin va latif ovozi, uslubi, ifoda tarzi ham tan-
qidchiligimizda noyob hodisadir. Adabiyotshunos olim,
ayniqsa, so‘nggi yillar ijodida ilmiy tafakkur bilan badiiy
ijodkorlik ni mohirona uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayni shu yo‘nalishda bitilgan qator badia-esselari xuddi
yetuk badiiy asardek shavq bilan o‘qiladi. Ustozning istiqlol
g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi jonbozligi, jamoat
arbobi, “Jahon adabiyoti” bosh muharriri sifatida amalga
oshirgan ishlari ham ma’naviy jasoratning yorqin namu-
nalaridir. Uning bevosita muharrirligida chiqqan “Jahon
adabiyoti” jurnalining 100 ta soni, adabiy jamoatchilik
e’tirof etganidek, butun boshli universitet bajarishi mumkin
bo‘lgan ulkan vazifani ado etdi.
Uning tarjimonlik faoliyati
ham ardoqqa loyiq.
Ma’lumki, istiqlol arafasida respublikamizning yangi
rahbariyati tashabbusi bilan adabiy ta’limni tubdan yangi-
lash harakati boshlangan edi. Ayni shu maqsadda tuzil-
gan ishchi guruhning XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi bilan
shug‘ullanuvchi a’zolari – O.Sharafiddinov, N.Karimov,
B.Nazarov, Q.Yo‘ldoshev va kamina zimmasiga g‘oyat jid
-
diy va mas’uliyatli vazifa yuklatilgan edi. Sho‘ro siyosati tu-
fayli adabiyot tarixidan o‘chirilgan Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat
singari ulug‘ siymolarning sha’nini tiklash, shuning baro-
barida bundan-da mushkulroq masalani hal etish – “sho‘ro
adiblari”, “sotsrealizm” namoyandalari, tabiiyki, ular ro‘yxa-
ti boshida turgan Hamza ijodiy merosini sho‘roviy talqin
-
lardan tozalab, bor holicha o‘quvchilarga yetkazish lozim
edi. Bunda ustoz Ozod Sharafiddinovning maslahatlari
hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Adabiyotshunos olimning
Hamzaning ijodiy taqdiri haqidagi “Istibdod qurboni” maqo
-
lasi ulkan shoir va dramaturgning milliy adabiyotimiz tari-
xidagi haqiqiy o‘rnini belgilash yo‘lida dadil qadam bo‘ldi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, adabiyotshunos olim-
ning salkam o‘ttiz besh yillik faoliyati sho‘ro zamonida
kechdi. Garchi u o‘sha yillari davr tazyiqi va ta’qiblarini
mardona yengib o‘ta olgan bo‘lsa-da, o‘sha kezlari yarat-
gan asarlarida zamon asoratlari qandaydir ko‘rinishda
o‘z zuhurini qoldirgan. Ijodkor odam uchun o‘z aybini tan
olish, undan ibratli saboqlar chiqarish ham savob ish.
Aslida o‘zlikni ang lash ham ijodkor uchun ulkan baxt.
O‘zini anglamay turib, o‘zgalarni anglash mumkin emas.
Bu borada ham ustoz hamkasb
tengdoshlari uchun ibrat
bo‘larli jasorat ko‘rsata oldi. “E’tiqodimni nega o‘zgartirdim”
badiasi bu ning yorqin isbotidir.
Xulosa shuki, bu tabarruk siymo ozod mamlakatning
chin farzandi, qahramoni sifatida murakkab va sharaf-
li yo‘lni bosib o‘tdi, zabardast munaqqid sifatida zimma-
sidagi buyuk missiyani to‘la-to‘kis ado etishga muyassar
bo‘ldi. Shunisi quvonarliki, istiqlol yillarida uning millat,
milliy ma’naviyatimiz, adabiyotimiz oldidagi buyuk xizmat-
lari munosib taqdirlandi, hayotlik chog‘ida O‘zbekiston
Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, vafotidan keyin ham
u xuddi tirikligidagidek el-yurtning ardog‘ida. “Ijodni ang-
lash baxti”, “Dovondagi o‘ylar” kitoblarining Respublika
Davlat mukofotiga sazovor bo‘lishi, olim tug‘ilgan kunning
mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanayotgani shu
ehtiromning mantiqiy davomidir.
Do'stlaringiz bilan baham: