beshinchidan, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibini belgilash nazarda tutilgan. Bunda qilmishning jinoiyligini istisno etadigan xolatlarni kengaytirish, jinoyat sodir etilishi natijasida keltirilgan zarar qoplangan taqdirda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi aloxida rag‘batlantiruvchi normalar kiritilishi belgilangan. Shuningdek, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini tegishli qarorini qabul qilish va unda shaxsning xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga karatilgan, yetkazilgan zararni qoplagan, chin ko‘ngildan amalda pushaymon bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni normalarini to‘g‘ri va bir xil qo‘llashga oid tushuntirishlar berishga aloxida etibor qaratiladi;
oltinchidan, sudlanganlik xolatining tugallanishi va olib tashlanishinning amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun xukm etilganidan kelib chikadigan xuquqiy xolatdir. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida sudlanganlik xolatining tugallanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar uchun sudlanganlik muddatini belgilamaslik to‘g‘risidagi qoidalar nazarda tutiladi. Sudlanganlik muddatining qisqartirilishi, uning barcha xuquqiy oqibatlari bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida shaxsning xuquqiy xolatini yengillashtirish, ijobiy xulq-atvorini rag‘batlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi xisoblanadi;
ettinchidan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jazosini kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan xolda tarbiyalash, uning jinoiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish, kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya qilishga olib keladi. Shu bilan birga, mazkur jazo nafaqat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy jazolarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat kiladi. E’tiborli tomoni shundaki, mazkur jazo shaxsning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtda ijro etilib, kuniga to‘rt soatdan oshmasligi belgilanadi.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun natijasida sud-xuquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlashtirishga erishiladi.
Xarakaglar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirishga oid «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul kilinishi nazarda tutilgan bo‘lib, unga kura:
-jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi.
-qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llash, shuningdek, Dastlabki tergovning eng ko‘p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi.
- pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish xuquqi sudlarga o‘tkaziladi.
- sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi extiyot chorasini qo‘llash rad etilganida muqobil extiyot choralarini qo‘llash xuquqi beriladi.
- tergovning to‘liq emasligini sud muxokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |