Angliya davlati va huquqi



Download 66,05 Kb.
bet6/14
Sana18.01.2022
Hajmi66,05 Kb.
#387110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI

Majburiyat huquqi
Angliyada ingliz-sakslar davridayoq shartnoma munosabatlari rivojlana boshlaydi. Lekin len, vassal qaramlik munosabatlari keng tarqalganligi muno-sabati bilan bu davrda ikki rasman teng huquqli tomonlarning bitimini anglatuvchi shartnoma tushunchasi hali vujudga kelmagandi. Ine haqi-qatida sotuvchining mahsulot sifati uchun javobgarligi haqidagi da`vogar va javobgar o`rtasidagi tortishuvda qasamyod qabul qilish haqidagi qoidalarni topish mumkin. Biroq bular ko`proq shartnoma munosabatlariga emas, balki ma`muriy munosabatlar sohasiga taalluqli edi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib shuni ta`kidlash joizki, shartnoma ikki va undan ortiq tomonlarning huquq va majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi majburiy bitim sifatida ingliz huquqida oddiy bitim - agreement tushunchasidan (masalan, do`stona xizmat haqidagi va boshqalardan) farq qilardi. Shunday qilib, ingliz huquqi bo`yicha har qanday shartnoma (contract) - bitim, biroq har qanday bitim (agreement) - shartnoma emas.

Angliyada bozor munosabatlarining taraqqiy etishi bilan majburiyat huquqi ham rivojlangan. Deliktlar va shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar "umumiy huquq" me`yorlarining uzoq vaqt tadrijiy rivoj-lanib borishi natijasi bo`ldi.

"Umumiy huquq" sudlarida himoya qilinadigan da`volarning eng qadimgi shakllaridan biri "qarz haqida"gi da`vo (action of debt) edi. Da`voning bu shaklini XII asrdayoq Glenvill eslatib o`tgandi. Glenvill uni deliktlar qatorida, "nohaq ushlab qolingan pul" haqidagi da`vo sifatida ko`rib chiqadi. "Qarz haqida"gi da`voning asosi shartnoma bo`yicha maj-buriyat emas, balki haqiqatda olingan foyda bo`lgan. Shu sababli bunday da`vo juda kam hollarda qo`llanilishi mumkin edi.

Da`voning qadimgi shakllaridan yana biri «hisob-kitob haqida»gi da`vo (action of account) hisoblanadi. Uning predmeti juda aniq shaklda ifodalanadigan shartnoma majburiyati bo`lib, unga binoan bir tomon boshqa tomonning foydasiga ma`lum harakat sodir etishi lozim edi.

"Hisob-kitob haqida" da`vo dastlab lord bilan manor boshqaruvchisi o`rtasidagi munosabatlarda qo`llanilib, birovning ishonib topshirilgan pulini ushlab turgan va undan qanday foydalanganligi haqida mulk egasiga hisob berishi lozim bo`lgan shaxsning hisob-kitobi bilan bog`liq edi. Bun-day da`vo oqibatda savdo amaliyotida, sherikchilik faoliyatida qo`llana boshlanadi. Glenvill bu da`voni "nohaq ushlab qolingan pul" haqidagi deliktlar qatorida ko`rib chiqib, bunda undan qarz, oldi-sotdi, ijaraga berish, yuk tashish va boshqa hollarda foydalanish mumkinligini asoslaydi. "Hisob-kitob haqidagi" da`vo oradan ko`p o`tmay Eduard I ning 1267 va 1285 yillardagi statutlarida ham mustahkamlangan.

Ushbu da`voning qo`llanish doirasi go`yo ancha keng bo`lib ko`rinishiga qaramay, ingliz shartnoma huquqini unchalik boyitmaydi.

Bitimning majburiy shartnoma sifatida paydo bo`lishi XIII asrda "umumiy huquq" sudlarida boshqa da`vo - "bitim haqidagi" da`vo (action of covenant)ning tan olinishi bilan bog`liq. Bu da`voning mazmuni qarzdorga bitim bilan o`rnatilgan majburiyatni, agar u muhr bilan mustah-kamlangan bo`lsa, bajarish talabidan iborat edi. Bu bitim faqat "muhr" bilan tuzilish shakliga rioya qilinmaganda va bu shaklning nuqsonlari bo`lganda da`vo himoyasi huquqiga ega edi. Lekin bunda endi hal qiluvchi jihat (moment) tomonlardan birining nohaq bo`lishi emas, huquqiy oqibat-lar keltirib chiqaradigan bitimning tuzilish fakti, ma`lum harakat bo`lib qolgan. Shunday qilib, shartnoma tuzgan shaxslar uchun uning qonun kuchiga ega ekanligini keltirib chiqaradigan shartnomaning "muqad-dasligi" haqidagi shartnoma huquqining asosiy tamoyili kelajakda tan olinishi yo`lida yana bir qadam tashlangan.

Bozor munosabatlarining rivojlanishi bitimlar, shartnomalar tuzi-lishining rasmiyatchiligini uloqtirib tashlashi muqarrar edi. Shuning uchun "umumiy huquq" sudlari norasmiy, og`zaki tuzilgan bitimlarga (kelishuv-larga) ham himoya taqdim qila boshlaganlar. XV asrda ingliz huquqida shaxs va mulkni tajovuzlardan himoya qilish maqsadiga qaratilgan "hu-quqbuzarliklar to`g`risidagi (trespass) da`vo"ning xilma-xil turlaridan biri "og`zaki bitimlarni himoya qilish to`g`risidagi da`vo" edi.

Bu da`volar Eduard I davrida paydo bo`lib, Vestministrlik statutlarida mustahkamlangan edi.

"Huquqbuzarlik to`g`risida"gi da`voning ham qo`llanish doirasi unchalik keng emasdi, chunki dastavval qarzdorning aybi isbot qilinishi talab etilardi. Bunday da`volar, masalan, tuhmat natijasida keltirilgan zararni undirish uchun qo`llanilganligi tasodifiy emas.

XV asrda bunday da`vo uchun endi aybni isbotlashni talab qilish sharti bekor qilingan va huquqbuzarliklar haqidagi da`volar (trespass on the case) da`vogarga zarar keltirilgan barcha holatlarda qo`llaniladigan bo`lgan. Hatto, javobgar tomonidan "lozim darajadagi g`amxo`rlik"ning yo`qligi yoki oddiy ehtiyotsizlikka yo`l qo`yilganligi oqibatida kelib chiqqan mulkiy yo`qotishlar bo`yicha ham da`volar "huquqbuzarlik to`g`risidagi da`vo" sifatida sudda himoya qilinardi.

Shartnoma huquqining yanada rivojlanishi "o`ziga qabul qilib olish to`g`risidagi da`vo" (action of assumpsit)ning paydo bo`lishi bilan bog`liq. "O`ziga qabul qilib olish to`g`risidagi da`volar" dastlab barcha norasmiy bitimlarni emas, balki faqat tomonlardan birining shartnoma shartlarini bajarmasligi natijasida zarar yetkazilgan bo`lsa, ana shunday norasmiy bitimlarnigina himoya qilardi. Bunda kelajakda bajarilishi lozim bo`lgan shartnomalarga hech qanday himoya berilmasdi. Biroq zararni tomon-lardan biri keltirishi mumkin bo`lgan, masalan, shartnomani bajarishni kutib, u qandaydir harakatlar qilgan. "Umumiy huquq" sudlari mazkur holatni ham hisobga ola borib, bunday shartnomani himoya qilishga qaratilgan va`daning buzilishi faktining o`zi uchun javobgarlikni kuchay-tirish yo`li bilan "o`ziga qabul qilib olish to`g`risidagi da`vo"larning qo`l-lanish doirasini kengaytirgan edilar. "O`ziga qabul qilib olish to`g`risidagi da`vo"ning bunday tarzda bir shakldan boshqa shaklga o`tishi 1589 yilda "Uokerga qarshi Stengboro" ishi yuzasidan bo`lib o`tgan sudda mustah-kamlangandi. Bu shartnoma huquqning rivojlanishida muhim qadam edi. Ushbu sudning qarorida "Va`da o`rniga berilgan va`da da`vo asosi bo`lishi mumkin", - deb e`lon qilingandi. Shartnoma, shu tariqa, o`zining delikt kelib chiqishidan "kovlab" olingan. Endilikda va`da berish orqali o`ziga olgan majburiyatni bajarmagan shaxs jabrlanuvchi tomonga keltirilgan barcha zarar uchun javob berishi lozim edi.

Asta-sekin "umumiy huquq" sudlari har qanday norasmiy shartno-mani tan olish sharti sifatida "qarshi qanoatlantirish" doktrinasini ishlab chiqqan. Bu vaqtga kelib ingliz sudlari yarim shartnoma xarakteriga ega bo`lgan faqat bir tomonlama bitimlar (masalan, hadya) bilan bog`liq ba`zi da`volarni qo`llashda endi ancha katta tajribaga ega edilar. Shartnoma huquqining rivojlanishi yo`lidagi muhim bosqich shartnomaning tuzilishi shartlari to`g`risidagi qoidaning paydo bo`lishi edi. Bunga ko`ra, har qanday shartnoma yo "muhr bilan" yozma shaklda tuzilgan bo`lishi yoki qarzdor tomonidan olinadigan shartnoma bilan bog`liq ma`lum foydada yoki kreditorga keltirilgan zararda ifodalanadigan "qarshi qanoatlan-tirish"ni nazarda tutishi lozim edi.

Ingliz shartnoma huquqining rivojlanishiga bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bog`liq qator muhim huquqiy masalalarni hal etishda savdo sudlari tajribasiga tayangan va "umumiy huquq" sudlarini ortda qoldirgan qirollik qonunlari ham o`z hissasini qo`shgan.

Angliyada qarzni to`lamaslik muammosi juda qadimdan qirollik kafilligi institutining qo`llanilishiga olib kelgandi. Bu institut qirolning kreditorlardan o`z yaqinlariga qarz berishini iltimos qilib yozgan ochiq xatlarida o`z ifodasini topgan. Qarz undirishning amaliy usullarini izlab topishga qaratilgan harakatlar 1283 yilda "Savdogarlar haqida"gi maxsus statutning chiqarilishiga olib keldi. Unga ko`ra, kreditor tovar, pul va boshqa narsalarni shahar meri ishtirokida qarzga bera olardi. Bunda qarz majburiyati shahar protokollarida qayd etilardi. Agar qarzdor qarzini to`-lamasa, mer hech qanday sud qarorisiz qarzdor mulkining qarz summasiga mos qismini kreditorga o`tkazilishini buyurishi mumkin edi.

1285 yilda "Savdogarlar haqida" ikkinchi statut chiqariladi. Unga asosan, qarzni to`lash muddatini o`tkazib yuborgan qarzdor qamoqqa olinardi. Qarzdor uch oy ichida o`z mol-mulkini sotishi va qarzini to`lashi lozim edi. Agar u bunday qilmasa, sherifga tegishlicha sud buyrug`i bilan mulkni "sotuvdan qutqarib qolish" va kreditorga qarzni qaytarish buyurilgan.

Oqibatda XVI asrda maxsus qonun bilan qarzini to`lashga qurbi yetmaydigan qarzdorning mulkini uning kreditorlari o`rtasida mutanosib ravishda taqsimlanishiga majburlovchi sanksiyalar joriy etildi. Agar u ilgari faqat savdo sudlarida savdogarlarga nisbatan qo`llanilgan bo`lsa, XVI asrdan boshlab esa barcha qarzdorlarga nisbatan qo`llana bosh-langandi. 1571 yilgi qonun kreditorlarga, hatto qarzdorning qarzini to`lash-ga qodir emas (bankrotga uchragan), deb e`lon qilinishi protsedurasi (rasmiy marosimi)ga murojaat qilmay, uning "to`lov muddatini kechik-tirish, kreditorlarga to`siqlar yaratish va ularni aldash maqsadida qilingan mulkiy tasarruflarini bekor qilish"ga ijozat berdi.

Sudyalar bu qonunni keng miqyosda sharhlab, qator hollarda qarzdorlarning o`z mulkidan kreditorlar zarariga hech qanday to`siqlarsiz tasarruf etish imkoniyatini qirqib qo`yish maqsadida, hatto "aldash ni-yatini" isbotlovchi dalillarni talab qilmay qo`yadi. Shundan keyin, 1585 yilgi statut bilan yerni uning keyingi egasi, shu jumladan, kreditor zarariga ixtiyoriy, to`lovlarsiz o`tkazilishi taqiqlanadi. Bu statut sudlarda juda qat`iy va aniq talqin qilinadi.

"Huquqbuzarlik to`g`risida"gi (trespass) da`vo feloniyada (og`ir jinoyat sodir etishlikda) ayblash bo`yicha da`voga muqobil da`vo sifatida ko`chmas mulkka, harakatdagi ashyolarga yoki shaxsga qasddan kuch ishlatib, va bevosita yetkazilgan zararni undirishda qo`llanilgan. O`z nav-batida trespass da`vo zo`rlik ishlatmay yetkaziladigan zarardan himoya qilishni ham nazarda tutadi. Bunda zarar to`g`ridan-to`g`ri yetkazilganmi yoki zarar yetkazilganligi keyinchalik ma`lum bo`lib qolganmi yoxud u o`sha vaqtning o`zida ma`lum bo`lganmi, qat`i nazar, barcha holda ham trespass on the case uchun asos bo`lardi.





Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish