Y (Y /L)L (Y /K)K (Y /N)N .
Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi. Real mahsulot ikki asosiy usulda ko‘paytirilishi mumkin 1) resurslarning ko‘proq hajmini jalb etilishi; 2) ulardan ancha unumli foydalanish yo‘li bilan. 3)Iqtisodiy o‘sish modellari Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi noto‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
1) mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;
2) ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi.
Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;
3) mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud;
4) ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud.
Neoklassik va boshqa ayrim yo‘nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo‘l qo‘yadilar6:
1) ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o‘zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o‘sgan (ko‘paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;
2) ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‘ynashini, qolganlari esa passiv rol o‘ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‘zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o‘z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‘q bo‘lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi kelmaydi. Neoklassik model ko‘p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobb- Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‘sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
Y AK L ,
bu yerda:
Y – ishlab chiqarish hajmi;
K – kapital sarflari;
L – ishchi kuchi sarflari;
A, , - ishlab chiqarish funksiyasining koeffitsientlari: A – mutanosiblik koeffitsienti; va - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo‘yicha elastiklik koeffitsienti.
Elastiklik koeffitsienti bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi natijasida boshqa bir ko‘rsatkich miqdorining o‘zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko‘ra, koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini, koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi. va ning yig‘indisi ishchi kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‘zida 1%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o‘sishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar. O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan kelib chiqadi7. Shunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |