veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
23
2019-yil bahor ayyomida tavalludining 90
yilligi nishonlanadigan Ozod Sharafiddinov
yarim asrlik mehnat va ijod faoliyati davomida
muallim-murabbiy, munaqqid, publitsist, tarji-
mon, muharrir sifatida millat ma’naviy-madaniy
hayotida yorqin iz qoldirdi. Birinchi Prezidentimiz
aytganlariday, u hayotda ham, ijodda ham o‘zi-
ning haqqoniy so‘zi, iroda va matonati bilan yurtdoshla-
rimiz, avvalambor, yoshlari miz uchun ibrat namunasiga
aylangan edi.
U kishining mustaqillik yillarida, ayniqsa, og‘ir xastalik-
ka chalingan kezlaridagi ijodiy shijoati tarixda kam uchray-
digan noyob hodisa. Shu yillar davomida yaratgan asar-
larining o‘zi yarim asrlik boy ijodiy merosining uchdan ikki
qismini tashkil etadi. Yana bir xarakterli jihati, dard bilan
olishuvlar asnosida qog‘ozga tushirgan bitiklari hayotga,
el-yurtga, adabiyotga cheksiz mehr-muhabbat tuyg‘ulari
bilan yo‘g‘rilgandir. Ustoz ijodiy faoliyati va merosining har
bir qirrasi alohida olam: faoliyat sohalarining har birida bu
zot, chunonchi, bir yetuk muallim yoxud bir yetuk publitsist,
tarjimon, muharrir umri davomida erishishi mumkin bo‘lgan
maqomlarga ko‘tarila oldi. Ammo uning adabiyot ilmi, ada-
biy tanqid sohasidagi xizmatlari alohida tahsinga sazovor.
Munaqqid Ozod Sharafiddinov milliy tanqidchilik may
-
doniga, Abdulla Qahhor iborasi bilan aytganda, chaqmoq-
dek yashnab, momoqaldiroqdek gulduros solib kirib keldi,
yarim asr davomida u tanqidchiligimizning karvonboshisi
bo‘lib qoldi; uning sa’y-harakati tufayli tanqidchiligimiz tari-
xida tub burilish, yangi bosqich boshlandi, o‘ziga xos mak-
tab yaratildi. Bu maktab ahamiyati, ko‘lamini tasavvur etish
uchun o‘sha paytga qadar tanqidchiligimiz bosib o‘tgan
yo‘lga, o‘sha kezlardagi vaziyatga bir nazar tashlab o‘taylik.
Garchi adabiyotshunoslik bobida boy tajribaga ega
bo‘lsak-da, zamonaviy tanqidchilik bizda keyinroq, o‘tgan
asr boshlarida maydonga keldi. Boshda munaqqidlik vazi-
fasini yangi adabiyotning asoschilari Qodiriy, Cho‘lpon,
Fitrat, keyinroq, Oybek, A.Qahhordek siymolar ado etdilar.
Biroq ular yangi zamon adabiy harakati uchun bu kifoya qil-
masligini, maxsus professional tanqid ham zarurligini yax-
shi bilardilar. Ularning malakali munaqqidlar tarbiyasiga
naqadar katta e’tibor berganliklari tarixdan ma’lum. Buning
uchun Abdulla Qodiriyning Sotti Husaynga, Cho‘lponning
Vadud Mahmudga bo‘lgan umidi, e’tiborini eslash kifoya.
Ming afsus, sho‘ro adabiy siyosati, mamlakatda avj
oldirilgan sinfiy-mafkuraviy kurashlar tufayli 20-yillarda
iste’dodli munaqqid sifatida tan olingan Vadud Mahmud
tanqid maydonini erta tark etdi. Boshda chin nafosat
kashshofi sifatida tanila boshlagan A.Sa’diy, Qodiriy kat
-
ta umid bog‘lagan S.Husayn vulgar sotsiologizm yo‘liga
tushib oldilar. Boshqalarning qismati ham deyarli shu xilda
Do'stlaringiz bilan baham: