Anguage and literature



Download 7,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/65
Sana05.05.2023
Hajmi7,94 Mb.
#935118
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
uzb-2019 3-son

Oqila TO‘RAQULOVA

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va 
adabiyoti universiteti o‘qituvchisi
ANALITIK TAFAKKUR VA KITOBXONLIK MADANIYATI 
Mutolaa madaniyati – o‘quvchilarda kitob o‘qishga 
qiziqishni shakllantirish, badiiy asarlarni tahlil etish va xu-
losa chiqarish, axloqiy-estetik ideallarni shakllantirishga 
qaratilgan yaxlit jarayondir. Kitobxonlik tor ma’noda kitob 
o‘qishni bildirsa, keng ma’noda tanlab, his qilib o‘qish, ang-
lash, fikr bildirish tushunchalarini o‘z ichiga oladi. U badi
-
iy adabiyotdan oziqlanadi, adabiy tanqid va pedagogika 
ko‘magida yuksala boradi.
1
Insoniyatning jaholatga qarshi birinchi muqovalangan 
isyoni kitobdir. Razolat va tubanlikka qarshi insoniyat bino 
etgan ilk istehkom ham kitob sanaladi. Yoshlarni kitob 
o‘qishga qiziqtirish, ularda analitik tafakkurni rivojlantirish 
orqali axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishda ki-
tobning o‘rni beqiyos. O‘quvchilarda, avvalo, “g‘oyaviy im-
munitet”ni oshirish, ularni ommaviy madaniyatning salbiy 
oqibatlaridan himoya qilish, sog‘lom turmush madaniyatini 
rivojlantirish, kasb-hunarga yo‘naltirishga doir chora-tad-
birlar tizimini rivojlantirish hamda analitik tafakkurni rivoj-
lantirish orqali “axborot iste’moli” madaniyatini tarkib topti-
rish darkor. Analitik tafakkur nima? Analitik tafakkur tizimli 
tahliliy tafakkur hisoblanadi. Axborotni tushunish, eslab 
qolish, xulosa chiqarish va qaror qabul qilish jarayonida 
analitik ko‘nikmalar muhim rol o‘ynaydi. 
Bugungi globallashuv zamonida yoshlarning qalbi va 
ongini egallash uchun misli ko‘rilmagan darajada kurash 
bormoqda. Bunday xatar ta’sirini, avvalo, axborot sohasi-
da ko‘rish mumkin. Axborot oqimi kirib bormagan biron-bir 
manzilni topish qiyin. Bir so‘z bilan aytganda, qayerdaki 
energiya manbayi bo‘lsa, u yerda axborot bor. Xolis va 
haqqoniy axborotni tarqatish, o‘quvchining unga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirish bugungi kunda dolzarb masala hisob-
lanadi. Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining jadal taraqqiy etishi va Internet tar-
mog‘idan ma’lumotlar olish imkoniyatining kengayishi 
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda muhim 
ahamiyat kasb etishi bilan birga, ta’lim-tarbiya jarayoniga 
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ayrim muammolarni yuzaga kel-
tirmoqda. 
Inson ko‘p kitob o‘qisa, fikr doirasi tiniqlashib bora
-
di. O‘qish madaniyatini shakllantirish asosida “kitobxonlik 
madaniyati” rivojlanadi. Kitobxonlik madaniyati fan da-
rajasiga ko‘tarilishi uchun kitob mutolaasini targ‘ib etish, 
muntazam kitob o‘qishga odatlanish, o‘qish uchun kitobni 
to‘g‘ri tanlay olish, voqelik bilan muloqotga kirishish aso-
sida o‘z-o‘zini anglashga erishish o‘ta muhim sanaladi. 
O‘qish madaniyati keng qamrovli tushuncha bo‘lib, kitobga 
qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishish, 
kitob bilan ishlash haqidagi maxsus bilimga ega bo‘lish-
ni taqozo etadi. O‘quvchilar har qanday axborotga ongli, 
estetik munosabat bildira oladigan, undan to‘g‘ri foydala-
nadigan darajaga yetishi uchun ko‘p kitob o‘qishi, kitobxon 
undan tegishli huzur va ruhiy qanoat tuyishi lozim. Buni 
ixcham tarzda estetik to‘yinish deb ifodalash mumkin. 
O‘quvchilarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish tizimli 
tavsifga ega bo‘lib, mazkur jarayon motivatsion, tashkiliy, 
qadriyatga yo‘naltirilgan harakatlar ketma-ketligini o‘zida 
ifoda etadi.
Mutolaa madaniyatining motivatsion bosqichida o‘quv-
chilarda kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otish talab etiladi. 
Ada biy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘zi o‘qigan kitob-
lar haqida so‘zlab, asar qahramonlarini hayotiy misollar 
orqali tasvirlab berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ada-
biyot darslarining tashkiliy qismida o‘quvchilarning yoshi 
va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda turli 
janrdagi badiiy asarlarni tavsiya etish va kitobdagi qiziqar-
li voqealardan parcha keltirib o‘tish lozim. O‘qituvchining 
ushbu yo‘nalishdagi faoliyati shu bilan yakunlanib qolmas-
dan navbatdagi dars boshlanishida asar yuzasidan qisqa 
muhokama jarayonlarini o‘tkazib borish ham maqsadga 
muvofiq.
Mazkur jarayonning tashkiliy bosqichida o‘quvchilarni 
kitob tanlashga o‘rgatish, og‘zaki va yozma matn bilan ish-
lashga yo‘naltirish, o‘qish texnikasi, qoidalari bilan tanish-
tirish, mutolaa uchun shart-sharoit yaratish kabi muhim 
vazifalarga e’tibor qaratish lozim. Ta’lim muassasalari-
da “Kitobxonlik” to‘garaklari faoliyatini muntazam yo‘lga 
qo‘yish zarur. To‘garak rahbari o‘quvchilar tomonidan 
o‘qilgan kitoblar asosida turli musobaqa va tanlovlar, ijodiy 
kechalar, adiblar bilan uchrashuvlarni tashkil etib borishi 
lozim. 
Mutolaa madaniyatining qadriyatga yo‘naltirilgan uchin-
chi bosqichi o‘quvchilarda ma’naviy merosga aksiologik 
ong va munosabatni qaror toptirishni talab etadi. Mazkur 
bosqichning muvaffaqiyati oila va maktabda o‘quvchilar 
tomonidan o‘qilgan kitoblarga qaydlar yozib borish uchun 
mutolaa kundaligini tutish bilan bog‘liq. O‘qilgan kitoblar-
ning ma’no-mazmunini mutolaa kundaligida aks ettirish 
orqali o‘quvchilarning fikrlash doirasi, mulohaza qilish
ko‘nikmasi va yozma nutqi rivojlantirib boriladi. Kunda-
lik yuritganda, avvalo, muallif ism-sharifi, kitob sarlavhasi, 
mutolaa qilingan vaqti, mavzu-mundarijasi, asosiy qahra-
monlari yozib boriladi.
Adabiy ta’limda o‘quvchilarda analitik tafakkurni rivoj-
lantirish orqali axborot iste’moli madaniyatini shakllanti-
rish uchun mutolaa madaniyatini rivojlantirish, dars jara-
yonida tahlilga, badiiy tarjimaga alohida e’tibor qaratish,
ta’limning an’anaviy hamda innovatsion shakl, metod va 
vositalarining uyg‘unligini ta’minlash, kitob o‘qishni hayotiy 
ehtiyojga aylantirishga erishish lozim. O‘quvchilarda mu-
tolaa madaniyatini rivojlantirishning motivatsion, tashkiliy, 
qadriyatga yo‘naltirilgan tizimli tavsifi analitik tafakkurni 
rivojlantirish, axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish-
da muhim va asosiy omil hisoblanadi.
1
Safo Matjon
. Kitob o‘qishni bilasizmi? – Тoshkent: O‘qituvchi, 1993. 4
-bet.


30
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
Adabiyot ta’limida she’riy asarlarni tahlil qilishda, 
ko‘pincha, an’anaviy yo‘ldan borib, she’r janri, obrazi, 
qofiyasi, mavzu va g‘oyasi haqida so‘z yuritiladi. Biroq 
she’riy asar tahlili va tadqiqida negadir xronotop (vaqt 
va makon) masalasiga u qadar e’tibor berilmaydi. 
Aslida xronotop lirik kompozitsiyaning asosi sifatida 
asar janrini belgilovchi asosiy kategoriyalardan hisobla-
nadi. Buning ustiga, “harakat makon va zamon birligini 
namoyon etuvchi sifatida mavjud” degan qarash ham 
ilgari surilgan. Demak, she’rda hamisha li rik kechinma 
harakati aniq vaqt va zamon bilan bog‘liq holda ifoda-
lanadi. Buni quyidagi she’r misolida kuzatish mumkin:
Osmon to‘lib
Turnalar uchar,
Muncha ma’yus turna unlari.
Uchib ketar, turnalar emas,
Haroratli,
Yaxshi kunlarim.
She’rda osmon (makon) va undagi “uchib ketayot-
gan turnalar” xronotopi, avvalo, o‘tib borayotgan iliq va 
yaqinlashayotgan sovuq kunlar haqida xabar bersa, ik-
kinchi o‘rinda ramziylik kasb etib, bearmon o‘tgan yosh-
lik chog‘lari, qo‘ldan ketayotgan imkoniyatlar va yo‘qo-
tilayotgan vaqtni ifodalaydi. Shoir kuzda hammamiz 
ko‘p bor kuzatgan turnalarning arg‘imchoq solib, issiq 
o‘lkalarga uchib ketishi hodisasiga o‘zining badiiy-este-
tik tasavvurini joylay olgan. O‘z kechinmasini ana shu 
harakat bilan bog‘lar ekan “uchayotgan turnalar” xrono-
topi orqali zamon va makonning o‘zaro almashinishini 
bir nuqtada tuta bilgan. 
Odatda she’riy asarlarni tahlil qilar ekanmiz, undagi 
voqelikni shoir subyektiv olamida yaratib, so‘ng matnga 
joylaganini, mutolaa jarayonida undagi olam ichki ola-
mimizda qayta jonlanishini nazarda tutsak, asar o‘zi-
ning aniq shakl va ko‘rinishiga kiradi. 
Mazkur nazariy qarashlarni esa quyidagi she’r tah-
lilida kuzatish mumkin: 

Download 7,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish