Angliya davlati va huquqi



Download 66,05 Kb.
bet9/14
Sana18.01.2022
Hajmi66,05 Kb.
#387110
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI

Jinoyat huquqi
Angliyada o`rta asrlar jinoyat huquqi me`yorlari ma`lum darajada sud amaliyoti bilan yaratilgan. Jinoiy statut huquqi jinoyat huquqining boshqa manbalari orasi-da "umumiy huquq"ning tegishli me`yorlarini to`liq yoki biroz o`zgar-tirilgan ko`rinishda aks ettirishdan boshqa narsa emas edi. Bunda qiyin-chiliklar shundan ham kelib chiqardiki, jinoyat va fuqarolik huquq buzar-ligi bir-biridan ko`proq huquqqa xilof xatti-harakatlari tabiati bo`yicha ajratilardi. Aynan bitta xatti-harakat ham fuqarolik, ham jinoiy huquq-buzarlik bo`lishi mumkin edi, chunki huquq yuqorida ko`rsatil-ganidek, da`voning har ikkala shakliga va unga mos ravishda fuqarolik (ma`lum huquqlarning tasdiqlanishi yoki tiklanishiga qaratilgan) yoki jinoiy (hu-quqbuzarlik xatti-harakatini sodir etganlik uchun huquqbuzarni jazo-lashdan iborat o`z ob`yektiga ega bo`lgan) jarayoniga yo`l qo`ygan.

Ingliz jinoyat huquqi "umumiy qism"ga taalluqli me`yorlar majmuiga ega bo`lmagan. XII asrga qadar huquqda ob`yektiv javobgarlik haqidagi tasavvur hukmronlik qilardi. Uzoq vaqtgacha ingliz jinoyat tushunchasi asosan jinoiy xatti-harakatlar (odam o`ldirish, bosqinchilik, bolalarni o`g`irlash, ayollarni zo`rlash, tunda devor, eshik va boshqalarni buzib o`g`irlik qilish)ga taalluqli bo`lgan, biroq jinoiy harakatsizlikka daxldor bo`lmagan. Yuqorida zikr etilgan barcha jinoiy xatti-harakatlar yomon niyat (maluce)ni ko`zlagan.

XII asrning boshidan rim va kanonik huquqi ta`siri ostida javobgarlik asosi sifatida aybning mavjudligi haqidagi qarashlar tasdiqlana boshlagan. Birinchi marta marhum Avgustin ta`limotidan o`zlashtirib olingan «hara-kat aybdor qiladi, agar iroda aybdor bo`lmasa» degan tamoyil 1118 yilda Genrix I ning qonunida o`z aksini topgan. XIII asrda aybning shakllarini tushunishda ingliz huquqshunoslarining ta`limotlari, asarlari juda katta ta`sir o`tkazgan. Masalan, Brakton qasddan va ehtiyotsizlikdan odam o`ldirish tushunchalarini talqin qilib, "agar odam o`ldirgan kishi taqiqlan-gan ish bilan shug`ullanib, odam o`ldirish sodir etsa", hatto uning aybi bo`lmasa ham "javobgarlik kelib chiqadi", deb ko`rsatadi. U bunda qil-mishga o`zi javob bera olishlik to`g`risidagi diniy-axloqiy ta`limotning: "Noqonuniy ish bilan shug`ullangan kishi zimmasiga jinoyatdan kelib chiqqan barcha javobgarlik yuklatiladi" degan qarashiga asoslangan. XIII asrda, hatto, tasodifan birovni o`ldirib qo`ygan odam ham qirolning afv etishiga muhtoj edi. Odam o`ldirish quroli hamma holatlarda musodara qilingan. U sotilgan va bundan tushgan pullar marhumning tinch yotgan jonini "saqlash uchun" xayrli maqsadlarga sarf qilingan.

Oddiy tasodif va jinoiy ehtiyotsizlik o`rtasidagi farq haqidagi ta`li-motlarning rivojlanishiga Kokning "ajoyib, hayratda qoldiradigan ta`limo-ti" muhim hissa qo`shgan. "Agar kimdir, - deydi Kok - yovvoyi qushni ot-sa... va uni otgan kishining hech qanday yomon niyatisiz u o`q narida tur-gan biror kishiga tegsa - bu tasodif, negaki yovvoyi qushni otish qonuniy-dir..., biroq u boshqa birovga tegishli xo`rozni... yoki qandaydir qo`lga o`rgatilgan qushni otsa, bunday holda sodir etilgan tasodifiy odam o`ldirish - chindan ham og`ir (murder), negaki harakat noqonuniy bo`lgan"76.

XIV asrning boshidan Angliya huquqida "aqli zaif yoki aqli noraso kishi jinoyat uchun javob bermaydi" degan tamoyil qattiq o`rnatilgan. Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarda o`zini o`zi mudofaa qilish hollarida javobgarlik kelib chiqmagan. Sud amaliyotida ishlab chiqilgan ishtirokchilik haqidagi ta`limot - "kimda-kim birov orqali jinoyat sodir etsa, buni uning o`zi qilgan hisoblanadi" degan tamoyildan kelib chiqqan. Ishtirokchilar aybining og`irlik darajasi ko`pincha, ishtirokchi jinoyat sodir etilishidan oldin harakat qilganmi yoki undan keyinmi, shunga qarab belgilangan. Agar ishtirokchi jinoyat sodir etilishidan oldin, masalan, dalolat qilish shaklida unda ishtirok etsa, u jinoyatning "bosh ijrochisi"ga teng darajada javobgarlikka tortilgan. Agar ishtirokchi jinoyat sodir etilgandan keyin unda ishtirok etsa, masalan, o`g`irlangan buyumlarni bila turib uyida yashirsa, jinoyatning boshqa ishtirokchilarini javobgarlikdan qochishiga yordamlashsa va shu kabi harakatlar sodir etgan bo`lsa, unga yengilroq jazo berilgan. Ishtirokchilik tushunchasi bilan birga "jinoyatning turli darajasi haqida"gi ta`limot ham yaratilgan. Bunga ko`ra, ishtirokchilarning quyidagi toifalari: 1) jinoyat sodir etgan "jinoyatning birinchi darajali asosiy ishtirokchisi"; 2) jinoyatni sodir etishda bevosita qatnashmagan, lekin jinoyat sodir etilgan joyda hozir bo`lgan "jinoyatning ikkinchi darajali asosiy ishtirokchisi" va 3) jinoyat sodir etilishidan oldin jinoyatchiga maslahatlar berish yo`li bilan yordamlashgan va jinoyatning sodir etilishiga to`sqinlik qilmagan "qo`shimcha ishtirokchisi" ayb darajasiga qarab bir-biridan farq qilingan.

O`rta asrlar jinoyat huquqida barcha jinoyatlarni an`anaviy tarzda quyidagicha uch guruhga: xiyonat (treason), feloniya (felony) va misdiminor (misdimeanour)ga bo`lish vujudga kelgan. Jinoyatlarning boshqacha guruhlashtirilishi ham mavjud bo`lib, u sof jarayonga oid xarakterga ega edi. Bu - ayblov hujjati bilan ta`qib qilinadigan (pleas of the Crown yoki indictable offences) va qasamxo`rlar sudida ko`riladigan jinoyatlar hamda umumiy tartibda ko`riladigan (summari conviction) kam ahamiyatli huquqbuzarliklar (petty offences)ga qarab guruhlashtirilgan.

Dastlab XIII asrda feloniya tushunchasi paydo bo`lgan. Angliya jinoyat huquqida o`lim jazosi bilan bir qatorda mulkni musodara qilish nazarda tutilgan barcha jinoyatlar feloniya deb atalgan77. Aynan felony degan iboraning lug`aviy ma`nosi ham shundan darak beradi, ya`ni bu ibora fee - feodal egalik va lon - baho degan so`zlarning birikmasidan kelib chiqqan.

Feloniyalar qatoriga og`ir holatlarda odam o`ldirish (murder), oddiy odam o`ldirish (manslaughter), feloniya sodir etish maqsadida birovning uyiga kechasi zo`rlik bilan bostirib kirish (burglary), mol-mulkni o`g`ir-lash (larceny) va boshqa shu kabi og`ir jinoyatlar ham kirgan. Eng og`ir jinoyat xiyonat (treason) hisoblangan. U XIV asrda boshqa jinoyatlardan alohida ajratilgan. Bu jinoyatning nomi fransuzcha trahir va lotincha tradere degan so`zlardan kelib chiqqan va xiyonatkorona sotqinlik xatti-harakatini anglatgan. Xiyonat "umumiy huquq" bo`yicha yoki fuqarolar tomonidan qirolga sodiqlik burchini buzish (buyuk xiyonat - high treason) orqali yoki tobe kishining o`z xo`jayiniga sodiqlik burchini buzish (kichik xiyonat - petty treason) yo`li bilan sodir etilishi mumkin edi. Bu holda faqat yuqori turgan shaxsning o`ldirilishi, masalan, vassal tomonidan o`z senorining o`ldirilishi, xotin tomonidan erning yoki ruhoniy tomonidan - o`z yepiskopining o`ldirilishi xiyonat deb tan olingandi.

"Buyuk xiyonat"da ayblash kuchli qirol hokimiyatining qo`lidagi o`z dushmanlari, baronlar va bo`ysunmagan ruhoniylar bilan kurashda keng foydalaniladigan qudratli qurol bo`lgan. Xususan, ruhoniylarga qarshi kurashda bunday ayblov, ayniqsa, amaliy natija bergan, zero, bunday hol-da cherkov vakillari "diniy unvonga ega bo`lish imtiyozlaridan", ya`ni ular ustidan qo`zg`atilgan ishlarni cherkov sudlarida ko`rilishi huquqidan mahrum bo`lganlar. Shu tariqa ruhoniylar ham cherkov sudlarining o`lim jazosi qo`llashni istisno qiluvchi qoidasidan ("cherkov qon to`kishi mum-kin emas") o`z hayotlarini saqlab qolishda foydalana olmaydigan bo`l-ganlar.

Qirol "buyuk xiyonat"da ayblashdan moddiy jihatdan ham man-faatdor edi. Chunki "buyuk xiyonat" uchun mahkum etilgan feodal o`zining yer egaligidan mahrum bo`lardi va bu yer u qatl etilganidan so`ng merosxo`rlarga emas, balki to`g`ridan-to`g`ri qirolga o`tardi.

Shu munosabat bilan xiyonat tushunchasi qirollik sudlarida barcha choralar bilan kengayib borgan. Bundan o`sha vaqtdagi ingliz parlamenti ham chetda qolmadi. Parlament o`zgarib turuvchi siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, "qirolga sodiqlik burchini buzish" bilan umuman aloqasi yo`q bo`lgan xatti-harakatlarni ham "buyuk xiyonat" qatoriga qo`yuvchi statut-lar chiqara boshladi. Masalan, parlament dastlab Genrix VIII ning ko`pdan-ko`p nikohlaridan birini noqonuniy nikoh sifatida qoralagan bo`lsa, keyinchalik uni qonuniy deb tan olgan edi.

Yuqoridagi suiiste`molliklar feodallarning noroziligini keltirib chiqargan. Ular bir necha marta ushbu suiiste`molliklarga chek qo`yishga harakat qilganlar. Lekin faqat 1351 yilga kelib Eduard III tomonidan xiyonatni ma`lum chegarada sharhlashni nazarda tutuvchi statut qabul qilingan. E.Kokning ta`kidlashicha, "1351 yilgi statut umumiy huquq qoidasini o`zgartirmadi, balki faqat unga qonun ifodasini berdi".

"Buyuk xiyonat" tushunchasiga qirolni, uning xotinini yoki ularning katta o`g`lini va merosxo`rini o`ldirishga qasd qilish; qirolning xotinini, uning erga tegmagan katta qizining yoki katta o`g`li va merosxo`ri xotinining nomusiga tegish (bunda xotinning roziligi bo`lganda ham baribir bu xatti-harakat "buyuk xiyonat" sifatida ko`rilgan78); qirolga qarshi urush olib borish; qirolning dushmani tomoniga o`tish; kanslerni, bosh xazinabonni yoki qirollik sudyasini o`ldirish kiritilgan.

Bu ro`yxat «umumiy huquq»qa ma`lum bo`lgan davlat xavfsizligiga qarshi boshqa jinoyatlar: isyonga chaqirish (sedition), tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadlarida noqonuniy olomon to`plash (riot), shuningdek, ikki yoki undan ortiq shaxslarning qonunga xilof niyatlarda til biriktirish (conspirasy) jinoyatlari bilan to`ldirilgan. "Til biriktirish" tushunchasi aniq ishlab chiqilmagan edi. Bu holat undan mavjud rejimga qarshi har qanday shakldagi noroziliklarga nisbatan keng foydalanish imkonini bergan. Masalan, xususiy deliktlar (tort)ga yoki hatto "jamiyat uchun zararli" deb hisoblangan fuqarolik huquqbuzarligiga – shartno-malarni buzishga nisbatan ham "til biriktirish" sifatida qaralishi mumkin edi.




Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish