Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

Emas
 
to‘liqsiz fe’li ham inkorni ifodalovchi maxsus 
leksik vosita hisoblanadi. Inkor ma’nosining ifodalanishida 
emas
yordamchisi keng qo‘llaniladi. Bu yordamchi o‘ziga 
xos ma’no nozikligi va ayrim xususiyatlari bilan bo‘lish-
sizlik ko‘rsatkichi bo‘lgan 
-ma
affiksidan quyidagicha 
farqlanadi: 
-ma
affiksi faqat harakatning inkorini bildirsa, 
emas
to‘liqsiz fe’li narsa-hodisa, belgi yoki harakatning 
ham inkorini ifodalaydi: 
kitob emas, yaxshi emas, besh
-
ta­emas,­o‘qigan­emas.­­-ma
affiksi bilan 
emas
to‘liqsiz 
fe’lini ko‘pincha almashtirib qo‘llash mumkin: 
o‘qimagan – 
o‘qigan emas
. Ammo 
o‘qimayotgan talaba, yozmay qo‘ydi
kabi birikmalarda 
-ma
affiksining o‘rniga 
emas
to‘liqsiz 
Umid XO‘JAMQULOV,
filologiya fanlari nomzodi;
Abdishukur SHOFQOROV, 
filologiya fanlari nomzodi
“BOR”NING INKORI VA “YO‘Q”NING TASDIG‘I HAQIDA 
MULOHAZALAR
yoxud tildagi inkor shakllarining ma’no tovlanishlari 
fe’lini qo‘yib bo‘lmaydi. 
Inkor ma’nosini bildiruvchi 
yo‘q
yordamchisi 
bor
so‘zi-
ning antonimi bo‘lib, inkor uning leksik ma’nosi hisoblana-
di. Bu so‘z til taraqqiyotining ma’lum davrlarida faqat pred-
metning mavjud emasligini bildirgan. Keyinchalik esa fe’l 
bilan birikib, ish-harakatning inkorini bildirish ma’nosida 
ham qo‘llana boshlagan. 
Yo‘q
yordamchisining qo‘llanish 
doirasi 
-ma­
affiksi va 
emas
to‘liqsiz fe’liga nisbatan ham 
ancha chegaralangan. Bu so‘z faqat 
-gan
va 
-yot+gan
affikslari yordamida yasaluvchi o‘tgan zamon va hozirgi 
zamon fe’llarining inkor shaklini hosil qilish uchungina 
qo‘llana oladi: 
o‘qigani yo‘q, o‘qiyotgani yo‘q 
kabi.
Na
yordamchisi ham inkorni bildiruvchi leksik vosita 
sifatida tilimizda mavjud. Bu vosita takror holda qo‘llanishi 
bilan xarakterlanadi. 
Inkor ma’nosini bildiruvchi ushbu vositalar o‘zaro 
solish tirilganda, ularning o‘rtasida ma’no nozikliklariga 
ko‘ra muayyan farqlar mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Bu 
farqlar quyidagicha:
1
)­-ma
affiksi faqat ish-harakatga nisbatan inkorni ifo-
dalashi bilan ajralib turadi. Qolgan inkor shakllar esa ham 
ish-harakatga, ham belgi-xususiyatga, ham narsa-hodisa-
ga nisbatan inkorni ifodalay oladi;
2)
-ma
affiksi ko‘makchi fe’lli birikmalarda yetakchi
fe’lga ham, ko‘makchi fe’lga ham yoki har ikkalasiga ham 
qo‘shilib kelishi mumkin. Bu uchala shakl ma’no tovlanish-
lari bilan farq qiladi:
a) bo‘lishsizlik qo‘shimchasi yetakchi fe’lga qo‘shilgan
-
da yetakchi fe’l ifodalayotgan ma’no inkor etiladi va bu 
ish-harakat davomiylikda sodir bo‘layotganligi anglashila-
di: 
aytmay qo‘ydi;
b) agar bo‘lishsizlik qo‘shimchasi ko‘makchi fe’lga
qo‘shilsa, ko‘makchi fe’l anglatgan ma’no inkor etiladi va 
tasodifan, beixtiyor yuz beradigan ish-harakatni ifodalay-
di: 
aytib qo‘yma;
d) bo‘lishsizlik qo‘shimchasi ham yetakchi, ham
ko‘makchi fe’l tarkibida kelsa, inkorni emas, balki tas-
diqni ifodalaydi: 
aytmay qo‘ymadi.
Bunday hollarda tas-
diq ma’nosi ta’kidlanib, mazmunga qat’iy tus beriladi, ish-
harakat ma’lum qarshiliklarga qaramay bajaruvchining 
xohishi, intilishi natijasida sodir bo‘lganligini anglatadi. 
Solishtiring:
 aytdi – aytmay qo‘ymadi, boradi – bormay 
qo‘ymaydi;
3)
na
yordamchisi vositasida hosil bo‘lgan yasalmalar-
da boshqa shakllar vositasida hosil bo‘lgan yasalmalarga 
nisbatan inkor shakli kuchliroq ta’kidlanadi. Qiyoslang:
 na 
o‘qiydi, na yozadi – o‘qimaydi, yozmaydi;
4) inkor shakllarining qo‘shaloq qo‘llanishi, odatda,
tasdiqni ifodalaydi. Masalan, 
-ma
affiksi 
emas
to‘liqsiz 


26
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
fe’li bilan birgalikda kelganda tasdiq ma’nosi ifodalanadi: 
o‘qimagan emas (o‘qigan), yozmagan emas (yozgan).
Bunday shakllar nutq jarayonida suhbatdoshning fikrini, 
ya’ni uning inkor gapini inkor etish uchun ishlatiladi va tas-
diqni ifodalaydi. Bunday hollarda, odatda, bir suhbatdosh-
ning aytgan gapi ikkinchi suhbatdosh tomonidan aynan 
takrorlanadi va undan so‘ng 
emas 
to‘liqsiz fe’li keladi.

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish