Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda davlat xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish. Fuqarolik jamiyati qaror topishining muxim shartlaridan biri davlat bilan jamoatchilik tizimlari hamda xususiy sektorning yaqin hamkorligi, ular o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni amalda ta’minlashga erishishdan iborat. Biz mustaqil davlatchilik sari qadam qo‘yilgan dastlabki yillardayoq Asosiy qonunimizda nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy printsiplarning mustahkamlab qo‘yilgani, iqtisodiy faoliyat erkinligi va xususiy xayot daxlsizligi kafolatlangani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan tuzilma hamda tashkilotlarning keng tarmoqlari vujudga kelishi, faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun qulay muxit yaratdi.
O‘tgan chorak asr mobaynida jamoat va nodavlat tashkilotlarining nufuzi ortdi, xuquqiy maqomi mustahkamlandi, jamiyat boshqaruvidagi roli oshib bordi. Bugungi kunda mazkur tuzilmalar davlat bilan fuqarolik jamiyatining o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini aniqlash, ularning jamiyat va davlat xayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarga munosabatini bilishning muxim vositasi sifatida maydonga chiqmoqda.
Demokratik yaigilanishlar jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muxim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini xal etishga qaratilgan 250 dan ziyod qonunlar, yuzlab farmonlar va xukumat qarorlari qabul kilindi. Ushbu keng ko‘lamli xuquqiy baza bu tashkilotlarning davlat organlari bilan teng muloqot olib borishi, xuquqiy munosabatlarda kafolatli ishtirok etishining zamini bo‘ldi.
Davlat bilan xususiy sektor tuzilmalari hamkorligining markazida inson va fuqaroning iqtisodiy hamda ijtimoiy sohadagi manfaatlarini ta’minlash masalasi turadi.
Masalan, kasaba uyushmalari davlat organlari, ish beruvchilar bilan uch tomonlama ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risidagi shartnomalar asosida mehnat kiluvchi xodimlarning fuqarolarning mehnat jarayonida mexnat xuquqlari, ijtimoiy muxofazasi, ish xaqi, dam olish, ishlovchi ayollarning yosh bolalariga parvarish berishi bilan bog‘liq imtiyozlardan foydalanish, pensiyaga rasmiylashtirish borasidagi va boshqa manfaatlarini muxofaza qilishda salmoqli faoliyatni amalga oshirmoqda. Nodavlat va jamoat tashkilotlari fuqarolarning ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, ijtimoiy ta’minot tizimidan foydalanish, buzilgan xuquqlarini tiklash kabi qator sohalarda xuquq va erkinliklarini ta’minlashda davlat organlari bilan bo‘ladigan munosabatlarda vositachi va ko‘makchi vazifasini o‘tamoqda.
Bu yo‘nalishdagi faoliyatning xuquqiy negizlarini yanada mustahkamlash maqsadida 2014 yilda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun qabul kilindi. Ushbu qonun fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shuningdek, gumanitar muammolarini xal etish, aholi turli qatlamlarining xuquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat tuzilmalarining davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralarini belgilash bo‘yicha xuquqiy mexanizmlarini yaratadi.
Qonun amal kila boshlaganidan buyon o‘tgan qisqa davrda to‘plangan amaliy tajriba guvoxlik berishicha, xali bu sohada tashkiliy-xuquqiy mexanizmlar yanada takomillashtirilishi lozim. Shu bois Xarakatlar strategiyasi doirasidagi «Xalq bilan muloqot va inson maifaatlari yili» Davlat dasturida davlat va xususiy sheriklik (hamkorlik) shakllarini kengaytirishga yo‘naltirilgan «Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Unda davlat va xususiy sheriklik tushunchasi, tabiati (moxiyati), printsiplari, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari, shakllari (vositalari), ishtirokchilari doirasi, ularning xuquq va burchlari, bu borada amalga oshiriladigan ustuvor tadbirlar va munosabatlar tartibga solinadi.
Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning xuquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish. Davlat boshqaruvi idoralarining aholi bilan aloqalarini kuchaytirish, hamkorlik mexanizmlarini yaratish muxim. Bir tomondan, aholini davlat boshqaruv organlari faoliyatidan muntazam ravishda xabardor qilib turish, ikkinchi tomondan, maxalliy davlat boshqaruv organlari qarorlarini qabul qilishga keng jalb etishni yo‘lga qo‘yish - davr talabi. Shuningdek, davlat boshqaruvi bilan korporativ boshqaruvni yaqinlashtirish, ular nisbatining oqilona mezonlarini belgilashda muxim o‘rin tutadi.
Inson va fuqarolarning axborotga bo‘lgan xuquqlarini kafolatlashning tamoyillari O‘zbekiston Rsspublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalarida mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 29-moddasiga binoan: «Xar kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi xuquqiga ega. Xar kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish xuquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir».
Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari ular faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda amalga oshirilishi bugungi kunga kelib eng maqbul yo‘l sifatida baxolanmoqda. Amalda mavjud bo‘lgan davlat xizmatlarini fuqarolarga, yuridik shaxslarga va davlat organlarining o‘ziga ko‘rsatishning yangicha tizimini amalga oshirish xar qanday zamonaviy demokratik davlatning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Ushbu qonunning asosiy maqsadi davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi, ochiqligini ta’minlash, davlatimiz ichki va tashqi siyosatining eng asosiy yo‘nalishlaridan aholini muntazam xabardor bo‘lib borishiga sharoit yaratish, shuningdek, fuqarolarniig siyosiy faolligini yanada oshirishdan iboratdir. Mazkur qonunning qabul kilinishi davlat xokimiyati organlari faoliyati xaqida jamoatchilikni xabardor qilib borish tartiblarini aniq belgilab berishi, davlat xokimiyati organlariga o‘zlari qabul qiladigan qarorlar va ularning mazmuni bilan aholini, turli jamoat birlashmalarini xabardor qilish majburiyatini yuklashi bilan ham ahamiyatlidir. Bundan tashqari, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonunning qabul kilinishi orqali fuqarolarniig axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy xuquqlarining yuqori darajada ta’minlanishiga va pirovard natijada davlat xokimiyati organlarining o‘zlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bo‘yicha majburiyatlarining oshishiga erishiladi.
Ma’lumki, 2014 yil 5 mayda «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun qabul kilindi. Ushbu qonunning maqsadi - davlat xokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini, ular faoliyati xaqidagi axborotlardan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholining keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.
Qonunning asosiy vazifalari - davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishini ta’minlash; davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati xaqidagi axborotlarni olishga bo‘lgan xuquqiy kafolatlash; davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun javobgarligini oshirish; davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati xaqidagi axborotlarning tarqatilishi tartibini belgilashdan iborat. Shunga muvofiq, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi, ularniig ustidan jamoatchilik nazorati bu idoralarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar qabul qilish orqali ta’minlanadi.
Shunday qilib, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini erkinlashtirish, ularni xalq extiyojlari va manfaatlariga yaqinlashtirish, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorligini rivojlantirish, hech shubxasiz, pirovardida davlat apparati faoliyati samaradorligini oshirishga, davlatning jamiyat manfaatlariga yanada ko‘proq xizmat qiluvchi institutga aylantirishga qulay imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash «Xalq bilan muloqot va inson maifaatlari yili» Davlat dasturining eng muxim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat-notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, maxallaning jamiyat xayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida mazkur soha taraqqiyoti uchun qator tashkiliy va xuquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bugungi kunga kelib qariyb ellikka yaqin qonun va qonunosti xujjatlari davlat va xususiy sektor faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va ulardan foydalanishni tartibga solib kelmoqda.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz rivoji va islohotlarning muvaffaqiyatli kechishi ko‘p jixatdan davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining xalqqa sifatli va tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatishi, bu borada o‘z faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va o‘z navbatida bu jarayonlardan keng aholining xabardorligi, ularga daxldorligida namoyon bo‘ladi. Zero, inson va fuqarolarning yuqori saviyadagi xuquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari demokratik jamiyat qurishning mustahkam poydevoridir. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik, qonun normalarini xurmat qilish va ularga qat’iy rioya qilish xuquqiy demokratik davlat qurishning, siyosiy va xuquqiy institutlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy omillaridan biri xisoblanadi. Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, fuqarolarning xuquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatdagi siyosiy faolligini oshirish ko‘p jixatdan ularning mamlakatda mavjud qonunchilikdan xabardorligiga, yani, axborot bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq.
Davlat boshqaruvi sohasini erkinlashtirish bu boradagi amaliy faoliyatni faollashtirish bilan bir qatorda jiddiy ilmiy izlanishlar olib borishni, sohadagi muammolarning ilmiy-xuquqiy yechimlarini topishni taqozo etmoqda. Fikrimizcha, bu borada davlat organlari tizimida markazlashtirishdan chiqarish masalalari, boshqaruv idoralari funktsiyalari hamda vakolatlarini oqilona me’yorga solish, ularning funktsiyalarini qayta taqsimlash, ularni markazdan maxalliy bo‘g‘inlarga o‘tkazish muammolarini ilmiy tadqiq etish dolzarb vazifa. Tobora avj olayotgan ma’muriy islohatlar davlat boshqaruvini optimallashtirish, davlat apparatini ixcham va kamxarajat qilish, davlat xizmati, ma’muriy sudlov va ma’muriy-protsesual qonunchilikni shakllantirish hamda takomillashtirish muammolarini dolzarb mavzular qatoriga qo‘shmokda.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davlat dasturida mamlakatimizda ma’muriy islohotlar kontseptsiyasi hamda bu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturini yaratish belgilangani e’tiborga molik. Ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyixasi tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. Bunda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, davlat boshqaruvini markazlashtiruvdan xoli qilish, takrorlanuvchi funktsiyalarni bajaradigan davlat organlarining turli komissiyalarni bekor qilish yoki bir-biriga qo‘shish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh etish nazarda tutiladi.
Yana bir muxim vazifa bu davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashning usul va shakllarini ilmiy taxlil etish, amaliyotga taklif va tavsiyalar berishdan iborat.
Ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, «elektron xukumat»ni shakllantirish, umuman, «Axborot jamiyati»ni qaror toptirish muammolarini tadqiq etish, Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona tizimi xarakatlanishining xuquqiy va metodologik bazasini yaratish ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib borish lozim.
Albatta, bu borada axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot almashinuvi munosabatlarining xuquqiy rejimini kafolatlash aloxida e’tiborni talab etadi.
O‘zbekistonda axborot erkinligini ta’minlash borasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni aloxida ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) axborot tarmoqlarini rivojlantirishda global hamkorlik; 2) elektron kutubxonalarni shakllantirish; 3) elektron muzeylar va galereyalarni yaratish; 4) atrof-muxit va tabiiy resurslar elektron bazasini yaratish; 5) favqulodda xolatlarni elektron boshqarish; 6) sog‘liqini saqlashda informatsion texnologiyalarni qo‘llash; 7) elektron xukumatni shakllantirish; 8) kichik va o‘rta biznes uchun virtual bozorni yaratish.
Uchinchidan, davlat qurilishini erkinlashtirishda davlat boshqaruvi organlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar xususiy faoliyatiga aralashuvini cheklash, uning me’yor va mezonlarini aniqlash ham jiddiy tahlil talab mavzudir.
To‘rtinchidan, Mamlakalakatimiz miqyosida «boshqaruv madaniyati», «ma’muriy madaniyat»ni shakllantirishga ham ustuvor ahamiyat berish kerak.
Beshinchidan, davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligining usul va shakllarini takomillashtirish muximdir.
Oltinchidan, davlat boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish lozim.
Yettinchidan, davlat boshqaruvi organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashning tashkiliy-xuquqiy masalalarini o‘rganish zarur.
Sakkizinchidan, maxalliy davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga aholini keng jalb etishda umumiy muxokamalar va mahalliy referendum institutini ilmiy taxlil etish ham dolzarb masala xisoblanadi.
Xarakatlar strategiyasi «Xalq bilan muloqot va inson maifaatlari yili»da qabul qilingani bejiz emas. Chunki, unda xalqimizning yorug‘ kelajagi hamda istiqbolini belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan.
«Elektron xukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlarining ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiya qilish va barcha sohalarni erkinlashtirishdan iborat ekani xaqidagi fikrlari o‘ta muxim ahamiyatga ega.
Xarakatlar strategiyasi davlat xokimiyatini izchil demokratlashtirish va davlat boshqaruvi tizimining yanada samarali ishlaydigan mexanizmlarini yaratish borasida yangi vazifalarni ilgari surmoqda. Xarakatlar strategiyasi doirasida ma’kullangan Davlat dasturida davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo, davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektor o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, «Elektron xukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ratsional tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish muxim ahamiya kasb etadi.
Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi xuquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish xuquqi va erkinligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muxim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi xisoblanadi».
Mamlakatimizda mustaqillik yillari mobaynida jamiyatni axborotlashtirish, fuqarolarning axborot olish erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va me’zonlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Bu davrda davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid axborotni fuqarolarga yetkazishga, ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining maqsadli va natijali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan o‘ndan ziyod qonunlar qabul kilindi.
Davlat boshqaruviga elektron xukumat tizimini yanada kengroq joriy etish lozim. Bu tizim vositasida davlat miqyosida idoralararo va boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar o‘rtasida elektron xujjat aylanishi, avtomatlashtirilgan axborot-ma’lumot tizimi, Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish servisi hamda axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish amalga oshiriladi. Natijada davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy tartib-tamoyillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron shaklda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi. Elektron xukumat quyidagi printsiplar asosida faoliyat yuritadi: davlat organlari faoliyatining ochiqligi, davlat xizmatlarining hammabopligi, axborotniig muxofazalanganligi, ma’muriy axborotning elektron taxlil etilishi, davlat organlarining o‘zaro kelishilgan tarzda harakatlanishi, davlat organlari faoliyatining sifat jihatidan muttasil yaxshilanishi va x-k.
Davlat organlari faoliyatidagi ochiqlikni ta’minlashning, shu bilan birgalikda «axborotlashgan jamiyat» shakllantirish va rivojlantirishning samarali usullari sifatida «Elektron xukumat» bilan bir qatorda «Elektron parlament» tizimini ham joriy etish muxim.
«Elektron xukumat» tizimi, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish kontseptsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirishga, axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarni integratsiya qiladigan milliy tizimini yaratishga aloxida e’tibor qaratish lozim.
Mamlakatimizda inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish va ushbu munosabatlarni samarali tashkil etish, boshqarish va taxlil etish maqsadida Parlament tomonidan 2015 yilning 9 dekabrida «Elektron xukumat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi «Elektron xukumat» sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |