55
3- ilova
POK VIJDONLI QIZ
Qadimgi arab xalifalaridan Umar bir kechasi ko‗chalarni aylanib yurardi. Bir
uyning yonidan o‗tarkan, bir xotinning hovlida qizi bilan janjallashib so‗zlagan
tovushini eshitdi va uy eshigi yonida turib ularning so‗zlariga quloq soldi. Xotin
qiziga achchiqlanib:
—Nega men bilan olishasan? Ertaga sotiladigan sutimizga bir oz suv qo‗sh, —
dedi.
Qiz qabul qilmay:
—Axir xalifa Umar hamma sutchilarga sutga suv qo‗shib sotmaslik haqida
buyruq berganini unutdingizmi?
—Nega buncha bijirlaysan? Suv qo‗sh dedimmi, qo‗shaver, bizning suv
qo‗shganimizni Umar qaerdan biladi? — deb onasi qiziga achchiqlanib so‗zladi.
Qizi:
—Onajon, axir xalifa sutga suv qo‗shganimizniko‗rmasa, vijdonimiz ko‗rib
turibdi-ku, hech bo‗lmasa vijdonimiz amriga itoat qilaylik, vijdonsizlik qilmaylik, —
dedi va onasining buyrug‗ini rad qilib turaverdi.
Sutchi xotin qizining so‗zlariga xalifa juda ham zavqlanadi, shu nomusli,
vijdonli qizni o‗ziga kelin qilib olmoqchi bo‗ldi. Saroyga qaytgach, bir necha
kundan keyin o‗sha qizni o‗g‗liga nikoh qilib olib berdi, vijdonli kelinga ega
bo‗ldi.
B a y t :
Krlmagay to„g„rilar ishi pinhon,
Qilmagay to„g„ri so„z kishiga ziyon.
Hindiston donishmandlaridan birining aqlli, hushli va go‗zal xulqli o‗g‗li bor edi.
Bir kun donishmand qattiq betob bo‗lib yotib qoldi. Dunyodan o‗tishiga ko‗zi
yetgach, o‗g‗lini huzuriga chaqirib:
— Aziz o‗g‗lim, senga shafqat va marhamat yuzasi-an bir qancha nasihat qilaman.
Bu nasihatlarimni jon qulog‗ing bilan tingla, unga amal qil, shundagina xalq qoshida
56
izzat va obro‗ga ega bo‗lasan, rohat va farog‗atda yashaysan, — dedi va shunday
nasihat qildi:
— O‗g‗lim, qo‗lingdan chiqqan yoki qo‗lingga kirmagan narsalar uchun g‗amgin
bo‗lma, pastkash, nokasdan qarz olma, u seni ranjitadi, adib va shoirlar bilan
achchig‗lashma, sharm-hayosiz baxillar bilan suhbatdosh bo‗lma, hech vaqt
birovning noniga ta‘ma qilma, o‗z mehnating bilan topgan noning bilan qanoatlan.
Olijanob, tarbiyali, axloqli va olim-fozillar bilan suhbatdosh bo‗lsang, yaxshi nom
chiqarasan, buni unutma. Maqtanchoq, ezmalardan uzoqlash. Hasadchi, ig‗vogar va
chaqimchilarga sira ham yaqinlashma.
B a y t :
Har kishi nokas.bilan hamkosadir,
Ming sharofatni kasofat bosadir.
Shayx Sa‘diy aytadi:
— Onaning jonparvar bo‗yi, ya‘ni qadsi-qomati bir daraxt bo‗lsa, farzand u
daraxtning nozanin mevasi va natijasidir.
— Onaning ko‗ksi tomirlari ichida emasmi, haqiqat ko‗zi bilan qarasak, ona
suti uning yurakqonidir. Shuning uchun farzandga onaning mehr-muruvvati otaga
qaraganda yana ham ko‗proq bo‗ladi.Ba‘zi farzandlar hammadan ham aziz va
mehribon onaning qadr-qimmatini bilmaydilar.
Aytishlaricha, bir yosh yigit onasining gapiga quloq solmadi, baqirib-chaqirib
uning diliga ozor berdi. Mehribon ona o‗g‗lining qilig‗idan ko‗ngli buzilib, ko‗ziga
yosh oldi. Darhol o‗g‗li chaqaloklik vaqtida yotgan beshikni ko‗z oldiga qo‗yib
aytdi:
— Ey yoshlik, chaqaloklik paytlarini unutgan noinsof! Mana bu beshikni
ko‗rmadingmi? Chaqaloqligangda seni shu beshikka belab, kechalari tong
otguncha uxlamay tebratdim, hadeb yig‗lay bersang beshikdan yechib olib,
bag‗rimga bosib ovutardim. Juda ko‗p kulfat, mashaqqatlar chekib seni
tarbiyaladim. Seni deb, kuch-quvvatdan ajraldim. Seni deb hamma
qiyinchiliklarga bardosh berdim. Mana endi katta bo‗lib, kuch-quvvatga ega
bo‗lding, lekin yoshlik va chaqaloqlik davringni unutib, mehribon onangga
57
itoat qilmasdan, uning ko‗nglini vayron qilib, ko‗z yoshlarini to‗ktirasan.
Unday qilma, o‗g‗lim, ona muhab -bati naqadar zo‗r va cheksiz ekanini
unutma. Men ham, otang ham doimo baxtli, saodatli bo‗li-shingni istaymiz.
Bizni xafa qilma, dilimizni og‗ritma, aytganlarimizni qabul qilib, bizni rozi
qil, duolarimizni ol.
Onasining yig‗lab aytgan so‗zlari yigitning ko‗ngliga o‗qdek sanchildi, qilgan
qilmishiga pushaymon bo‗ldi. Onasini quchoqlab yuz-ko‗zidan o‗pib, yig‗lab
uzr aytdi. Ona emasmi, o‗g‗lining gunohidan kechirib, uning yuz-ko‗zidan
o‗pib, haqiga duo qildi.
Bayt:
Jon qulog„ing birla tshgla, mohi tobondir onang,
Baxt-iqboling samosida duraxshondir onang!
Olim va donishmand Aziz ibn Muhammad Nasafiy aytadi:
— Haqiqiy va komil inson yomon xislatlardan, ma‘qul va marg‗ub bo‗lmagan
xulq-atvordan pok bo‗ladi, go‗zal sifat va axloq bilan o‗zini orasta qiladi, halol
mehnat qilib umr kechiradi, yomonlardan chetlashadi, yaxshilar qatoridan joy oladi,
hech kimga ozor bermaydi, el gulzoriga kirib beruxsat bi-rorta gul uzmaydi,
kamchiliklarini ko‗rsatganlardan minnatdor insonning xalos va najoti sababchisidir.
B ayt:
Meni diyonatli debon da‟voyi botil aylading,
Muddaongni etmadi isbot
—
kirdoring sening.
Mashhur olim va fozil Aziz ibn Muhammad Nasafiy aytadi:
— O‗g‗lim, mol-dunyo yig‗ishga ortiqcha havaskorbo‗lma, ishingning oqibatini
ko‗ngling tilamagan, yuraging dov bermagan ishdan qo‗lingni tort.
Do‗stlaring bilan maslahatlashib ish boshla. Yaxshi bilan yomonni, do‗st bilan
dushmanni ajrat, rahmshafqat va marhamatni o‗zingga shior qilib ol. To‗g‗ri
so‗zla, to‗g‗ri ishla, ochko‗z — xasis bo‗lma,qanoatli bo‗l.
Donishmand Abuyazid o‗g‗liga nasihat qilib aytadi:
— O‗g‗lim, gina-adovatdan uzoq bo‗l, kuching yetmaydigan ishga kirishma.
So‗z yurituvchi, chaqimchilarning so‗zlariga ishonma, chunki ular fitna-fasod
58
yo‗lini izlab yuruvchi yaramas odamlardir. Baxil, ochko‗z, xasis odamlar bilan
oshno bo‗lma, ular seni to‗g‗ri yo‗lga sira ham boshlamaydilar, ehtiyot bo‗l!
Olim, fozillardan Aziz ibn Muhammad Nasafiy aytadi:
— Hamma bilan yaxshi muomalada bo‗l, hech kimni o‗zingga dushman qilma.
Sabrli, og‗irliklarga chidamli va g‗ayratli, matonatli bo‗l, shu xislatlarga ega
bo‗lsang, og‗irchiliklarni yenga olasan. Yomon ish-lardan parhez qil, go‗zal axloqli,
tarbiyali bo‗l, yax-shi xulq-atvoring bilan xalqning muhabbatini o‗zingga jalb eta
olasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |