suhbat metodi
dan
foydalangan holda o‘rganish mumkin.
Pedagog avval o‘quvchilarni ertak matni bilan tanish-
tiradi.So‘ngra asar mazmunidagi yetakchi g‘oyalar,
qarashlarga diqqatni tortish uchun xuddi shu o‘rinlarni
savol va topshiriqlarga aylantirib bolalarga murojaat
qiladi:
“Qani,o‘ylabko‘ribayting-chi,nimauchunham-
ma boy bo‘lishni orzu qiladi?”
Bu savol, garchi bolalar-
ga berilayotgan bo‘lsa-da, kattalarni ham o‘ylantiradi.
Odamzod hamisha boridan to‘kisroq yashashga intila-
di. Lekin O‘ktamga o‘xshab xayol surib o‘tirish, g‘oyib
-
dan boy bo‘lib qolish mumkin emasligini, buning uchun
mehnat qilish, aql bilan ish ko‘rish lozimligini, shundagi-
na boylik odamga baxt va shodlik keltirishini ertakning
tahlili asnosida o‘quvchilar anglashlari kerak.
Ertak qahramoni O‘ktam og‘ir mehnat qilib halol
non topib yashayotgan oddiy dehqon. Uning hech qan-
day mehnat va harakatsiz boy bo‘lishga intilgani:
“Al
-
lohmengabirkuchbersa-yu,qo‘limninimagaursam,
o‘sha narsa tillaga aylanib qolaversa, ana o‘shanda
og‘ir mehnatdan qutulib, farovon hayot kechirgan bo‘lar
edim”
tarzida boylikka erishishni orzu qilishi amalga
oshmaydigan xayol ekani ertak mohiyatiga singdirilgan.
Hatto halol mehnat bilan kun ko‘rib kelayotgan odam-
ning ko‘rganlari tush ekanidan xursand bo‘lib ketgani –
haqiqat. Shu holat uning asliyati. Chunki halol mehnat
bilan kun ko‘rgan odam tasodifan kelib qolgan boylik-
dan qo‘rqadi, uning bexosiyat ekanini biladi. Bolalar bu
savolga o‘z bilimlari, soddagina dunyoqarashidan kelib
chiqib javob berishadi, albatta. Faqat javoblar kuzatili-
shi, ularda axloqiy mezonlarga zid tushunchalar yo‘qli-
giga diqqat qaratilishi maqsadga muvofiqdir.
“Siz ham boy bo‘lishni orzu qilasizmi? Boy bo‘lsan
-
giz, pulingiz ko‘p bo‘lsa, nimalar qilgan bo‘lardingiz?”
shaklidagi savolga ham bolalar ko‘p o‘ylab o‘tirmay,
o‘zlarining orzularidagi narsalarni sanab ketishlari aniq.
Lekin O‘ktamning
“Ana
o‘shanda og‘ir mehnat
-
dan qutulib, farovon
hayot kechirgan bo‘lar
edim”, degan gapi haqi
-
da nima deb o‘ylaysiz,
mehnat qilmasdan ham
odamboy-badavlatbo‘-
l ishi mumkinmi?”
degan
navbatdagi savolga bo-
lalar o‘ylab ko‘rib javob
qaytarishlari kerak bo‘-
ladi. Ularga A.Push-
kin qa
lamiga mansub
“Baliqchi va oltin baliq
haqidagi ertak”dagi
kam pirning holatini eslatish mumkin. Peda gog mana
shular asnosida bolalarni o‘ylab ko‘rishga yo‘naltirib
turishi kerak bo‘ladi.
“Siz O‘ktamning qo‘llari shunaqa
sehrli bo‘lib qolganiga qanday qaraysiz? Bu yaxshimi
yokiyomonmi?O‘ylabko‘ring-chi,O‘ktamo‘zorzusiga
erishganidan keyin nega qo‘rqib ketdi?”
savoliga javob
berishda bolalar ertakning mazmunidan kelib chiqib uni
takror aytib berishlari aniq. Lekin bu takrorning zamirida
o‘quvchilar oddiygina bir to‘g‘ram halol non har qanday
tilladan ustun ekanini his qilishlari kerak. Odamning til-
lalari ko‘p bo‘lsa-yu og‘zi bir tishlam nonga yetmasa, til-
laning qadr-qimmati bir pul ekanini tuysinlar. Pedagog
bolalarni shu haqiqat tomon yo‘naltirishi maqsadga mu-
vofiq bo‘ladi.
“O‘ktam uyg‘onib ketgach nega xursand bo‘lib ketdi?
Sizning qo‘llaringiz shunaqa sehrli bo‘lib qolishini istar
-
midingiz?”
savollari bolalardan jiddiy javobni talab qila-
di. Bolalar O‘ktamga qo‘shilib quvonishdimikin? Yoki
afsuslanishdimikin? Har ikkala holatda ham o‘quvchi-
lar o‘zlarining xulosalarini asoslasinlar,
“Nega shunday
deb o‘ylaysan?”
savolining berilishi bu masalani oy-
dinlashtiradi. Gap shundaki, bolalarga bola deb emas,
jiddiy masalalarni birgalikda hal qilishlari kerak bo‘lgan
sherik deb qarash ularning ma’naviy kamolotini ta’min-
lashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarning ertaklarni yaxshi ko‘rishi hech kimga
sir emas. Shu bois ertaklar ustida ishlash namunalari
ko‘proq keltirilyaptiki, navbatdagi ertak “Dehqon bilan
Jin” deb nomlanadi. Bu ertakni ta’limning
Do'stlaringiz bilan baham: |