Ijtimoiy pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashhis qo‘yish bo‘lib, bolaning spirtli ichimlik ichishga ruju qo‘yishining oldini olishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bola haqida axborot to‘plash, uning real shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish, bola oilasi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash, bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan manbalarni o‘rganish, ichkilikbozlikning etakchilarini aniqlash, bolani alkogollashuvga undayotgan salbiy omillarni o‘rganish, bolaga mikromuhit ta’sirini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi vazifasi — natijani oldindan ko‘ra bilish. Uning mohiyati shuki, qo‘yilgan tashhis asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Budasgur bosqichma-bosqich amalga oshirilib, ijtimoiy adaptatsiya, korreksiya yoki reabilitatsiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya bulib, bolada uning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyam davomida shakllanishi lozim bulgan xislatlarni, bolalar va kattalar xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola tarbiyasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, ichkilikbozlik muammosini engib o‘tish uchun lozim bulgan ko‘nikm a va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogning turtinchi vazifasi — huquqiy himoya. Uning mohiyati shuki, ijtimoiy pedagog faoliyati huquqiy asosda ko‘riladi.
Beshinchi vazifasi — tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuritishda turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi. Oltinchi vazifasi — kommunikativ funksiya. Bunda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning ko‘pgina ishtirokchilari o‘rtasida aloqalar o‘rnatiladi.
Ettinchi vazifa — profilaktik funksiya bo‘lib, u erishilgan ijobiy natijalarni mustahkamlaydi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo‘lishini bartaraf etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagog faoliyatida bolalar hayotini alkogollashuviga qarshi qaratishi tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi. Maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bir yoshdan etti yoshgacha bulgan boladagi odatlarni shakllanishida hal kdluvchi ta’sirni ota-onalar ko‘rsatishadi. SHuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagogning oila bilan ishlashi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar madaniyatini shakllantirish. Faqatgina uyg‘un oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol odatlar paydo bo‘lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning paydo bulishi uchun ota-onalarda optimal xulq-atvorni shakllantirish lozim.
2. Bola hdyotiy faoliyatining sog‘lom muhitini shakllantirish. Ijtimoiy pedagog faoliyati ota-onalarda sog‘lom ijtimoiypsixologik yo‘l-yo‘riqlarni shakllantirish ga, bolalarnish spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ota-onalarning shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi lozim. Ota-onalar bilan ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga oshirilishi kerak. Biroq bu faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning ichkilikka qarshi tarbiyasiga qo‘shilishi zarur. Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi tarbiyasi haqidagi bilimlar targ‘iboti quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning to‘liq shakllanmagan organizmiga zarari, bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishlarining yomon oqibatlari, voyaga etmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o‘rgatishning axloqiy, diniy va huquqiy javobgarligi haqida.
2. Kichik maktab yoshining o‘ziga xos xususiyatlari (anotomik, morfologik, psixofiziologik) bilan tanishtirish. Maktabda ta’lim olishning birinchi bosqichiga bola hayotidagi eng inqirozli bosqich sifatida ta’rif berish, boshlang‘ich bosqichga moslashish qiyinchiliklari, yosh shaxsning faol ijtimoiylashuvining boshlanishi, ta’lim muhitining ijtimoiy va psixologik sharoitlari haqida ma’lumot berish.
3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun ota-onalarning me’yoriy xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning ichkilikbozlik an’analarini, kichik maktab yoshiga xos bo‘lgan taqlidiy xulq-atvorni inobatga olgan hodda ko‘rib chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga e’tiborli bo‘lish, bolalarning bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishlariga yordam berish, uni noxush oilaviy-maishiy nizolardan holi qilish. SHuningdek, ijtimoiy pedagog ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘sh vaqtlarni va bayramlarni spirtli ichimliksiz o‘tkazish rejasini ham ishlab chiqishi lozim. Faoliyatning asosiy metodlari — suhbat, maslahat, trening shaklida o‘tkaziladigan oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiy pedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy tavsif berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi kerak. U bolaning tengdoshlari bilan aloqalarini tuzatishga, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishga, oilada o‘z maqomini tiklashiga qaratilishi lozim. O‘smirlik davri (11 — 14 yosh). Budavr inson faoliyatining eng murakkab davrlaridan biridir. Mazkur uyg‘un faoliyatning faollashuvi davrida organizmning barcha organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy etuklikning boshlanishi bilan yakun topadi. Bola u uchun obro‘li bo‘lgan kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilgan kichik maktab yoshidan farqli ravishda o‘smir o‘z xulq-atvor tamoyillariga, uz qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug‘iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Aynan o‘smirlik davrida ichkilikka ruju qo‘yishning ilk bosqichi boshlanishi mumkin. CHunki u o‘smir guruhlari sharoitida namoyon bo‘ladi va shuning uchun “ jamoaviy ichkilik tobeligi” tavsifga ega bo‘ladi. Bu yoshdagi bola katta bo‘lishga yoki kattalardek ko‘rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy, ham salbiy ma’noda namoyon bo‘lishi mumkin. Balog‘atga etish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa, ijtimoiy salbiy ma’nodagi: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish , jinsiy mas’uliyatsizlik, huquqbuzarlik namoyon bo‘ladi. O‘smirlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta’sirlarini o‘tkaza olmaydilar. Bola uchun tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lish katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. O‘smirning ijtimoiy maqomi qancha past bo‘lsa, uning guruhga ta’siri shuncha kam bo‘ladi. SHuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagog faoliyatida asosiy urg‘u guruhbilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik bilan bog‘liq mavzularda bahs-munozaralar o‘tkazish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Bu mashg‘ulotlar natijasida, guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan qarashlar shakllanishi lozim. Bahs-munozaradan tashqari, rasmli o‘yinlar ham o‘tkazish mumkin. Ichkilikbozlik profilaktikasiga qaratilgan bunday o‘yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanishiga, jamoaviy muomala malakalariga o‘rganishiga erishsa bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog o‘smirlar guruhida shakllantirish mumkin bulgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olish. Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bunda bolalarni qo‘rqitadigan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
2. O‘smirlarning bo‘sh vaqgini tashkillashtirish. Bo‘sh vaqtni mazmunsiz o‘tkazish o‘smir tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilish xavfini oshiradi. To‘garak, seksiya, klub, bolalar va o‘smirlar tashkilotlari faoliyatini yorqin reklama qilish zarur. Ijtimoiy pedagog o‘smirning qiziqishlarini bilishi va uning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga yordam berishi lozim. Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli bo‘sh vaqtni o‘tkazishning jamoaviy shakllarini rivojlantirish maqsadga muvofiq. SHuni inobatga olish lozimki, deviant xulqli bolalar, asosan, intellektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan shugullanishga qiziqishadi. SHuning uchun ularning sport seksiyalariga qatnashishlariga yanada ko‘proq sharoitlar yaratib berish lozim.
3. Ijtimoiy pedagog tomonidan o‘tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada mustahkam antialkogol qarashlar sog‘lom hayot tarzining zarurligi, organizm shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste’mol qilish mumkin emasligi, ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini shakllantirishga qaratiladi.
4. Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo‘naltirish ham ijtimoiy pedagogning vazifasi hisoblanadi. O‘smir yoshidagi o‘quvchilarning ta’lim dasturi bilan tanishish asosida ijgimoiy pedagog ichkilikka qarshi tarbiya elementlarini maktab darslari tarkibiga kiritishni ilgari surishi mumkin. O‘spirinlik davri. O‘smirlikdan farqli o‘laroq, 17 — 18 yoshli o‘quvchilarda tengdoshlari jamoasiga emotsional tobelik kuchli bo‘lmay va bunda birinchi o‘ringa individuallik ko‘tariladi. Hayotda o‘z o‘rnini qidirish, o‘zini biror-bir kasbiy faoliyatda anglab olish bilan birgalikda, o‘smir uchun o‘z ijtimoiy qiyofasini ham shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagog o‘z e’tiborini ichimlik iste’mol qilishga mayli bor o‘spirinlar bilan individual ish olib borishga qaratadi.
Bu faoliyat quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
1. Bola hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish maqsadida individual konsul tatsi yal ar o‘tkazish.
2. SHaxsni ijtimoiy tarbiyalash, ijtimoiy pedagogik mashqlar orqali o‘smirga ijtimoiy ijobiy hulq atvor me’yorlarini o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘smirlarni ichkilikka qarshi tarbiyalash asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi.
Asosiy metodlar — suhbat jarayonida ijtimoiy pedagog tomonidan o‘z nuqtai nazari, dalillarini monologik bayon etish, ma’ruzalar o‘qish. YOrdamchi metodlar — kitob yordamida mustaqil ish olib borish, tajribalar o‘tkazish va boshqalar. Bu metodlar turli ish shakllari — jamoaviy va individual shaklda, turli mikromuhitlar oila, maktab jamoasi, dustlar davrasida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |