veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
2020-yil 1-son
Navoiydan navolar kelur
Muqaddima
Mumtoz navo taraladi. Parda ochiladi. Sahnaning
o‘ng va chap tomonlarida o‘rmon. O‘rtada yo‘l. Olisda
oppoq cho‘qqili tog‘lar. Oftob nurlaridan atrof charog‘on.
O‘ng tomondagi o‘rmonda daraxtlarning uzun novdalari
ko‘zga tashlanadi. Yo‘l oxiri nurdan munavvar bo‘ladi.
Oq salla-chopon, oq etik kiygan, oppoq soqol-mo‘ylovli
hazrat Alisher Navoiy vazmin qadam tashlab kelmoqda.
O‘ng qo‘lida patqalam, chap qo‘lida oppoq qog‘oz.
Sahna o‘rtasida to‘xtaydi, o‘yga cho‘madi, mumtoz
navo tinadi va Hazrat “Lison ut-tayr” dostonidan parcha
o‘qiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: