1.XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli va o‘zaro munosabatlari.
Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining Qo‘qon xonligi hududlariga xujumi.
Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi vassaliga aylantirilishi.
Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga bosqinchilik yurishi va vassaliga aylantirilishi.
Rossiya imperiyasining o‘lkamizdagi mustamlakachilik siyosati. Turkistonda iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy sohalarda hukmronlikni o‘rnatish tadbirlari.
Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi. Uning atoqli vakillari.
Birinchi jahon urushining o‘lka hayotiga ta‘siri.
1.XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiyahvoli va o‘zaro
munosabatlari.
O‘zbek xonliklari hayoti ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qoloqlik, turgunlik sezilarli darajada edi. Bu bir qator omillar bilan bog‘liq edi. Asrlar davomida bir butun bo‘lib qolgan mamlakatning yagona iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan aholining uchga bo‘linib ketishi, xonliklar o‘rtasidagi urushlar, xar bir xonlik ichidagi feodal tarqoqlik va o‘zaro hokimiyat uchun tinimsiz davom etgan ichki nizo, janjallar butun mamlakatni vayron qildi. O‘zaro urushlar qabilalar ko‘chishlarini keltirib chiqardi. Bu jarayon etnik mojarolarni keltirib chiqarar edi.
Aholi bek va xonlarning amaldoru-mansabdorlarning zo‘ravonligidan azob chekar edi. Turmush darajasi past bo‘lib, aholi o‘zi uchun eng zarur bo‘lgan narsalarni ham xarid qila olmas edi. Asosiy boylik bo‘lgan yerga mulkchilikning eski usuli xali ham uzgarmasdan kelar edi. Xonliklarda hukmdor yerning birdan-bir egasi bo‘lib yerda ishlovchi dehqonlarga yer ijara tarzida biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas yetishtirilgan xosilning egasi edi. Shu sababli ham u yerni asrab-avaylashga intilmas edi, Dehqonchilik nochor ahvolda edi. Yerga ishlov berish o‘sha bir juft xo‘kiz, omoch tarzida qolib ketgan edi. Irrigatsiya ishlariga ahamiyat pasayib sug‘oriladigan yerlar qisqarib borar edi.
Xonliklarda sanoat ishlari, tovar-pul munosabatlari rivojlanmadi. Savdo munosabatlari hamon ayirboshlash tarzida edi. O‘rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgan, ustiga ustak ichki bozor ham tashkil topmagan edi. O‘zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, iqtisodiy va harbiy nochorlik qo‘shni mamlakatlarni uni o‘z tassarufiga kiritish uchun qo‘l keldi (ayniqsa Rossiya uchun). Va bu narsa ohir oqibatda bu o‘lkalarni Rossiya tomonidan bosib olinishi bilan yakunlandi.
Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining Qo‘qon xonligi hududlariga xujumi.
asrning O‘rtalarida mustamlakachi ikki yirik imperiya, ya‘ni Angliya va Rossiya davlatlarining manfaatlari Turkistonda to‘qnashdi. Rossiya siyosatchilari Turkiston xalqlari o‘z holiga tashlab quyilsa, tez orada Britaniya hokimiyatining Markaziy Osiyoning va keyinroq Kaspiy dengizining Sharqiy tomonlarini egallab olishidan xavfsirar edi.
XIX asrda Buyuk Britaniya o‘z tasarrufidagi Xindiston va Afg‘oniston orqali xonliklar bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalar olib borar edi. Ayni paytda Turkistonni rus chorizmi bosib olishidan xavfsiramoqda edi. Sharq siyosatida inglizlar Rossiyaning chegaralari Afg‘onistongacha yetib kelmasligini istar edilar. Hech bo‘lmaganda xonliklar ikki davlat o‘rtasidagi betaraf maydon bo‘lib qolishi lozim edi.
Angliyaning asosiy maqsadi xonliklarni bosib olishga chog‘lanayotgan Rossiyaning rejalarini barbod qilib, uchala xonlikni o‘nga qarshi bir kuch bo‘lib birlashtirishdan iborat edi. Bu maqsadi amalga oshgach, uning Markaziy Osiyo bozorlarini egallash rejasi ham yo‘q emas edi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun Angliya hukumati 1841 - 1842 yillarda Stoddart va Konolini xonliklarga maxsus missiyani bajarish uchun jo‘natib yubordi. Qo‘qon va Xiva xonlari ularning taklifiga ko‘ndi, harbiy kuchlarni birlashtirishga rozi bo‘ldi.
Ammo Buxoro amiri Nasrulloxon ingliz elchilarini qatl qildi. Bu ishi bilan u chor Rossiyasining mustamlakachilik sirtmog‘ining tashlashiga imkoniyat yaratib berdi. Rossiya bu imkoniyatdan foydalanishga kirishib, 1853 yilda Oqmachitni egallab oldi.
Shunda ham inglizlar xonliklarga yordam berish yo‘llarini qidirdilar. Zamonaviy tup qo‘yuvchi muxandislardan biriga Mustafo ismini berib Qo‘qonga jo‘natdi. Xindistonlik turkiy sipoxlarga ko‘ngilli bo‘lib, Qo‘qonga kelishlariga ruxsat beradi. 1858 yil mart oyida Angliya parlamenti Xindistonni mustamlakalashtirish va Turkistonda savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida maxsus qo‘mita ta‘sis etdi. Buning oqibatida ingliz savdogarlari turli maxsulotlar bilan xonliklarga kelib turdi. Ular tobora Rossiya savdogarlariga xafvli raqobatchi bo‘lib bordilar. Bu tadbirlar Rossiya hukumatini tashvishlantirdi. Hukmron va harbiy doiralar podsho hukumatini bosib olishga unday boshladilar. Shuningdek, ingliz josuslarining xonliklarda paydo bo‘layotganligi oshkor bo‘lgach, xonliklar hududlarini birin-ketin bosib olishga izn berildi. Dastlabki harbiy harakatlar Qo‘qon xonligiga qaratildi.
60-yillardan boshlab Rossiya chorizmi Markaziy Osiyodagi milliy mustaqil davlat Qo‘qon xonligiga qarshi bosqinchilik harakatini faol olib bordi. Bu harakatlar borgan sari keng miqyosli urushga aylandi. Qo‘qon xonligi daxshatli yov bilan yakkama-yakka kurash olib bordi. Bosqinchi yov zamonaviy qurol-aslahaga ega bo‘lib, ularga Yevropaning katta urushlarida tajriba orttirgan generallar raxbarlik qildilar. Ular bosqinchilikda katta maxoratga ega edilar. Dastlab general Perovskiyning qo‘shini 1853 yili shiddat bilan Qo‘qon xonligi qal‘asi bo‘lgan Oqmachitni egallash uchun yurish boshladi. Qal‘a ximoyasi 20 kun davom etdi. Bosqinchilar qudratli 17 tup va jangovor ikki yarim mingga yaqin kishilik otryadlari bilan tinimsiz hujum qilib turdilar.
Bosqinchilar qal‘aga zarbani artilleriya bilan berdi va uni vayron qilib tashladi.
Zamonaviy qurol-yarogi tufayli ular kam talofot ko‘rdi.
Chorizmning eng yovuz harakatlaridan biri shu bo‘ldiki, u Markaziy Osiyo hududida qon-qarindosh bo‘lib yashab kelayotgan qozoqlar, qirgizlar, turkmanlar, o‘zbeklar va tojiklar orasida nizo urug‘ini sochdi.
1859 yili podsho Aleksandr II ning o‘zi shaxsan ishtirok etgan saroy kengashida harbiy vazir Dolgorukov, graf Perovskiy va Gosfordlar ham qatnashdilar. Kengashda
Turkiston yerlarini bosib olishni kuchaytirish, Qo‘qon xonligini bir yog‘lik qilish masalasi ko‘rilgan edi.
Bosib olishiga qarshilik ko‘rsatgan qal‘a va shaharlarga omonlik bermay, yanchib
tashlash, ayovsiz qirgin qilish g‘oyalari ham harakatdagi armiya qo‘monlaridan chiqdi.
1860 yil 29 avgustda polkovnik Tsimmerman ko‘mondonligidagi otryad Pishpekka xujum qildi. Qal‘a ximoyachilari 4 sentyabrgacha o‘zlarini mardonavor ximoya qildilar. Qal‘a tamomila yondirilib, yer bilan yakson etildi.
1861 yil 21 iyunda podsho ishtirokidagi kengash Qo‘qon xonligini bir yoqlik qilish haqida yana bir bor qaror qildi. Bu ko‘rsatma asosida xonlik ichkarisiga yana kirib borish, birin-ketin shahar, viloyatlar va qal‘alarni to‘xtovsiz zabt etishga kirishildi. 1862 yil mayida rus qo‘shini Oqsuv, Pishtepa va Choldevor qal‘alarini bosib oldi.
1864 yil 1 mayda Verniydan yo‘lga chiqqan general Chernyaev otryadi Qo‘qonliklarning chekinishga majbur qildi. 4 iyulda Avliyootani jang bilan oldi. So‘ngra Chernyaev otryadi Chimkentga yul oldi. 1864 yilda Perovskiy portidan yo‘lga chiqqan polkovnik Verevkin otryadi Turkiston shahri tomon yurish qildi.
Polkovnik Verevkin general Chernyaevdan yordam olib, Turkiston shahrini 12 iyunda bosib oldi. So‘ngra chorizm armiyasi Chimkentga yo‘l oldi. Unga general Chernyaev qo‘mondonlik qildi. Olimqul boshchiligidagi sarbozlar chor qo‘shinlarining dastlabki xujumini tuxtatdigina emas, balki qarshi zarba ham berdilar. Chernyaev safdoshi polkovnik Veryovkindan yordam so‘radi. U Chernyaevga kapitan Meyer boshchiligidagi otryadni jo‘natdi. General Chernyaev Olimqul zarbasidan alamzada bo‘lib, kuzgacha o‘z qo‘shinlarini to‘plab, katta xujumga tayyorgarlik boshlab yubordi.
1864 yil sentyabr oyining boshlarida eng daxshatli janglardan biri Chimkent ostonasida boshlanib ketdi. Turkiston tomonidan qilingan xujumga general Chernyaev o‘zi, Avliyoota tomonidan qilingan xujumga esa podpolkovnik Lerxe boshchilik qiladi. Shahar uzoq vaqt ayovsiz to‘pga tutildi. Chimkent vayronaga aylantirilgach, piyodalar xujumga o‘tdi. Ayovsiz qirg‘inlar bilan Chimkent shahriga 22 sentyabrda yorib kirildi.
Chimkent qo‘ldan ketgach, Qo‘qon xonligining eng yirik shahri Toshkentga yo‘l ochildi. Toshkentga yurish harakatlari 1864 yil 27 sentyabrda boshlandi. U 4 oktyabrda shaharga yetib keldi va xujumni darhol boshlab yubordi. Toshkentliklar oyoqqa turib dushmanni shaharga kiritmaslik chorasini ko‘rdilar. General Chernyaev shahar mudofaachilarini qarshiligiga uchrab, xujumni tuxtatishga majbur bo‘ldi va Chimkentga qaytib ketdi.
1865 yilda Sirdaryo va yangi Qo‘qon yo‘nalishlari tufayli Toshkent bo‘sag‘alarigacha egallangan hududlarda Toshkent viloyati tashkil qilinib, u yerlar Orenburg general gubernatorligiga bo‘ysundirildi. General Chernyaev gubernator qilib tayinlandi.
Chernyaev 1865 yil 3 fevralda Rossiya harbiy vaziridan xat oldi. "Qushimcha harbiy kuchlar yordamga yetib borgunga qadar xech qanday harbiy harakat tadbirini ko‘rmasdan, Qo‘qon xonligidan norozi Toshkent ahli bilan aloqa bo g‘lab turishingiz haqida imperator janobi oliylari buyruq berishni lozim topdilar".
Mansab va unvonga haddan tashqari uchgan general Chernyaev yuqoridan kelgan buyruqlarga amal qilmay, mustaqil harakatlar qila boshladi. Mulla Olimquldan norozi bo‘lgan Toshkentlik katta mansabdor Abduraxmonbek xoinlik qildi va general Chernyaevni Niyozbek qal‘asini olishga undadi. Toshkentni suv bilan ta‘minlab turgan bosh manba shu yerdan o‘tar edi. Chernyaev Niyozbek qal‘asini egallab oldi. Toshkent axli darhol Qo‘qondan yordam yuborishlarini so‘raydi. Bundan darg‘azab bo‘lgan general Chernyaev butun qo‘shini bilan Toshkent shahri ostonasida paydo bo‘ldi.
Toshkentliklarga yordam berish uchun sarkarda Olimqul Toshkentga yetib keldi va mudofaani tashkil qilishga kirishdi.
General Chernyaev asosiy xujumni janubdan, ya‘ni Kamolon darvozasi tomonidan
boshlaydi. Chunki u Buxoro amiri qo‘shinlari ham Toshkentga kirishi mumkinliginidan xavfsiradi. Xujum boshlanguniga qadar Olimqul o‘z qo‘shinlarini shahardan tashqariga olib chiqdi. Sarbozlarini bir necha otryadlarga bo‘lib, 36 iborat artelleriyasini muhim yo‘nalishlarga joylashtirdi.
Nihoyat, 1865 yil 9 may kuni ikki tomon kuchlari to‘qnashdi. Rus qo‘shinlari bosar- tusarini bilmay keng va chuqur Salor arig‘idan o‘tib, to‘plarning qattiq ximoyasida shaharga yaqinlashib kelaverdilar. Olimqul boshchiligidagi qo‘shin qarshi chiqib, ularning yo‘lini to‘sib qo‘ydi.
Shunda daxshatli jang qizib ketdiki, yeru-kuk larzaga keldi. Butun osmon chang bilan qoplandi. Odamlar qaerda-yu, qurollar qaerda ekanligini ajratish mumkin bo‘lmay qoldi. Nihoyat, Toshkentliklar tob berolmay yengilib qocha boshladilar. Hamma sarosimaga tushib turgan paytda Olimqulga o‘q tegib yiqildi. U safdan chiqqach, Xudoyorxonning qarindoshi Sulton Mirsaid amir lashkarboshi vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Olimqulning o‘limidan so‘ng Toshkentliklar Buxoro amiriga murojaat qilib yordam suraydi. Ammo amir rad javobini beradi.
Bu paytda Chernyaev Buxoroga boradigan yo‘llarni ham to‘sib qo‘ydi. So‘ngra Toshkentga so‘nggi xujumni boshladi. Shahar aholisi qattiq qarshilik ko‘rsatishni davom etdi. Xar mahalla, uy jang maydoniga aylana bordi. Ayniqsa, Qiyot maxallasining jangchilari qaxramona kurashdilar. Abduraxmon yasovul boshchiligidagi ko‘ngillilar guruxi kun buyi dushman xujumini daf etib turdi. Nihoyat Toshkentliklar bu urush katta vayronagarchilik va qurbonliklar berishga aylanib ketayotganligi hamda vaziyatni o‘nglab bo‘lmaslikni nazarda tutib, muzokara boshlashga majbur bo‘ldilar. 1865 yil 17 iyunda muzokaralar boshlandi. Chernyaev shaharning Haqimxo‘ja Qozi Kalon, Abulqosim Eshon, Domla Solihbek Oxun kabi kishilar bilan suxbat o‘tkazdi. Ikki tomon axdnomaga imzo chekdi. Chernyaev o‘z harakatlarini hokimiyat oldida oqlash uchun oqsoqollardan go‘yo Toshkent ixtiyoriy ravishda rus qo‘shiniga bo‘ysunganligi haqida xat uyushtirib berishni talab qildi. Chernyaev soxta axdnomani to‘ldirishni Abdusattor Qorabosh o‘g‘liga topshiradi. So‘ngra shahar kattalarining barchasiga majburiy ravishda qo‘l qo‘ydirilib muxr bostiriladi.
Toshkentni zabt etgan chor zobit va soldatlari uchun katta unvonlar taqdim qilinadi. Chernyaevga katta maosh bilan nafaqa tayinlanib, oltin qilich sovg‘a qilinadi. Soxta ahdnomani Vatan xoinlari Chernyaev buyrugi bilan Sankt-Peterburgga olib ketishdi. Shu tariqa Toshkent rus chorizmi qo‘liga o‘tdi. Toshkentning taqdiri Rossiya foydasiga hal etilgach, Orenburg general gubernatori Krijanovskiy 1865 yil kuzda Toshkentga yetib keldi. U Toshkentni Qo‘qon va Buxoro ta‘siridan mutloqo xalos qilish choralarini ko‘rib, uni mustaqil o‘lka deb e‘lon qildi. Bu paytda Qo‘qon va Buxoro urush holatida edi. Buxoro amiri qo‘shinlari Xo‘janddan Qo‘qon xonligining ichkarisiga kirib borardi. Amir yo‘l-yulakay Toshkent muammosini xal qilishi va uni o‘ziga qo‘shib olish uchun rus qo‘mondonlariga shaharni topshirishni talab qildi. Lekin general Chernyaev o‘rniga tayinlangan yangi qo‘mondon Romanovskiy Buxoro amiri talabini bajarmadi. Talablari bajarilmagan amir Toshkent tomon yo‘lga otlandi. Ammo Xo‘jand yaqinidagi Irjar qishloqi oldida rus qo‘shinlari tomonidan tor-mor etildi. 1868 yil 24 mayda bosqinchilar Xujandni bosib oldilar.
General Romanovskiy harbiy vazirga yuborgan "Markaziy Osiyo chegarasidagi ishlarning ahvoli to‘grisida"gi maktubida amirning urush harakatlarini davom ettirishga tayyorlanayotganligi haqida xabar qildi.
1866 yilning boshlarida Jizzaxga hujum qilindi. Ammo Jizzaxliklar shaharni qattiq ximoya qildilar. Dushman orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. 1868 yil oktyabr oyida bosqinchilar yana Jizzax shahriga hujum qildilar. Bu jang daxshatli bo‘ldi. Dushman harbiy qurollarining ustunligi tufayli Jizzaxliklar 18 oktyabrda taslim bo‘ldilar. Harbiy harakatlar yana davom qildirilib, O‘ratepa, Yangi Qo‘rgon istexkomlari ham ishgol etildi. Rus qo‘shinlari Buxoro amirligining bir qismini egallab, uni Qo‘qon xonligi chegaralaridan ajratib tashladi.
Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi vassaliga aylantirilishi.
1867 yil 17 iyunda Rossiya imperatori Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini ta‘sis etish hamda Markaziy Osiyodan bosib olinib, Rossiya tarkibiga kiritilgan hududlardan iborat Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilish to‘grisida farmon berdi. Okrug qo‘mondoni va general gubernatori qilib general-ad‘yutant fon-Kaufman tayinlandi. Fon Kaufman o‘ziga berilgan katta vakolatlar asosida Buxoroga qarshi urush harakatlari keng ko‘lamda boshlab yubordi.
1868 yil 1 mayda 8300 kishilik rus qo‘shini (16 tup bilan) Samarqand shahri ostonasidagi Cho‘ponota tepaligida amir qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi va 2 -mayda Samarqandga kirib keldi. Sohibqiron poytaxti sifatida dunyoga nom chiqargan, musulmon olamining yirik madaniyat markazlaridan birining g‘ayridin yog‘iylar tomonidan bosib olinishi katta yo‘qotish bo‘ldi. Undan butun islom olami larzaga keldi. Amir Muzaffarning obro‘si musulmon olamida tushib ketdi. Chunki, Samarqand shahri amirlikning yirik iqtisodiy, siyosiy va harbiy tayanch shaharlaridan edi. Amir qo‘shinlari xristian dunyosiga mansub yovlarning salib yurishini to‘xtata olmadilar. Natijada chor qo‘shinlari amirlik hududidagi yanada chuqurroq yorib kirishda davom qildilar.
To‘gri, katta mag‘lubiyatlarni to‘xtatish va qasos olish amir Muzaffar o‘zining asosiy kuchlarini Zirabuloqda to‘plab zarba berishni rejalashtirdi. Bu yerda amir 15 ming otliq, 6 ming piyoda 14 ta to‘plarini yig‘di. U jang oldidan qo‘shiniga zafar tilab, Ona yurt uchun kofir bosqinchilarga qarshi jangga kirishga murojat qildi. Jangni g‘alaba bilan tugallagan sarbozlariga muxorabadan so‘ng 125 ming tilla pulni bo‘lib berishini va‘da qildi. Ammo og‘ir jangda amir qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Amir Qizilqum ichkarisiga qochdi. Bu vaximali xabardan amirlik aholisi larzaga keldi, norozilik ko‘chaydi. Nihoyat, u qo‘zg‘alonga aylanib ketdi. Endi amirlikning turli tomonidan xalq oqimi Samarqand tomonga oqa boshladi. Qarshi, Shaxrisabz va Kitob beklaridan kuchlar kelib Samarqandga urnashib olgan rus garnizoniga qarshi jang boshladi. 1868 yil 8 iyunda Fon-Kaufman bu xabarni eshitib zudlik bilan Samarqand shahriga qaytadi. Uning qo‘shini Samarqandni qamal qilayotgan xalq harakati otryadlarini to‘zg‘itib yubordi. Shahar ayovsiz jazolandi, hech kimga omonlik berilmadi. Ammo bosqinchilar ham katta talofot ko‘radi. Ulardan 275 kishi uldi va yarador bo‘ldi. General-gubernator fon Kaufman Samarqanddagi bu talofotni "katta yo‘qotish" deb tan olishga majbur bo‘lgan edi. G‘alabadan butunlay umidini o‘zgan amir Muzaffar taslim bo‘lib, xajga ketishini rejalashtira boshlaydi. Biroq amaldorlar uni sulx tuzishga undaydilar. Nihoyat, u bu taklifga ko‘nadi. 1868 yil 23 iyunda amirning elchilari Samarqandda turgan fon- Kaufman huzuriga keladilar. Fon-Kaufman Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Zarafshon daryosining yuqori qismini Rossiyaga berishni va 500 ming so‘m miqdorida tovon to‘lashni shart qilib qo‘ydi. Sulxiga ko‘ra, Buxoro amiri chet davlatlar bilan diplomatik
aloqalar olib borish huquqidan maxrum qilindi, rus savdogarlari uchun monesiz savdo - sotiq qilish majburiyati yuklatildi. Amir Rossiyaga siyosiy tobeligini to‘la tan oldi.
Amir taslim bo‘lgach, xalq harakati yana avj olib ketdi. Vatanparvar kuchlar undan
qattiq norozi bo‘ldilar. Xatto amirning katta o‘g‘li Abdumalik ham otasining taslimchilik siyosatini maqullamadi. Uning atrofiga nufuzli beklar birlashib, rus mustamlakachilari va Muzaffarxonga qarshi kurash boshlab yubordilar. Ular amirning taxtdan maxrum etilganligini va o‘rniga Abdumalikni xon qilib ko‘targanliklarini e‘lon qilishdi. Natijada amir Muzaffarning ahvoli og‘irlashdi. Ota va o‘g‘il qo‘shinlari o‘rtasida Samarqandning Jom qishlog‘ida jang bo‘ldi. Jangda amir yengildi. Qo‘zg‘alonlarni yenga olmasligiga ishonch xosil qilgan amir 1869 yilning kuzida yordam so‘rab fon Kaufmanga murojaat qildi. Bu vaqtga kelib Abdumalik ancha katta kuchlarni to‘plab ulgurgan edi. Kitob begi Jo‘rabek, Shaxrisabz hokimi Bobobek va mashxur Sulton Sodiqlar shaxzodaning eng ishonchli sarkardalaridan edilar. Ayniqsa, ruslar uchun Sulton Sodiq xavfli raqibga aylangan bo‘lib, u ongli hayotining asosiy davrini rus bosqinchilariga qarshi kurashga bagishlagan mard lashkarboshi edi. Xatto, Zirabuloq janggida amir qo‘shini ko‘cha boshlaganda ham u o‘lim bilan olishib, maydonda ohirgi o‘qini otmaguncha tark etmadi. So‘ngra amir taslim bo‘lgach, u Jo‘rabek va Bobobeklarning safiga kelib qo‘shildi. Ularni tor-mor keltirish uchun Kaufman general Abramovni tish-tirnogigacha qurollangan armiya bilan ta‘minlab, vatanparvar sarkardalar ustiga tashladi. Zamonaviy kuchlar bilan qurollangan Abramov qo‘zg‘alonchilarning kuchlarini to‘zgitib yubordi. Mag‘lubiyatga uchragan qo‘zg‘alonchilar yengilib, turli tomonlarga bosh olib ketdilar. Sulton Sodiq o‘z otryadi bilan chekinib, Qizilqum orqali Xiva xonligi hududiga o‘tib ketdi. Shu tariqa Buxoro Rossiyaning yarim mustamlakasiga aylandi.
Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga bosqinchilik yurishi va vassaliga
Do'stlaringiz bilan baham: |