Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet65/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Somoniylar davridagi madaniy hayot.IX-X asrlarda me‘morchilik san‘ati va qurilish uslubi o‘z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqoriga ko‘tarildi. Bu davr qurilishida avvalgi asrlardagi kabi xom g‘isht va paxsa asosiy qurilish materiali hisoblangan. Qurilishda yog‘ochdan keng foydalanilgan. Uylarning ustunlari va to‘sinlari yog‘ochdan qilingan, tomlar yassi bo‘lgan. Somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson me‘morchilik san‘atining yuqori taraqqiyotidan yorqin dalolat beruvchi yodgorlik bu Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Bu maqbara asrlar osha bizning kungacha yetib kelib, o‘zining me‘moriy barkamolligi va shu bilan birga oddiyligi bilan insonni hayratga soladi.

Somoniylar me‘morligining yana bir noyob durdonasi Kattaqo‘rg‘ondan 60 km, janubdagi Tim qishlog‘ida joylashgan Arab ota maqbarasidir. Arab ota maqbarasi hashamatli me‘morchilikning ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. Maqbarada bitilgan yozuvlarga qaraganda bu inshoot 977-978 yillarda qurilgan bo‘lib, bu yerda somoniylardan biri ko‘milgan. Somoniylar davri me‘morchiligining nodir namunalarini Karki (Turkmaniston) yaqinidagi Alambardor, Uzun (Surxondaryo) yaqinidagi Xo‘ja Naxshron, Karmanadagi Mir Said Baxrom maqbaralarida ham uchratish mumkin. Bu yodgorliklar ham IX-X asr me‘morchiligi yuksak darajada bo‘lganligidan dalolat beradi.

IX-X asr me‘morchiligining rivojlanish yo‘llarining saqlanib qolganligini ko‘plab masjidlar



misolida ham kuzatish mumkin. Masjidlarning tomi odatda gumbaz shaklida bo‘lgan. Bu davrga oid masjidlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda, Buxorodagi Mag‘oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi Chorustun, Shahristondagi Childuxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar Markaziy Osiyo diniy me‘morchilikning rivojlanish yo‘llarini kuzatish imkonini beradi.

Somoniylar davriga oid shahar va qishloq aholisining uylari to‘g‘risida hozir arxeologiya ancha ma‘lumotlarga ega. Bu borada qadimiy Samarqand-Afrosiyob, Xorashkent-Kanka, Binkent, Termiz, Marv, Dahiston kabi o‘nlab yodgorliklarda olib borilayotgan izlanishlarning natijasi diqqatga molikdir. Bu davrda Buxoro, Marv, Samarqand, Nishopur, Balx, Binkent, Kesh, Xo‘jand, Urgench yirik madaniyat va fan markaziga aylandilar.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish