ZILOL SUV (G‘ani Abdullayev)
1-qism
Oyim nonushtadan so‘ng:
– Dadang bog‘ aylanib, keraksiz narsalarga ko‘zi tushganmi: “O‘g‘lingga ayt, yo‘qotsin ularni”, – deb ishga ketdi, – dedi.
– Xo‘p, yo‘qotaman, – deb oyimni xotirjam qildim. “Lash-lushlar”niaxlat mashinasi olib ketadigan joyga tashishga erindim. Anhor yaqin.Shundoqqina bog‘imiz etagiga tutash.
Mana, qo‘limda opamning eski shippagi.Bir, ikki, uch! Anhorga g‘irillatdim.Bunisi botinka, “jag‘i” ochilib qolibdi. G‘irillatdim.Suvning bag‘ri keng. Qo‘limdan uchgan narsa borki, ishimni yengillatib, bag‘riga
yashiraveradi. Eh, bo‘yoq bankasiga kelganda… Tepib yuborgandim, suvga yetmay, anhor bo‘yidagi chinorga qattiq urildi-yu, pachoqlandi.
– Nima taraqlab ketdi, tinchlikmi, Tohir? – xavotirlanib ayvondan tushib keldi oyim.
– Tinchlik… Shunday, o‘zim…
Oyim atrofga qaradi. Hozirgina bog‘ni xira qilib turgan “lash-lush”lar yo‘q. Faqat chinor tagida bankacha qopti, xolos.
– “Tashvish”dan osongina qutulibsan-da.
Do'stlaringiz bilan baham: |