Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet23/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

madaniy hayot.
1.XIV asr o‘rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.

  1. Sohibqiron Amir Temur hokimiyatining o‘rnatilishi. Markaziy davlat boshqaruvining takomillashuvi.

  2. Amir Temurning vafotidan keyin temuriy shaxzodalari o‘rtasida toju-taxt uchun kurashlar.

  3. Mavorounnaxrda Mirzo Ulug‘bek hukmronligi

  4. Temuriylar davrda ilm-fan va madaniyat ravnaqi.




    1. XIV asr o‘rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.

Amir Temurning siyosat maydoniga chiqishi va uning markazlashgan davlatni vujudga keltirish uchun kurashi to‘g‘risida so‘zlashdan avval, XIV asrning 40 -60 yillarida Movarounnahrda tarixiy vaziyat qanday edi, degan savolga javob berishi, ana shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolga qisqacha to‘xtalib o‘tishi uchun quyidagilarga e‘tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir. Bu xususda akademik I.Mo‘minov: "Bu davrda Movarounnahrda chet el qaramligidan, mo’g’ul xonligidan ajralib mustaqil, kuchli hokimiyat tuzishdan manfaatdor bo’lgan aslzodalar orasidan ayrim guruxlar yetishib chiqa boshladi”,-deb yozgan edi. Chig‘atoy ulusi hokimi Kebekxonning 1318-1326 yillardagi ma‘muriy va pul islohoti o‘tkazishdan va boshqa ishlardan ham maqsadi shunday bo‘lsa kerak.

Chingiziylardan chiqqan xon Qozonxon ham huddi shunday Kepekxonga o‘xshab boshqacha siyosat yurgizishga harakat qildi.

Bular masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchisi, eng muhim tomoni shundaki, keng xalq ommasi ko‘p mashaqqatlar bilan uzoq vaqt ichida irrigatsiya tarmoqlarini ariq, zovur, suv omborlari, to‘g‘onlarni tikladi, dehqonchilik, hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ydi, ayni vaqtda o‘zaro urushlarga, mayda feodal hokimlarniig o‘zboshimchaligiga, mo‘g‘ul xon va Oltin O‘rdaning turli noiblari bosqinchiligiga qarshi kurash olib bordi", - deb yozgan edilar.

Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida xalq ommasi yanada ko‘proq azob chekdi, xo‘rlandi, talandi. Chig‘atoy xonlari bilan mahalliy aholi, zodagonlar o‘rtasida ziddiyat tobora keskinlashib bordi. Anashu kurashlar natijasida XIV asrning 40 yillarida Chig‘atoy ulusi ikki qismga - Sharqiy Turkiston va Yettisuvni o‘z ichiga olgan Mo‘g‘uliston va Movarounnahrga bo‘linib ketdi. Bo‘lingan davlatlar o‘rtasidao‘zaro kurash avjiga chiqib, Mo‘g‘uliston xonlari Movarounnahrga tez-tez hujum qilib turdilar.
Mamlakatning iqtisodiy ahvoli ham tobora murakkablashib borayotgan edi. Bundan tashqari Movarounnahr bir necha feodal davlatlarga bo‘linib, Kesh-Shahrisabz, Buxoro, Termez, Badaxshon, Xo‘jand, Shosh-Toshkent va boshqa viloyatlar hokimlari o‘rtasida tinimsiz urush-janjallar bo‘lib turardi. Bu holatlarning barchasi mamlakatda bitga qattiqqo‘l hokimiyatning bo‘lmaganligi oqibati edi.

Mana shu vaziyatda, ya‘ni 1360 yili mo‘g‘ul xoni Tug‘luq Temur Movarounnahrga o‘z qo‘shinlari bilan osonlikcha bostirib kirdi. Movarounnahr tarqoq holdagi feodal

davlatlardan iborat bo‘lganligi uchun ham Tug‘luq Temur qo‘shinlariga qarshi hamjihatlik bilan kurash olib boradigan kuch yo‘q edi. Uning ko‘shinlari hatto, hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo tomon harakat qila boshladi. Qashqadaryo hokimi Xoji Barlos mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashishni tashkil etish o‘rniga, undan qo‘rqib o‘z qo‘shinlarini olib, Amudaryo tomon chekindi. Xalq boshliqsiz va najotsiz qoldi. Mana shuning o‘zi ham mahalliy xalq orasidan kuchli shaxslar chiqishini taqozo etar edi. Ana shunday bir vaziyatda tarix sahnasiga butun jahonga dovrug‘ solgan, o‘zining salmoqli izini qoldirgan, har tomonlama olloh ato etgan talantga, qobiliyatga ega bo‘lgan Amir Temur chiqdi. Akademik I.Mo‘minov o‘rinli ta‘kidlaganidek, "Chig‘atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarning vaxshiyona ezishi, mo‘g‘ul xonlari, Oltin O‘rda beklarining Movarounnahrdagi to‘xtovsiz bosqinchilik yurishlaridan azoblangan, xonavayron bo‘lgan, 150 yil mobaynida chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshchiligida ravshan ko‘rinadi".

O‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga qarab, talabalarga bu ilovadagi ma‘lumotlarni o‘qib olishni yoki seminar mashg‘ulot muhokamasiga tavsiya etishi ham mumkin. Amir Temur tarqoq feodal davlatlar o‘rtasidagi urush janjallardan o‘z xalqining azob chekayotganiga, mo‘g‘ul bosqinchlarining ko‘rsatayotgan kulfatlariga befarq qaray olmadi. Shuning uchun ham mug‘ul xoni Tug‘luq Temur qo‘shinlari Qashqadaryoni zabt etish uchun yo‘lga tushganini ko‘rib, O‘z vatanini, xalqini azob uqubatga tashlab, hech najotsiz qoldirib ketayotgan Xoji Barlos bilan ketayotgan Temur yuz bergan vaziyatni hisobga olib, o‘z vatanini mo‘g‘ul bosqinchilaridan qutqarib qolish lozimligini angladi. Qochib ketayotgan tog‘asi Xoji Barlosga "Sizning Xurosonga qarab yo‘l olishingiz mening esa viloyatni vayronlikdan qutqarib qolish uchun Shaxrisabzga qaytishim ma‘quldir va davlatni idora qilishni saqlab qolmoqlik maqsadida mo‘g‘ul xoni xizmatiga kirganim ma‘qul, foydalidir", - deydi. Shu o‘rinda Sharafiddin Ali Yazdiy Temurning harbiy yurishlarga bag‘ishlangan, 1437 yilda yozib tugallangan "Zafarnomasida Amir Temurning quyidagi so‘zlarini keltiradi: "Boshliqsiz mamlakat joni sug‘urib olingan tanaga o‘xshaydi. Jonsiz tana uning halokati bilan barobardir". Shunday qilib, Amir Temur mo‘g‘ul xoni To‘g‘liq Temurga ochiqcha chiqish, kurash olib borish foydasiz ekanligiga to‘la ishonch hosil qilib, uning xizmatiga kiradi va o‘zining to‘g‘ri maslahatlari bilan uning ishonchini qozonadi. To‘g‘liq Temur 25 yoshli Amir Temurga ishonch bildirib, Xoji Barlos o‘rniga Shaxrisabz hokimi qilib tayinlaydi. U o‘zi hukmron bo‘lib olgan hokimlikning mavqeini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rishga kirishadi. 1361 yildan boshlab Qozog‘onning nabirasi, Balx va uning atrofi yerlari hukmdori Amir Husayn bilan yaxshi munosabat o‘rnatadi. Bu munosabatni yanada mustahkamlash maqsadida Temur 1362 yili uning singlisi Uljos Turkonga uylanadi.

Tug‘luq Temur vafot etgandan so‘ng, uning o‘g‘li Ilyosxo‘ja 1365 yilda katta qo‘shin to‘plab, Movarounnahrga yurish boshlaydi. Buni payqagan Xusayin va Temur o‘zlariga qarshi juda shiddat bilan kelayotgan Ilyosxo‘jaga qarshi qo‘shin to‘playdi. Chinoz bilan Toshkent o‘rtasida to‘qnashib katta jang qilishadi. Bu shiddatli jang ketayotgan davrda kuchli jala yoqqanligi uchun ham bu jang tarixga "SHilta jangi" yoki "Jangi loy" nomi bilan kirdi. Urushda Ilyosxo‘ja qo‘shinlarining qo‘li baland kelib, ayniqsaAmir Xusayin juda katta zarar ko‘radi. U Temur bilan o‘z qo‘shinlariiing qolganini olib chekinishga majbur bo‘ladi. Avval ular Samarqandga, so‘ng Amudaryo sohillariga chekinadilar. Ilyosxo‘ja esa Samarqand tomon yurishini davom ettiradi.

Samarqand shahri aholisi Ilyosxo‘janing bosqinchilik harakatini bartaraf etishga kirishadi. Ularga shahardagi bir guruh sarbadorlar rahnamolik qilishib, shahar aholisini

mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashga chaqiradilar. Xalq ommasining mug‘ul talonchilariga, mahalliy yer egalarining haddan ortiq jabru-zulmlariga qarshi kuchli noroziligi bu yerda "sarbadorlar" deb nom olgai qudratli ozodlik harakatining boshlanishiga olib keldi. Asli bu harakat 1330 yilda Xurosonda boshlanib, ular mo‘g‘ullarga bo‘ysinib yashagandan ko‘ra dorda osilib o‘lishni afzal ko‘rgan edilar. Samarqanddagi "sarbadorlar" ning rahbarlari madrasada tahsil ko‘ruvchi Mavlonozoda, sobiq paxta savalovchi Abu Bakr Qalaviylar edilar. Mavlonozoda Jome‘ masjidida to‘plangan o‘n mingga yaqin aholiga murojaat qilib, shaharni mo‘g‘ullardan himoya qilishga da‘vat etdi. Ularni madrasalar talabalari, yoshlar, hunarmandlar, shahardan tashqaridagi dehqonlar va o‘rta yer egalari qo‘llab-quvvatladilar. Ular Samarqand mudofaasini muvaffaqiyatli tashkil qilib, - mo‘g‘ullarning bosqinchilik harakatini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldilar. Ilyosxo‘ja ikki ming jangchilaridan ajralib, avval Samarqandni, so‘ng Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Mo‘g‘ul bosqinchilari ustidan erishilgan g‘alaba agar xalqqa jasur, qobiliyatli, ishonchli, o‘z so‘zi ustidan chiqish uchun astoydil harakat qiladigan rahbar bo‘lsa, juda ko‘p ishlar qilish mumkinligini ko‘rsatdi.

Qishni Temur Keshda-Shaxrisabzda, Husayn esa Amudaryo sohillarida o‘tkazayotganlarida sarbadorlarning mug‘ul talonchilari ustidan erishilgan g‘alabalarini eshitib, Samarqandga qaytadilar. Bundan keyingi voqealar jarayonida ikki amir o‘rtasidagi ixtiloflar tobora ko‘chayib bordi.

60-yillarning ohirida Xusayin o‘ziga qarashli Balx shahrini mustahkamlab, istehkomlar qurishga kirishdi. Shahar devorini tiklab, qurol-yarog‘ni ko‘paytira boshladi. Temur bu harakatning o‘ziga qarshi qaratilganini yaxshi anglayottan edi. U Husaynni yo‘ldan qaytarishga qancha harakat qilsada, foydasi bo‘lmadi. Shu sababli Temur oldinroq harakat qilib, uning xatti-harakatlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Biroq Husayn o‘z makkorligini davom ettirgach, Amir Temur 1370 yilda uni Xatlon hokimi Kayxusrov qo‘li bilan bartaraf etdi.

U Chingizxon avlodidan bo‘lgan Amir Husaynning beva xotini Saroy-mulkxonim (Bibixonim)ga uylanib, «Ko‘ragon» (xon kuyovi) nomini oldi. Bundan tashqari Amir Temurga Sohibqiron degan ulug‘ nom ham qo‘shib ishlatiladi. Mana shu paytdan boshlab Amir Temurning Movarounnahrning yakka hukmdori sifatidagi faoliyati boshlandi. Shuningdek, qo‘shin sarkardalarining qurultoyi ham Amir Temurni Movarounnahrning yagona hukmdori deb e‘lon qiladi. Asosiy vazifa Movarounnahrni birlashtirishdan iborat, deb tushungan Temur yaqin kishilaridan biri amir Dovudni devonbegi qilib tayinladi. Yana uch vazirni tayin qilib, ulargaasosan hal qiluvchi muhim ishlar topshirildi. Mamlakatdagi qabila va guruhlarning manfaatlari to‘laligicha inobatga olindi. Bu xususda Ibn Arabshoh shunday yozadi: "Ular (tayinlangan vazirlar) mamlakatning ko‘zga ko‘ringan a‘yonlari hisoblanib, boshqa har bir kimsa ular fikrlariga iqtido etardi. Arablarda qancha bo‘lsa, turklarda ham qariyib shuncha qabila va guruhlar bordir. O‘sha vaqtlardan har qaysisi bir qabilaga mansub bo‘lib o‘z fikr chirog‘i bilan u qabila uylarini yorituvchi pilik misoli edi. Ulardan birining qabilasi orlot, ikkinchisi jaloyir, uchunchisiniki qovunchi, to‘rtinchisiniki barlos deb atalardi. Temur to‘rtinchi qabila o‘g‘loni edi".



Bundan shu narsa yaqqol ko‘rinib turibdiki, A.Temur o‘z hukmronligining dastlabki kunlaridanq, har bir qabila manfaatini chetda qoldirmadi. Bu udumlarga u boshqa mansablarni tayinlashda ham amal qildi.

Movarounnahrning mashhur shaharlaridan va mo‘‘tabar joylaridan biri hisoblangan Samarqand poytaxt qilib tanlandi. Poytaxtni mustahkam devorlar bilan o‘rab, shahriston va saroylar qurdira boshladi.

Amir Temur uchun Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i yerlarini, Farg‘ona va Shosh– Toshkent viloyatlarini o‘ziga qaratish va birlashtirish uncha qiyinchiliklarni talab qilmadi. Bu yerlarda Temurga qarshi turadigan hokimiyat kuchlarining deyarli o‘zi yo‘q edi. Amir Temur Xorazm yerlarini o‘z mamlakatining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Qadimiy Xorazmni birlashtirish ko‘pgina sabablarga binoan murakkabroq bo‘ldi. Buning boisi Xorazm ikkiga bo‘lingan bo‘lib, Shimoliy Xorazm Oltin O‘rda tarkibiga kirar, Janubiy Xorazm esa Chig‘atoy ulusi qaramog‘ida edi, 1359 yilda Berdibekxonning vafotidan so‘ng Oltin O‘rdada boshlangan g‘alayonlardan foydalanib, Xorazm mustaqil bo‘lib oldi va uni Qo‘ng‘irot qabilasidan so‘filar sulolasi boshqara boshladi. Xusayn So‘fi Xorazmning har ikki tomonini birlashtirishga harakat qilib, qot qal‘asi va Xivani kuch bilan qo‘lga kiritdi. Amir Temur Husayn So‘fidan Janubiy Xorazm viloyati va uning shaharlarini qaytarishni talab qildi. Bunga rad javobini olgandan so‘ng 1372 yil harbiy yurish qilib, hududni qaytarib oldi. Shu yili Husayn So‘fi qotni yana bosib oldi. 1373-1374 yillari Temur Xorazmga yana yurish qildi. Ana shu ikki yurish natijasida Janubiy Xorazm Temur davlatining tarkibiga kirdi. SHu o‘rinda ta‘kidlash joizki, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning Xorazmga da‘vosi tufayli Temur yana Xorazmga uch bor yurish qildi va 1388 yilda Xorazmni to‘liq eg‘alladi.

    1. MovarounnahrdaAmir Temur hokimiyatning o‘rnatilishi. Markaziy davlat boshqaruvining takomillashuvi.

Buyuk sohibqiron Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish va uni mustahkamlash borasidagi faoliyatiga Oltin O‘rda va Oq O‘rda davlatlari katta xavf tug‘dirib turgan edi. Sharq va Farb o‘rtasidagi savdo karvon yo‘llari ham ularning tasarrufida edi.

  1. asr 70-yillari O‘rtalaridagi Oq O‘rdadagi voqealar, Oq O‘rda xoni O‘rusxon va uning O‘g‘li Temurmalik, To‘xtamish bilan bo‘lgan janglar, Oltin O‘rdaning tor-mor etilishi Amir Temur davlatining markazlashgan holda mustahkamlanishiga imkon yaratdi.

Buyuk Amir Temur mohir sarkarda sifatida qattiq intizomga bo‘ysungan qo‘shin tuzdi. Ular o‘nlik, yuzlik, minglik, tumanlik asosida boshqarildi. Harbiy yurishlar vaqtida

«oddiy askarlardan har 18 kishi o‘zi bilan birga bir chodir, xar biri ikki ot, bir kamon, bir sadoq o‘q, bir qilich, arra, bigiz, bir qop, bolta, o‘nta igna va bir charm xalta olishlari shart»1 qilib qo‘yilgan.

Sohibqiron uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblangan. U o‘z qo‘shiniga katta e‘tibor berib, ular nizomni qat‘iy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo‘lishi lozim deb hisoblagan. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, xudojuy kishilar ko‘p bo‘lgan. Ular bechoralarga xayru-ehson ko‘rsatish, boshiga og‘ir tashvish tushganda yordam qo‘lini cho‘zish, asirlarga yumshoq muomalada bo‘lish va ularni ozod etishga odatlanganlar.



Amir Temur armiyasida Amir Xo‘ja Sayfiddin, Amir Sulaymon Xash, Amir Oqbug‘a, Amir Soribug‘a, Amir Birandiq, Shayx Ali Bahodir, Temur Tosh, Baratxo‘ja, Amir Dovud Barlos, Amir Muayyad, Arlot kabi qo‘mondonlar xizmat qilganlar. Ayrim





1 Temur tuzuklari. 83-bet

yurishlarda Amir Temurning o‘g‘illari va nabiralari ham qo‘shinga qo‘mondonlik qilganlar.



1380-1382 yillardaAmir Temur Xuroson yerlarini bo‘ysundirib, Hirot, Astrobod,

Domg‘on, Semnon va Mozandaronlarni qo‘lga kiritgan edi.



Amir Temur birinchi yirik yurishlarini Eron, Armaniston, Gurjiston va Iroqqa qaratdi. Eronning janubi-Isfaxonda hukmronlik qilib turgan muzaffariylar sulolasi, Iroq va Ozarbayjonda hukmronlik qilib turgan Elxoniylar Amir Temurga taslim bo‘ldilar. Armaniston va Gurjiston ham egallandi. 1398 yili mayida Afg‘oniston va Hindistonga yurish boshlandi. Avgust oyida Qobul, 15 dekabrda esa Dehli egallandi.

Amir Temur Misr va Suriya sultoni Barsuqning vafoti to‘g‘risidagi xabarni eshiitgach, 1399 yil oktyabrida Misr sari yo‘l oldi. Barsuq o‘rnida taxtga o‘tirgan yosh sulton Faraj Sohibqiron qo‘shinlariga bas kelolmadi. 1400 yilda Suriya va Misr ham egallandi.

Bu paytda Turkiya sultoni Boyazid butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Uning qo‘shini chaqmoqdek harakat qilib, o‘lkan g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlagan edi. Shu bois ham Boyazidga «yildirim» (chaqmoq) laqabi berilgan edi. U 1396 yilda Yevropaning 100 ming kishilik armiyasi ustidan g‘alabaga erishadi. Jangda Yevropa ritsarlarining eng saralari halok bo‘ladi. Shu tufayli ham Yevropa davlatlari turklarga bas keladigan qudratli kuch deb, faqat Amir Temurni tanlagan edilar. Shu bois bu davlatlar Amir Temur davlati bilan harbiy, siyosiy va savdo munosabatlarini o‘rnatishga intilib, muntazam ravishda o‘z elchilarini yuborib turdilar. 1401 yilda Qorabog‘da turgan Amir Temur huzuriga Kastiliya qiroli Genrix IIIning elchilari Payode Satamayor va Don Ernon Sancheslar tashrif buyurdilar. Konstantinopol regenti Ionning elchilari Frensis va Aleksandrlar Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan keladilar. Gretsiya imperatori Manuel III ham shu taklif bilan murojaat qiladi. Venetsiya hukmdori esa Amir Temurga bu ishda flot bilan yordam berishga va‘da qiladi.

Amir Temur bu qistovlar va va‘dalarga e‘tibor bermagan holda Boyazidga do‘stona maktub yo‘llab, o‘zining raqibi Qora Yusufni qaytarib yuborishni so‘raydi. Ammo Boyaziddan haqoratomuz javob oladi. Aynan mana shu haqorat ikki o‘rtada urush bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 1402 yilning iyulida Anqara yaqinidagi jangda Amir Temur 200 ming kishilik qo‘shin bilan Boyazid va uning qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozonadi. Boyazid esa asirga olinadi. Amir Temurning beg‘araz jahongir ekanligini yana shu joyda ko‘rish mumkin-ki, u to‘liq g‘alabaga erishgan bo‘lsa ham, Turkiyani o‘z davlatiga qo‘shib olmasdan, Boyazid o‘rniga uning o‘g‘lini sulton qilib qo‘yadi.

Amir Temur Anqara yonidagi g‘alaba tufayli «Yevropa xoloskori» nomini oldi. U Yevropani vayronlik va zulmdan saqlab qoldi.



Bu g‘alaba Amir Temur qo‘shinlarining juda katta va buyuk g‘alabalaridan biri bo‘lib, u Temur harbiy nazariyasi, taktikalarining beqiyos tantanasi bo‘ldi. Samarqand va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida diplomatik va savdo aloqalarining o‘rnatilishi va kengayishi ham ana shu davrdan boshlandi.

Xitoy Turkiston yerlarini bosib olgan edi, Amir Temur shu yerlarni qaytarib olish maqsadida Xitoyga yurishga puxta tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bir necha yilgi puxta tayyorgarlikdan so‘ng 1404 yilda o‘z maqsadini amalga oshirish uchun 200 ming jangavor qo‘shin bilan Xitoy tomon yurish boshladi.



Ana shu tariqa Amir Temur o‘zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392- 1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni, Hindiston, Suriya va Misr yerlarini egallaydi.

Ammo u 1405 yilning 15 fevralida jangavor yurish chog‘ida O‘tror shahrida kasallanib vafot etdi. Shu tariqa Sohibqironning buyuk Xitoyni qo‘lga kiritish rejasi amalga oshmay qoldi.

Jahongir Amir Temur o‘z faoliyati davomida ko‘p janglar qildi va bu janglar natijasida Qora, Egay va O‘rta Yer dengizlaridan to Hindistonning sharqi, Mo‘g‘uliston, Xitoygacha, Urol tog‘lari, Moskva ostonalari va Dnepr bo‘ylarigacha bo‘lgan hududni zabt etdi.

Amir Temur O‘z harbiy yurishlari natijasida 27 mamlakatni o‘ziga bo‘ysundirdi. Fosih Havofiyning «Mujmali-osixiy» kitobida yozilganidek: «1370 yildan to 1404 yilga qadar qariyib 30 marta qo‘shin tortgan Amir Temurning hamma vaqt qo‘li baland keldi».1 Shu tariqa Amir Temur buyuk saltanatga asos solib, feodal tarqoqliklarga, tinimsiz davom etayotgan urush, janjallarga barham berdi va nihoyat shu saltanatda osoyishtalik o‘rnatdi.

Amir Temurning mustaqil markazlashgan davlat harbiy doktorinasining ishlab chiqqanligi uning buyuk sarkardaligidan dalolatdir. Buyuk sarkardaning harbiy san‘ati sirlarini, uning harbiy saboqlarini mustaqil O‘zbekistonimizda va hatto boshqa yirik mamlakatlarda o‘rganilishi fikrimizning isbotidir.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish