Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Somoniy hukmdoridan Ismoil Somoniy Movarounnahr va Xurosonni birlashtirishga va yangi markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo‘lgan. Islohotlar o‘tkazgan 10 ta devon tashkil qilgan. Davlat amir unvoni bilan idora qilingan. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma‘rifatli vazirlari Abuabdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning xizmatlari katta bo‘lgan. Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlanganlar.
Devonlar orasida vazir yoki ―xo‘ja buzurg‖ devoni alohida o‘rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo‘ysungan. U hamma – ma‘muriy, siyosiy va xo‘jalik mahkamalarini nazorat qilgan.
Davlatni idora etishda ―mustaufi devon‖ ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu devon davlatning
butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.
―Devon amir-al-mulk‖ yoki ―al-rasail‖ davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan rasmiy hujjatlarni tuzish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari bu devon chet davlatlar bilan bo‘ladigan munosabatlarni ham boshqargan.
―Muxtasiba‖ devoni bozorlarni, sotuvchilarni, qadoqboshlarning og‘irligini, bozordagi mollarning narxini, sifatini nazorat qilgan.
Davlat xazinasining daromadlarini va xarajatlarini ―mushrif‖ devoni nazorat qilgan. Bundan
tashqari ―qozi azziya‖ va ―vaqf‖ devonlari bo‘lgan. ―Qozi azziya‖ devoni davlat yerlarini, ―vaqf‖ devoni hadya etilgan yerlarni va musulmon ruhoniylarining boshqa mol-mulklarini nazorat qilishgan.
Devoniylarning aytarli hammasini viloyatlarda boshqarmalari bo‘lgan. Somoniylar davlatida musulmon ruhoniylarning ta‘siri nihoyatda kuchli bo‘lgan. Ular markaziy hokimiyat ishlarida ham faol ishtirok etganlar. Davlat amaldorlari asosiy boy dehqon va ruhoniylardan tanlangan. Bunda yuqori tabaqaga mansub bo‘lishdan tashqari, ma‘lum bilimlarga ega bo‘lish talab etilgan. Amaldorlar arab va fors tillarini, qur‘on va shariatni yaxshi bilishi va turli fanlar to‘g‘risida ma‘lum darajada tasavvurga ega bo‘lgan. Har bir o‘lkalar va viloyatlar hokimi ko‘ngillilardan iborat qo‘shin saqlagan.
Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida Movarounnahr va Xurosonda ma‘lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. Dehqonchilik, hunarmadchilik va savdo tez sur‘atlar bilan rivojlana boshladi. Movarounnahr va Xuroson bu vaqtda SHarqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o‘lkalaridan hisoblangan.
Xuroson va ayniqsa, Movarounnahr dehqonchilik o‘lkalari qatoriga kirgan. Bu yerlarda dehqonchilik asosan sun‘iy sug‘orishga asoslangan. Ko‘plab soy va daryolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud bo‘lgan. Sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikdan tashqari lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kanal qurilishi uchun xalifa davlat xazinasidan 20 million dirham ajratgan.
Somoniylar davrida dehqonchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik ham keng sur‘atlar bilan taraqqiy qildi, ayniqsa, to‘qimachilik yaxshi taraqqiy qildi. Bu yerda ipak va jundan tayyorlangan turli- tuman gazlamalar o‘zining sifatliligi, bejirim va nafis naqshlari bilan ajralib turgan. Buxoroning Zandana, Samarqanddagi Vedar va Surxondaryodagi Darzang to‘qimachilarining mahsulotlari faqatgina Movarounnahr va Xurosondagina emas, balki Iroq, Eron va Hindistonlarda ham ma‘lum bo‘lgan.
Kulolchilik ham somoniylar davrida o‘z taraqqiyotining eng yuqori bosqichlariga ko‘tarilgan. Manbalarda qayd qilinishicha ayniqsa, Samarqand, Binkent va Marv kulollari tayyorlagan idishlar o‘zining bejirim shakli, yuqori sifati, ajoyib va nafis naqshlari bilan ajralib turgan.
Bu davrda shishasozlik ham keng rivojlangan. SHishasozlarning ustaxonalari Niso, Marv, Termiz, Poykand kabi shaharlarda ochib o‘rganilgan. Markaziy Osiyo shishasozlarining mahsulotiga boshqa o‘lkalardan ehtiyoj katta bo‘lgan.
Somoniylar davrida metallurgiya sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bu davrda Badaxshonda kumush, oltin, billur, lojuvard kabi qimmatbaho metall va toshlar qazib olish davom etgan.
Markaziy Osiyoda somoniylar davrida qog‘oz ishlab chiqarish ham yaxshi rivojlangan. Qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik markaz Samarqand bo‘lib unda qog‘ozlarning mahsuloti faqat Markaziy Osiyo yoki SHarqda emas, balki Yevropada ham mashhur bo‘lgan.
Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va hatto qishloqlarda
bo‘lgan. Ayniqsa, karvon yo‘llari bo‘yicha joylashgan shaharlarda bir nechtadan bozorlar bo‘lgan. Buxoro, Xo‘jand, Kesh, Termiz, Hirot, Marv, Nishopur shaharlaridagi bozorlar katta va juda gavjum bo‘lgan. Savdo rastalari karvonsaroyning o‘zida ham bo‘lgan. Karvonsaroylar yo‘llarda ham qurilgan.
Bozorlarda sotiladigan mollar avvalo mahalliy aholining ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Hunarmandlar o‘z mollarini sotib oziq-ovqat mollarini xarid qilishgan, o‘z navbatida dehqonlar hunarmandchilik mollarini xarid qilishgan. IX-X asrlarda Markaziy Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo- sotiq katta ahamiyatga ega edi. Bu borada ko‘chmanchilar bilan chegaradosh bo‘lgan shaharlarning ahamiyati katta bo‘lgan. Ko‘chmanchilar shaharlarga kelib dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilganlar, teri sotganlar.
Markaziy Osiyolik savdogarlar o‘z mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlatlarga, Kavkaz, Xazar, Bulg‘oriya, Xitoy va Hindistonga olib borib sotganlar. Markaziy Osiyodan Xitoy bilan O‘rta Yer dengizini birlashtiruvchi va Janubiy-SHarqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo‘llari o‘tgan. Xazar, Bulg‘or va Rus yerlariga markaziy Osiyodan quruq mevalar turli-tuman gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. O‘z navbatida Janubiy-SHarqiy Yevropadan Markaziy Osiyoga mo‘yna, mis, teri, qoramol, qullar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |