Kutilayotgan natija
Dars yakunida o'quvchilar suv va uning manbalari haqida ma'lumotga ega bo'ladilar.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlami shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, savol-javob metodlari, «Zanjir» usuli, «Topib o’qi» o'yini va boshqa ta’limiy, tarbiyaviy o’yinlar.
Dars jihozi: darslik, suv havzalari rasmi, multimediali ilovalar, tarqatmalar.
Darsning borishi:
Assalomu alaykum ”Bolajon” telekanalining aziz muxlislari. Efirda “Tabiatshunos bolajon ” ko’rsatuvi. Dasturni har doimgidek boshlovchingiz Moxinur olib bormoqdaman. . Bugun biz 1-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Shahlo Toxirovnaning darslarini kuzatamiz.
-Qani aytingchi ustoz bugungi darsimiz qaysi fan va qanday mavzu.
-Obbo Moxinurxon hech qolmadi shu odatlaringiz.Hozir darsimiz O’qish.Bugun darsimizda tabiat hodisalari haqidagi mavzular bilan tanishamiz.Qani endi tezda joyingizga o’ting, darsimizni boshlasak.
-Ho’p bo’ladi ustoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |