Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi


Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish



Download 10,7 Mb.
bet49/260
Sana03.06.2022
Hajmi10,7 Mb.
#633832
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   260
Bog'liq
2 5425048143051886682

2.Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish .
Chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson xayotini yaxshi­lash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘ligini kafolatlash yo‘nalishida jaxon va milliy tajribaga asoslangan xolda yaxlit tizim yaratildi.
Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur taxlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni mo­dernizatsiya qilish hamda xayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Xarakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.
O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston sobiq Ittifoqdan meros bo‘lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo‘lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo‘lgan va ko‘lami bo‘yicha aholining barcha qatlamlarini xar tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamoqda.
Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko‘paydi, ish xaqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo‘lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda.
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ij­timoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining extiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’­tibor qaratilmoqda.
Aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj extiyojmand qatlamlari himoyasini kafolatlash bugungi kunda mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Xususan, bu masala 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida to‘la o‘z aksini topdi.
Keksa avlodni qo‘llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas’uliyatini oshirish nazarda tutilmoqda. Xususan, bunda jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillariga ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxsga pensiyaga chiqishdan oldin bir yo‘la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlash, 14 ming nafar xodimga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaxo sovg‘alar topshirish, 55 ming nafar ishlamaydigan pensionerga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam berish ko‘zda tutilgan. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun ish beruvchilar mablag‘lari xisobidan 7 milliard, Kasaba uyushmalari mablag‘lari xisobidan 1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
Keksa yoshdagi aholi salomatligini tiklash va ularga sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada samarali tashkil etish maqsadida mamlakatimiz xududlaridagi ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda davlat byudjeti mablag‘lari xisobidan jami 49 milliard 312 million so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish. aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini, maxallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda yashayotgan yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bolalar va maxsus muassasalarni vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 632 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.
Aholining himoyaga muxtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning sog‘ligini tiklash, sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Ayniqsa, manzilli, xududlarda, chekka joylarda bu borada yirik loyixalarning amalga oshirilishi etiborga loyiqdir.
Fuqarolarning dam olish, sog‘ligini qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jixozlash jami 49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriylar, yoshlar markazlari, suzish xavzasi, o‘yingoxlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‘naltirilmoqda.
Bolalar sog‘lomlashtirish oromgoxlarini o‘rnatilgan tartibda qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Kasaba uyushmalari mablag‘lari xisobidan 18 milliard 540,7 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, Surxondaryo viloyatida 200 o‘rinli «Amudaryo soxili» oromgohini qurish ishlarini yakunlash; Andijon viloyatidagi «Bog‘ishamol» oromgoxini rekonstruktsiya qilish; Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo» oromgoxini rekonstruktsiya qilish; Navoiy viloyatidagi «Ishonch» oromgoxida suzish xavzasini qurish ishlarining amalga oshirilishi, xech shubxasiz, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga xukumat e’tiborining amaldagi ifodasidir.
Bundan tashqari, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish va dam olishini tashkil etish maqsadida kasaba uyushmalari tizimidagi «Oqtosh» sanatoriysida, «Zomin» sanatoriysida yotoq binolarini qurish; Surxondaryo viloyatidagi «Termiz marvaridi» sanatoriysini kapital ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish; Namangan viloyati “Chodak” qishloq fuqarolar yig‘inida dam olish uyini qurish ishlarini amalga oshirish uchun yil davomida Kasaba uyushmalari mablag‘lari xisobidan 17 milliard 810 million so‘m yo‘naltirilmoqda. Bunda asosiy e’tibor, ayollar va bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish samaradorligini oshirishga qaratiladi.
Axoliga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muxim omili xisoblanadi. Xarakatlar strategiyasiga muvofiq, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida qishloq vrachlik punktlarning muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi xududlarda uy-joylar qurib berish, qishloq vrachlik punktlarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
2017-2021 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy o‘quv yurtlari klinikalari yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan xolda, keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Xech kim mexr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‘rik tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5 yilda mamlakatimizning chekka tumanlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi. Viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarroxlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Bu jarayonda esa Respublika ixtisoslash­gan tibbiyog markazlari xizmatidan foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshadi.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslarini yanada mustaxkamlash maqsadida «Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Mazkur qonun loyixasini qabul qilish orqali aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi kengaytiriladi hamda odam azolari va to‘qimalarining transplantatsiya qilinishi tartibi belgilanadi, shuningdek, aholining transplantatsiyaga muxtoj bo‘lgan toifasiga qonuniy asoslar va tartiblarda shu turdagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Xarakatlar strategiyasi doirasida 2017-2021 yillarda 220 million so‘m evaziga ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar uchun tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‘li, cho‘l va borish qiyin bo‘lgan xududlarda, shuningdek, aloxida e’tibor talab etiladigan tumanlarda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ekologik jixatdan noqulay mintaqalarda yashovchi aholi uchun «Salomatlik» poezdlari tashkil etiladi. Borish qiyin bo‘lgan xududlarda yashovchi aholini chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali aholining ijti­moiy xolatini aniqlab, sog‘lom oila shakllantiriladi va aholida tibbiy savodxonlik madaniyati oshiriladi.
Onalar va bolalarga ko‘rsatiladigan tib­biy xizmat sifatini oshirish, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 5,8 million AQSh dollari mikdorida, Jaxon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, «Salomatlik-3» loyixasi, byudjet mablag‘lari xisobidan onalar va bolalar­ga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 40 ta tug‘ruq bo‘limi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Bu sohada ishlar sifatini tubdan yaxshilash maqsadida bugun sog‘liqni saqlash sohasining uzviy bo‘g‘ini sanalgan tibbiy-profilaktika xizmati jaxon andozalari talablariga to‘liq javob beradigan zamonaviy tizimga aylanmog‘i zarur.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish borasida 2017- 2021 yillarda barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalar, onkologik muassasalar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini hamda to‘rtinchi darajali ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi.
Mamlakatimizda aholi salomatligini mustaxkamlashning muxim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham aloxida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustaxkamlash maqsadida kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrida «Sog‘lom ona sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Ayollarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Fede­ratsiyasi tomonidan 1500 million so‘m miqdorida mamlakatimizning turli xududlarida yashovchi 2 ming nafar extiyojmand oila ayollari elektr maishiy texnika jixozlari berish yo‘li bilan rag‘batlantiriladi.
Xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratib berish, aholi sog‘ligini saqlash masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Xarakatlar strategiyasida ayollar va qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish, shuningdek, keksalar, o‘zgalar parvarishiga muxtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olinganligi yurtimizda «Inson manfaatlari xar narsadan ulug‘» tamoyilining amalga oshirilishini ta’minlashda muxim omil bo‘lib xizmat qiladi.



Download 10,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish