Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet24/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Temuriylar davrida O‘rta Osiyoda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot. Amir Temur mamlakatda qatiqqo‘l hokimiyat o‘rnatish zarurligini yaxshi tushunardi. Negaki, ko‘chmanchi mug‘ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos, sulduz va boshqalarning o‘zboshimcha boshliqlarini itoatda saqlab turish oson emas edi. Shu maqsadda mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etishga kirishadi. U o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil etib, ularga katta imtiyozlar beradi.

Amir Temur o‘z davlati hokimiyatini mustahkamlashda islom diniga tayandi. Islom namoyandalari uni qo‘llab-quvvatladi. Mamlakat aholisining ko‘pchiligini tashkil etgan dehqonlar va shahar aholisi – tijoratchilar, hunarmandlar sohibqironning davlatni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarini ma‘qulladilar.



A.Temur o‘z davlati asoslarini adolat bilan mustahkamladi va «Kuch adolatdadir» (Rosti-rusti) shioriga amal qildi. Mamlakat aholisini 12 tabaqaga bo‘lib, ularning har biriga nisbatan o‘ziga xos siyosat yurg‘izib, O‘zining ulkan tashkilotchiligi qobiliyatini namoyon etdi. Amir Temur davlat hududining tumanlarga bo‘linishi va o‘z o‘g‘illariga ulus sifatida taqsimlab berilishini amalga oshirgan bo‘lsa ham, Movarounnahrni parchalamay o‘z qo‘lida mahkam saqladi. Davlatga maxsus xizmat qilganlarga

«Suyurg‘ol»lar sifatida yer-suv va mol-mulk berdi, hamda alohida xizmatlar uchun

«Tarxon» yorliqlarini joriy etdi. Tarxon yorlig‘ini olganlar turli soliqlardan ozod etildi. Amir Temur o‘zi tuzgan davlatda oliy hukmron bo‘lsa ham, o‘zini hech qachon podshoh yoki sulton deb atamay, umrbod amir unvonini saqlab qoldi. U an‘anaga rioya qilgan holda yonida soxta xonlarni saqladi.

Amir Temur davlat ishlarini yurgizishda 4 narsaga doim amal qildi. Bular: 1. Kengash. 2. Mashvaratu maslahat. 3. Qat‘iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik. 4. Ehtiyotkorlik.

Amir Temur hukmdor uchun quyidagi o‘n ikki xislat zarurligini va bu xislatlarning birortasiga amal qilinmasa saltanat ishlariga putur yetishi mumkinligini tarixiy misollar bilan isbot qilib bergan edi. A.Temur hukmdor birinchidan o‘z so‘ziga ega bo‘lishi, ikkinchidan adolatpesha bo‘lishi, uchinchidan har ishda faqat o‘zi hukm chiqarishi,





1 Salohiddin Toshkandiy. «Temurnoma», Toshkent, «Cho’lpon», 1990, 17-bet

to‘rtinchidan qarorida qat‘iy bo‘lishi, beshinchidan hukmi joriy etilishi, oltinchidan podsholik ishlarini har kimga topshirib qo‘ymasligi, yettinchidan ko‘pchilikning fikrini eshitishi, sakkizinchidan shoshmasdan mulohaza bilan ish yuritishi, to‘qqizinchidan sipohu, raiyatni umid va qo‘rquv orasida saqlashi, o‘ninchidan barcha ishni o‘z erkicha qilishi, o‘n birinchidan o‘z ishlariga birovni sherik qilmasligi va o‘n ikkinchidan davlat ishlarini maxfiy saqlab, boshqalardan ogoh va hushyor bo‘lishligi lozimligini alohida uqtirgan edi.



A.Temur davlat amaldorlarning sofligiga, xazinaga ko‘z olaytirmas-ligiga alohida e‘tibor qilib, o‘z tuzuklarida: «Mamlakat xazinachilari bo‘lmish moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini o‘zlashtirib olgan bo‘lsalar tekshirib ko‘rilsin»,-deb yozib qoldirgan edi.

Amir Temur davlatni boshqarishda 7 vazirga suyanib ish ko‘rdi va ulardan 4 vazirning xar kuni devonxonada hozir bo‘lishlarini talab etdi. Bular: 1. Mamlakat va raiyat vaziri. 2. Sipox vaziri. 3. Egasiz qolgan mulk vaziri. 4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir. Bundan tashqari yana 3 vazirdan iborat sarhadlar vazirlari hay‘atini tuzdi.

Vazirlardan birinchisi yer soliqlari, boj, o‘lpon – soliq undirish, hamda mirshablik yumushlarini boshqargan, mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni yechish, raiyat ahvolini o‘rganish, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o‘lponlarni taqsimlash ishlarini bajargan. Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga berilgan in‘om ma‘nosida)larni boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o‘lib kegan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarish, bularning barchasidan to‘plangan daromadlarni omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug‘ullangan.

Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlangan.

Sohibqiron davlatida Devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari xar bir viloyatda



«Devon» deb ataluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar, - bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. U xalqning xulqu-ahloqini kuzatib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so‘roq, tekshirish-taftish, tergov ishlarini ham olib borishgan.

Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o‘rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy etgan. Arzbegi shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususida kengashga xabar qilar edi. Aybdorlar kim bo‘lishidan qat‘iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qat‘iy tartib – qoida o‘rnatilgan. Rus sharqshunos olimi D.N.Logofet bu xususda «...biz hozir zo‘r berib intilayotgan daromad solig‘i degan narsa uning (Temurning) hokimiyatida o‘shandayoq mavjud edi», deb yozgan edi.

Amir Temur vazirlarini tanlash ishiga g‘oyat jiddiy qarar va ularni 4 ta sifatga ega bo‘lishlariga ahamiyat berar edi. Bular: 1. aql-farosatlilik; 2. toza nasllik; 3. sipoxu-raiyat ahvolidan xabardorlik; 4. sabr chidamlilik va tinchliksevarlik.



Amir Temur o‘z imperiyasiga qo‘shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun tayinlanadigan kishilarga qo‘yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqdi. Bunday rahbarlar A. Temur talabiga ko‘ra quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim bo‘lgan: 1) Oliy janob tabiatli va ruhiy holatining ko‘tarinkiligi; 2) Nozik aql va ziyraklik; 3) Yuksak malaka hamda xalq va qo‘shinga murojaat qila bilish; 4) Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelishmoq.

Mana shu yuqoridagi qoida va talablar Amir Temur hokimiyatini idora etishda va uni mustahkamlashda muhim o‘rinni egalladi. Sohibqiron tuzgan imperiyaning ma‘muriy-hududiy bo‘linishi asosan tumanlardan iborat bo‘lganligi uchun yangi amirlik tizimini shakllantirish va mustahkamlash zarur edi. Shu bois Amir Temur 313 kishiga amirlik mansabini berishga farmon berib, shulardan bir kishini amir-ul-umaro, 4 kishini beklarbegi, 100 kishini O‘nboshi, 100 kishini yuzboshi va 100 kishini mingboshi etib tayinladi. Bulardan tashqari 8 ta amirlar amir-ul-umaro yordamchilari etib tayinlanganlar.

Xulosa qilib aytganda, Amir Temur milliy g‘urur, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar bilan qurollangan buyuk davlat arbobi edi. Mojar olimi Xerman Vamberi ta‘kidlaganidek, O‘rta Osiyoda asl turklik davri Temurdan boshlangan. U turklarning mug‘ul-xitoy dunyosining ustidan g‘alabasini mujassam etib, milliy davlatga asos solgan, mamlakatning rasmiy tili turk (o‘zbek) tili bo‘lgan.



Buyuk Amir Temo‘rning siyosiy faoliyati nafaqat davlatchilik tarixini boyitishda, shu bilan birga hozirgi sharoitda milliy davlatchiligimizni mustahkamlashda ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda.

Buyuk Amir Temur tomonidan yozilgan muhim asar bu «Temur tuzuklari», ya‘ni



«Tuzukoti Temuriy»dir. «Qomus ul a‘lom» deb nomlangan va Istambulda nashr etilgan komus kitobida: «Amir Temur «Tuzukoti» deb yuritiladigan komuslar majmuasini yozdi. Undao‘zining hayot yo‘lini bayon etgan.

    1. Amir Temurning vafotidan keyin temuriy shaxzodalari o‘rtasida toju-taxt uchun kurashlar.

Amur Temur qudratli saltanat barpo etib, uning hududlarini kengaytirib, iqtisodiy, madaniy, ma‘naviy jihatlardan yuksaltirib dovrug‘ini olamga mashhur qilgan bo‘lsada, biroq uning vafotidan keyin mamlakat tanazzulga uchrab turdi. Buning asosiy sababi avvalo shundaki, Amir Temur tasarrufiga kirgan ellar va yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho‘zilgan bo‘lib, ularni yagona bir markazdan turib uzoq vaqt boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi turli tuman muxolifatchi kuchlar ertami kechmi o‘z hududlarining mustaqilligi uchun kurashishlari aniq edi.

Sohibqiron saltanatini zaiflashtirish va parchalanishga olib kelgan muhim omillardan yana biri ko‘p sonli temuriy shahzodalar o‘rtasida toj taxt uchun boshlanib ketgan va bir necha yillarga cho‘zilgan o‘zaro besamar urush va nizolardir. Chunki, Amir Temur vafotidan keyin saltanat vorislari uning dono vasiyatlariga, o‘gitlariga amal qilmadi. Markaziy hokimiyatni egallash maqsadida jangu jadallarga kirishdi.



Amur Temur Xitoy yurishiga otlangan bir paytda 1405 yil 18 fevralda kasallanib vafot etgan bir paytda uning 4 o‘g‘lidan 2 tasi Mironshoh va Shohruhmirzo, 19 ta nevara,

15 chevara, shuningdek qizlari Og‘abegim, Sulton baxt begim va Og‘abegimning o‘g‘li Sulton Husayn Mirzolar qolgan edi.

Amir Temur vasiyatiga ko‘ra uning o‘rnini Qobul, Qandahor va Shimoliy Hind yerlarini boshqarib turgan nabirasi Pirmuhammad egallashi kerak edi. Biroq shahzoda Xalil Sultonning o‘zboshimchalik bilan Samarqandni egallab, o‘zini hukmdor deb e‘lon qilishi, tabiiyki, boshqa shahzodalarning ham qo‘zg‘alishiga, saltanatning darz ketishiga olib keldi. Bu orada saltanatning g‘arbiy hududlari mustaqil bo‘lib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomonda turkmanlarning Oqquyunli va Qoraquyunli sulolalarining Temur saltanatiga bo‘ysunmaslik va unga nisbatan qarshilik harakati kuchaydi. Amir Hudaydod va Shayx Nuriddinlar esa Movarounnahrning turli hududlarida bosh ko‘tardilar. Faqat, qat‘iyatli, shijoatli Shoxruh Mirzo bu qonli nizolar, urushlarga barham berib, Xuroson va Movarounnahrda hokimiyatni qo‘lga oladi va Movarounnahrdagi vaziyatni 1409 yil o‘z

foydasiga hal etib, uni katta o‘g‘li Ulug‘bekka topshiradi. O‘zi esa 1407-1447 yillar Xuroson hukmdori bo‘lib qoladi.



    1. Mavorounnahrda Mirzo Ulug‘bek hukmronligi.

Mirzo Ulug‘bekning asl ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lib, u 1394 yilda Sultoniyada tavallud topgan. Bobosi Amur Temur unga katta mehr bilan qarab yoshligidan o‘z tarbiyasiga olgan. Ulkan tug‘ma iste‘dod, aql zakovat sohibi bo‘lgan Ulug‘bek davlat boshqaruvini puxta egallashdan tashqari diniy va dunyoviy bilimlarni ham yetuk darajada o‘zlashtirgan. U Movarounnahr taxtini egallaganda endi 15 yoshga to‘lgan edi. Mirzo Ulug‘bek hukmronligi (1409-1449) temuriylar davrining an‘anaviy rivoji va muhim ijtimoiy o‘zgarishlar yo‘lidan ilgarilab borishida alohida davrni tashkil etadi. O‘sha davr tarixchilarining yakdil fikricha Ulug‘bek bobosi davridagi boshqaruv tizimini, barcha tartib qoidalarni to‘la saqlashga harakat qilgan. Soliq va moliya siyosatida ham bunga amal qilgan. Ulug‘bek Amur Temur singari jangu jadallarga qiziqmadi. Bu sohaga uning ortiqcha rag‘bati ham bo‘lmagan. Faqat zaruriyat taqoza qilgandagina u harbiy yurishlarga otlangan. Masalan, 1414 yilda Farg‘ona hukmdori shahzoda Ahmad itoatdan bosh tortgan paytda u katta qo‘shin tortgan va bu yurishi bilan nafaqat Ahmadni itoatga keltirgan, ayni chog‘da Turkiston yerlarini ham o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘lgan. 1425 yilga kelib Ulug‘bek mirzo Issiqko‘l tarafga yurish qilib, u yerdagi isyon ko‘targan mahalliy muxolifatchi kuchlarni bartaraf etib, mamlakatning sharqiy chegaralarini ancha mustahkamlashga erishdi. Biroq hukmdorning 1427 yilda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig‘noq va uning atrofida hududiy davolar bilan bosh ko‘targan Dashti Qipchoq aslzodalaridan sanalgan Baroqxonga qarshi yurishi uning uchun kutilmaganda muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Bu mag‘lubiyat Ulug‘bekni hokimiyatdan mahrum bo‘lishiga ham olib kelayozdi. Otasi Shohruxning katta qo‘shin bilan yetib kelishi uni o‘z hukmronligining qayta tiklashiga imkon berdi. Shundan so‘ng Mirzo Ulug‘bek urush harakatlaridan ko‘ra ko‘proq mamlakat ishlari, uning ichki siyosati masalalari bilan shug‘ullanishga e‘tibor qaratdi. Shu boisdan ham endilikda uning faoliyatida mamlakat obodonchiligi, yurt tinchligi, farovonligi, ilm-fan ravnaqiga oid masalalar asosiy o‘rin egallaydi. Mamlakatda savdo-sotiq, hunarmandchilik, va ziroatchilik avvalgidek rivojlanishda davom etdi. Ko‘plab sun‘iy sug‘orish inshoatlari barpo etildi. Buyuk ipak yo‘li orqali xalqaro karvon savdosida faol ishtirok etadi. Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz, Shosh va boshqa shaharlarda ko‘plab hashamatli madrasalar, masjidi maqbaralar, karvonsaroylar qad rostlaydi.Uning bevosita rahbarligida qurilgan tengi yo‘q me‘moriy inshoat rasadxona o‘sha davr ilmu-fani va texnikasining eng so‘ngi yutuqlarini o‘zida mujassam etgan edi.

Ulug‘bekning 1428 yilda o‘tkazgan pul islohoti ham mamlakatda savdo-sotiq va pul muomalasini, moliya siyosatini yo‘lga qo‘yishda muhim voqea bo‘lgan. Ulug‘bek muomalaga chiqargan yangi vazndagi tanga pullar o‘z qadri, qimmati bilan iqtisodiy hayotni jonlantirish, savdo-sotiqni rivojlantirish alohida rol o‘ynaydi. Uning davrida ham yuqori tabaqa vakillariga, harbiy sarkardalar, oliy ruhoniylarga avvalgidek alohida imtiyozlar berish tartibi hukm surdi. Bundan tashqari davlatning katta ma‘naviy tayanchi hisoblangan diniy muassasalar ixtiyorida ham ulkan miqyosdagi vaqf yerlari to‘plangan edi.

Ulug‘bek davlat siyosatida qanchalik oqil va izchil siyosat yuritmasin, ilm fan ahliga, din peshvolariga homiylik qilish, savdo, tijorat va hunarmand ahliga rag‘bat qilmasin, unga qarshi muxolifat kuchlar ham anchagina bor edi. Ulug‘bek katta yer egalarining oddiy fuqarolarga nisbatan suiiste‘molchiliklarini cheklash tadbirlarini

ko‘rganda, ular Ulug‘bekga qarshi chiqdilar. Ruhoniylar orasidagi jaxolatparstlar Ulug‘bekni islom diniga zarar keltiruvchi ―betavfiq hukmdor‖ deb tashviqot qildilar. Shu tariqa jaholatparastlar ilmga, o‘z manfaatini xalq manfaatidan ustun ko‘ruvchilar taraqqiyotga qarshi chiqdilar. Ulug‘bek mamlakatdagi turli ijtimoiy-siyosiy guruxlar o‘rtasidagi ichki ziddiyatlarni, muttaasib, reaktsion kuchlar muxolifatini oxirigacha barataraf eta olmadi. Bu esa 15 asrning 40 yillari oxirlariga kelib Movarounnahr davlatini beqarorlik va chuqur ijtimoiy larzalarga duchor etdi. 1447 yilda Shohrux mirzo vafoti munosabati bilan Ulug‘bekning ota taxtiga da‘vogarlik qilib Xurosonga yurishi, jiyani Alouddavla va boshqa merosxo‘rlar bilan hokimiyat talashishi, uning yo‘qligida Abulhayrxon boshliq Dashti qipchoqliklarning Movarounnahr yerlariga hujum qilishi, qora kuchlar ig‘vosi tufayli o‘z o‘g‘li Abdulatif bilan boshlangan nizoning katta jangga aylanib ketishi, unda Ulug‘bekning mag‘lub bo‘lishi uning fojeali o‘limi bilan yakun topdi va temuriylar sulolasi inqirozini yanada chuqurlashishiga olib keldi. Ulug‘bek akademiyasi tarqalib ketdi. Kutubxonadagi ko‘plab kitoblar yondirildi, olimlar boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Ulug‘bekning o‘limidan keyin o‘g‘li Abdulatifning o‘ldirilishi, undan keyin Samarqand hokimiyati tepasiga Abu Said Mirzo keldi.

    1. Temuriylar davrda ilm-fan va madaniyat ravnaqi.

Amir Temur faoliyatini o‘rganishda asosiy manbalardan bo‘lgan, ―Zafar yo‘li‖ deb atalgan kitobda ulug‘ bobomiz o‘z tarjimai xoli xususida bunday deydi: ―Bir kuni otam Amir Tarag‘ay menga dedi: Bilgilki sen, Temur- Tarag‘ayning o‘g‘li; Tarag‘ay-Amir Bargulning o‘g‘li; Bargul-Amir Ilingizning o‘g‘li; Ilingiz-Bahodirning o‘g‘li; Bahodir- Ankal No‘yonning o‘g‘li, Ankal No‘yon-Suyunchining o‘g‘li, Suyunchi-Erdamchi barlosning o‘g‘li, Erdamchi Baxodir-Qochuli Bahodirning o‘g‘li; Qochuli Bahodir- Tumanaxonning o‘g‘li, Tumanaxon-Yofas o‘g‘lonning avlodi, Yofas esa Nuh payg‘ambarning o‘g‘li‖– Amir Temur ajdodlari Tumanaxonga borib tutashishini va barloslar aslan turkiylar bo‘lib, Abulg‘oziyning ―Shajarai turk‖ asarida shunday jumlalar bitilgan: ―Tumanaxon yaxshi ulug‘ podshoh edi.Uning 9 o‘g‘li bo‘lib, uchinchisi Qochuli, aning o‘g‘lining oti Erdamchi Barlos. Barcha barlos eli shuning nasli tururlar Temur ushbu urug‘dan erdi Barlosning ma‘nosi sipoxsolor temak bo‘lur (sipoxsolor- lashkarboshi) Turkiysi cherik boshlab yuritadigan kishi‖ Barloslar o‘zbek millatining shakllanishida faol qatnashganlar va Turon, Turkistonga shon-sharaf keltirgan ajdodlarimizdirlar.

Turkiycha bitilgan «Temur tuzuklari»ning bir qo‘lyozma nusxasi Yaman hokimi Ja‘far podshoh tomonidan milliy kutubxonada saqlangan. Bu asarning fors tiliga tarjimasini Mir Abu Tolib Hasaniy at-Turbotiy Makkaga haj qilib qaytib kelganidan so‘ng amalga oshirgan. Ana shu nusxaasosida «Temur tuzuklari» bizgacha yetib kelgan va XIX asrning ohirlaridarus tiliga tarjima etilib, nashr qilingan. Asar butun dunyoga mashhur bo‘lib, asrlar oshao‘z ahamiyatini saqlab qolib, juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. Arab tili professori, ingliz mayori Uayt asarning forsiy matnini nashrga tayyorlagan va u 1783 yili Oqsfordda chop etilgan. 1785 va 1890 yillarda ushbu nashrning forscha matni hech o‘zgarishsiz Hindistonning Kalkutta va Bombey shaharlarida, 1963 yilda Eronda nashr etilgan. U 1787 yili taniqli frantsuz sharqshunosi L.Lyangle tomonidan ushbu asar frantsuz tilida ham nashr etilgan.

«Temur tuzuklari» ikki bo‘lim va 56 banddan iborat bo‘lib, kitobda bu bo‘limlar maqola deb atalgan. Birinchi maqola Temurning davlatni barpo etish va mustahkamlash, qo‘shinlarni tashkil etish yuzasidan tuzuklaridan iborat. Ikkinchi maqolada esa, Amir

Temur tomonidan o‘tkazilgan 13 kengash tafsilotlari va ularda buyuk sohibqironning amalga oshirgan tadbirlari bayon etilgan.

Shuningdek, «Tuzuklar»ning birinchi qismida Amir Temurning yetti yoshidan to

vafotiga qadar (1342-1405 yil 18 fevral) kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat tuzishi, Eron va Afg‘onistonni o‘z tasarrufiga olishi, Oltin O‘rda xoni To‘xtamish ustidan qozonilgan g‘alaba va nihoyat buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.

Kitobning II qismi Sohibqiron nomidan aytilgan va uning toju-taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pandu-nasihatlaridan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko‘rsatgan alohida hizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida so‘z yuritiladi.



Ikkinchi bo‘limda, ya‘ni maqolada Amir Temur shunday deb yozadi:

«Mamlakatlarni fatx etuvchi baxtli farzandlarim va jahonni idora etuvchi qudratli nabiralarimga ma‘lum bo‘lsinkim, tangri taolo dargohidan umidim shulki, ko‘plab farzandlarim, avlodim uchun saltanat qurish, davlat tutish ishlarini bir necha tuzukka bog‘ladim, va saltanatni boshqarish haqida qo‘llanma yozib qoldirdim»1.

Ulug‘ Amir Temur yana davom etib: «Har mamlakatning yaxshi kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va ahloqsiz odamlarni mamlakatimdan quvib chiqardim»2, - deb yozgan edi.

Oliyjanob ahloqiy fazilatlarni Amir Temur xazratlari ulug‘labgina qolmaganlar, balki bu fazilatlarni bajaralishini davlat xududida yashayotgan fuqarolardan, hatto o‘z oila a‘zolari tomonidan ham so‘zsiz bajarilishini talab qilganlar. «Yana tajribamdan ko‘rib bildimki», - deb yozadi Amir Temur – «davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to‘ra tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuxi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalong‘och odamga O‘xshaydi, uni ko‘rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yohud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi.

Shuning uchun ham men o‘z saltanatim binosini dini islom to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim»1.

Amir Temur o‘z tuzuklari keyingi avdlodi uchun bir qo‘llanma bo‘lib qolishni ko‘zlab: «Farzandlarim va avlodimdan bo‘lganlarning har biri o‘nga muvofiq ish yuritsin Bu tuzuklardan o‘z saltanat ishlarini boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga o‘tadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo‘lg‘ay»2, - deb yozib qoldirgan edi.

Darhaqiqat bu asardan faqat Temuriy shahzodalargina emas, ko‘plab sharq hukmdorlari o‘zlarining faoliyatlarida foydalanganlar va o‘nga yuqori baho berganlar. Jumladan, Shoh Jahon (1628-1657), Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (1822-1842), Buxoro amiri Abdullahadxon (1885-1910)lar «Tuzukot»dan parchalar ko‘chirtirib, ulardagi qoidalarga amal qilganlar.

Temur tuzuklarida Amir Temur o‘zi tuzgan qo‘shinning tuzilishi, qurollanishi hamda buyuk sohibqironning harbiy san‘ati haqida ham muhim ma‘lumotlar berilgan.





1 Temur tuzuklari, Toshkent, 1991 yil, 55-bet. 2 Temur tuzuklari, Toshkent, 1991 yil, 55-bet. 1 Temur tuzuklari, Toshkent, 1991 yil, 57-bet. 2 Temur tuzuklari, Toshkent, 1991 yil, 53-bet.

Zero Amir Temur tuzgan qo‘shin o‘zining strategik va taktik maxorati bilan O‘sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan. Amir Temur esa jahonda mahoratli buyuk sarkarda sifatida shuhrat qozongan. Hozir ham ko‘pgina xorijiy mamlakatlar harbiy o‘quv yurtlarida «Temur taktikasi» mahsus kurs sifatida O‘tiladi. Yurtimiz va xalqimiz mustaqil bo‘lgach, mustaqil davlatchiligimiz asoslarini yaratishda buyuk Amir Temur va uning «tuzuklari»ga murojaat qilmoqdamiz. Uning «Kuch adolatda» tamoyili esa huquqiy davlat barpo etishimizda yo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek A.Temurga bag‘ishlab yaratilgan asarlar soni Ovro‘pa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 ga yaqinni tashkil etadi.



Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatning tuzilishi, feodal tarqoqlikning tugatilishi, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikning o‘rnatilishi O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti yo‘lida ijobiy rol o‘ynadi. Mo‘g‘ullar davrida vayron bo‘lgan iqtisodiyot tiklandi, hunarmandchilik va tijorat ishlari rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topdi, shaharlar obod bo‘ldi. Eng muhimi, xalq tinch va osoyishta hayot tarziga kirdi.

  1. Modul: O‘zbekiston hududining xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish