Andijon mashinasozlik instituti "mashinasozlik texnologiyasi"


Iqlim o’zgarishi va cho’llanish



Download 0,86 Mb.
bet3/54
Sana25.03.2022
Hajmi0,86 Mb.
#510551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
ekologiya

Iqlim o’zgarishi va cho’llanish


Cho’llanish dunyo miqyosidagi ekologik muammo bo’lib, bugungi kunda yuzdan ortiq mamlakatlarning qishloq xo’jaligi mazkur muammo tufayli aziyat chekmoqda. Cho’llanishning bosh sababi qurg’oqchil, yarim qurg’oqchil yoki namgarchilik kam bo’lgan hududlarda kuzatiladigan uzoq va qisqa muddatli iqlim tebranishlaridir. Bugungi kunda quruqlikning deyarli uchdan bir qismini qurg’oqchilikka uchragan yerlar tashkil etadi va bu yerlarda yer yuzi aholisining oltidan bir qismi istiqomat qilmoqda. Qurg’oqchil yerlardan va o’simlik dunyosidan noto’g’ri foydalanish, tuproq va shamol eroziyalarining oldini olmaslik asta-sekin cho’llanish jarayonini tezlashtirib, qurg’oqchilikning tez-tez sodir bo’lishi, tuproq yemirilishi va qurg’oqchil iqlimli hududlar cho’llanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
SHuningdek, cho’llanish iqlim o’zgarishi, biologik turlar xilma-xilligining kamayishi va xalqaro suvlarning ifloslanishi kabi boshqa ekologik muammolar bilan ham o’zaro bog’liqdir. Haroratning ko’tarilishi, bug’lanish darajasining ortishi yoki yog’inlarning kamayishi cho’llanish jarayonini jadallashtiradi. Cho’llanish iqlim o’zgarishlariga ham regional, ham global miqyosda ta’sir ko’rsatadi. Bunda o’simlik qoplamining siyraklashishi va tuproq sifatining yomonlashuvi natijasida harorat oshib, namlik darajasi pasayib ketadi. Bundan tashqari, o’simlik qoplamining siyraklanishi, tuproq sifatining pasayishi uglerod ko’proq hosil qiladi, natijada o’simliklar ko’paygan uglerodlarni qayta qabul qilib, uning biomassa tarkibida ko’payishiga olib keladi. Iqlimning global o’zgarishi oqibatida esa harorat, bug’lanish va yog’inlarning o’zgarishi tufayli cho’llashish ba’zi hududlarda kuchayib, ayrimlarida pasayish holatlari kuzatiladi.

Iqlim o’zgarishi va suv resurslari


Hozirgi kunda jahonning ko’plab hududlarida toza ichimlik suvi tanqis bo’lib bormoqda. Albatta, bularning bari suv havzalarining ifloslanishi, ekologik me’yorlarning buzilishi tufayli suv zaxiralarining sifat yomonlashuvi oqibatida yuz berayotgani bugun hech birimizga sir emas. Aytish joizki, sanoat chiqindilari va o’g’itlardan intensiv foydalanish ko’pgina hollarda suvda zararli kimyoviy
moddalarning ortishiga sabab bo’lib, noto’g’ri sug’orishlar tuproq sho’rlanishi va suvning bug’lanish darajasini kuchayishiga olib keladi. Kam sho’rlangan tuproqlarda hosilning 40 foiz, o’rtacha sho’rlangan yerlarda 60 foiz, sho’rlangan yerlarda 80-100 foizgacha qismi nobud bo’ladi. Bunda yog’inlarning ba’zi hududlarda ko’payib, boshqa joylarda kamayishi ehtimoldan xoli emas. Iqlim o’zgarishi yog’ingarchilik kam kuzatiladigan hududlarda chuchuk suv zaxiralarini kamayishiga, yog’ingarchilik ko’p bo’lgan sharoitda esa toshqinlar sodir bo’lib, daryo va ko’llardagi suv sathi keskin ko’tarilib ketadi. Birgina yog’inlarning 10 foizga kamayib, haroratning 1-2° S ga ortishi quruqroq havzalarda oqimning 70 foizga kamayishiga olib kelishi mumkin. Natijada yer osti suv sathi pasayib, dengizdagi sho’r suvlarning chuchuk sizot suvlari bilan aralashuvi oqibatida sho’rlanish hosil bo’ladi. Qisqa qilib aytganda, yog’inlarning kamayishi va bug’lanishning ortishi qishloq xo’jalik yerlari, o’rmon, botqoqlik va boshqa ekotizimlarga jiddiy zarar keltiradi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish