Mustahkamlash uchun savollar:
O’QUV ADABIYOTLARI, DARSLIK VA O’QUV QOLLANMALAR
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar
TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1 Egamberdieva N. M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009
2.MavlonovaR. Ijtimoiy predagogika.O’quv qo’llanmaT. Istiqlol 2009
3. Gapaguzova M. A. Istoriya sotsialnoy pedagogiki. O’quv qo’llanma. M. Vlados. 2006.
Qo’shimcha adabiyotlar.
4.o’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabr “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqslash to’grisida” gi PF-5847-son Farmoni.
5. O’zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil, 6 son,70 modda.
6.Mirziyoev SH. M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. ‘"O’zbekiston”, 2017.
7. Munavvarov A.K. Pedagogika. - T.: O’qituvchi. 1996 y.
8. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. - T.: O’qituvchi. 1994 y.
9. Yuldoshev J. Ta’lim yangilanish yo’lida. - T.: O;qituvchi. 2000 y.
10. Podlaskiy I.P. Pedagogika. V 2x kn. M.: Vlados, 2003.
Axborot manbaalari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet. Uz
4. www. edu. Uz
5 tdpu-INTERNET. Ped.
27-Mavzu: Spirtli ichimliklar iste’mol qilishga moyil o'smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
REJA
1. Spirtli ichimlikni kelib chikish tarixi.
2.Spirtli ichimliklar iste'mol qilish muammosi.
3. Bolalarning spirtli ichimliklar ichishining sabab va oqibatlari.
4.Bolalardagi spirtli ichimlikka munosabat darajasi va har bir darajada ijtimoiy pedagogning yordam berish shakllari.
S pirtli ichim liklar iste’mol qiladigan o‘sm irlar bilan ij timoiypedagogik f aoliyat yu ritish Bolalar ichkilikbozligi va bu illatning yoshlar o‘rtasida kengtarkrlishi eng jiddiy
ijtimoiy-pedagogik muammolardan biri hisoblanadi, Ichkilikbozlik tushunchasi ikki xil talqin kdlinadi. Tibbiy nuqtai nazardan, ichkilikbozlik spirtli ichimliklar iste’mol kdlishga engib bo‘lmas ehgiyoj tugilishida namoyon buladi gan surunkali kasallikdir. Ijgimoiy pedagogik nuqtai nazardan, ichkilikbozlik spirtli ichimlikka ruju qo‘yish bilan tavsiflanadigan, shaxsda deviant xulq-atvorni keltirib chiqaradigan xulq-atvor shakllaridan biridir. Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni bilan bevosita bog‘liq. CHunki, birinchidan, u aniq ijtimoiy psixologik sabablar tufayli kelib chiqadi, ikkinchidan, deviant xulq-atvor kabi g‘ayriijtimoiy xislatlarning kelib chiqishiga olib keladi. Ichkilikbozlik namoyon bo‘lishining ijtimoiy psixologik omillari bir xil emas. Ular ichida mikroijtimoiy va shaxsiy omillarni ajratish mumkin. SHaxsiy omillar vazifasini shaxsiy va tavsifiy xususiyatlar bajarishi mumkin. Mikroijtimoiy omillarga alkogollashuv ko‘rsatkichlari (ichkilik iste’mol qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va unda alkogollashuv darajasi kabi ijtimoiy va ijtimoiypsixologik belgilar kiradi. Ijtimoiy-psixologik omillar shartli ravishda ikkiga ajratiladi. Alkogollashuv jarayoniga ta’sir ko‘rsatar ekan, ular yaxlit va majmuaviy tarzda o‘rganilishi lozim. Bolalar ichkilikbozligi bir qator o‘ziga xosliklarga ega:
— spirtli ichimliklargatez moslashish;
— ichkilikbozlikningtez rivojlanishi;
— davolashning samaradorligi;
— organizmning tez buzilishi. Bolalarning spirtli ichimliklarga moslashishlari asosan 3 davrda: bolalikning ilk davri, maktabgacha yoshda va kichik maktab davri, o‘smirlik davrida jadal kechadi. Birinchi davr bolalikning ilk davri bo‘lib, unda bolalarning alkogollashuvi ixtiyorsiz tavsifga ega. Bu bir necha sabablarga ko‘ra ro‘y beradi: homiladorlik va emizish davrida spirtli ichimlik iste’mol qilish, maet holatda homilador bo‘lish. Ichki organ va a’zolarningjadal shakllanishi jarayoni kechayotganda, homilaning zaharlanishi rivojlanishning turli anomaliyalariga olib keladi: oyoq va qo‘llarning rivojlanmasligi, barmoqlarning birlashib ketishi, jinsiy a’zolardagi nuqsonlar, bosh hajmining kichiklashishi va boshqalar. Homila alkogol oldida himoyasiz bo‘lgani sababli, u alkogolning miyaga kirishini bartaraf eta olmaydi va buning natijasida aqli noraso bo‘lib tug‘ilishi mumkin. Bunday bolalar, garchi bolaliklarida hayot bilan vidolashmasalar ham, bugun umr aqli noraso bo‘lib o‘tadilar. Bolalar ichkilikbozligining sabablari va salbiy oqibatlari YOsh Sabablar Oqibatlar Bolalikning ilk dairi (0 — 3 yosh). Homila davridagi ichkilikbozlik, homiladorlikning ilk 3 oyida spirtli ichimlik iste’moli, emizish vaqtida spirtli ichimliklar iste’moli. Epilepsiya, aqliy zaiflik; jismoniy rivojlanish anomaliyasi; aqliy rivojlanish anomaliyasi. Maktabgacha na kichik maktab yoshi (3 — 9 yosh). Ota-onalarning pedagogik savodsizligi, oilaviy ichkilikbozlik an’analari. Organizmning alkogoldan zaharlanishi; spirtli ichimlikliklarga qiziqish paydo bulishi. O‘smirlik na o‘spirinlik dairi (9 - 18 yosh). Oiladagi nohush holat; o‘zini namoyon qilish; OAVlaridagi reklama; bo‘sh vaqtidan o‘rinli foydalanmaslik; ichkilikbozlikning oqibatlari haqida bilimlarning yuqligi; shaxsning psixologik xususiyatlari, mavjud muammolardan QOCHISH. Spirtli ichimliklarga maylning shakllanishi; spirtli ichimlik iste’mol qilish odatining shakllanishi; huquqbuzarlik sodir etish maet holatda gayri huquqiy harakatlarning oqibatini o‘ylamasdan sodir etish; spirtli ichimlikni ruhiy muammolarni bartaraf etuvchi doping sifatida iste’mol QILISH. Ikkinchi davr — kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng ahamiyatli sabablar: ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka qiziqish paydo bo‘lishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik an’analaridir. Biologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-avlodga o‘tmaydi, faqatgina unga mayl o‘tadi. Bolalarda ichkilikbozlikning rivojlanishiga otaonalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maktablarda sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ota-onalar shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar iste’mol kdlishga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishning zaruriy sharti bola shaxsiyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, uning maktabdagi hdyotiga doimiy e’tibor qaratish, maktabda va oilada gigienik me’yorlarga amal qilishdir. Agar oilada hech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqmasa yoki nomiga qiziqsa, uning maktabga nisbatan kdziqishi neytrallashadi, so‘ngra ta’lim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Bola o‘zini namoyon qilishining boshqa usullarini qidira boshlaydi. Odatda, bu bola kucha guruhlariga qo‘shilib qoladi va u erda spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o‘rganadi. Agar bola spirtli ichimlik bilan “tanish” bo‘lsa va bu “tanishuv” oilada sodir bulgan bo‘lsa, bu urganish jarayoni nihoyatda oson kechadi. Natijada maktab, maktab xdyotiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va bola o‘ziga o‘xshagan bolalarning ko‘cha guruhini afzal ko‘ra boshlaydi. Uchinchi bosqich — o‘smirlik va o‘sprinlik davri. Bu davrdagi asosiy sabablar oiladagi nomaqbul holat, o‘zini namoyon kdlish, OAVlaridagi reklama, muammolardan qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik oqibatlari qaqidagi bilimlarning yo‘qligidir. Bolada ichkilikka ruju quyish ro‘y beradi. Ichkilikka mayli bor bolalarning 4 turi farqlanadi:
1) o‘ziga yuqori baho bergan bolalar;
2) shafqatsiz va agressiv xulk,li bolalar;
3) amaliy hayotga ko‘nikm agan, shaxsiy tashabbus qobiliyatidan ayrilgan bolalar;
4) turg‘unlikka tushgan bolalar. Bolalarning spirtli ichimlik iste’mol kdlishni boshlaganliklarining bir nechta darajalari mavjud:
1) nolga teng daraja juda kamdan-kam iste’mol qilish;
2) epizodik iste’mol darajasi turli spirtli ichimliklar turlari bilan tanishlik;
3) yuqori daraja 1 oyda ikki martadan ortiq iste’mol qilish;
4) namoyon bulgan ruhiy tobel i k darajasi maet bo‘lishning ruhiy holatning istalgan holatiga aylanishi, ichkilikka ruhiy qaram bo‘lishning yuzaga kelishi;
5) ichkilikka jisman tobe bo‘lish darajasi — spirtli ichimlikni nazoratsiz iste’mol qilish. SHaxsning alkogollashuvi (aroqho‘rga aylanishi). Ijtimoiy pedagogikaning spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib borishga doir asosiy yo‘nalishlari: a) adaptatsion — bolaning shaxsiy ijobiy xislatlarini rivojlantirish orqali bolaning adaptativ xususiyatlarini tuzatish;
6) profilaktik — bolalarda spirtli ichimlik iste’mol qilishga salbiy munosabatni shakllantirish;
v) vositachilik — bola va jamiyat urtasidagi munosabatlarni tartibga solish; g) reabilitatsion — alkogol tobe holatidagi bolani ijgimoiy reabilitatsiya qilish. Bu toifadagi bolalar bilan ijtimoiy pedagog uz faoliyatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashhis qo‘yish bo‘lib, bolaning spirtli ichimlik ichishga ruju qo‘yishining oldini olishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bola haqida axborot to‘plash, uning real shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish, bola oilasi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash, bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan manbalarni o‘rganish, ichkilikbozlikning etakchilarini aniqlash, bolani alkogollashuvga undayotgan salbiy omillarni o‘rganish, bolaga mikromuhit ta’sirini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi vazifasi — natijani oldindan ko‘ra bilish. Uning mohiyati shuki, qo‘yilgan tashhis asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Budasgur bosqichma-bosqich amalga oshirilib, ijtimoiy adaptatsiya, korreksiya yoki reabilitatsiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya bulib, bolada uning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyam davomida shakllanishi lozim bulgan xislatlarni, bolalar va kattalar xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola tarbiyasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, ichkilikbozlik muammosini engib o‘tish uchun lozim bulgan ko‘nikm a va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogning turtinchi vazifasi — huquqiy himoya. Uning mohiyati shuki, ijtimoiy pedagog faoliyati huquqiy asosda ko‘riladi.
Beshinchi vazifasi — tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuritishda turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi.
Oltinchi vazifasi — kommunikativ funksiya. Bunda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning ko‘pgina ishtirokchilari o‘rtasida aloqalar o‘rnatiladi.
Ettinchi vazifa — profilaktik funksiya bo‘lib, u erishilgan ijobiy natijalarni mustahkamlaydi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo‘lishini bartaraf etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagog faoliyatida bolalar hayotini alkogollashuviga qarshi qaratishi tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi. Maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bir yoshdan etti yoshgacha bulgan boladagi odatlarni shakllanishida hal kdluvchi ta’sirni ota-onalar ko‘rsatishadi. SHuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagogning oila bilan ishlashi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar madaniyatini shakllantirish. Faqatgina uyg‘un oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol odatlar paydo bo‘lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning paydo bulishi uchun ota-onalarda optimal xulq-atvorni shakllantirish lozim.
2. Bola hdyotiy faoliyatining sog‘lom muhitini shakllantirish. Ijtimoiy pedagog faoliyati ota-onalarda sog‘lom ijtimoiypsixologik yo‘l-yo‘riqlarni shakllantirish ga, bolalarnish spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ota-onalarning shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi lozim. Ota-onalar bilan ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga oshirilishi kerak. Biroq bu faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning ichkilikka qarshi tarbiyasiga qo‘shilishi zarur.
Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi tarbiyasi haqidagi bilimlar targ‘iboti quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning to‘liq shakllanmagan organizmiga zarari, bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishlarining yomon oqibatlari, voyaga etmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o‘rgatishning axloqiy, diniy va huquqiy javobgarligi haqida.
2. Kichik maktab yoshining o‘ziga xos xususiyatlari (anotomik, morfologik, psixofiziologik) bilan tanishtirish. Maktabda ta’lim olishning birinchi bosqichiga bola hayotidagi eng inqirozli bosqich sifatida ta’rif berish, boshlang‘ich bosqichga moslashish qiyinchiliklari, yosh shaxsning faol ijtimoiylashuvining boshlanishi, ta’lim muhitining ijtimoiy va psixologik sharoitlari haqida ma’lumot berish.
3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun ota-onalarning me’yoriy xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning ichkilikbozlik an’analarini, kichik maktab yoshiga xos bo‘lgan taqlidiy xulq-atvorni inobatga olgan hodda ko‘rib chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga e’tiborli bo‘lish, bolalarning bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishlariga yordam berish, uni noxush oilaviy-maishiy nizolardan holi qilish. SHuningdek, ijtimoiy pedagog ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘sh vaqtlarni va bayramlarni spirtli ichimliksiz o‘tkazish rejasini ham ishlab chiqishi lozim.
Faoliyatning asosiy metodlari — suhbat, maslahat, trening shaklida o‘tkaziladigan oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiy pedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy tavsif berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi kerak. U bolaning tengdoshlari bilan aloqalarini tuzatishga, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishga, oilada o‘z maqomini tiklashiga qaratilishi lozim. O‘smirlik davri (11 — 14 yosh). Budavr inson faoliyatining eng murakkab davrlaridan biridir. Mazkur uyg‘un faoliyatning faollashuvi davrida organizmning barcha organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy etuklikning boshlanishi bilan yakun topadi. Bola u uchun obro‘li bo‘lgan kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilgan kichik maktab yoshidan farqli ravishda o‘smir o‘z xulq-atvor tamoyillariga, uz qarashlariga amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug‘iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Aynan o‘smirlik davrida ichkilikka ruju qo‘yishning ilk bosqichi boshlanishi mumkin. CHunki u o‘smir guruhlari sharoitida namoyon bo‘ladi va shuning uchun “ jamoaviy ichkilik tobeligi” tavsifga ega bo‘ladi. Bu yoshdagi bola katta bo‘lishga yoki kattalardek ko‘rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy, ham salbiy ma’noda namoyon bo‘lishi mumkin. Balog‘atga etish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa, ijtimoiy salbiy ma’nodagi: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish , jinsiy mas’uliyatsizlik, huquqbuzarlik namoyon bo‘ladi. O‘smirlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta’sirlarini o‘tkaza olmaydilar. Bola uchun tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lish katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. O‘smirning ijtimoiy maqomi qancha past bo‘lsa, uning guruhga ta’siri shuncha kam bo‘ladi. SHuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagog faoliyatida asosiy urg‘u guruhbilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik bilan bog‘liq mavzularda bahs-munozaralar o‘tkazish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Bu mashg‘ulotlar natijasida, guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan qarashlar shakllanishi lozim. Bahs-munozaradan tashqari, rasmli o‘yinlar ham o‘tkazish mumkin. Ichkilikbozlik profilaktikasiga qaratilgan bunday o‘yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanishiga, jamoaviy muomala malakalariga o‘rganishiga erishsa bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog o‘smirlar guruhida shakllantirish mumkin bulgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olish. Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bunda bolalarni qo‘rqitadigan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
2. O‘smirlarning bo‘sh vaqgini tashkillashtirish. Bo‘sh vaqtni mazmunsiz o‘tkazish o‘smir tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilish xavfini oshiradi. To‘garak, seksiya, klub, bolalar va o‘smirlar tashkilotlari faoliyatini yorqin reklama qilish zarur. Ijtimoiy pedagog o‘smirning qiziqishlarini bilishi va uning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga yordam berishi lozim. Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli bo‘sh vaqtni o‘tkazishning jamoaviy shakllarini rivojlantirish maqsadga muvofiq. SHuni inobatga olish lozimki, deviant xulqli bolalar, asosan, intellektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan shugullanishga qiziqishadi. SHuning uchun ularning sport seksiyalariga qatnashishlariga yanada ko‘proq sharoitlar yaratib berish lozim.
3. Ijtimoiy pedagog tomonidan o‘tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada mustahkam antialkogol qarashlar sog‘lom hayot tarzining zarurligi, organizm shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste’mol qilish mumkin emasligi, ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini shakllantirishga qaratiladi.
4. Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo‘naltirish ham ijtimoiy pedagogning vazifasi hisoblanadi. O‘smir yoshidagi o‘quvchilarning ta’lim dasturi bilan tanishish asosida ijgimoiy pedagog ichkilikka qarshi tarbiya elementlarini maktab darslari tarkibiga kiritishni ilgari surishi mumkin. O‘spirinlik davri. O‘smirlikdan farqli o‘laroq, 17 — 18 yoshli o‘quvchilarda tengdoshlari jamoasiga emotsional tobelik kuchli bo‘lmay va bunda birinchi o‘ringa individuallik ko‘tariladi. Hayotda o‘z o‘rnini qidirish, o‘zini biror-bir kasbiy faoliyatda anglab olish bilan birgalikda, o‘smir uchun o‘z ijtimoiy qiyofasini ham shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagog o‘z e’tiborini ichimlik iste’mol qilishga mayli bor o‘spirinlar bilan individual ish olib borishga qaratadi. Bu faoliyat quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
1. Bola hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish maqsadida individual konsul tatsi yal ar o‘tkazish.
2. SHaxsni ijtimoiy tarbiyalash, ijtimoiy pedagogik mashqlar orqali o‘smirga ijtimoiy ijobiy hulq atvor me’yorlarini o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘smirlarni ichkilikka qarshi tarbiyalash asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar — suhbat jarayonida ijtimoiy pedagog tomonidan o‘z nuqtai nazari, dalillarini monologik bayon etish, ma’ruzalar o‘qish. YOrdamchi metodlar — kitob yordamida mustaqil ish olib borish, tajribalar o‘tkazish va boshqalar. Bu metodlar turli ish shakllari — jamoaviy va individual shaklda, turli mikromuhitlar oila, maktab jamoasi, dustlar davrasida amalga oshirilishi mumkin.
Savollar:
1. “ Ichkilikbozlik” tushunchasiga ta’rif bering.
2. Bolalar ichkibozligining xususiyatlarini ochib ko‘rsating?
3. O‘smir yoshdagi bolalarning ichkilikbozligi sabablari va oqibatlarini tushuntirib bering.
4. Bolalarda ichkilikka ruju quyishni keltirib chiqaruvchi oilaviy tavsifdagi sabablarga nimalar kiradi?
5. Bolalar va o‘smirlarning antialkogol reabilitatsiyasi metod va shakllarini sanab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |