Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet63/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Somoniylar sulolasiga asos solgan Somonxudod yirik yer egasi bo‘lgan. Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan yoki Termizdan bo‘lganligi qayd etilgan. Somonxudod Ma‘mun Xuroson noibligi paytida unga xizmatga o‘tgan va tez orada uning e‘tiborini qozongan, Ma‘mun ta‘siri ostida xalq zardushtiylik dinidan voz kechib, islom diniga kirgan. Xuddi shu vaqtda Somoniyning o‘g‘li Asad ham xalifa Ma‘mun e‘tiboriga tushgan. Asadning to‘rtta o‘g‘li bo‘lgan va ular Ma‘mun saroyida xizmat qilishgan. Ma‘munning buyrug‘iga binoan Xuroson noibi Asadning o‘g‘illarini 820 yilda Movarounnahr o‘lkalariga noib qilib tayinlaydi. Xususan, Asadning katta o‘g‘li Nuhni Samarqand, Ahmadni Farg‘ona, Yahyoni SHosh va Ustrushona, Ilyosni Hirot noibi qilib tayinlaydi. Toxir ibn Xusayn Asadning o‘g‘illarini yaxshi bilgan va ularga kerakli vaqtda yordam qo‘lini cho‘zgan.

Ahmad Somoniy asta-sekin Movarounnahrni o‘z oilasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Toxiriylar Ahmadning bu faoliyatiga qarshilik ko‘rsata olmadilar. 864 yilda Ahmad vafot etdi. Somoniylar sulolasining boshlig‘i sifatida 865 yilda Ahmadning o‘g‘li Nasr tan olindi. Lekin hamma Somoniylar ham sulola boshlig‘i sifatida Nasrni birdan tan olmadilar: xususan SHosh hokimi Yoqub Nasrni tan olmay o‘z nomidan tangalar zarb qila boshladi. Ayniqsa, Nasrning ukasi Ismoil bilan aloqasi keskin edi. Ma‘lumki, 873 yili Buxoro viloyatini Toxiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn Toxir bosib oldi va unga soliqlar soldi. Bundan g‘azablangan xalq Muhammadga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. SHahar amaldorlari Nasr ibn Ahmadga murojaat qilib, somoniylardan Buxoroga noib yuborishni iltimos qildilar. Buxoroni somoniylar davlatiga qo‘shib olishni rejalab yurgan Nasr bu taklifni xursand bo‘lib qabul qildi va Buxoroga noib qilib ukasi Ismoilni jo‘natdi. Ismoil Buxoroga kelib qo‘zg‘olonni bostirdi.

Nasr Ismoilni o‘z noibi deb hisoblar edi. Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay qo‘ydi. SHundan so‘ng aka-uka o‘rtasida nizo paydo bo‘ldi: 886 yili Nasr va Ismoil qo‘shinlari to‘qnashdilar. Bu jangda Ismoil mag‘lub bo‘ldi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. Lekin ikki yil o‘tgach aka-uka qo‘shinlari o‘rtasida yana to‘qnashuv bo‘ldi. Bu jangda Ismoilning qo‘li baland keldi. Nasr qo‘shini tor-mor qilindi. Movarounnahr hukmronligi Ismoil qo‘liga o‘tdi. Lekin Ismoil Nasrdan taxtni tortib olmadi va Nasr o‘z vafotigacha (892 yili) somoniylarning boshlig‘isifatida Samarqandda qoldi.



Nasr vafotidan so‘ng Ismoil davlat boshlig‘i bo‘ldi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. O‘zaro janjal va isyonlarni bartaraf etgach Ismoil 893 yili ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortdi va Tarozni egalladi. U bu yerda xonni va uning 10 ming qo‘shinini asir olib, bu jangda katta harbiy o‘ljani qo‘lga kiritdi. Xalifa al-Mutadis (892-902y) Ismoilni qudrati ko‘chayib ketayotganligini ko‘rib, Movarounnahrdan mahrum bo‘lib qolishidan sarosimaga tushdi hamda hiyla yo‘llarini izlay boshladi. U Movarounnahrdan o‘zining barcha odamlarini saroyga taklif etdi va ularga Ismoilni Movarounnahr hokimligidan tushirilganligini va Amr ibn Laysni u yerga hokim qilib tayinlanganligini e‘lon qildi. Bu bilan xalifa o‘zining ikki dushmanidan bir yo‘la qutulmoqchi edi. Movarounnahr noibligi to‘g‘risida yorliqni olgan Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo‘shin tortdi. 900 yili Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qo‘shini tor-mor etiladi. Narshahiy va boshqa mualliflarning qayd qilishicha, Ismoil Amir bilan bo‘ladigan jangga qo‘shindan tashqari Buxoro hunarmandlarini hamda oddiy xalqning qo‘liga qurol berib, o‘z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Keng xalq ommasining bu jangda ishtirok etishi Ismoilga zafar keltirdi. Ismoil arab bosqinidan keyin birinchi bo‘lib o‘zaro janjallar, bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani qudratli bir davlatga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi.

Endi Ismoil oldida asosiy masala turar edi. U ham bo‘lsa arab xalifaligidan o‘z mustaqilligini saqlab qolish uchun markazlashgan mustahkam davlat ma‘muriyatini tuzish kerak edi. Yirik yer egasi bo‘lgan Ismoil birinchi navbatda mahalliy feodal zodagonlar va savdogarlarning manfaatlarini ko‘zlab ish tutdi. Davlatning iqtisodiy kuch-qudratini oshirish, qishloq xo‘jaligini, hunarmardchilikni va savdoni rivojlanishi uchun keng shart-sharoitlar yaratib berish lozim edi. SHu maqsadda Ismoil katta va yaxshi qurollangan, saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk g‘ulomlaridan iborat qismlarni tuzishga katta e‘tibor berdi. Natijada Somoniylar davlati tez orada musulmon sharqidagi markazlashgan kuchli davlatga aylandi.

Yirik yer egasi bo‘lgan Ismoil mahalliy feodal zodagonlar va savdogarlarga suyanib davlatni idora qilgan. Lekin Ismoil ham, boshqa somoniylar ham ichki ijtimoiy ziddiyatlarni yo‘qota olmagan. Dexqonlarning yer egalari tomonidan qattiq ekspluatatsiya qilinishi natijasida feodallarga qarshi qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan. Bundan tashqari, ayrim chekka o‘lkalarning hokimlari markazlashtirish siyosatiga iloji-boricha qarshilik ko‘rsatganlar. Xususan, Xorazm, Afg‘oniston hududlarida joylashgan hokimlar somoniylarga vassal bo‘lsada, ular o‘z yerlarida mustaqil siyosat yurgizganlar. Ular somoniylar saroyiga to‘lanadigan soliqning ma‘lum qismini emas, balki sovg‘a-salomlar yuborish bilan kifoyalanganlar.

907 yilda Ismoil vafot etgach taxtni o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil egalladi (907-914 y). Ahmad hukmronligi davrida bir qancha qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, amakisi Ishoq ibn Ahmad Samarqandda, Ray va Seyiston hokimlari isyon ko‘tardilar. Bu isyonlar shavqatsizlik bilan bostirildi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi. Davlatni idora etishda arab tilini qayta tiklanishi ko‘pgina mahalliy zodagon va Turk g‘ulomlarining noroziligini uyg‘otdi. 914 yilda u Turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldirildi. Taxtga Ahmadning 8 yoshli o‘g‘li Nasr ibn Ahmad (914-943 y) o‘tirdi. Saroyning ruxsati bilan davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqardi.

914 yilning oxirida Samarqandda yana qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Davlatning janubiy hududlarida bo‘lgan Xusayn ibn Ali Marvoziy rahbarligidagi qo‘zg‘olon ayniqsa keskin tus oldi. Qo‘zg‘olon karmatlar g‘oyasi bayrog‘i ostida bo‘lib o‘tdi. Bu qo‘zg‘olon 918 yilda bostirildi. Marvoziy asir olindi. Ko‘p o‘tmay Marvoziy rahbarligidagi qo‘zg‘olon bostirilgach Ahmad ibn Nuh hokimiyatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. 922 yilda esa Ilyos ibn Issoq qo‘zg‘olon ko‘tardi. Tinmay davom etgan qo‘zg‘olon va isyonlar Somoniylar davlatining qudratiga katta ta‘sir ko‘rsatdi va u asta-sekin tanazzulga yuz tutdi.

Nasr hukmronligi davrida Somoniylar davlati hududlarida karmatlar harakati ancha keskin tus oldi. Karmatlar islomni yoyilishiga, feodal munosabatlarni ko‘chayishiga qarshi chiqdilar va oldingi an‘analarni, qishloq jamoalarini qayta tiklashni yoqlab chiqdilar. SHuning uchun bu harakatga keng xalq ommasi qo‘shildi. Karmatlar g‘oyasiniamaldorlarning bir qismi va hatto Nasrning o‘zi ham qabul qildi. Nasrning bu qadami reaktsion musulmon ruhoniylarning va turk g‘ulomlari noroziligini qo‘zg‘atdi. Natijada, Nasr taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Taxtga Nasrning o‘g‘li Nuh o‘tirdi (943-954yillar). Nuh karmatlarga qarshi shavqatsiz kurash olib bordi. Ularning mol-mulklari musodara qilindi. Nuh hatto o‘z otasi Nasrni zanjirband qilib, qal‘aga qamab qo‘yishga buyruq berdi.



Nuh hukmronligi davrida Somoniylar davlatini inqirozi ko‘zga yaqqol tashlana boshladi. Bo‘shab qolgan xazinani to‘ldirish maqsadida Nuh soliqlar miqdorini ko‘paytirdi. Bu xalq noroziligini yanada oshirdi. Xalq noroziligidan foydalangan Nuhning amakisi Ibrohim ibn Ahmad Xuroson noibi Abu Ali CHaroniy yordamida vaqtincha Buxoro taxtini egallab olishga muvaffaq bo‘ldi. Abu Ali CHaroniy Xurosonga qaytgach Nuh yana Buxoro taxtiga qaytdi va isyonkor qarindoshlarini qattiq jazoladi. Lekin, Somoniylarning Abu Ali Charoniy bilan kurashi Abdumalik hukmronligi davrida (954-961yy) ham davom etdi. Abdumalik zamonida turk lashkarboshilarini davlat ishlariga aralashishi ancha ko‘chaydi. Xususan, turk lashkarboshisi Alp Tegin «buyuk Xojib» lavozimiga ko‘tarilgan. Abdumalik vafotidan keyin Somoniylar taxti uchun kurash yanada keskin tus oldi. Alp Teginning qat‘iy harakati bilan taxtga o‘tirgan Abdumalikning o‘g‘li bor yo‘g‘i 6 kun hukmdorlik qilgan. Taxtga Mansur ibn Nuh (961-976 yillar) o‘tirgan.

Soliqlarning yil sayin ko‘payib borishi, feodallarning o‘zaro janjallari, noiblarning markazga bo‘ysunmay qo‘yishi va saroydagi bo‘layotgan taxt uchun kurashlar somoniylar davlatini juda zaiflashtirib yubordi. Bu kurashlar ayniqsa, Amir Mansur ibn Nuh II (976-997yillar) hukmronligi davrida keskin tus oldi. Ichki nizolar oqibatida Nuh II Yettisuv va Qashg‘arda vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining Movarounnahrga qilgan yurishlariga keskin qarshilik qilolmadi. Somoniylar davlatidagi siyosiy beqarorlikdan foydalangan Qoraxoniy Xorun Bug‘roxon 990 yili Fa‘b tomon qo‘shin

tortdi va ikki yil davomida somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi.

997 yili Nuh II vafot etdi. Taxtga o‘tirgan Mansur ibn Nuh o‘z amaldorlari bilan kelishishga harakat qildi. Ammo bu harakat yaxshi natija bermadi. Somoniylar saroyidagi eng nufuzli amaldorlardan hisoblangan Abu Ali Muhammad Isfijobiy amirga qarshi isyonko‘tardi. Isfijobiyni iltimosiga binoan Qoraxoniy hukmdori Elik Nasr somoniylarga qarshi qo‘shin tortdi. Lekin Elik Nasr Isfijobiyning o‘zini amir qilib O‘zgandga jo‘natdi. Bu paytga kelib somoniylar saroyida o‘zaro kelishmovchiliklar yanada kuchaydi. 999 yili Mansur taxtdan tushirildi, va ko‘zi ko‘r kilindi. Taxtga Mansurning ukasi Abdumalik ibn Nuhni o‘tqazishdi. Mahmud G‘aznaviy 999 yilning may oyida Mansur uchun o‘ch olish shiori ostida Movarounnahrga qarshi qo‘shin tortdi. U Somoniylar qo‘shinini tor-mor qilib katta o‘ljalar bilan G‘aznaga qaytdi. Yuzaga kelgan bu vaziyatdan Elik Nasr ham foydalanishga harakat qildi. Negaki, bu jang oqibatida Xuroson Mahmud G‘aznaviy qo‘liga o‘tgan edi. SHu yilning dekabrь oyida Elik Nasr somoniylar sulolasini tugatish maqsadida Buxoroga qo‘shin tortdi. Somoniylar Buxoro aholisi yordamida Qoraxoniylarni shaharga kirgizmaslikka harakat qildilar. Lekin aholining ko‘p qismi Somoniylarni qo‘llab-quvvatlamadi va Elik Nasr Buxoroni 999 yilning

23 oktyabrida aytarli qarshiliksiz bosib oldi. Elik Nasr Buxoroga Jafar Teginni tayinlab o‘zi Urganchga qaytdi.

Yuqoridagi voqealardan so‘ng Nuh II ning o‘g‘li Abu Ibrohim Ismoil (Muntasir laqabi bilan) bir qancha muddat samoniylar davlatini tiklash uchun Qoraxoniylarga qarshi goho yutuqli goho muvaffaqiyatsiz urushlar olib bordi. Bu kurashlarda unga Saljuqiylar, goho G‘aznaviylar hukmdorlari ham yordam berib turdilar. Lekin Qoraxoniylar qo‘shini bilan to‘rtinchi marta yirik to‘qnashuvdan so‘ng u jangda yengiladi va 1005 yil boshlarida o‘ldiriladi. SHu tariqa Somoniylar hukmronligi Movarounnahr va Xurosonda tugatilib, ularga qarashli o‘lkalarni Qoraxoniylar va G‘aznaviylar bo‘lib olishdi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish