Angliya davlati va huquqi



Download 66,05 Kb.
bet5/14
Sana18.01.2022
Hajmi66,05 Kb.
#387110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI

Mulk huquqi
Feodal mulk huquqi, ayniqsa yerga egalik huquqi ko`p jihatdan mamlakatning butun huquqiy tizimi xarakterini belgilagan.

Uning murakkabligi qator tarixiy sharoitlar bilan, jumladan, o`rta asrlarda ma`lum miqdordagi erkin dehqonlar qatlamining saqlanib qolganligi bilan bog`liq edi. Erkin dehqonlar o`z chek yerlariga ega bo`lgan, lekin mamlakatda barcha yerlarning egasi qirol hisoblangan. Qirol davlat yerlarini turli yo`llar bilan taqsimlab turardi.

Ingliz huquqida ko`chuvchi (harakatdagi) va ko`chmas (harakatsiz) mulklar bir-biridan farqlangan, lekin ashyolarni an`anaviy tarzda real mulklar (real property) va personal mulklar (personal property)ga bo`lish mavjud edi. Ashyolarning bunday tarixan shakllangan bo`linishi real va personal mulklarni himoya qilishga qaratilgan da`volarning turli shakllari bilan bog`liq edi.

Feodal yer huquqi hammadan avval real da`volar (real action), ya`ni muvaffaqiyat qozonganda yo`qolgan ashyo egasiga qaytariladigan da`volar bilan himoya qilinadigan alohida qo`riqlashga loyiq yer huquqining maxsus turini tan oladi. Bu da`volar mutlaqiy xarakter kasb etgan va har qanday kishiga taqdim etilishi mumkin edi.

Real da`volar bilan urug`ning ko`chmas mulklari va qiroldan yoki boshqa lorddan olingan feodal egaliklar va erkin yer egaligi xarakteridagi yerlarga nisbatan huquqlar himoya qilingan. Ularga feodal titulga bo`lgan huquqlar ham kirgan, boshqa barcha ashyolar personal da`volar bilan himoya qilingan. Personal da`volar yo`li bilan yetkazilgan zararni undirish talab qilinishi mumkin edi.

Ingliz-saks qabilalarining Britaniyada egallab olgan yerlari azaldan ikkita asosiy turga: folcland va boclandga ajrala boshlagan. Folklend - bu "xalq yeri", unga egalik qilish jamoaga mansublikka asoslangan va dav-latga nisbatan ma`lum majburiyatlar o`tashga olib kelgan. Bunday yerlarni tasarruf qilish erkinligi cheklangan. Folklendni boshqa shaxsga o`tkazish uchun oilaning barcha a`zolari roziligi talab qilingan.

Yerga egalikning boshqa ko`rinishi - boklend esa qirolning in`omiga asoslangan. Bunday yerlarga egalik huquqi qirollik yorliqlari (bos) bilan tasdiqlangan.

Folklend yerning egasi davlatga turli majburiyatlarni o`tab turgan. Bu yerlarning boklend darajasiga o`tkazilishi bilan uning egasi bunday majburiyatlardan ozod qilingan. Feodalizmning rivojlanishi boklendning rivojlanishi bilan mustahkam chatishib ketgandi. Boklend egasi uni hadya qilishi, sotishi, vasiyat qilib qoldirishi mumkin edi. Boklendning vujudga kelishi va rivojlanishi ingliz-sakslarda yirik yer egaligining shakllanishiga sabab bo`ldi.

Normandlardan keyingi ingliz huquqida cheklanmagan, shartsiz yer egaligi tushunchasi mavjud emas edi. Yer huquqlari ikkita asosiy tushun-chalar: tenancy - egalik, ushlab turish va estaty - egalik huquqlari, huquqiy manfaatlar (ularning davomiyligi, begonalashtirish imkoniyati va boshqalar) hajmi bilan belgilangan. Egalik (tenancy) o`z navbatida erkin va noerkin bo`lgan. Erkin egalik (freehold) - bu ritsarlik xizmatini o`tash shartlari asosida yoki shaxsiy xizmat huquqi bo`yicha olingan egalik, shuningdek, erkin dehqonlarning yer egaligi hisoblangan. Bunday yerga egalik qilgan dehqon lordga belgilab qo`yilgan pul summasini to`lardi va uning yurisdiksiyasi ostiga tushardi.

Dehqonning lord foydasiga shaxsiy va iqtisodiy majburiyatlari bilan bog`liq bo`lgan noerkin yer egaligi vaqt o`tishi bilan feodal ijaraning merosiy huquqiga aylandi va copyhold degan nom oldi, chunki ijaraning bunday sharti manorlik sudlarining bayonnomalari nusxalari bilan belgilab qo`yilgan edi. Noerkin yer egaligi dastlabki vaqtlarda qirollik sudlarida himoya qilinmasdi. XV asrda u bilan bog`liq da`volar kansler sudida, XVI asrda esa bu sudning ta`siri ostida "umumiy huquq" sudlarida ham ko`rila boshlandi.

Hozirgi ingliz va amerika yer huquqida mavjud bo`lgan estate tushunchasi nafaqat ko`chmas mulkka nisbatan egalik huquqlarining hajmi haqida, balki mulkni o`tkazish uchun texnik vositalar yig`ish haqida ham tasavvur beradi. U egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va mulk ustidan nazorat qilish munosabatlariga kirishgan turli shaxslarning yoki hali tug`ilmaganlarning huquqlarini qamrab oladi.

Bu tushuncha tarixan shakllanib borgan. Ingliz o`rta asr huquqining butun rivoji feodallarning xizmat majburiyatlari munosabati bilan ko`p sonli cheklashlar yuklatilgan yerlarni erkin tasarruf etish huquqi uchun kurashlari bilan bog`liq edi. 1290 yilgi "Quia Emptores"74 statuti bo`yicha lordlarning yerlarni sotish huquqi tan olingandi. Bunda lordning barcha xizmat majburiyatlari ham yerning yangi egasiga o`tkazilardi. Mazkur statut, shuningdek, 1279 yilda chiqarilgan va yerlarni cherkovning "o`lik qo`llariga" sotish va boshqacha tarzda o`tkazilishini taqiqlagan statutning mazmunini ham tasdiqlaydi. Yerning bunday tarzda o`tkazilishi uni feodal oborotdan to`liq chiqarilishiga olib kelgan, chunki ilgarigi lord ham, qirol ham, lordning merosxo`ri bo`lmagan holda, uni qaytarilishiga umid qila olmagan.

Feodallarning yerga egalik huquqlarining yanada kengayishi Angliya feodal huquqida yerga erkin egalikning o`ta istiqbolli shakli - estate in free simplening o`rnatilishiga olib kelgan. Bu o`z ko`lami bo`yicha mulkka yaqin bo`lgan ancha to`liq egalik huquqini anglatadi.

Uning xususiy mulkdan farqi faqat shunda ediki, yerlar agar merosxo`rlar bo`lmasa, egasiz bo`lib qolmagan, balki oldingi lordga yoki uning qarindoshiga (hatto juda uzoq qarindoshiga bo`lsa ham) o`tgan75. Ko`chmas mulklarning yoki "qo`riqlanadigan yerlar"ning huquqiy holati boshqacha edi. Bunday yerlar meros tariqasida faqat tug`ishgan qarin-doshlarga, qoida bo`yicha, katta o`g`ilga o`tkazilishi mumkin edi. Yerga nisbatan qo`riqlanadigan huquqlarni yaratish imkoniyati meros huquqida cheklashlar belgilovchi 1285 yilgi statut natijasida vujudga kelgan. Bu statutda "umumiy huquq" bilan himoya qilinadigan oila mulki barcha holatlarda ko`chmas mulk bo`lib qolishi nazarda tutilgan edi. Bu mulkdan kreditor foydasiga qarz undirilishiga ham yo`l qo`yilmagan. Statutni yara-tuvchilar bu bilan mulk egasining o`z imeniyasini butun hayoti davomida merosxo`rlar zarariga sota olmasligiga va og`ir yuk qilib qo`yilmasligiga harakat qilganlar. Biroq tez orada bu barcha taqiqlar chetlab o`tila bosh-lanadi. Ko`chmas mulkning egasi imeniyaga "oddiy mulk" sifatida muro-jaat qilish imkoniyatini qo`lga kiritish uchun juda qimmatga tushadigan soxta jarayondan o`tishi lozim edi.

Egalik huquqining ikkita boshqa shakllari: umrbod egalik qilish (estate for life) va ma`lum muddat egalik qilish (for years) dan iborat edi. Ko`chmas mulkka for life huquqi faqat mulkka egalik qilib turgan shaxs-ning hayotligi chog`idagi muddatga emas, balki uchinchi shaxsning, masalan, xotinining hayotligi chog`idagi muddatga ham o`rnatilishi mum-kin edi. Yerga nisbatan bunday huquqlar "umumiy huquqqa" ma`lum eng qadimiy huquqlardan hisoblanadi. Yerning for life egasi for simple egasiga qaraganda kam huquqlarga ega bo`lgan, lekin uning huquqlari for years egasi yoki yerni ijaraga olganlarning huquqlariga nisbatan kengroq edi. U faqat yerning ustiga emas, balki in free simple egasi (mulkdor) sifatida uning ostidagi narsalarga nisbatan ham huquqlarga ega bo`lgan. Biroq ko`chmas mulk ijarachisiga o`xshab, u yerga keltirilgan zarar uchun javob berardi.

Yerlarni ijaraga olish muddati qanchalik uzoq bo`lmasin, o`rta asr yuristlari asrlar davomida uning real mulk (real property) ekanligi, ya`ni real da`vo yordamida huquqi tiklanishini tan olmasdilar. "Adolat huquqi" juda kam hollarda noqonuniy ushlab turilgan ijaraga olingan yerlarning qaytarilishini talab qilardi. Bunda yerlarga ijara egaligi, garchand, to`g`ri ma`noda real da`vo ob`yekti bo`lmasa ham, ammo "sud orqali tortib olish haqida"gi (action of ejecment) maxsus da`vo bilan tiklanishi mumkin edi. Ijara huquqlarining nonormal xarakteri harakatdagi, real mulklar - chattels real tushunchasini shunga mos nonormal ifoda etardi.

O`rta asrlar ingliz huquqi rim huquqiga (yoki hozirgi huquqqa) ma`lum bo`lgan ko`rinishdagi yerni garovga qo`yish institutini bilmaydi.

Shunga qaramay, Angliyada qarzni undirish vositalari juda erta paydo bo`lgan. XII asrdayoq qarzdor qarzini to`lash evaziga o`z yerini kre-ditorga ishonchga asoslangan bitim asosida o`tkazishi mumkin edi. Bunda kreditor yer egasi bo`lib qolgan, lekin u ishonchni buzmasdan, qarzdor o`z majburiyatlarini bajargandan so`ng uning yerini qaytarishi lozim edi.

Agar qarzdor majburiyatlarini ko`rsatilgan muddatda bajarmasa, kreditorning garovga qo`yilgan yerga nisbatan egalik huquqi shak-shub-hasiz bo`lib qolgandi. Bunda kreditorning, hatto qarzni qoplashda garovga qo`yilgan yerdan olgan daromadlari, garchand, bunday "o`lik garov" cherkov tomonidan "gunoh" sifatida tanbeh qilinsa ham, hisobga olin-masligi mumkin edi.

XIII-XIV asrlarda garovga qo`yuvchilarning huquqlari "umumiy huquq" sudlarida himoya qilinardi. Bu sudlar, agar qarzdor majbu-riyatlarini o`z muddatida bajarmasa, yerlari qaytarib berilishini talab qila boshlaganlar.

XVI asrda kansler sudi yanada olg`a borib, yerni garovga qo`yib qarz olgan va uni ko`rsatilgan muddatda qaytarib bera olmagan qarzdorlar uchun imtiyozli muddat joriy etgandi. Bunga ko`ra, qarzdor garovga qo`yilgan ashyoning kreditorga to`la mulk qilib o`tkazilishi to`g`risidagi sudning qarori chiqqunga qadar, qarzini to`lashi va garovga qo`yilgan yerini "haqqoniy sotib olishi" mumkin edi.

Ashyo huquqining sof inglizcha instituti - ishonib topshirilgan (vakolat beruvchi) mulk (trust) instituti mavjud bo`lgan. Ingliz yuristlari, ayniqsa F.Maytlend (1850-1906 yillar), bu institut "inglizlarning yuris-prudentsiya sohasidagi buyuk va juda aniq yutuqlari" deb zavq-shavq bilan gapiradilar.

Ishonib topshirilgan mulk institutining kelib chiqishi, shuningdek, feodal yer egaligi xususiyatlari bilan ham bog`liq. Bu xususiyatlar qatoriga yerga merosxo`rlar doirasining qisqartirilishi va yerlarning cherkovlarga, monastirlarga, diniy jamiyatlarga, ayniqsa, umuman yerga egalik huquqiga ega bo`lmagan kambag`allashgan jamiyatlarga sotishning cheklanishi kabilar kirardi.

Mazkur institutning mohiyati shunda ediki, bunda bir shaxs - ishonib topshiriladigan mulkning egasi (settler of trust) o`z mulkini boshqa shaxs-ga - mulkini ishongan kishi (trustee)ga mulkni boshqarish hamda mulk egasi sifatida boshqa shaxsning, foyda oluvchining (beneficiary) manfaatlari yo`lida yoki boshqa maqsadlarni, masalan, muhtojlarga yordam berish maqsadini amalga oshirish uchun o`tkazadi.

Yerlarni biror maqsad yo`lida foydalanish uchun o`tkazilishi ama-liyoti XII asrdayoq vujudga kelgan va salib yurishlari davrida gurkirab rivojlangan. Bu davrda yerlar o`g`illar voyaga yetguniga qadar yoki ilgarigi egasi qaytib kelguniga qadar ishonch asosida qarindoshlarga yoki do`stlarga berilgan.

Qashshoqlashgan monarxlar dunyoviy kishilarga o`z yerlarini ularning manfaatlari yo`lida foydalanish uchun o`tkazib, nafaqat huquqiy va diniy taqiqlarni chetlab o`tganlar, balki katta boyliklar ham to`pla-ganlar. Faqat XV asrdan ishonib topshirilgan mulk kansler sudida himoya qilinadigan bo`ldi, chunki endilikda ishonch, adolat buzila boshlagan edi. Shu vaqtdan boshlab ishonib topshirilgan mulk "umumiy huquq" bilan himoya qilinadigan mulk - legal ownershipdan farqli o`laroq, equitable ownership deb ataladigan bo`ldi.

Ishonib topshirilgan mulk instituti birinchi marta 1375 yilgi qonun bilan mustahkamlangan. XV asrdayoq ko`p yer maydonlari - ko`chmas mulklar ishonib topshirilgan mulkka aylanadi. Genrix VIII ingliz cher-kovini isloh qilish davomida cherkov yerlarini musodara qildi, lekin bunda shu narsaga duch keldiki, garchand, cherkov va monastirlar yirik yer egalari bo`lsalar ham, rasman o`z yerlarining egalari bo`lmaganlar.

Ingliz parlamenti cherkov yerlarini tortib olish maqsadida 1535 yilda "foydalanish haqida" deb nomlangan statut (statute of uses) chiqaradi. Unga ko`ra, bir shaxs mulkka boshqa shaxsning manfaatlari nuqtai nazari-dan egalik qilib turgan bo`lsa, mulk kimning manfaatlari yo`lida foyda-lanilsa, o`sha shaxs amalda yerning haqiqiy egasi deb tan olingan. Bu statut bir qancha vaqt ishonib topshirilgan mulk institutining tarqalishini to`xtatib qo`ydi, lekin uni yo`qotmadi. Sudlar "foydalanishga nisbatan foydalanish huquqi" degan murakkab konstruksiya yordamida statutni muvaffaqiyatli ravishda chetlab o`ta boshladilar. Bu "ikkilamchi foyda-lanish" kansler sudi tomonidan himoya qilinadigan trust, ya`ni tom ma`noda ishonib topshirilgan mulk sifatida ma`lum bo`lib qolgan.

Ishonib topshirilgan mulkchilik reformatsiyadan keyin cherkov yer egaligining juda cheklanishi va cherkov xayr-sahovatining deyarli yo`qolib ketishi natijasida qaytadan keng jonlana boshlagan.

1601 yilda qirolicha Yelizaveta davrida, hatto, "xayr-ehsondan foydalanish" haqida statut qabul qilingan. Bu statut asosida parlament maxsus komissiyasining oliy vakili lavozimi joriy etiladi. Oliy vakilning majburiyatiga muhtojlarga xayr-ehson qilinishini nazorat qilish va shu bilan bog`liq suiiste`molliklarga chek qo`yish kabilar kirardi. Statutning preambulasida xayr-ehson faoliyatining ancha keng tarqalgan va tan olingan turlari sanab o`tiladi. Bular: kambag`allarga, zaiflarga, qariyalarga, bemorlarga va yarador askar va matroslarga, maktab, kollej va univer-sitetlarga yordam berish; yetimlarni o`qitish va moddiy ta`minlash, axloq tuzatish muassasalariga ko`maklashish, harbiy asirlarni sotib olish va mahkum etilganlar uchun jarimalar to`lash va boshqalardan iborat edi. Bu maqsadlarning noaniq va munozarali belgilari sud amaliyotida batafsil tekshirilgan. Sudlar "ijtimoiy foydalar" doktrinasini ishlab chiqqanlar. Bunda jamiyatga hech qanday foyda keltirmaydigan barcha xayr-ehsonlar xususiy, ya`ni muhtojlarga yordam berishga mutlaqo qarama-qarshi ish deb topilgan edi.





Download 66,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish