Angliya davlati va huquqi



Download 66,05 Kb.
bet2/14
Sana18.01.2022
Hajmi66,05 Kb.
#387110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI

6. Huquqning asosiy belgilari

Huquq manbalari

Angliya feodal huquqi o`zining murak-kabligi, chalkashligi, ustamonlik bilan qilin-ganligi (kazuistikligi) bilan ajralib turardi. Bu ushbu huquqning rim hu-quqi, rim huquqi g`oyalarining ta`sirisiz, alohida yo`llar bilan shakllanishi bilan bog`liq edi.

XV asrdagi normand istilosiga qadar Angliyada huquqning asosiy manbalari odatlar va qirollik qonunlari hisoblangan. Ingliz-sakslar davlati-da huquqning asosiy manbai sifatida odat huquqi va uning to`plamlari - Etelbert sudnomasi, Ine qonunlari, Buyuk Alfred sudnomasi, Etelstan va Knut qonunlari yetakchi rol o`ynardi. Bulardan tashqari Xlotar (673-685 yillar) va Edrik (685-686 yillar), Eduard Katta (899-925 yillar), Edmund (939-946 yillar), Edgar (959-975 yillar), Etelred II (979-1014 yillar) va boshqalarning qonunlari ham ingliz-sakslar davlatida huquqning muhim manbalari bo`lgan edi.

601-604 yillarda Kentda e`lon qilingan va 90 ta moddadan iborat Etelbert sudnomasida63 tinchlik, bosqinchilikka qarshi kurashish, odam o`ldirish, nomusga tegish jinoyatlari uchun javobgarliklar, nikoh-oila huquqi, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, vorislik huquqi va hokazolar to`g`risida me`yorlar belgilangan. Sudnoma tuzilgan vaqtda ingliz-sakslar davlatida cherkovning roli dunyoviy hokimiyatga qaraganda ancha kuchli edi. "Agar, - deyiladi sudnomaning 2-moddasida, - ozod kishi qirolning mulkini o`g`irlasa, o`g`irlangan mulk qiymatining 9 baravar miqdorida jarima to`lasin". Cherkov mulki esa xudo mulki deb atalib, uni o`g`irlaganlik uchun mulk qiymatining 12 baravar, yepiskopniki uchun - 11, ruhoniyniki uchun - 9, dyakniki uchun - 6 va klerkniki uchun - 3 baravar miqdorda jarima nazarda tutilgan.

Qirol Ine davrida Uesseks g`arbiy sakslarining 688-695 yillardagi odat huquqi yozilib, to`plam holiga keltirilgan va Ine qonunlari64 degan nom ol-gandi. Bu qonunlar qullar va dehqonlarning qarshiligini bostirish hamda mulkdor sinflarning hukmronligini ta`minlashga qaratilgan edi. Ine qonun-larida jinoyat huquqi va fuqarolik huquqiga oid juda ko`p me`yorlar mavjud. Taniqli o`zbek olimi Z.Muqimov haqli ravishda ta`kidlaganidek: "Etelbert hamda Ine pravdalari o`zining tuzilishi, deyarli ko`p holda jinoyatlarga bir xil jazo berilishi, vergeld (odam bahosi) tarzida belgilanadigan jarimalarni belgilash bilan franklarning Sali pravdasiga juda o`xshab ketadi"65. Lekin shuni ta`kidlash joizki, yuqorida yodga olingan barcha huquqiy yodgorlik-larda ayni bir xildagi huquqbuzarliklar uchun turlicha jazolar va turli miq-dordagi jarimalar nazarda tutilgandi. Bu, albatta, o`sha qonunlarning qabul qilinishi vaqtidagi ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar bilan bog`liq edi.




Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish