Anguage and literature til va adabiyot



Download 38,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/126
Sana29.08.2021
Hajmi38,34 Mb.
#158840
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
Bog'liq
3-son

Alisher  Navoiy:

Xotiramdan o‘tar hayot yo‘llarim,

Entikib eslayman maktab yillarim.

Barcha bola saboq olmog‘liq uchun,

Yerga muk tushgancha chekar edi un.

Istabon tashxisi xotir ustod, 

Nazm o‘quturkim ravon bo‘lsun savod.

Nasrdin ba’zi o‘qur ham doston,

Bu “Guliston” yanglig‘-u ul “Bo‘ston”.

Manga ul holatda tab’i bul havas, 

“Mantiq ut-tayr” aylab erdi multamas.

Tab’ ul so‘zlarga bo‘lg‘och oshno,

Qilmadi mayl o‘zga so‘zlarga yano.

Asror MO‘MIN,

shoir va tarjimon, 

Yozuvchilar uyushmasi azosi

QUSH TILI

(Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni asosida)

Drama

Odat ettim ul hikoyatlar bila, 

Qush maqolidin kinoyatlar bila,

Zavq ko‘p xushhol etar erdi meni, 

Sharhi oning lol etar erdi meni.

Chun bu ahvolimg‘a bo‘ldi imtidod, 

Bo‘ldi ul daftarg‘a g‘olib e’tiqod.

O‘ylakim eldin uzuldi ulfatim, 

Ul kitob erdi anisi xilvatim.

Uni o‘qirdum boqmay hech odamga,

Oxir holim yetdi ota-onamga.

Yoshurub daftarni ma’dum ettilar, 

Shug‘lidin ko‘nglumni mahrum ettilar.

Biroz tin oladi va davom etadi.



Lek chun yodimda erdi ul kalom, 

Yoshurun takror etar erdim mudom.

Ondin o‘zga so‘zga maylim oz edi, 

Qush tili birla ko‘ngul hamroz edi.

Turk nazmida chu men tortib alam, 

Ayladim ul mamlakatni yakqalam.

To‘rt devon birla nazmi panj ganj, 

Dast berdi chekmayin anduh-u ranj.

Nazm-u nasrim kotibi taxminshunos, 

Yozsa, yuz ming bayt etar erdi qiyos.

Munchakim nazm ichra qildim ishtig‘ol, 

Xotirimdin chiqmas erdi bu xayol.

Ona tilim, o‘zbegim  desak, ko‘z oldimizga hazrat Navoiy keladi. Ja-

hon  adabiyoti  durdona  asarlari  haqida  fikr  yuritsak,  yana  ko‘z  oldimizga  haz-

rat Navoiyning “Xamsa”si, “Lison ut-tayr” dostoni, dilbar g‘azallari, benazir asar-

lari keladi. Ezgulik, Vatanga xiz 

mat qilish, dunyo tamadduniga hissa qo‘shish 

haqida o‘ylasak, yana ko‘z oldimizga hazrat Navoiy keladi. Shunday ekan, 

 

Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish, undan ibrat olish turmush tarzimizning uzviy 

bir qismiga aylanishi kerak.

Biz ulug‘ shoirimiz hayoti va ijodini yanada teran targ‘ib etish maqsadida shu yildan 

jurnalimizda “Navoiydan navolar kelur” ruknini tashkil etyapmiz. 

Bu ruknda Hazrat asarlaridan namunalar, ijodiga oid ilmiy tad-

qiqotlar va mavzuga oid boshqa sara asarlarni berib boramiz. 

Ushbu sonda Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni asosida 

yozilgan Asror Mo‘minning “Qush tili” dramasini e’tiboringizga havola qilyapmiz. Ishonchimiz 

komil, bu drama dostonni chuqur o‘rganishda, o‘quv dargohlarida sahna ko‘rinishlarini 

tayyorlashda foydali bo‘lish barobarida bobokalon shoirimizning boshqa ijod namunalarini 

ham yanada kengroq targ‘ib qilishga yordam beradi. 


Download 38,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish