IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash:
O‘quvchilar navbat bilan «Zanjir» usulida o‘qiydilar.
O‘qish kitob ochildi
Ko‘zlarga nur sochildi
Xatcho‘pni qo‘lga olib
So‘zlar ravon o‘qildi.
Suhbat uchun savollar:
1. Dadasi Tohirga nima ish buyuribdi?
2. Tohir keraksiz «lash-lushlar»ni qayerga uloqtirdi?
3. Onasi Tohirga nima dedi?
Birdan anhor jonlanib sinfga kirib keladi. O’quvchilarga qarab tilga kiradi;
Anhor:-Men Tohir uyi oldidan o’qib o’tuvchi anhorman. Hozirgina Tohir mening yuzimga har-xil chiqindilarni otdi.Qarang ahvolimga.Siz Tohirning qilgan ishini qanday baholaysiz? U to’g’ri ish qildimi? (O’quvchilar o’z fikr –mulohazalarini anhorga bildiradilar.)
“Qarmoq”o’yini
Akvarium tasvirlanadi.Unda baliqlar suzib yuribdi.Baliqlarda so’zlar yozilgan bo’ladi. O’quvchilar berilgan kataklarga baliqlardan so’zlarni olib terishlari va maqollarni hosil qilishlari kerak.Qaysi baliqdagi so’z tanlansa , baliq to’xtab qolishi mumkin. (Hikmatli so’z;Suv keldi-nur keldi.)
O’quvchilar shu kabi suvga oid maqollarni aytadilar.
Yer -xazina, suv-gavhar
Yerni buzadigan ham suv, tuzadigan ham suv
Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q
Suv-zar,suvchi-zargar
Suvning ko'rinishi-muloyim, bag'ri esa tosh
Do'stga do'st boqar, suv soyga oqar
Oshning ta'mi tuz bilan, suvning ta'mi muz bilan
Suv hayot manbayi
Suvni bersang elga, yasharsan ming yilga
Oqar suvning haromi yo'q
Bir kishi ariq qazir, ming kishi suv ichar
Oy suluvi-nur,soyning suluvi-suv.
Birov sut topolmaydi ichgani, birov suv topolmaydi kechgani
Suv ichadigan qudug'ingga tupurma
Pismiq, telba farq qilar, tinch oqqan suv g'arq qilar
Suvga suyanma, yovga sig'inma
Anhor:-juda yaxshi, bolajonlar! Sizlar juda ko’p maqollar bilar ekansiz. Qani endi quyidagi rebusli maqolimizni ham menga o’qib bersangiz yuzimdagi Tohir irg’itgan chiqindilarni olib tashlashga yordam berar edingiz.
1-guruhga
2-guruhga
3-guruhga
(O’quvchilar maqollarni rasmlar orqali Anhorga o’qib berib uning yuzidagi chiqindilarni olib tashlaydilar.)
Anhor: Rahmat bolajonlar siz Tohirga o’xshamas ekansiz, mening yuzimni tozalab qo’ydingiz.Demak sizlar suvning qadriga yetadigan va har bir tomchisini avaylab asraydigan o’quvchilar ekansiz.(Anhor o’quvchilarga rahmat aytib ular bilan do’stlashadi)
“Tarmoqlash” usuli
O’quvchilsrni maqolli rebusni yechganiga qadar guruh sardorlari “Tarmoqlash” usulida suv bilan bog’liq ma’lumotlarni yozadilar. Suvning tabiatda qay holatda uchrashi, u qanday tabiat hodisalariga aylanishi, suvning ta’rifi, suvdan paydo bo’lgan okean, dengiz, daryova ko’llar keltirilishi mumkin.
O bi-hayot Bug’ holatda
S uyuq holatda Yomg’ir bo’lib yog’adi
M uz holatda Qor bo’lib yog’adi
Do'stlaringiz bilan baham: |