Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi



Download 10,7 Mb.
bet34/260
Sana03.06.2022
Hajmi10,7 Mb.
#633832
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   260
Bog'liq
2 5425048143051886682

Sud xokimiyati – sud tomonidan protsessual qoidalarga katiy amal qilgan xolda protsessual va moddiy xuquqni qo‘llash orqali o‘zining kompetentsiyasiga tegishli bo‘lgan ishlarni xal etish uchun berilgan xokimiyat vakolatidir.
Sud xokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining samaradorligini oshirish mamlakat sud-xuquq tizimini isloh qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sudlarni xar tomonlama mustaqil, o‘zini o‘zi moddiy-texnik jixatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga ko‘tarishni nazarda tutadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jixatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining umumiy yurisdiktsiya sudlari faoliyatini moddiy-texnik jixatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish aloxida o‘rin egallaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF 4966-son Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xuzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departament tashkil etildi, ularning shtat birliklari tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalar belgilab berildi.
Umumiy yurisdiktsiya sudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha sudlar uchun xonalar yoki aloxida sud zali binolarini ajratish va sotib olish, kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish, yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini yaratish, umumiy yurisdiktsiya sudlarini mebel jixozlari, orgtexnika bilan ta’minlash sudyalar uchun avtotransport sotib olish nazarda tutiladi.
Sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish. O‘tgan yillar davomida sud xuquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatni demokratlashtirishning tarkibiy kismi sifatida sudlarni xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson xuquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Xususan, sud xokimiyatini bosqichma-bosqich mustaxkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya na muxofaza etishga xizmat kiladigan tom manodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-xuquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy printsipni izchil amalga oshirish maqsadida 2000 yil 14 dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun yangi taxrirda qabul kilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual qonunchiligiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa o‘z navbatida, sud tizimini ijro etuvchi xokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasidan kelib chiqqan xolda, «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida sudyalarning mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biroi-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Ushbu xuquq O‘zbekiston qo‘shilgan Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasining 10- moddasida va xalqaro xuquqning boshqa xujjatlarida ham mustaxkamlangan.
Amaldagi qonunchilikka asosan sudyalarning daxlsizligi sud mustaqilligining muxim kafolatidir, daxlsizlik qonunga muvofiq ularning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli mulklar va xujjatlarga ham taalluqlidir. Shuningdek, sudyalar maslaxatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor kilinishining taqiqlanishi sudyalar mustaqilligi, ular­ning beg‘arazligi va xolisligining eng muxim kafolatidir.
Bundan tashqari, sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, xibsga olinishi mumkin emas.
Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunda mustaxkamlangan. Qonunning 67-moddasiga binoan:
ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;
- ularning daxlsizligi;
-qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslaxatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
- sudga xurmatsizlik yoki muayyan ishlarni xal qilishga aralashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
- sudyaga davlat xisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish ta’minlanadi.

Download 10,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish