Banklardagi mavjud risklarni oldini olishda sug`urtlash mexanizmining tutgan o`rni



Download 39 Kb.
Sana13.04.2020
Hajmi39 Kb.
#44399
Bog'liq
BANKLARDAGI MAVJUD RISKLARNI OLDINI OLISHDA SUG

BANKLARDAGI MAVJUD RISKLARNI OLDINI OLISHDA SUG`URTLASH MEXANIZMINING TUTGAN O`RNI

Ochilov Boburjon Baxtiyor o`g`li,
Barchamizga ma’lum bo`lishicha moliyaviy munosabatlarda, iqtisodiy jarayonlarda, umuman olganda har bir faoliyatda “risk” degan tushuncha muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga juda qal’tis. yoki bo`lmasa yuqori daromad olib keluvchi mohiyatni o`zida aks ettirgan “abstract” termeni sifatida belgilashimiz ham mumkin. Shundan kelib chiqib, banklar faoliyatidagi risklarni oldini olishdagi sug`urta mexanizmining pozitsiyasi qanchalik optimal samara olib kelishi haqida to`xtalamiz.

Tijorat banklari o`z faoliyati davomida qarorlar qabul qilishda turli xil risklarni hisobga olishlari shart. Bank tizimining barqaror rivojlanishida har-xil risklardn himoyalash vazifasini bajaruvchi sug`urta kompaniyalari ham muhim rol o`ynaydi.

Xorijiy davlatlarda bank faoliyatidagi risklar asosan ikki guruhga bo`linadi:


  • ichki risklar;

  • tashqi risklar.

Birinchi guruh risklari mulk risklari bo`lib, bunda bank mulkiga nazarda tutilmagan tabiiy hodisalar va ofatlar natijasida ko`riladigan zarar tushuniladi.

Ikkinchi guruh risklari kredit va investitsion portfellarga tegishli bo`lib, ular qarz oluvchilar faoliyatidagi rislarga bog`liqdir.

Rivojlangan davlatlarda bu borada banklar tomonidan mijozlarga sug`urta xizmatlari taklif etilmoqda. Bu sug`urta xizmatlari jumlasiga bank mijozlarining bank mablag`lari hisobidan turli xil baxtsizhodisalardan sug`urtalash, plastic kartochkalarni yo`qotishlardan sug`urtalash, bank mulki bevosita o`z-o`zidan sug`urtalash kabilar kiradi.

Kreditni sug`urtalashning zamonaviy tehnologiyasi qarz oluvchi korxonaning kredit riskini sug`urtalashni bildiradi va natijada qarz summasini ancha ko`paytirish imkoniyatini yaratadi.

O`rta va kichik korxonalar banklardan kredit olayotgan vaqtda o`z kredit riskini sug`urta kompaniyasida sug`urtalaydi, natijada qarz oluvchi korxona qandaydir sabab bilan kreditni qaytarmasa, bank ko`rgan zararni qoplash majburiyatini sug`urta kompaniyalari o`z zimmasiga oladi. Bu sistemada ham bank risklari ancha kamayib, qarz oluvchi korxona uchun kredit miqdorini ko`paytirish imkoniyati yuzaga keladi.

Tijorat banklari tomonidan kredit berishning dolzarb tamoyillaridan biri mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga kredit berish vaqtida yangi mahsulotlarga talabni ko`rsatishdir.

Hozirgi kunda xorijiy davlatlar banklari sug`urta kompaniyalaridan korxona rahbarining salomatligi va hayotini sug`urtalashni talab qilmoqdalar, chunki ko`p hollarda bankdan olingan kreditning qaytarilishi korxona uchun kredit miqdorini ko’paytirish imkoniyati yuzaga keladi.

Tijorat banklari tomonidan kredit berishning dolzarb tamoyillaridan biri mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga kredit berish vaqtida yangi mahsulotlarga talabni ko’rsatishdir.

Hozirgi kunda xorijiy davlatlar banklari sug’urta kompaniyalaridan korxona raxbarining salomatligi va xayotini sug’urtalashdan talab qilmoqdalar, chunki ko’p xollarda bankdan olingan kreditning qaytarilishi korxona raxbariga bog’liq bo’lib qolmoqda.

Bank tizimi va sug’urta kompaniyalarining faoliyati o’zaro chambarchas bog’liqdir, chunki sug’urta kompaniyalari sug’urta resurslari banklar uchun moliyaviy zaxira bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu o’zaro hamkorlik natijasida esa banklar faoliyatidagi risklarni sug’urta yo’li bilan kamaytirish xar ikkala tomon uchun ijobiy holdir.

O’zbekiston banklar va sug’urta kompaniyalarining o`zaro hamkorlikdagi faoliyati nafaqat o’z biznesini, balki iqtisodiyotimizning moliya sektorini rivojlantirishiga olib kelmoqda.Hozirgi kunda korporativ mijozlar banklar va sug’urta kompaniyalarining hamkorlikda xizmat ko’rsatishi yo’lga qo’yilgan.

Banklar tomonidan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, yuridik shaxslarga oddiy kredit berilishi bilan birgalikda ipoteka berilib istemol kreditlari berish, jismoniy shaxslarga erkin ishlatish uchun kreditlar berish dasturlari amalga oshirilmoqda . Bu dasturlarni rivojlanishi esa bank tashkilotlari bilan sug’urta kompaniyalari o’rtasidagi hamkorlikni kuchayishiga olib kelmoqda.

Bu tamoyil natijasida banklar va sug’urta kompaniyalari yaqinlashmoqda: sug’urta kompaniyalari kredit risklarini sug’urtalashda yangi xizmatlar va har xil mahsulotlarni ishlab chiqarmoqdalar hamda kreditni sug`urtalashning amaldagi turlari banklar taklif qilayotgan kredit mahsulotlariga moslashtirilmoqda.

Kreditni sug`urtalash turli xil vositlalar bilan rivojlanayotgan vaqtda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:



  • banklar va sug`urta kompaniyalarining kredit risklarini samarali boshqarish;

  • kredit operatsiyalarining foydaliligi va ularning miqdorini kamaytirmaslik imkonini beradigan usullar, tehnologiyalar ishlab chiqish.

Banklar bilan sug`urta kompaniyalarining o`zaro xamkorlikdagi faoliyati har ikkala tashkilotga ham foyda keltiradi. Sug`urta kompaniyalari bankning korporativ mijozlari va jismoniy shaxslar tomonidan garovga qo`yilgan mol-mulkni sug`urtalash imkoniga ega bo`ladi, shuningdek agar berilgan kreditlar miqdori bir xil bo`lsa, korporativ mijozlar bilan ishlaganda, sug`urta mukofotlari chakana sug`urtaning mukofotlaridan kam bo`ladi. Bank esa sug`urtachilarning sug`urta zaxiralarini joylashtirish imkoniga ega bo`ladi. Natijada bankning moliyaviy ko`rsatkichlari o`sadi.

Xulosa qilib aytganda, sug`urta kompaniyalari bilan tijorat banklarining o`zaro manfaatli hamkorligi quyidagi ijobiy natijalariga olib keladi:



  • banklarning aksiyadorlik kapitali va kredit resurslarini miqdori oshadi hamda banklar bevosita risklardan himoya qilinadi;

  • tijorat banklari taqdim etayotgan xizmatlarning kompleksligi hisobiga mijozlar sonini ko`paytirish imkoniyatiga ega bo`lsa, sug`urta kompaniyalari esa sug`urta mahsulotlarini tarqatuvchi zamonaviy tarmoqqa ega bo`ladi;

  • bank faoliyatidagi risklarni tog`ri boshqarish bank va sug`urta biznesining o`ziga xos bo`lgan xususiyatlarini aniq chegaralash va umumiy tutash nuqtalarini topish sug`urta kompaniyalariga ham, banklarga ham, shuningdek ularning mijozlariga ham foyda keltiradi.

Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish