ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI
(V asr-XVII asrning o`rtasi)
Reja:
Angliya davlatining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari.
Huquqning asosiy belgilari.
Angliya huqulari
1. Angliya davlatining tashkil topishi va
rivojlanish bosqichlari
Angliya feodal davlatining tashkil topishi Britaniya orollariga ger-man va skandinav qabilalarning ko`p sonli bosqinchilik yurishlari bilan bog`liq bo`lgan. Ma`lumki, Rim legionlari Britaniyadan V asrning boshla-ridayoq chiqib ketgan edi. Biroq oradan ko`p vaqt o`tmay, bir qancha may-da qirolliklarga bo`lingan "britaniya mustaqilligi" barham topdi. V asrning o`rtalaridan boshlab (449 yil atrofida) bu orolga turli xil shimoli-g`arbiy german qabilalari - inglizlar, sakslar, yutlar bostirib kira boshlaydi. Bu isti-lo qariyb bir asrga - VI asrning ikkinchi yarmigacha cho`zilib, orol oz-oz-dan istilo qilinib bordi. Ingliz-sakslar istilosi natijasida ilgarigi Britaniya hududida o`ndan ortiq mayda varvar qirolliklari vujudga keldi. Bu varvar qirolliklari chekka Uels, Kornuel va Shotlandiyadan tashqari, orolning bu-tun hududini egallab oldi. VII asrga kelib ingliz-sakslar xrestianlikni qabul qilib, o`zlarining bir qadar yirikroq yettita (geptarxiya deb ataladigan) qirolliklarini barpo etdilar. Bular: janubda sakslarning uchta qirolligi – Uesseks, Sesseks, Esseks (g`arbiy, janubiy va sharqiy saks) qirolliklari, markazda va shimoli-sharqda asosan angllarning uchta - Mersiya, Nortum-briya va Sharqiy Angliya qirolliklari hamda chekka janubi-g`arbda yutlar-ning Kent qirolligi edi. 827 yilda Uesseks qiroli Ekbert (802-839 yillar) bu qirolliklarni o`z hukmronligi ostida birlashtirib, yagona ingliz-sakslar qi-rolligiga asos soladi. X asrdan boshlab bu yagona davlat Angliya deb atala boshlaydi. XI asrning boshida ingliz taxti daniyaliklar tomonidan egallab olinadi. Daniyaliklar Angliyani Eduard Ispovednik (1042-1066 yillar) to-monidan ingliz-sakslar sulolasi qayta tiklangunga qadar boshqardilar. 1066 yilda Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm istilo qilib, shu tariqa Fotix (istilochi) nomi bilan Angliya qiroli bo`lib oladi. Bunda unga, bir tomo-ndan, Rim papasi xayrixohlik qilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, fransuz qi-roli bevosita ko`p sonli harbiy qo`shinlari bilan yordam bergan edi. Nor-mandlar hokimiyati kuchayib, markazlashgan davlat barpo qilishga asos solingan.
O`rta asrlarda Angliya feodal davlatining rivojlanish bosqichlarini quyidagi davrlarga bo`lish mumkin: 1) ingliz-sakslarning ilk feodal monar-xiyasi davri (IX-XI asrlar); 2) markazlashgan senorlik monarxiyasi va qirol hokimiyatini cheklash uchun fuqarolar urushi (XII asr) davri; 3) tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII asrning ikkinchi yarmi -XV asr); 4) absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri - XVII asrning o`rtasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |