Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan


Ikkinchi rejada quyidagilar yoritiladi



Download 5,34 Mb.
bet66/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Ikkinchi rejada quyidagilar yoritiladi. G‘azna shahrini Xurosonning siyosiy markaziga aylanishi X asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. G‘aznaviylar davlatining asoschisi Sobuqtegin bo‘lib, bu davlat uning o‘g‘li Mahmud G‘aznaviy davrida musulmon olamining eng kuchli davlatiga aylandi. Bu davlatning hududi Mahmud G‘aznaviyning istilochilik yurishlari tufayli shimoliy va shimoli-g‘arbiy Hindistondan Chag‘aniyon va Xorazmgacha cho‘zilgan bo‘lib, unga Eronning katta qismi ham kirgan edi. Mahmud G‘aznaviy Movarounnahrdagi qoraxoniylar siyosatiga va ayniqsa Xorazmga katta ta‘sir ko‘rsatar edi. O‘z davrining iqtidorli sarkardasi va qattiqqo‘l hukmdori bo‘lgan Mahmud G‘aznaviy 1030 yilda vafot etadi. Shundan so‘ng taxtni uning o‘g‘li Ma‘sud (1030-1041) egallaydi. Lekin Ma‘sud otasi tuzgan davlatni butunligicha saqlab qololmadi.

Mahmud G‘aznaviyga rasman tobe bo‘lgan, lekin amalda mustaqil boshqariladigan Xorazm shohi Xorun ibn Oltintosh 1034 yilda Xorazmni butunlay mustaqil deb e‘lon qildi va katta qo‘shin bilan Xurosonga yurish qildi. Lekin Sulton Ma‘sud tomonidan sotib olingan kishilar Xorazm shohi Xorunni o‘ldiradilar. Uni qo‘llab-quvvatlagan qoraxoniylar qo‘shini yana Samarqandga qaytib ketadi. Shundan so‘ng Sulton Ma‘sud qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi va shu yo‘l bilan g‘aznaviylar hokimiyatiga bo‘lgan xavfni bir oz kamaytiradi.

G‘aznaviylar sultoni Ma‘sud Xurosonga yurish qilgan turkiy-saljuqiylar bilan ko‘p bor jang olib borishga majbur bo‘ldi. Mahmud G‘aznaviyning ruxsati bilan shimoliy Xurosonga joylashib olgan saljuqiylar bu davrga kelib, g‘aznaviylar uchun katta xavf tug‘dira boshladi. 1035 yilda saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi boshlanadi. Nishopurdan Niso shahriga yetib kelgan g‘aznaviylar qo‘shini saljuqiylarga zarba bergan bo‘lsada, Saljuqiyning nevarasi Tog‘rul va Changri boshchiligidagi turkmanlar kechasi G‘aznaviylar qarorgohiga hujum qiladi va g‘alaba qozonadi. 1037 yil aprelь oyida turkmanlar Mari viloyatini uzil-kesil egallashga erishdilar va Bag‘dodda xalifaga hokimiyat uchun yorliq berishni so‘rab elchi jo‘natadilar. SHu tariqa Xurosondagi yangi davlatga-Saljuqiylar davlatiga asos solindi.

Keyingi yillar turkmanlar Tog‘rul boshchiligida bir qancha zarbalar berib, Xurosonning katta qismini bosib oldilar. Shundan so‘ng Ma‘sud katta qo‘shin bilan saljuqiylar ustiga yurish qildi. 1040 yilda Mari yaqinidagi Dandanakon degan joyda hal qiluvchi jang bo‘lib, bunda Ma‘sud armiyasi qattiq mag‘lubiyatga uchradi. Jangdan zo‘rg‘a qochib qutulgan Ma‘sud tez orada (1040 y.) vafot etdi. Uning vorislari g‘aznaviylar davlatining avvalgi qudratini tiklashga muvaffaq bo‘la olmadilar.

G‘aznaviylarga tegishli Xuroson asta-sekin saljuqiylar qo‘liga o‘tdi. Saljuqiylar davlatining bosh sultoni bo‘lib, Tog‘rulbek (1038-1063 y.) saylandi. U katta istilochilik yurishlari olib borib, Balxni, Iroqning shimoli, Ozarbayjonni, Kurdistonni va Qo‘histonni ham bosib olishga erishdi. 1055 yilda u katta qo‘shin bilan Bag‘dodga kirib keldi va xalifadan o‘z nomiga xutba o‘qitishni talab etdi. SHundan so‘ng xalifa diniy hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qolib dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan Tog‘rulbekka topshirdi. Saljuqiylar davlatining poytaxti qilib Tog‘rulbek Ray shahrini tanladi. Uning hukmronligi davrida saljuqiylar Kavkazda Vizantiya qo‘shinlariga ham katta zarba berdilar. U Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatdi. Lekin, uning vorisi Alp Arslon (1063-1072) Amudaryoning o‘ng sohilidagi yerlarga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo‘shinlarini mag‘lub etdi. Undan keyin taxtga o‘tirgan Malikshoh (1072- 1092) 1089 yilda qoraxoniylar o‘rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va katta o‘lja bilan orqaga qaytdi. Lekin Qoraxoniylar Saljuqiylarning yarim vassaliga aylandilar.

Malikshohning o‘limidan keyin Saljuqiylar davlatida taxt uchun o‘zaro kurashlar qizib ketadi va 1118 yilda hokimiyat buyuk saljo‘qiylar sulolasining so‘nggi yirik vakili Sulton Sanjar (1118-1147) qo‘liga o‘tadi. Uning davrida saljuqiylar davlatining poytaxti Marv shahriga ko‘chirildi. U Movarounnahrdagi qoraxoniylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta‘sir o‘tkaza olishga erishgan saljuqiylardan edi. 1141 yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar va uning vassali, ittifoqdosh qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo‘shinlari o‘rtasida, Samarqand yaqinidagi Katvon cho‘lida bo‘lib o‘tgan jangda qoraxitoylarning g‘alaba qilishi Saljuqiylar davlatini ancha zaiflashtirdi. Saljuqiylarning mag‘lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141 yilning qishida saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi, 1142 yilda esa Nishopurga yurish qildi. Lekin Sulton Sanjar Xorazm qo‘shinlarini Xurosondan quvib chiqardi va Xorazmshoh Otsizni yana o‘ziga bo‘ysundirishga erishdi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramasdan Saljuqiylar davlati o‘zining avvalgi qudratini yo‘qota bordi. Saljuqiylarga hal qiluvchi zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida yashovchi ko‘chmanchi G‘o‘z qabilalar berdilar. Ular Sulton Sanjar qo‘shinlarini tor-mor etib, uni asir oldilar. G‘o‘zlar himoyasiz qolgan Marv, Nishopur shaharlarini talab, o‘t qo‘ydilar. Sulton Sanjar 1156 yilda asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘lsa ham, lekin saljuqiylar davlatini tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish