Andijon mashinasozlik instituti "mashinasozlik texnologiyasi"



Download 0,86 Mb.
bet17/54
Sana25.03.2022
Hajmi0,86 Mb.
#510551
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
ekologiya

Biotsenoz —bu lotin tilidan olingan so’z bo’lib, "bios" — hayot, "tsenoz" — umumiy, deb tarjima qilinadi. "Biotsenoz" terminini nemis biologi Myobius K. tomonidan 1877-yilda berilgan. Bu o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashini ifodalab, bunday yashash ma’lum yer yoki suv havzasida uchrashi mumkin. Biotsenozdagi organizmlar o’zaro va abiotik muhitga bog’liqdir.
Moddalarning aylanma harakatida qatnashishiga qarab, biotsenozga kiruvchi organizmlar 3 guruhga bo’linadi:

  1. Produtsentlar (hosil qiluvchilar), avtotrof organizmlar bo’lib, anorganik moddalardan organik moddalar hosil qiladi. Bu yashil o’simliklardir.

  2. Konsumentlar (qabul qiluvchilar), geterotrof organizmlar bo’lib, avtotrof organizmlar hisobiga yashaydi. Ular uchga bo’linadi:

1—darajali konsumentlar— o’simlikxo’r hayvonlar, parazit bakteriyalar va zamburug’lar;
2—darajali konsumenlar—o’simlikxo’r hayvonlarni iste’mol qiladigan yirtqichlar; 3 — darajali konsumentlar — superparazitlar.

  1. Redutsentlar . Bular tuproqdagi mikroorganizmlar bo’lib, o’simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib, uni parchalovchi organizmlardir. Birgalikda o’suvchi va bir —biri bilan bog’liq bo’lgan organizmlar guruhi biotsenoz deyiladi. Biotsenozni tashkil qiluvchi o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar jamoasining birga yashashga moslashuvi ularning abiotik faktorlarga bo’lgan o’xshash ehtiyojlarida ifodalanadi.

"Biotsenoz" atamasi hozirgi zamon ekologik adabiyotlarda, ma’lum territoriya uchastkalarni belgilash maqsadida ham ishlatiladi. Masalan, bug’doy dalasi biotsenozi, o’tloq biotsenozi, o’rmon biotsenozi, va hokazolar. Bunda, birga yashashga moslashgan o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar kompleksi hisobga olinadi.
,

Biotsenoz egallab turgan muhit biotop deb ataladi, biotop — biotsenozning yashash muhitidir (bu lotincha so’z bo’lib, "bios" —hayot, "topos" — yashash joyi demakdir).


Er yuzidagi biotsenozlar ko’p yarusli bo’lib, ular har xil balandliklarda, vertikal joylashgan qatlamlarga ega. Masalan, o’rmonlarda daraxtning ildizi va tanasining joylashishiga qarab bir necha yaruslar ajratish mumkin:

  1. Daraxtlar.

  2. Butasimon o’simliklar va yosh daraxtlar.

  3. O’tsimon o’simliklar va butachalar.

  4. Moxlar.

Hayvonlar ham o’rmonda har xil yaruslarni egallab, ya’ni har xil balandliklarda yashaydi. Ko’p qushlar uz uyalarini yerda quradi. Olaqush, zag’izg’on va boshqalar esa daraxtlar tanasiga (qizilishton va boshqalar), uchinchi xillari esa daraxtlarning ustiga quradi(12-rasm.)
Har bir yarusdagi o’simlik, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o’rtasida kuchli bog’lanish kuzatiladi.
Jamoalar strukturasida turlarning roli bir xil emas. Bir xil turlar asosiy rol o’ynaydi, son jihatidan ustun va ular dominant deyiladi. Biotsenozdagi muhit sharoitini belgilovchi turlar edifikatorlar deb yuritiladi va ular dominantlarga kiradi.
Biotsenozdagi tirik organizmlar egalab turgan makon ekologik nisha deyiladi. Har bir tur o’zining ekologik nishasiga ega, u shu yerda yashaydi va o’sha joydan o’z ovqatini topib yeydi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish