veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
25
навбатчи
Tahlil
Ma’lumki, arabcha “adab” so‘zining ko‘pligini ifoda-
lagan adabiyot bir qancha ma’nolarga ega. Uning ma’no-
laridan ba’zilari yaxshi axloq, yaxshi odobga o‘rgatish,
yaxshi tarbiya berish, xushmuomalalikdir. Falsafa esa
yunoncha “donolikni sevish”ni anglatadi. Demak, ada-
biyot insonni odob-axloqqa yo‘naltirsa, falsafa bilimli,
donishmand bo‘lishga chorlaydi. Ikkalasini mukammal
egallagan kishi komillikka erishadi. Dunyoning buyuk
mutafakkirlari, daho shoir va yozuvchilari, donishmand
olim va faylasuflari bu ikki sohani chuqur egallaganliklari
sababli o‘z davrininggina emas, barcha zamonlarning
komil insoni timsoliga aylanganlar.
Mutafakkir «Ruhiy tabobat» asarida insonning
xulq-atvori, odamiyligi ijtimoiy va ruhiy muhitdan kelib
chiqishi g‘oyasini ilgari suradi. Inson hayotning barcha
jabhalarida faqat o‘z tafakkuri tufayli muvaffaqiyatlarga
erishishi mumkinligini tahlilga tortadi.
«Ruhiy tabobat» nafaqat falsafiy, balki tarbiyaviy
asar sifatida ham e’tirof etilib, xalqimiz pedagogik tarixi-
da alohida o‘rin tutadi. Asar mazmun-mundarijasi komil
inson ezgu fazilatlar va go‘zal axloq sohibi bo‘lishidan
iboratdir. Bu haqida Roziy shunday yozadi: “Ruhiy ta-
bobat”ning asosiy maqsadi nafs, fe’l-atvor, axloqni isloh
qilishdan iboratdir. Biz bu mavzuni mo‘jaz usulda bayon
etamiz”. [3:19]
Har bir inson hayoti axloqiy tarbiyasi bilan chambar-
chas bog‘liq. Qachonki, inson o‘z axloqiy qadriyatlarini,
ya’ni o‘zligini anglasa, xarakterida ham shunday fazi-
latlarni barqaror etib boradi. Shu nuqtayi nazardan u
axloqiy tamoyillar asosida yashashga o‘rganadi. “Ruhiy
tabobat”da hoy-u havasni idora qilish va bo‘ysundirish,
ulfatbozlik, takabburlik, hasadgo‘ylik, g‘azab va yolg‘on-
chilikdan o‘zni tiyish, to‘yib ovqat yeyish, mayparastlik,
mansabparastlikka berilmaslik, fazilatli amallar axlo-
qning asosiy kategoriyalari sifatida talqin etiladi. Roziy
ta’biricha, inson hasad va nafs kasalligidan ko‘plab
zararli oqibatlarga duchor bo‘lishi mumkin, shuning
uchun u parhezkor bo‘lishi ya’ni qahr-u g‘a zabdan o‘zini
tiyishi lozim. Yolg‘ondan hazar qilib, mol-u mulk sohibi-
ni emas, balki hunarmandlarni badavlat hisoblashi, oqi-
bati pushaymonlik keltiradigan amallardan o‘zini tiyishi
zarur.
Ruhiy tarbiya – insonni komillikka yetaklovchi
yo‘llardan biri. O‘qituvchilar esa shaxsning axloqiy ji-
hatdan shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadilar.
Mutafakkir o‘qituvchining sohibi ehtirom bo‘lishini alo-
hida ta’kidlab, uni ta’lim va tarbiyaning asosiy omili
deb hisoblaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarning ruhiy hola-
tini hisobga olgan holda ular bilan oqilona va mohiro-
na muomalada bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Asarning
o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, muallif aksari
hollarda yomon axloqni tanqid ostiga olib, ularni osh-
kor etish zaminida xushxulqlikni ta’rif va targ‘ib etadi.
Xushaxloqlik insonda faqat tarbiya vositasidagina vu-
judga keladi, bu insonga insoniylik belgilaridan eng
muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat, axloqiy tarbiya
esa uni komillik sari eltuvchi yo‘llardan biridir.
Asardagi odob-axloqni egallash va komil insonni tar-
biyalashga doir masalalar barcha zamonlarga tegishli
bo‘lganidek, hozirgi istiqlol davridagi buyuk davlatimiz
va xalqimiz uchun ham nihoyatda muhimdir. Zero,
odob-axloqni to‘kis egallamay turib, o‘qishda ham, ish-
da va hatto yashashda ham muvaffaqiyatga erishish
nihoyatda mushkul. Shunday ekan, yoshlarimizni komil
inson sifatida tarbiyalashda mumtoz shoir va faylasuflar
asarlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: