Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi



Download 10,7 Mb.
bet33/260
Sana03.06.2022
Hajmi10,7 Mb.
#633832
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   260
Bog'liq
2 5425048143051886682

NAZORAT SAVOLLARI
1. Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatida Oliy Majlisning rolini oshi­rish yuzasidan Xarakatlar strategiyasida qanday chora-tadbirlar nazarda tutilgan?
2. «Elektron parlament» tizimi qanday vazifani bajarishi rejalashtirilgan?
3. Xarakatlar strategiyasida siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilishi maqsad qilib qo‘yilgan?
4. 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum qanday masalaga bag‘ishlangan?
5. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi qanday hollarda bildiriladi?

4-MAVZU: QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI




Reja:
1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish
2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash
3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish


Tayanch so‘zlar: Sud, qonun, qonun ustuvorligi, odil sudlov, xabeas korpus, xuquq, erkinlik, murojaat, ma’muriy, jinoyat, yuridik yordam, fuqarolik, xuquqbuzarlik, jazo, jazolarni liberallashtirish, insonparvarlik, kafolatlangan xavfsizlik, adolat qo‘rg‘oni, sudlar mustaqilligi.


1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlarning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish.


Sudyalar va sud apparat xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash. Sudyalar mustaqilligi tamoyili «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun, Jinoyat-protsessual kodeks, Fuqarolik-protsessual kodekslarida o‘z ifodasini topgan. Qayd etish kerakki, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Hech kim sudyalar va xalq maslaxatchilariga tazyiq o‘tkazish va ma’lum bir ish qanday xal kilinishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berish xuquqiga ega emas. Ishning xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoki noqonuniy qaror chiqarishga erishish maqsadida sudyalar va xalq maslaxatchilariga xar qanday ta’sir o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida sudyalar mavqeini oshirish bo‘yicha sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966-son Farmoniga ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat kiladi.
Shuningdek, ushbu farmonga asosan sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudyalar hamjamiyatining oliy organi xisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud xokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, raxbarlik darajasidagi sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish yo‘li bilan sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish va boshqa muxim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, sudyalarning aloxida maqomini inobatga olgan xolda, ularning mehnatiga xaq to‘lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag‘lari xisobidan moliyalashtirish tartibini, xar yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro xokimiyati organlaridan ajratilgan xolda aloxida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.

Download 10,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish