Nazorat savollari:
1. Qanday zanjirlar nochiziqli zanjirlarga kiradi? 2. Nochiziqli zanjirga misollar nima?
3. Nochiziqli zanjir qanday tekshiriladi? 4. Termorezistor V.A.X i, Diodning V.A.X i?
5. Stabilizator nima, stabillik holati nima? 6. Stabilizatsiya koeffitsenti nima?
8. Kompensatsion stabilizator nima? 9. Invertor ishlash prinsipini izohlang?
10. Konvertor nima u qanday ishlaydi? 11. Ko`prik invertorlarning kuch qismi nima?
Invertorlar, konvertorlar haqida umumiy tushunchalar.
«Invertorlash» termini lotincha inversio ─ to‘ntarish, almashtirish ma’nosini beradi. Invertorning ishlash prinsipi to‘g‘rilagich ishlash prinsipining aksi bo‘ladi, ya’ni to‘g‘rilagich o‘zgaruvchan tok energiyasini o‘zgarmas tok energiyasiga o‘zgartirsa, invertor o‘zgarmas tok energiyasini o‘zgaruvchan tok energiyasiga aylantirib beradi.
Invertorlar ishlash sxemasining tuzilishi bo‘yicha tiristorlarda yoki tranzistorlarda tayyorlanadi. YUklamaga ulanishi bo‘yicha kuchlanish invertorlari va tok invertorlariga bo‘linadi. Fazalar soni bo‘yicha bir fazali va uch fazali invertorlar bor.
Konvertor so‘zining ma’nosi ─ bu o‘zgartirish, almashtirish. Konvertor elektr energiyasini ikkilamchi o‘zgartirib, parametrlarini o‘zgartirishga ishlatiladi:
─ kuchlanishni o‘zgartirmasdan kuchlanish chastotasini o‘zgartirish;
─ ham kuchlanish kattaligini, ham kuchlanish chastotasini o‘zgartirish;
─ kuchlanish chastotasi boshqariladigan.
Konvertor ─ boshqachasiga chastota o‘zgartirgich deyiladi. Sanoat va xalq xo‘jaligida bir fazali yoki uch fazali chastota o‘zgartirgichlar qo‘llaniladi.
2. Kuchlanish invertorlari
O‘zgarmas kuchlanish manbaidan oziqlanuvchi va yuklamaga kuchlanish shakllantiruvchi, shu vaqtning o‘zida tok kuchi yuklama qarshiligi orqali aniqlanadigan invertorlar kuchlanish invertorlari deb ataladi.
1-rasm. Aktiv-induktiv yuklamaning ketma-ket ulanishi
Kuchlanish invertorlari bir necha ko‘rinishlarda quriladi:
─ Aktiv-induktiv yuklamani ketma-ket ulash,
─ Aktiv-induktiv yuklamani parallel ulash,
─ Tiristorli kuchlanish invertorlari,
─ Uch fazali kuchlanish invertorlari,
─ Rezonansli invertorlar,
─ Parallel rezonansli invertor,
─ Ko‘p yacheykali invertorlar.
2-rasm. Aktiv-induktiv yuklamaning parallel ulanishi
3-rasm. Tiristorli kuchlanish invertori
Tiristorlardan kalit elementlari sifatida foydalanishda asosiy muammo shuki, tiristor to‘la boshqarilmaydigan pribor bo‘lgani sababli uni belgilangan vaqt momentida o‘chishini ta’minlaydigan qo‘shimcha vositalarga ehtiyoj bo‘ladi. Kuchlanish invertorlarida bunday maqsadlar uchun odatda asosiy tiristorlarni o‘chirish uchun qisqa tok impulslarini generatsiyalovchi sun’iy kommutatsiya bo‘yicha turli sxemalar, xususan LC-konturli sxemadan foydalaniladi. Bu kontur sxemada noayon ko‘rinishda qatnashishi mumkin, masalan Mak-Murreyning keng tarqalgan sxemasi (3-rasm)da L va C kuch sxemasining asosiy tiristorlari bilan ajratilgan, biroq shunga qaramay ko‘p hollarda L va C bevosita ulangan va asosiy zanjirdan yordamchi kommutatsiyalovchi tiristorlar orqali ajratiladi, yordamchi tiristorlar LC-konturni faqat kommutatsiya vaqtidagina ulaydilar.
4-rasm. Uch fazali kuchlanish invertori
Do'stlaringiz bilan baham: |