Men dadil javob berdim:
– Faqat menmi, oyijon? Boshqalar ham anhorga duch kelgan narsani otishadi-ku!
– Birov o‘zini tomdan tashlasa, sen hamtashlayverasanmi? Dadang bilsami, naq ko‘rsatadi…
– Dadamga aytmang, jo-o-on oyi.
– Xo‘p, ammo boshqa bunaqa ish qilma.
O‘quvchilar kuzatib, tinglaydilar.
Matnda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o'tkaziladi.
Lug‘at ishi:
lash-lushlar - har xil mayda-chuyda narsalar
g‘irillatdim - chaqqon, tez harakat bilan uloqtirdim, otib yubordim
tashvish - notinchlik, bezovtalik
Harakatli dam olish daqiqasi o'tkaziladi. O‘quvchilar birgalikda bajaradilar.
“Yomgir” qo’shig’ini o’quvchilar harakatlar bilan kuylaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |