Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi ijtimoiy pedagogika



Download 5,49 Mb.
bet122/210
Sana28.01.2023
Hajmi5,49 Mb.
#904432
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   210
Bog'liq
majmua 2022 yil Ijtimoiy ped

Ikkinchi davr — kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng ahamiyatli sabablar: ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka qiziqish paydo bo‘lishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik an’analaridir. Biologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-avlodga o‘tmaydi, faqatgina unga mayl o‘tadi. Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishiga otaonalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maktablarda sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ota-onalar shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar iste’mol kdlishga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, uning maktabdagi hdyotiga doimiy e’tibor qaratish, maktabda va oilada gigienik me’yorlarga amal qilishdir. Agar oilada hech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqmasa yoki nomiga qiziqsa, uning maktabga nisbatan kdziqishi neytrallashadi, so‘ngra ta’lim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Bola o‘zini namoyon qilishining boshqa usullarini qidira boshlaydi. Odatda, bu bola kucha guruhlariga qo‘shilib qoladi va u erda spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o‘rganadi. Agar bola spirtli ichimlik bilan “tanish” bo‘lsa va bu “tanishuv” oilada sodir bulgan bo‘lsa, bu urganish jarayoni nihoyatda oson kechadi. Natijada maktab, maktab xdyotiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va bola o‘ziga o‘xshagan bolalarning ko‘cha guruhini afzal ko‘ra boshlaydi.
Uchinchi bosqich — o‘smirlik va o‘sprinlik davri. Bu davrdagi asosiy sabablar oiladagi nomaqbul holat, o‘zini namoyon kdlish, OAVlaridagi reklama, muammolardan qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik oqibatlari qaqidagi bilimlarning yo‘qligidir. Bolada ichkilikka ruju quyish ro‘y beradi. Ichkilikka mayli bor bolalarning 4 turi farqlanadi:
1) o‘ziga yuqori baho bergan bolalar;
2) shafqatsiz va agressiv xulk,li bolalar;
3) amaliy hayotga ko‘nikm agan, shaxsiy tashabbus qobiliyatidan ayrilgan bolalar;
4) turg‘unlikka tushgan bolalar.
Bolalarning spirtli ichimlik iste’mol kdlishni boshlaganliklarining bir nechta darajalari mavjud:
1) nolga teng daraja juda kamdan-kam iste’mol qilish;
2) epizodik iste’mol darajasi turli spirtli ichimliklar turlari bilan tanishlik;
3) yuqori daraja 1 oyda ikki martadan ortiq iste’mol qilish;
4) namoyon bulgan ruhiy tobel i k darajasi maet bo‘lishning ruhiy holatning istalgan holatiga aylanishi, ichkilikka ruhiy qaram bo‘lishning yuzaga kelishi;
5) ichkilikka jisman tobe bo‘lish darajasi — spirtli ichimlikni nazoratsiz iste’mol qilish. SHaxsning alkogollashuvi (aroqho‘rga aylanishi). Ijtimoiy pedagogikaning spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib borishga doir asosiy yo‘nalishlari: a) adaptatsion — bolaning shaxsiy ijobiy xislatlarini rivojlantirish orqali bolaning adaptativ xususiyatlarini tuzatish;
6) profilaktik — bolalarda spirtli ichimlik iste’mol qilishga salbiy munosabatni shakllantirish;
v) vositachilik — bola va jamiyat urtasidagi munosabatlarni tartibga solish; g) reabilitatsion — alkogol tobe holatidagi bolani ijgimoiy reabilitatsiya qilish. Bu toifadagi bolalar bilan ijtimoiy pedagog uz faoliyatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish