Andijon mashinasozlik instituti "mashinasozlik texnologiyasi"


Populyatsiyalar dinamikasi



Download 0,86 Mb.
bet16/54
Sana25.03.2022
Hajmi0,86 Mb.
#510551
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
ekologiya

Populyatsiyalar dinamikasi


Populyatsiyalar ekologiyasi zararkunandalarning ko’payishini oldindan aniqlaydi va unga qarshi kurash yo’llarini ishlab chiqadi. U turlarning kritik soni va yashovchanligini o’rganadi. Populyatsiyadagi organizmlar sonining dinamikasi uzoq, vaqt muddat davomida kuzatishlar olib borib, uning tashqi muhit omillariga bog’liqligi aniqlanadi.


Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti populyatsiyaning tuzilishi, dinamikasini, yoshi va jinsini o’rganishdan iborat. Chunki ular hosildorlik va ko’payish xarakterini ko’rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish kriteriyasi bo’lib, o’lish bilan ko’payish o’rtasidagi nisbatan belgilaydi.
Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri, o’zini son jihatidan idora etishdir. Ayni sharoitda individlar optimal sonning individlar saqlanib turilishi populyatsiyaning gomeostazi deyiladi. Ta’rifdan ko’rinib turibdiki populyatsiya guruhiy birlashma hisoblanadi. Individlar o’rtasida aloqalar bo’lishi bilan birga, ularning yashab turgan joylari bilan ham aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi, populyatsiya uchun o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat: populyatsiyaning soni, zichligi, tug’ilishi, o’lishi, populyatsiyaning o’sishi, o’sish sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar.
Individlarning ma’lum xududda tarqalishi, jinsi va yosh bo’yicha nisbatlari, morfologik, fiziologik xulqi va genetik xususiyatlar populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.
Populyatsiyadagi individlar bir—biridan yoshi, jinsi, o’zaro chatishadigan avlodlariga hayot tsiklining turli fazalar va guruhchalarga (poda, koloniya va boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi. Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasi esa individlarning harakatlanishi yoki ma’lum xududga bog’liklik darajasi, tabiiy to’siqlarni yengib o’ta olish kabi biologik xususiyatlari bilan belgilanadi. U doimiy emas. Populyatsiyalar ichida organizmning o’sishi, turilishi va boshqa ko’pgina sabablarga ko’ra, ya’ni tashqi muhitning o’zgarishi, dushmanlar sonining o’zgarishi kabi qator omillarga bog’liq holda o’zgarish vujudga keldi.
Populyatsiyaning jins tuzilmasi, turli yosh va guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning soni orqali ifodalanadigan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning qo’shilishiga, ya’ni genetik qonuniyatlarga bog’liq. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit xam ta’sir etishi mumkin. Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg’ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega, Masalan, odamlar populyatsiyasining potentsial o’sishi, o’smir va qariyalar emas, 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar hisobiga to’g’ri keladi.
Populyatsiyadagi individlarning nobud bo’lishi va jinslar nisbati amaliy ahamiyatga ega.
Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanish jadalligi, nobud bo’lishi darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. U aniq sharoitga qarab, har bir populyatsiya uchun turning genetik hususiyatiga bog’liq bo’ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi.
Populyatsiyani boshqarish, foydalanish, monitoring va muhofaza vositasi bo’lib xizmat qiladi. Chunki populyatsiya sonining boshqarilishi tabiatda kuzatiladi, uning bir qismi olinganda u yana tiklanadi. Shuning uchun populyatsiyani boshqarish muhofaza vositasi bo’lib xizmat qiladi. U monitoring vositasi ham, chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak. Muhofaza qilganda esa populyatsiyalarni muhofaza qilish orqali o’simlik va hayvon turlarini saqlab qolish mumkin.
Hozirgi vaqtda antropogen omillar ta’sirida tabiiy o’simliklar jamoasida ba’zi bir ko’p iste’mol qilinadigan dorivor va yem-xashak o’simliklarining populyatsiyalaridagi organizmlar meyorsiz foydalanish natijasida yo’qolib ketmokda. Masalan, mollar ko’p yeydigan yem —xashak o’tlari meyorsiz foydalanish natijasida Angren adirlari va boshqa joylarda kamayib bormoqda, ularning joyini esa termopsisga o’xshagan mollar iste’mol qilmaydigan o’simliklar populyatsiyasi egallamoqda. Shuning uchun foydali o’simliklar populyatsiyasini saqlab qolishda populyatsiyalarni monitoring yo’li bilan kuzatish kerak va foydali o’simliklar populyatsiyasining tiklanishi uchun tabiatdan meyorda foydalanish kerak.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish