Andijon mashinasozlik instituti "mashinasozlik texnologiyasi"


Inson mehnati faoliyatining tabiatga ta’siri omillari va shakllari



Download 0,86 Mb.
bet2/54
Sana25.03.2022
Hajmi0,86 Mb.
#510551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
ekologiya

Inson mehnati faoliyatining tabiatga ta’siri omillari va shakllari


Atrof-muhitni hozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi, insonning tabiatga ta’siri umumsayyoraviy masshtabga yetgan. XX asr o’rtalaridan boshlangan bu bosqichning asosiy vazifasi ekologik tizimlarni muhofaza qilish, ularning o’z- o’zini tiklash qobiliyatini ta’minlash va biosferadagi muvozanatni saqlashdir. Bunda tabiatdan oqilona foydalanish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Kishilik jamiyati va tabiat bir butundir. Jamiyat rivojlangan sari insonning tabiatga ta’siri ortib boradi. Tabiiy omillar bilan antropogen omillar o’zaro uyg’unlashib tabiiy landshaftlarning o’rniga antropogen landshaftlar vujudga keladi. O’zgartirilgan tabiiy muhit, landshaftlarga inson aralashib turmasa, ular o’z tabiiy holatiga qaytishga moyil bo’ladi. Insonning tabiatdan foydalanishi zaruriy ehtiyoj, inson tabiatdan qancha ko’p foydalansa, tabiatda shuncha ko’p o’zgarishlar ro’y beradi. Bunga qator misollar keltirish mumkin.
Tabiatning bir butunligi tabiiy boyliklardan kompleks foydalanish zaruriyati bilan bog’liq. Chunki, tabiat unsurlari (iqlim, yer-suv, o’simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalar) tabiatning ajralmas tarkibiy qismlaridir. Tabiiy resurslarning har biri kompleks foydalanishni talab etadi. Masalan: daryodan elektr energiyasi manbai, turli baliq, suv qushlari va boshqa hayvonlarning makoni, qishloq xo’jalik yerlarini sug’orish manbai, transport vositasi, chuchuk suv manbai, rekreatsiya - turizm ob’ekti va boshqa sohalarda foydalanish mumkin.
Antropogen ta’sir – insonning tabiatga ta’siri va undagi bo’ladigan o’zgarishlar. Atmosferaning antropogen ifloslanish tufayli iqlim- ning global o’zgarishidan tashqari uning elementlarining (harorat, yong’in, tuman va boshqalar) holatida ham salbiy o’zgarishlar sodir bo’lmokda.
B.Kitanovich ma’lumotiga ko’ra, atmosferaning antropogen ifloslanishi natijasida AQSHning markaziy qismidagi shahar-larda iqlim elementlaridan farqi bo’ladi. Masalan, shaharlarda atrofdagiga nisbatan kondensatsiya yadrolari va zarrachalari 10 barobar, gaz aralashmalari 5-25 barobar, bulutlik miqdori 5- 10%, kishda tumanlar 100%, yozda 30%, yog’in miqtsori 5-10%, yog’in yoki kunlar soni 10% ko’p, yillik o’rtacha 0.5-1.0°S dan yuqori, yalpi quyosh radiatsiyasi 15-20%, yozda ultrabinafsha nurlar 5%, qishda esa 30%, quyoshli kunlar bo’ladi. Bu ko’rsatxichlar dunyodagi boshqa shaharlar uchun ham xarakaterlidir.
Odamning xo’jalik faoliyati (antropogen ifloslanish) natijasida atrof-muhit ifloslanadi, buning oqibatida u yoki bu o’simliklar uchun, hayvonlar va odamlar uchun qulay bo’lgan tabiiy sharoitlarga ko’proq o’zgarishlar kiritiladi, bu bilan o’nglab bo’lmaydigan zarar yetkaziladi. Buning sabablaridan biri — aerozollar (muallaq qatgiq zarrachalar bilan havo aralashmasi) va gaeli chiqnndilar (havo bilan birga zaharli gazsimon moddalar aralashmasi). Asosiy ifloslantiruvchilar - sanoat korxonalari va issiqlik elektrotsentrallarning topkalari, qozonlari va pechlari, shuningdek avtomobil dvigatellaridir. Sanoat va qishloq xo’jaligining ko’pgina moddalari, moddalarning biologik aylanishida utillashtirilmaydi. Biosferaning barcha komponentlari, eng avvalo atmosfera havosi ifloslanadi.
Antropogen ta’sir yunalishi biosfera evolyutsiyasi yunalishiga mutya a ko teskaridir. Antropogen ta’sirlar tabiatning tabiiy tizimini buzmokda. Turlarning yukolib ketishi okibatida butun tiriklik katta zarar kurib, destruktiv xolatga tushib kolmokda.
Inson bugungi kunda nafakat yerga, balki keng fazoga xam ta’sir utkazmokda. Chunki inson xam sayyoraviy, xam fazoviy mikyoslarda fikrlamoeda. Noosfera tushunchasi esa yerdagi xayot - «aklli kobik» tushunchasi bilan chegaralanib koladi. Inson uzi yashab turgan muxitga nafakat aklli, balki xissiy jixatdan xam ta’sir kursatadi. Zero, inson aklli mavjudot bulish bilan birga kuchli xissiyot egasi xamdir. Inson tur sifatida uz moxiyatida mavjud bulgan imkoniyatlarni kamol toptirib, tobora faollashib boraveradi. Tabiatda uz maksadini amalga oshirishga intilaveradi, insonning tabiat bilan uzaro munosabatlari istiqbolini belgilashda inson doimo asosiy kuch bulib kolaveradi.
Inson va jamiyat - tabiiy muxitni buzuvchi eng katta kuch.
Insoniyat jamiyatining tabiatga kursatayotgan ta’siri ongli ravishda kechadi. Biz insonni tabiatdagi eng asosiy ong, akl, fikrlash egasi deb tushunamiz. Insonning ongli faoliyati usimlik navlarini yaratish, xayvon zotlarini yaxshilash, urmon va daraxtzorlarni parvarishlash, sel okimining oldini olish uchun injenerlik inshootlari kurish, eroziyaga va defolyatsiyaga, kurrokchilikka karshi kurashish maksadida (ayniksa, chul, saxro xududlarida) katta ishlarni bajarmokda, uzining kulay yashashi uchun katta imkoniyatlar yaratmokda.Omma uz manfaatini xamma narsadan ustun kuyishi okibatida daryolarning sayozlashishi, tuprok eroziyasining kuchayishi, usimlik va xayvon turlarining yukolib ketishi, xavo, suv, tuprokning ifloslanishi kuzatilmokda. Shu munosabat bilan inson ekotizimda antropogen ta’sirlarning okibatlarini oldindan kura bilishi lozim.
Insoniyatning tabiatga ta’siri tutrisida gapirar ekanmiz, avvalo, uning mexnat faoliyatini nazarda tutamiz. Insonlar tabiatga mexnat orkali ta’sir kursatadilar, mexnat bilan tabiatni uzgartiradilar.
Tarixga nazar tashlasak, kishilar azaldan tabiatni uzgartirib kelganlar. Tugri, bu ta’sir tarixning turli boskichlarida turlicha, xamma narsa ishlab chikaruvchi kuchlar va ishlab chikarish vositalarining tarakkiyotiga boglik bulgan. Ibtidoiy jamoa kishilari atrof-muxitga butunlay karam bulganlar, ovchilik xamda baliktutish bilangina uzlarini ta’minlaganlar, binobarin, tabiatni durustrokuzgartirishga kodir emasdilar. Keyinchalik tabiiy muxitga kishilarning ta’siri ortib bordi.
Bugungi kunda mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq - ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan. Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy - ekotizmlarning holatiga muayyan darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Respublikada keskin bo’lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar:

  1. Yirik hududiy - sanoat majmualari joylashgan rayonlarda, ya’ni, Angren- Olmaliq Chirchiqlarda, Farg’ona-Marg’ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati

yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini buzilishiga olib kelmoqda.

  1. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.

  2. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestidtsitlar va mineral o’g’itlar bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir.

  3. O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, qo’riqxonalar va milliy bog’lar tarmog’ini kengaytirish . O’zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash yo’llari O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:

Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, biosferaviy muvozanatni saqlash; O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini ko’zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish, qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining muvoznatini saqlash, tiklanmaydigan resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning dastlabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma - xilligini saqlash. Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog’liq halokatli ekologik - iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash. Orol bo’yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta’minlash uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv xo’jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga quya oladigan suvi, ya’ni Orol bo’yidagi barcha tabiiy ko’llarni saqlab qolish kabi ishlar rejalashtirilgan.
Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo’nalishi shahar va aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash, keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun mamlakatimizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam chiqindili texnologiyalarni yaratish, chang to’plovchi va tozalovchi yangi qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish eskirgan qurilmalarni yangilari bilan almashtirish va boshqalar. Orol dengizining qurishi iqlim o’zgarishiga ham sababchi bo’ldi. Qurg’oqchilik tufayli iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o’rtasidagi haroratning o’zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to’lqinlanish hodisasini kuchaytirishiga olib keldi.
Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchilar bilan to’lib bormoqda. Orol bo’yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og’irlashmoqda. Agar zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko’z qorachig’iday asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g’amxo’rlik qilishimiz lozim.

Ma’lumki, havo haroratining oshishi insoniyatga bevosita emas, balki bilvosita xavf tug’diradi. Bu jarayonda harorat, namlik va quyosh taftining o’zgarishi, qishloq xo’jaligi sohalariga jiddiy ziyon yetkazadi.


Iqlim modellariga ko’ra, o’rtacha global haroratning oshishi dengiz sathining ko’tarilishiga (ya’ni, qishloq xo’jaligi yerlarini suv bosishi va qirg’oq bo’yi sizot suvlarining sho’rlanishi), bo’ronlar va jazirama kabi ekstremal tabiiy hodisalar qaytarilishining ortishiga hamda iqlim mintaqalarining qutblarga qarab ko’chishi va quruqlik yuzasining kattagina qismida tuproq namligining kamayishiga olib keladi.
Bundan tashqari, mavsumda yog’inlar miqdori qo’payadi. Natijada bug’lanish darajasi ortib, o’simliklarning o’sish jarayonida tuproq qurib qoladi. Mo’’tadil kengliklar (45°dan 60°gacha) hududlarida kutilayotgan siljish haroratning har bir daraja ortishiga 200-300 kilometrni tashkil qilishi mumkin. Bunday siljishlar qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishga hamda qoramol boshlarini parvarishlash sharoitlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish