Anguage and literature


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/65
Sana05.05.2023
Hajmi7,94 Mb.
#935118
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
uzb-2019 3-son

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Тамаддун. Атахонов T., Сулаймонй С. Китоби 2. – Душанбе, 2007. C. 480.
2. Abu Bakr ar-Roziy. Kasalliklar tarixi (Arabchadan H.Hikmatullayev, U.Karimov tarjimalari). – Toshkent, 1994. 256-bet.
3. Закариён Розй.Мунтахаби осор. – Душанбе, 1989. С. 160.
Feruza JABBOROVA, 
Chirchiq davlat pedagogika instituti 
o‘qituvchisi
SAYOHATNOMALARDA MA’RIFATPARVARLIK G‘OYASINING 
POETIK TAHLILI
Jahon adabiyotshunosligi taraqqiyotida sayohat
-
noma va sarguzashtnoma janrida yaratilgan asarlar 
muhim o‘rin tutadi. Gomer dostonlaridagi qahramonlar 
sayohatlari, sarguzashtlari hamda sharq xalqlari dos-
tonlari, mifologik asarlar tarkibida ham bu janr element-
lari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
O‘zbek mumtoz adabiyotining shoh asari hisoblan-
mish “Xamsa”, xususan, “Sab’ai sayyor” va “Saddi 
Iskandariy” dostonlarida ham sayohat va sarguzasht 
janridagi qissa va hikoyatlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Keyingi vaqtlarda qator tadqiqotlarda g‘arbiy 
Yevropa, xususan, Angliya adabiyotidagi bu janr-
da yaratilgan asarlarni o‘zbek adabiyotidagi turdosh 
asarlarga qiyoslab o‘rganishga e’tibor qaratilmoqda. 
Jahonshumul shuhratga ega bo‘lgan Daniyel Defoning 
“Robinzon Kruzo” va Jonatan Sviftning “Gulliverning 
sayohatlari” asarlari tahlili asnosida XIX asr oxiri XX 
asr boshlaridagi o‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotining 
ma’lum qirralarini aniqlash mumkin.
Ma’rifatparvarlik Yevropa adabiyotida XVII – XVIII 


26
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
asrlarda shakllangan bo‘lib, uning asosiy g‘oya-
si ta’lim-tarbiya, insonning individual xususiyatlarini 
omma ga singdirish orqali jamiyatni mukammal qilishni 
targ‘ib qilgan. Ma’rifatparvarlar qomusiy bilim egalari 
bo‘lib, insonning ma’naviy tarbiyasini jamiyatning 
muhim vazifasi hisoblaganlar. Ma’naviy tarbiya zamirida 
nafaqat insonni o‘qimishli, ziyoli qilish, balki sabr-toqat, 
chidam, saxiylik, vafodorlik, mehribonlik, oqibat, umu-
man, barcha insoniy fazilatlarni inson tabiatiga joylash 
va shu taxlitda jamiyat to‘kinligini ta’minlash eng muhim 
vazifa hisoblangan. Ularning dunyoqarashiga muvofiq 
ozodlik, tenglik, birodarlik yuqoridagi fazilatlar natijasi 
o‘laroq yuzaga keladi.
Yevropa ma’rifatparvarlari olim, faylasuf, yozuvchi 
va jamoat arbobi sifatida faoliyat yuritganlar. Ularning 
ichida Fransiyada Monteske, Didro, Volter, Russo, 
Germaniyada Shiller va Gyote, Angliyada Defo, Svift, 
Filding, Lokk kabilarning nomini tilga olish mumkin.
Yevropa adabiyotidagi ma’rifatparvarlik asarlari ak-
sar hollarda sayohatnoma va sarguzashtnoma janrida 
namoyon bo‘lgan. Binobarin, aynan sayohatnoma uzoq 
va noma’lum o‘lkalarga Yevropa ma’rifati va madani-
yati g‘oyalarini yetkazishning eng samarali vositasi hi-
soblangan. Jahon adabiyotida sayohatnoma janri ning 
yirik rus adabiyotshunoslari tomonidan aniqlangan 
atributlari mavjud. Ularning ichida sayohatnoma asar-
larining quyidagi turlari kuzatiladi:
tarixiy, real sayohatlar asosida yaratilgan sayohat-
nomalar;
badiiy to‘qima asosida yaratilgan sayohatnomalar.
Sayohatnoma asarlar real adabiy muhitda: 1) yo‘l 
kundaligi (aynan sayohat kuzatuvi xulosalari sifatida); 
2) dostonning tarkibiga kiritilgan qo‘shimcha sujet;
3) ocherk; 4) erkin hikoya janrlarida yaratilishi mumkin.
XVIII asr Yevropa adabiyotida yaratilgan sayo
-
hatnomalar o‘zida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini mujas-
samlashtirgani bilan ajralib turadi. Xususan, Daniyel 
Defoning 1719–1721-yillarda nashr qilingan “Robinzon 
Kruzo” asari yangi jamiyat kishisini tarbiyalashning 
ko‘rgazmali panoramasidan iborat bo‘lgan. Yozuvchi 
asarda o‘z qahramonini jamiyatdan tamomila ajratgan 
holda alohida oazisdagi yaratuvchilik faoliyatini ko‘rsatib 
beradi. Bu o‘rinda u yangi muhitda inson o‘z ongi, aqli, 
farosati, sabr-matonati, e’tiqodi, irodasi va qator insoniy 
fazilatlariga tayangan holda baxtli jamiyat yaratishi 
mumkin, deb hisoblaydi. Ma’rifatchilar inson kamolotida 
tarbiya rolini beqiyos oshirib ko‘rsatish barobarida uning 
shaxsiy fazilatlarini unutmaydilar. Aqlli inson odamiylik, 
ezgulik, insonparvarlik, g‘amxo‘rlik, diyonatlilik, kam-
tarlik, mehnatsevarlik, poklik, halollik va chuqur diniy 
e’tiqod bilan yashaydi. Bunday fazilatlar inson xarakte-
riga ta’lim va tarbiya vositasida jo qilinadi. Dabdabali ha-
yot, shuhrat, yuzaki obro‘, razillik va qitmirlik, hasad kabi 
illatlar ilm-u urfondan bexabarlarning ishi. Bundaylar 
tirikligida ochlik, muhtojlik, beobro‘likka giriftor bo‘lsalar, 
narigi dunyoda jahannam azobiga duchor bo‘ladilar.
Ma’rifatparvarlik adabiyotining g‘oyasi inson tarbiya-
si vositasida barkamol jamiyatni yaratish uchun aynan 
mana shu tamoyilga amal qilishdan iborat. Biroq ma’ri-
fatchilar inson xarakteridagi muttasil o‘zgarishlarni, tar-
biyaning har doim ham insonga samarali ta’sir qilmasli-
gini, insonlarda tug‘ma taqdir tamoyili ham borligini, eng 
muhimi, hissiyot-qalb harakatini hisobga olmaganlar. 
Real sharoit taqozosi bilan yuzaga keladigan insonning 
psixofiziologik holati ularning kuzatuv doirasidan chetda 
qolgan. Shu bois qator ma’rifatparvarlik asarlarida, ko‘p 
hollarda, xarakteri hali jamiyatning illatlari bilan bulg‘an-
magan odamlar qalamga olinadi. Aynan shu o‘rinda 
Uilyam Bleykning “Bokiralik qo‘shiqlari” va “Tajriba 
qo‘shiqlari” to‘plamlarini yodga olish muhim. 
XVIII asr G‘arbiy Yevropa adabiyotida yaratilgan 
sayohatnomalar, asosan: a) sarguzasht-fantastika aso-
siga qurilgan badiiy sayohatnomalar; b) epistolyar ro-
man-sayohatnomalar janrida yaratildi. Bunday asarlar-
da asosiy urg‘u yevropalik sayyohlarning uzoq, chekka 
va qoloq o‘lkalardagi xalqlarga ilm-u ma’rifat yetkazishi, 
ularning zulmatga to‘la hayotiga zarracha bo‘lsa-da, nur 
olib kirishi tasvirlanadi. Asar qahramonlari deyarli ham-
ma o‘rinda ijobiy fazilatlar sohibi sifatida gavdalanadi. 
Ularning qoloq o‘lkalarda insonlar ongining taraqqiy to-
pishi yo‘lida ko‘rsatgan xizmatlari hamda bu jarayonda 
yuz bergan sarguzashtlari bayon qilinadi.
O‘zbek adabiyotida sayohatnoma va sarguzasht-
noma janrida alohida asarlar XIX asrning oxiri XX asr 
boshlarida yaratila boshlandi. Unga qadar bunday janr 
elementlari mumtoz adabiyot namunalarida yordamchi 
sujet sifatida namoyon bo‘lgan. Navoiyning “Farhod va 
Shirin”, “Sab’ai sayyor” dostonlarida sayohat va sargu-
zashtlar katta o‘rin tutadi. Biroq bu mavzularga bag‘ish-
langan alohida asarning dastlabki ijodkori Muqimiy 
bo‘lib, u o‘z “Sayohatnoma”lari bilan o‘zbek adabi yotida 
yangi janrga asos soldi. Uning Furqat, Zavqiy va Ibrat 
kabi izdoshlari sayohatnoma an’analarini davom ettir-
gan holda she’riy ocherk janrining taraqqiy topishiga 
xizmat qildi. Bu asarlar she’riy usulda, barmoq vaznida 
yaratilib, safar taassurotlarining qiziqarli bayonidan ibo-
rat bo‘lgan. Ularda muallif, asosan, joylardagi odamlar 
hayoti, turmushi, urf-odatlari, o‘zaro munosabatlari va 
psixologiyasini chetdan turib kuzatayotgan sayyoh sifa-
tida gavdalanadi. Asarning o‘qimishli bo‘lishi, tilini jozi-
bali qilish maqsadida satirik hajviyot usulidan ham keng 
foydalanilgan.
Safar ocherki tipidagi sayohatnomalar XIX asr-
ning oxirida “Turkiston viloyati gazeti”da ko‘plab 
uchraydi. Jumladan, Mirzo Buxoriyning Peterburg, 
Toshmuhammad Isamuhamedovning Parijga qil-
gan sayohat taassurotlari, shuningdek, Sattorxon 
Abdug‘afforovning “Sayohatnoma”, Furqatning 
“Ahvolot”, toshkentlik Orifxo‘janing “Sayohatnoma” 
asarlari chop etilgan bo‘lib, ularda, asosan, sayohat-
chining dunyoning yirik madaniy markazlaridan olgan 
safar taassurotlari hamda Turkiston o‘lkasidagi hayot 
qiyosan tasvirlangan. Bu kabi ocherklar real marshrut-
lar bo‘yicha olib borilgan kuzatish esdaliklari hisob-
lanadi. Ularning jumlasiga 1910-yilda e’lon qilingan 
S.Aziziyning “Moskva va Peterburg sayohati xotiralari”, 
M.Behbudiyning “Sayohat xotiralari”, A.Avloniyning 
“Afg‘on sayohati”, A.Cho‘lponning “Yo‘l esdaliklari” 
kabi asarlarini kiritish mumkin. Chet o‘lkalarga qilingan 
sayohatlar, taassurot va xotiralar asnosida yaratilgan 
ocherklar va boshqa asarlarning eng muhim qirralari 
mualliflarning o‘sha o‘lkalarda ko‘rgan va bilgan sivili
-


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
27
навбатчи
Tahlil

Download 7,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish