«Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish. «Xabeas korpus akt» yuridik qoidasi dastlab XV asrda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib, keyinchalik o‘z taraqqiyoti jarayonida Angliya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingan qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Shuni aytish kerakki, «Xabeas korpus» instituti inson xuquqi bilan bog‘liq qator xalqaro xuquqiy xujjatlarda ham o‘z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasining 8-moddasida «xar bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy xuquqlari buzilgan xollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu xuquqlarning samarali tiklanishi xuquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
«Xabeas korpus» institutining O‘zbekiston Respublikasi jinoyatlarni ko‘rib chiqish protsessiga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga qadar ish yuritishda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan xuquq va erkinliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz maxrum qilishga yoki ularni cheklab qo‘yishga xech kim xaqli emasligini mustaxkamlovchi konstitutsiyaviy printsipni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-xuquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarniig xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiklangan kompleks chora-tadbirlar dasturida «Xabeas korpus» institutini qo‘llash doirasini kengaytirish va tergov ishi yuritilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish maqsadida pochta-telegraf junatmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish xuquqini sudlarga o‘tkazish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida «xech kim qonunda nazarda tutilgan xollardan va tartibdan tashqari birovning yozishmalari sirini oshkor qilishi mumkin emas». Pochta-telegraf junatmalarini xatlab qo‘yish protsessual majburlov chorasini qo‘llashning sud tartibi o‘rnatilishi fuqarolarning ko‘rsatilgan konstitutsiyaviy xuquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirib, sudga qadar ish yuritish bosqichida qonunda nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha fuqarolarning yozishmalari siri oshkor qilinishining oldini oladi. Xatlab qo‘yilishi mumkin bo‘lgan pochta-telegraf junatmalariga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi.
Murdani eksgumatsiya qilish eng nozik xarakatlardan biri bo‘lib, u murdani ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chikarib olish zarur bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi. Bu xarakatni o‘tkazishda ba’zan marxumning yaqinlari rozi bo‘lmasligi, eksgumatsiya ularning roziligisiz o‘tkazilgan-da ularga sezilarli manaviy zarar yetkazilib, turli nizoli xolatlar vujudga kelishi mumkin. Bu tergov xarakatini sudning ruxsati bilan o‘tkazish tartibi belgilanishi eksgumatsiya faqat zarur xollardagina o‘tkazilishini ta’minlash bilan bir qatorda marxumning yaqinlari xuquqlarini himoya kiladi va turli nizolarning oldini oladi.