Go„zaldir ungan ish,
Maqtansa yarashar
Mehnat go‗zalligi erk, ijtimoiy tenglik, inson hayoti bilan bog‗liq bo‗lgan
go‗zallikdir. Inson har jihatdan ozod, erkin bo‗lmog‗i kerak. Shundagina u o‗z
hayotini, jamiyatni farovonlik omili sifatida yuqori baholab, insonlarni Ona vatanni,
o‗z hayoti-ni go‗zallashtirishga chorlaydi. G‗afur G‗ulom halol mehnat aql, bilim,
shijoat, vijdon samarasi, deya uqtiradi. Mehnat — bu ijod demak. Mehnatni sevib,
g‗ayrat va matonat bilan ishlash, bu tan salomatligi, ko‗ngil rohati, zehnning ortishi
hamdir. Zero, baxtli bo‗lish mehnatni sevish va rohatni mehnatda ko‗rishdadir.
Aqlu bilim, shijoat odamlarnish,
Vijdon bilan nomlanur har halol mehnat.
Hurmat
—
chin mehnat bilan, mehnat bu ijod,
Mehnat osha hurmatni saqlangiz mahkam!
1
—
deb shoir odamlarni halol mehnat bilan egallangan hurmatni saqlashga da‘vat etadi.
Mehnatning estetik xususiyati — inson hissiyotiga, hissiyoti orqali onga va
xulqiga ta‘sir etishdir. Mehnatning estetik xususiyatlarini esa mehnat jarayoni
go‗zalligi, mehnat sharoiti go‗zalligi, mehnat natijalari va ishlab chiqarish bilan
band bo‗lgan inson go‗zalligi tashkil etadi. Ta‘limda ana shu masalalarga, ya‘ni
mehnat jarayonining, sharoitining va mehnat natijalarining estetik jihatdan
maqsadga muvofiq bo‗lishiga e‘tibor beriladi. Shundagina tarbiya o‗quvchini turmush
mehnatiga tayyorlaydi, unda mehnatni odat qilib olish va mehnatni sevish kabi
xislatlarni o‗stiradi, unga turmushda o‗ziga munosib, o‗zi istagan kasbni, mexnatni
aniqlab olish imkonini beradi.
Mehnat jarayonida ishning ma‘lum bir ritmda bajarilishi muhim
ahamiyatga ega. Inson bir ritmda ishlashni o‗rganish bilan moslashtiradi, natijada
jamoa bajarayotgan ishda ham uyg‗un marom yuzaga keladi. Mehnat qilayotgan
odam harakatidagi maromning undagi jismoniy kuch bilan mos bo‗lishi uning estetik
didini, go‗zallikka qiziqishini oshiradi, unga go‗zallik baxsh etadi.
39
Mehnatning ma‘lum bir maromda bo‗lishi insonda axloqiy-estetik xis-
tuyg‗ularni rivojlantiradi, uning jismonan sog‗lom, kuchli bo‗lishini ta‘minlaydi.
Yozuvchi Oybek «Qutlug‗ qon» romanining bosh qahramoni Yo‗lchining
mehnati unga go‗zallik baxsh etadi, mehnat ahlida unga nisbatan hurmat, havas
hissini uyg‗otadi. Yo‗lchi mehnatidagi marom faqat kuchni sarflash me‘yorigina
emas, balki o‗z ishidan mamnun bo‗lish, qoniqish manbai sifatida ham ko‗zga
tashlanadi, marom mehnatning sifatli, unumli bo‗lishini ta‘minlovchi shartlardan
biri bo‗lishi bilan birga, mehnat estetik xususiyat sifatida ham xizmat qiladi.
Mehnatning samarali bo‗lishini ta‘minlovchi vositalardan yana biri sur‘at, tezlikdir.
Sur‘t marom bilan uzviy bog‗liq, har ikkisi mehnatning estetik — ifodalilik asosini
tashkil etadi. Sur‘at ma‘lum vaqt ichida mehnat qilish jarayonidagi harakat darajasi
sanaladi. U mehnat qiluvchining bir sur‘atdan ikkinchisiga o‗tishini aniqlashga
yordam beradi.
Mehnatda faqat marom emas, balki harakatdagi turli-tumanlik, sur‘at,
ifodalilik ham inson es-tetik hissiyotining manbai hisoblanadi. Tezkorlik
ko‗nikmasini egallash, mehnat unumdorligini oshirish uchun kerak. Mehnat qilish
jarayonida odamlar harakatida sur‘at turlicha bo‗ladi. Jamoa mexnati uchun esa
odamlarning marom va sur‘atni egallashi muhim ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida
bir tekisda marom, sur‘at bo‗lmasa, bu hol mehnat unumdorligi-ga salbiy ta‘sir etadi.
Marom va sur‘at jamoada o‗z ishidan mamnun bo‗lish, shodlanish hissini
tarbiyalash va o‗stirish, mehnat unumdorligini oshirish bilan birga, ishning sifatli
bo‗lishini ham ta‘minlaydi, marom va sur‘at mehnatning estetik xususiyati bo‗lib
xizmat qiladi.
Mehnatning estetik xususiyati tushunchasi tartibli, to‗g‗ri, simmetriyali
tushunchalarni o‗z ichiga oladi. Tartibli, to‗g‗ri, simmetriyali mehnat estetik
jihatdan ham qimmatga ega bo‗ladi. Bunday mexnatning muhim xususiyati
shundan iboratki, u mehnat qiluvchida hissiy ko‗tarinkilik tuyg‗usini yuzaga
keltiradi, uning ma‘naviy va jismoniy kuchini to‗liq namoyon qiladi. Bu holat
odam butun borlig‗i ishga berilgan, ishi yaxshi bajarilayotgani-ga ishonch hosil
qilgan vaqtda yuzaga keladi. Bunday vaqtda inson charchaganini ham unutadi, ishni
40
xuddi «o‗z-o‗zidan» qilinayotgandek his etadi. Mehnat qilish jarayonida insonda
sodir bo‗lgan bu holatga shodlik, sevinch, o‗z ishidan mamnunlikni esa o‗zi
yaratgan go‗zallikdan zavqlanish deyiladi. O‗z ishidan zavqlangan har bir inson
mexnatning odamga orom bag‗ishlovchi bu xususiyatini chuqur his qiladi, anglaydi.
Unda mehnatga nisbatan yana va yana shunday hissiyotga ega bo‗lish ishtiyoqi
kuchayadi.
Demak, mehnat qilish jarayonida paydo bo‗lgan go‗zal hissiyot unga
bo‗lgan ehtiyojni o‗stiradi. Shuning uchun ham o‗quvchilarda estetik hissiyotni
tarbiyalashda mehnat ularning eng zarur ma‘naviy ehtiyojiga aylanishiga alohida
e‘tibor beriladi.
Mehnatning estetik xususiyati inson yaratgan narsalarda ham namoyon. Buni
biz u ishlab chiqargan buyum, asbob, detallarning o‗z o‗rnida bo‗lishida, ko‗rinishi
va shaklining mo‗‘jazligida, ularga be-rilgan ranglarning jozibaliligida ko‗ramiz.
Inson tabiatni istak, maqsadlari, manfaati asosida o‗zlashtirar ekan, o‗z
qudrati va jasoratini chuqur his qiladi. U tabiatni o‗ziga bo‗ysundirish bilan unga
yanada go‗zallik bag‗ishlaydi. Ayni vaqtda tabiatni go‗zallashtirgan insonning o‗zida
ham estetik his-tuyg‗u yuzaga keladi.
Ma‘lumki, jamiyat taraqqiyoti bilan birga, kishilarning ma‘naviy va estetik
didi hamda talabi ham o‗sib boradi.
Demak, sanoat korxonalarida ishlab chiqariladigan barcha buyumlar
kishilarning amaliy ehtiyojini emas, balki o‗sib borayotgan estetik didi va talabini
ham qondirishi kerak. Shuning uchun ham har bir san‘atkor, hunarmand — usta,
tikuvchi, umuman, har bir kasb egasi o‗zi yaratgan buyum — asboblarning tuzilishi,
pardozi va bezaklariga e‘tibor berishi kerak.
Inson nimaiki yaxshi narsa ijod qilsa, unda go‗zallik mavjud. San‘atda
bo‗lgani kabi har bir odam mehnat qilishda asosiy bir qoidaga — qilayotgan ishi,
yasayotgan buyumining qanday bajarilayotganiga ham e‘tibor berishi kerak. Odatda,
bajarayotgan namunali ishiga, ijod etgan yangiligi-ga qarab ma‘lum bir kasb egasi
«yukodkor» deyiladi. Bu bilan mehnatgina emas, balki u egallagan kasbning
go‗zalligi ham baholanadi.
41
Ijtimoiy fanlar, jumladan badiiy adabiyot o‗qituvchilari o‗quvchi ma‘naviy
hayotini shakllantirish va to‗g‗ri yo‗lga yo‗naltirishda, uning o‗zi qilayotgan
mehnatning mohiyatini anglab olishida muhim o‗rin tutadi. Maktabda fanlarni, shu
jumladan adabiyotni o‗qish ham o‗quvchilar ma‘naviy hayotida asosiy o‗rin
egallaydi. Mehnat tarbiyasi o‗qishdan boshlanadi. Chunki mehnat tarbiyasining
zami-ni o‗qish sanaladi. Tafakkur, mushohada, dunyoni bi-lish, bilimlarni egallash,
ular asosida o‗z dunyoqarashi va e‘tiqodini shayushantirib borish — bularning
hammasi o‗quvchi mehnatidir. Ammo, aqliy mehnatning yaratuvchanlik mehnatga
aylanishi uchun u aniq maqsadga, mehnat go‗zalligini yoritish orqali o‗quvchilarda
mehnatni sevish hissini tar-biyalash va rivojlantirishga qaratilgan bo‗lishi kerak,
albatta.
Yoshlarga mexnat etikasi — go‗zalligini ko‗rsatish mehnatda insonning
o‗sishi, aqliy, axloqiy va jismoniy tomondan kamol topishi — insondagi go‗zallikni,
ijod shodligini namoyish etish demaqdir.
Shunga ko‗ra, har bir o‗qituvchidan maktab jihozi, bezaklari
o‗quvchilarga estetik ta‘sir etadigan darajada bo‗lishiga e‘tibor berish talab eti-ladi.
Maktab ustaxonasidagi mashinalar, durodgorlik asboblari tartibli, o‗z o‗rnida turishi,
o‗quvchi-ning ish joyi aniq va ozoda bo‗lishi kerak.
Maktabda o‗quvchilar yasagan eng yaxshi asboblar asosida tashkil etiladigan
ko‗rgazmaning estetik talablarga to‗liq javob beradigan darajada bo‗lishi ularda
ko‗rgazmada ishtirok etish va yaxshi ishlar yaratishga intilish tuyg‗usini
tarbiyalaydi, qiziqishni oshiradi.
O‗quvchi buyum yaratar ekan, o‗z aqlining qudratidan, o‗z qobiliyatidan
zavqlanadi, o‗zining kerakli va yaxshi buyumlar yaratishga qodir ekanligiga
ishonch hosil qiladi. U o‗z mehnatining yaxshi natijalarga olib kelganidan xursand
bo‗lish bilan birga, yasagan narsasi boshqalarda ham zavq, havas uyg‗otganini ko‗rib
quvonadi.
O‗z qobiliyatini, jismoniy va ma‘naviy kuchini anglash, o‗zida ijodkorlik
xislati rivojlanib borayotganini his etish har bir insonga, jumladan, o‗quvchiga ham
quvonch va mamnunlik bag‗ishlaydi. Mahorat bilan yasagan har bir buyumida
42
o‗quvchi o‗z aksini ko‗radi, o‗z kuch-qudrati, aql-idroki, qobiliyati ifodalanganini
his etadi. Shu asosda unda iftixor va shodlik tuyg‗usi uyg‗onadi.
O‗quvchida mehnatsevarlik fazilati ta‘lim va tarbiya jarayonida shakllanib
boradi.
Mehnatsevarlik o‗quvchining jo‗shqin faoliyatiga oid fazilatdir. Mehnat
o‗quvchiga quvonch, shodlik baxsh etgan taqdirdagina u g‗ayrat bilan ish-lashga
intiladi.
Mehnatsevarlik — ma‘naviy fazilat. Bu fazilat boshqalar bilan birgalikda
bo‗lishda kamol topadi. Maktabda ta‘lim-tarbiya olayotgan o‗quvchi, tabiiyki,
jamiyat uchun mehnat qilib, unga foyda keltirishga intiladi. Tarbiyada o‗quvchida
ana shu intilishni rivojlantirishga alohida e‘tibor beriladi. Bunda maktabdan tashqari
ishlar — ekskursiya alohida ahamiyatga ega. Zavod va fabrikalarga, qishloq
xo‗jaligiga uyushtiriladigan ekskursiyalar vaqtida ishchi mutaxassislar yasagan asbob,
buyumlarni, mashinalarni qishloq axli yetishtirgan hosilni ko‗rib, ularda inson
aqlidroki, mehnatsevarligi mujassamligi, jamoa mehnatining go‗zalligi haqida aniq
tasavvurga ega bo‗ladilar.
Maktabda o‗quv predmetlari bo‗yicha tashkil eti-ladigan xona maxsus
jihozlangan o‗quv-metodik markaz hisoblanadi va u har bir fanni o‗qitish sifati-ni
ko‗tarishga yordam beradi. Shu bilan birga, u o‗qituvchi va o‗quvchilar mehnatini
ilmiy asosda tashkil etishni ta‘minlaydi. Xona o‗qituvchi rahbarligida o‗quvchilar
ishlagan eng yaxshi jadvallar, diagrammalar, bezaklar, shakllar, ekskursiya
materiallari, eksponatlar, fotosuratlar, o‗z taassurotlari ifodalangan yozma ishlar bilan
uzluksiz boyitib boriladi. Ta‘limda qo‗llaniladigan ana shu zarur vositalar mavjud
bo‗lgan taqdirda ular bilan jihozlangan o‗quv xonasi o‗quvchilarning ijodiy va
mustaqil ishlash, fikrlash ko‗nikmasini faol ri-vojlantiradi. Xonada o‗quvchi hamisha
o‗zini ta‘lim, san‘at va texnika bilan bog‗liqligini his etadi, unda bu xonani o‗zi
ishlagan yaxshi narsalar bilan boyitish, jihozlash tuyg‗usi rivoj topadi.
O‗quv xonalari o‗quvchilar mehnati asosida bunyod etiladi va boyitiladi. Bu
jarayonda o‗quvchilar birlashib mehnat qilish, xona jihozlarini asrash, ehtiyot qilish
43
tuyg‗usi, javobgarlik, mas‘uliyat, o‗z mehnatining go‗zalligini his etish shakllanib,
kamol topib boradi.
O‗quvchilarning mehnat qobiliyatini o‗stirishda o‗qituvchi uyushtiradigan
ekskursiya vaqtida ularning e‘tiborini faqat yasalgan narsalarga emas, balki
kishilarning mehnat faoliyati, erishayotgan muvaffaqiyatlariga ham jalb etadi.
Shundagina o‗quvchilar mehnat estetikasini chuqur sezadilar.
Jamiyat, xalq baxt-saodati yo‗lida halol mehnat qilish insonning o‗ziga ham
baxt, shodlik, shuningdek, go‗zallik bag‗ishlaydi. Inson mehnatdagi, ij-timoiy
faoliyatdagi, maishiy hayotdagi, xulq-atvor-dagi chinakam go‗zallikni tushunishi, xis
etishi lo-zim. Shundagina u go‗zallik yaratadi.
San‘at, shu jumladan, tasviriy san‘at ham, inson faoliyatining bir turidir.
Unda odamlar va tabiat manzaralari aks ettiriladi. Tasviriy san‘at odamlar va
tabiatga jonlilik baxsh etadi. Rassom odamlar va tabiatni tasvirlash bilan, shu
tasvirda o‗zining san‘atkorlik mahoratini, mehnatining go‗zalligini ifodalaydi. Shu
xususiyatlari bilan tasviriy san‘at namunalari mehnat estetikasini yoritishda salmoqli
o‗rin egallaydi, mehnat ta‘limida muhim vosita bo‗lib xizmat qiladi.
Tabiatdagi go‗zalliklar o‗quvchilar ma‘naviy dunyosining tarkib topishi va
rivojida juda katta rol o‗inaydi, tabiat lavhalari o‗zining tabiiy estetik ko‗rki, jamoli
bilan o‗quvchilarda yorqin hissiyot uyg‗otadi. Tabiat o‗quvchida estetik xis etish va
didni tarbiyalashda bitmas-tuganmas manbadir. O‗quvchi yam-yashil o‗rmonlarni,
serhosil bog‗larni, sun‘iy ko‗llar va kanallarni, keng paxtazorlarni, g‗allazorlarni
ko‗rib quvonadi. Ana shu go‗zalliklar kishilarning erkin, ijodiy mehnati tufayli
barpo etilganini chuqur his qiladi.
Har bir xalq, har bir inson hayotga qaysi sohada bo‗lmasin, o‗z ezgu
niyatlari, orzulariga ijodiy mehnati tufayli erishadi. Toshkent shahridagi Alisher
Navoiy nomidagi opera va balet teatri binosi ham o‗zbek xalqining ijodiy mehnati
tufayli barpo bo‗lgan muhtasham yodgorlik, me‘morchilik san‘atining eng go‗zal
namunasidir. Bu hashamatli, ko‗rkam binoda o‗zbek xalqining gullab-yashnagan
madaniyati yorqin ifodalangan.
44
O‗quvchilarni shaxs sifatida kamol toptirishda o‗qituvchining namuna
bo‗lishi katta ahamiyatga ega. U yuksak did bilan ishlagan har bir ko‗rgazmali
qurol, buyum va asbob o‗quvchilarda shunday narsalarni ishlashga qiziqish
uyg‗otadi, faoliyatini oshiradi.
Mehnatda o‗qituvchining namuna bo‗lishi o‗quvchilar mehnatining yoqimli
va quvonchli bo‗lishida muhim o‗rinda turadi. Bunday mehnat jarayonida
o‗quvchilar narsalarni, faqat ular kerak bo‗lgani uchun emas, balki ularning
chiroyli va jozibali bo‗lishi uchun ham harakat qiladilar.
O‗quvchilar mustaqillikni, fikrlashni, ijodkorlikni talab etuvchi mehnatni
sevadilar. Bu xususiyat yoshlarga xosdir. O‗z kuchlarining mustaqil, ko‗rgazmali
tarzda namoyon bo‗layotganini his etgan, ko‗rgan taqdirdagina, yoshlar qiziqib
va sevib mehnat qiladilar. O‗qituvchi o‗quvchi mehnatini ana shu zaylda tashkil
etish bilan ularda ijodiy qobiliyatni rivojlantiradi, turmushga tayyorlaydi, yuksak
axloq madaniyatiga ega bo‗lgan shaxs, estetik va jismoniy jihatdan kamol topgan
kishilar qilib yetishtiradi. Ana shu vazifalariga ko‗ra, u yoshlar ma‘naviy
dunyosining me‘mori, ularni nafosat olamiga olib kiruvchi murabbiy hisoblanadi.
Insonning aqliy, axloqiy va amaliy kuch-qudrati «ichdan tarbiyalanishi
zarur». E‘tiqod u haqidagi mulohazalar tufayli emas, balki ichki ishonch hissi tufayli
mustahkamlanadi, sevgi xatti-hara-katga, amaldagi sevgiga, shaxsiy fikrga
tayanadi.
Fikr o‗zgalarning mulohazalarini o‗zlashtirib olish emas, balki shaxsiy
tafakkur natijasida mustahkamlanadi. Shaxsning har tomonlama rivoj-lanishi,
avvalo, uning o‗z faoliyatini davom etti-rishga bo‗lgan ehtiyoji va intilishlaridan
kelib chiqadi. Demak, maktab va o‗qituvchi oldidagi vazi-fa — bolalar
faoliyatining rivoji uchun zarur bo‗lgan vositalar va o‗quv matnlarini tayyorlashdan
iborat.
Pestalotssi ta‘lim aniq hayotiy kuzatishlarga asoslanishini ta‘kidlab,
ko‗rgazmalikni ta‘lim-ning oliy sharti hisoblaydi. Ta‘lim bolalarda aniq
tushunchalar hosil qilish kerak. Tarbiyachi bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyatini
o‗stirib, ular-ni hayot hodisalarini, ta‘lim jarayonini kuzatish-ga o‗rgatishi lozim.
45
Pestalotssi ta‘lim jarayonini soddalashtirishga harakat qiladi, har qanday
bilimning kichik — oddiy qismlardan iboratligini, inson ularni o‗zlashtirib olam,
borliq haqida tasavvurga ega bo‗lishini uqtiradi, hamma narsaning soni, shakli, nomi
borligini ko‗rsatadi, bilimning son, shakl va so‗z kabi qismlarini belgiladi, bu
qismlar bo-laning sanash, o‗lchash va so‗zlashish (gaplashish) ma-lakasidan
iboratligini aytadi.
Pestalotssining ta‘kidlashicha, ona o‗z bolasi-ning nimani his qilishini,
nimaga qodirligini, nimani xohlashini boshqalardan ko‗ra yaxshi biladi. Shu sababli
ham ona yoshligidan boshlab bolaga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, unga
to‗g‗ri tarbiya berishi kerak, Pestalotssi yoshligidan boshlab bola jismonan baquvvat,
sog‗lom qilib tarbiyalani-shi zarurligini ta‘kidlab, oila bola qobiliyatini uyg‗unlikda
rivojlantirishga mas‘ul ekanligini aytadi.
Vataniga mumkin qadar ko‗proq foyda yetkazish-ni asosiy maqsad qilib
qo‗ygan atoqli pedagog Konstantin Dimitrievich Ushinskiy (1824—1870) o‗zining
«Inson tarbiya predmeti sifatida» asari-da har bir xalq o‗ziga xos ta‘lim tizimiga ega
ekan-ligini, «tarbiya» so‗zi zaminida har bir xalqning
o‗ziga xos tushunchalari barqarorligini, bir xalqning boshqa bir xalq
tarbiya tizimiga ongsiz ravishda taqlid qilishi, uni tayyor holda qabul qilishi
mumkin emasligini aytadi. Uning uqtirishicha, barcha xalqlar uchun umumiy,
foydalanish mumkin bo‗lgan xususiyatlar bor, bu — umumiy xal qchill ikd ir.
Xalqchillik har bir xalq hissiyotida mustahkam barqaror bo‗ladi. Har bir
inson, hatto o‗z vatani-ning nomini esdan chiqarishi mumkin, ammo o‗z xalqiga
xos xususiyatlarni qalbida saqlaydi, unut-maydi. Har bir xalq o‗z ijtimoiy hayoti
asosida belgilangan insoniy idealiga ega.
Hamma zamonlarda ham inson, uning ma'naviy-ahloqiy kamoloti, bosh
masala bo`lib kelgan.
Insonda ana shunday jihatlarni rivojlantirishda quyidagi milliy aqidalar
muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zaro hamjamiyat va jamoa bo`lib yashash hamda mehnat qilish
Kattalarga hurmat kichiklarga shafqat, el-yurtga muhabbat
46
Ota-onani qadrlash, farzandlik burchini to`la ado etish
Oilaga va farzandlarga q‘amxo`rlik qilish
Millat ayirmaslik
Boshqalar qayq‘usiga sherik bo`lish
Xasharchilik an'analarini tiklash va yordam berish
Vatanga muhabbat tuyq‘usini yanada rivojlantirish
Ota-bobolarimizga xos mehnatsevarlik odobiga sodiq qolish
Islom diniga e'tiqod tuyq‘ularini tarbiyalash
Milliy madaniyatni tobora rivojlantira borish
Bilim olishga ahamiyat berish
Ustoz-ziyolilarga, ma'rifatparvar kishilarga hurmat-ehtiromda bo`lish
Milliy odob-ahloq me'yorlariga to`la rioya qilish
Ko`rsatilgan shu ma'naviy-ahloqiy aqidalarga amal qilish hamda o`tmishdagi
olimu fuzalolaru shoirlarning benazir merosi qanchadan-qancha avlodlarning
ma'naviy ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan va u hamon o`z ta'sir
kuchiga ega ekanini yodda tutgan holda amalga tadbiq etish zarur. Bu tarbiyada
natijaga erishishning muhim shartlaridan biridir.
O`zbek Xalq pedagogikasi xalqni maqsadli yo`nalishga yoppasiga safarbar
qilishda milliy qadriyatlarga tayangan holda, talaba yoshlar qalbiga kirib boradi,
ularni ijtimoiy ongini o`stirishda yetakchi o`rin tutadi.
Komil inson tushunchasi, insonning dunyoqarashi, jumladan diniy e'tiqodi,
ruhiyati va xulq-atvor normalari, qolaversa, ahloq-odobi bilan bevosita aloqadordir.
Barkamol insonlar xalq taqdiri va farovonligi, Vatan taqdiri va uning
ravnaqini
o`ylaydilar.
Bunday
insonlar
mutelikda
qaramlikda
yashashni
istamaydilar. Barkamol inson o`zida insoniylik fazilatlarini mujassam etgan, odob -
ahloq me'yorlariga amal qiluvchi, o`z shaxsiy fikriga, q‘oyasiga, mukammal bilimga
ega bo`lgan jihatlarni qamrab olgan bo`lishi kerak.
Ana shunday maqsadli, e'tiqodli insonlarga jamiyat ishonadi, tayanadi, ular
hamma vaqt xalq, millat iftixori bo`ladi.
Aqliy tarbiya va madaniyat tushunchasi.
47
Ma'naviy-ahloqiy tarbiya mezonlari.
Komil inson tarbiyasi.
Madaniyat deganda inson xulq-atvorining go`zalligi, sahovat va himatliligi,
olijanobligi, va'dasiga vafodorligi, o`ziga xosligi bilim olishi, donoligi, baq‘ri
kengligi, odobliligi, ozoda va pokizaligi, qalbining beq‘uborligi va shu singari
yoqimli urf-odatlar tushuniladi.
...Ma'rifatning insonga ko`rsatadigan ta'sirlaridan biri shuki, u odam
dunyoqarashini kengaytiradi, unga notanish uning hayotiga begona hodisalarning asl
ma'nolarini tushunishga yordam beradi. Ma'rifat ilm va madaniyat nuridir.
Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyasining yetakchi tarkibiy qismi bo`lib
o`quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlar tizimini ilq‘ab
olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini parvarishlash, fan
asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobiliyatlarini o`stirishni maqsad qilib
qo`yadi.
Aqliy tarbiyani shunday tashkil etish lozimki toki o`quvchilar aql-zakovatli,
ob'ektiv dunyoni yaxlit idrok etadigan, o`zligini tushunadigan, hayotda tutgan
o`rnini anglab yetadigan, o`z oldida turgan vazifalarni ongli bajara oladigan, insoniy
qadr-qimmatni uluq‘laydigan bo`lishsin. Inson kamolotida bilim egallash ulkan
fazilatlardan biri hisoblanadi.
Hadis kitoblarida har bir mo`min-musulmon uchun ilmning naqadar zarurligi
bayon etilgan. «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» - degan nurma'no hadisi shariflar
so`zimiz isbotidir.
Muhammad alayhissalom o`z hadislarida – «Ilm sahroda do`st, hayot
yo`llarida tayanch, yolq‘iz damlarda yo`ldosh, baxtli daqiqalarda rahbar, qayq‘uli
onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda
qurol» deganlar.
Xalq pedagogikasida ham hadislarda ham, xalq oq‘zaki ijodida ham ilmli
bo`lishga, ilmga intilishga yuksak darajada shariat berilgan, ular bugungi kunda
ta'lim-tarbiya jarayonida o`z ahamiyatiga ega.
Yusuf Xos Xojib o`z asarlarida bilimdon bo`lish tarbiya bilan chambarchas
48
boq‘liqligi, bola qanchalik erta tarbiya qilinsa, shuncha yaxshiligi haqida yozadi:
«Agar kimda bo`lsa aql, ilm zehn,
Uni madh etib sen, tugal er degin,
Ziyod bo`lsa kimda o`quv, uquv, aql, bilim,
Yomon va kichik bo`lsa ham maqtagin».
Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida ilm orqali Farhodning aql-
idrokli bilimdon, hunarmand, kamtar insonparvar, irodali va e'tiqodli inson
bo`lganligi ko`rsatadi.
Demak yuqorida ta'kidlaganidek, yoshlar aqlini o`stirish uchun birinchi galda
vazifa ilm olish, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga da'vat etishdir.
Aqliy tarbiya fikrlash, xis qilish, tasavvur, hayol va xotira qobiliyatini
o`stirish, ichki dunyosini ma'naviy jihatdan boyitish, yosh avlodni mehnat qilish
qobiliyatini o`stirish, ularni ijtimoiy hayotga tayyorlashga qaratilgan.
Tarixiy an'ana va tajribalardan ma'lumki, ta'lim-tarbiya doimo muayyan va
tuzum yuritgan siyosat o`z oldiga qo`ygan vazifa va maqsadlar asosiga qurilgan.
O`zbek xalqi ota-bobolaridan qolgan buyuk madaniy merosga ega. Bu
boyliklar jamiyatda fan va madaniyat adabiyot va san'at, mustaqilligimiz ravnaqiga,
ma'naviyatimizni yuksaltirishga, milliy q‘urur iftixorimizni mustahkamlashga
xizmat qilib kelgan va bundan keyin ham xizmat qiladi. Bunday ma'naviyatning
buloq‘idan yosh avlodni baxramand etish, tarbiya jarayonida ulardan mohirlik bilan
foydalanish biz pedagoglarni asosiy burchimizdir. Bunday meros xalqni o`zligini
anglash, ajdodlar bilan faxrlanish, xalq mentalitetiga mos ravishda shakllanishga
ulkan xissa qo`shadi.
Xalq pedagogikasida xalqning milliy – tarixiy turmush va tafakkur tarzi, xalq
an'analari va urf – odatlariga sodiqlik xissini tarbiyalash q‘oyalari ilgari surilgan.
Hamma zamonlarda ham inson, uning ma'naviy-ahloqiy kamoloti, bosh
masala bo`lib kelgan.
Insonda ana shunday jihatlarni rivojlantirishda quyidagi milliy aqidalar
muhim ahamiyat kasb etadi.
49
O`zaro hamjamiyat va jamoa bo`lib yashash hamda mehnat qilish
Kattalarga hurmat kichiklarga shafqat, el-yurtga muhabbat
Ota-onani qadrlash, farzandlik burchini to`la ado etish
Oilaga va farzandlarga q‘amxo`rlik qilish
Millat ayirmaslik
Boshqalar qayq‘usiga sherik bo`lish
Xasharchilik an'analarini tiklash va yordam berish
Vatanga muhabbat tuyq‘usini yanada rivojlantirish
Ota-bobolarimizga xos mehnatsevarlik odobiga sodiq qolish
Islom diniga e'tiqod tuyq‘ularini tarbiyalash
Milliy madaniyatni tobora rivojlantira borish
Bilim olishga ahamiyat berish
Ustoz-ziyolilarga, ma'rifatparvar kishilarga hurmat-ehtiromda bo`lish
Milliy odob-ahloq me'yorlariga to`la rioya qilish
Ko`rsatilgan shu ma'naviy-ahloqiy aqidalarga amal qilish hamda o`tmishdagi
olimu fuzalolaru shoirlarning benazir merosi qanchadan-qancha avlodlarning
ma'naviy ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan va u hamon o`z ta'sir
kuchiga ega ekanini yodda tutgan holda amalga tadbiq etish zarur. Bu tarbiyada
natijaga erishishning muhim shartlaridan biridir.
O`zbek Xalq pedagogikasi xalqni maqsadli yo`nalishga yoppasiga safarbar
qilishda milliy qadriyatlarga tayangan holda, talaba yoshlar qalbiga kirib boradi,
ularni ijtimoiy ongini o`stirishda yetakchi o`rin tutadi.
Komil inson tushunchasi, insonning dunyoqarashi, jumladan diniy e'tiqodi,
ruhiyati va xulq-atvor normalari, qolaversa, ahloq-odobi bilan bevosita aloqadordir.
Barkamol insonlar xalq taqdiri va farovonligi, Vatan taqdiri va uning
ravnaqini o`ylaydilar.. Barkamol inson o`zida insoniylik fazilatlarini mujassam
etgan, odob-ahloq me'yorlariga amal qiluvchi, o`z shaxsiy fikriga, q‘oyasiga,
mukammal bilimga ega bo`lgan jihatlarni qamrab olgan bo`lishi kerak.
Ana shunday maqsadli, e'tiqodli insonlarga jamiyat ishonadi, tayanadi, ular
hamma vaqt xalq, millat iftixori bo`ladi.
50
XULOSA
Respublikamizda milliy qadriyatlarni o‗rganish va tiklash, ular asosida
umumiy o‗rta ta‘lim maktablari uchun darslik, qo‗llanmalar yaratish yuzasidan qator
ishlar amalga oshirilmoqda.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta‘lim-tarbiya sohasida qo‗yilgan
maqsad va vazifalarni hayotga tatbiq etish talab etilayotgan hozirgi kunda umumiy
o‗rta ta‘lim maktabi o‗quvchilarini milliy qadriyatlar asosida, shaxs sifatida yetishtirish
ham muhim vazifa qilib qo‗yildi.
Ma‘lumki, bola tarbiyasining asosiy zamini oila hisoblanadi. Bola shu
zaminda shaxs sifatvda shakllana boshlaydi. U mehnat jarayonida aqliy, jismoniy
jihatdan rivojlanadi. Bunda uning tabiat hodisalari haqida tasavvurga ega bo‗lishi,
jamiyat ta‘siri, odamlar bilan muloqotda bo‗lishi muhim omillar sanaladi.
O‗tmishda yashab ijod etgan allomalar va keyingi davr mutafakkirlari o‗z
asarlarida bu haqida aniq fikr bildirganlar. Xorijiy ulug‗ mutafakkirlar ham bu
masala bo‗yicha o‗z qarashlarini bayon etganlar.
Ana shu vazifa, talab, pedagogak qo‗rsatma va tavsiyalarga suyangan holda
milliy qadriyatlar asosida o‗quvchi shaxsini shakllantirish buyicha joylarda
o‗tkazilgan kuzatish va tajriba, suhbatlar natijasida quyidagi xulosaga kelindi:
O‗quvchi shaxsini rivojlantirishda ta‘lim-tarbiyaning samarali shart-
sharoitlarini yaratish muhim ahamiyatga ega. O‗quvchi o‗z faoliyatining mohiyati
hamda natijasini ko‗rishi va bilishi kerak, albatta. Zero, bilim amaliyotga tatbiq
etishga yo‗naltirilgan faoliyat natijasidagina samarali bo‗ladi.
O‗quvchida o‗quv faniga nisbatan ijodiy munosabatda bo‗lish hissi tarkib
toptirilsa, u bilimni puxta egallaydi.
O‗quvchining bilish faoliyati nechog‗lik samarali bo‗lishi uni tashkil etish
shakl va usullarining samaradorligiga bog‗liq. Bular — suhbat, munozara, ko‗rgazmali
vosita kabilardan iborat. Bu mashg‗ulot-lar mavzu va mazmun jihatidan o‗quvchining
faoliyatiga mos bo‗lishi, dunyoqarashi, tafakkuri va hayotiy tajribasi, unda
bilimni egallashga qiziqish hissini rivoj toptiradigan darajada bo‗lishi lozim.
Shundagina o‗quvchi mashg‗ulot jarayonida yuzaga kelgan muammoni mustaqil
51
hal qilishga harakat qiladi, harakatining samarali bo‗lganidan mamnun bo‗lib,
g‗ururlanadi. O‗quvchi tasavvurida o‗z o‗quv faoliyatining samarali bo‗lishi-da
shaxsiy malaka, harakatlar va o‗qituvchining yordami, tushuntirishlari, qo‗llagan
usul va vositalari qay darajada ahamiyatga ega bo‗lganini, bilim-larni o‗zlashtirishda
muhim ahamiyat kasb etganini chuqur his qiladilar. Mazkur qo‗llanmada o‗quvchi
shaxsini shakllantirishda ta‘lim jarayonini in-sonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish,
demokratlashtirish, ta‘lim-tarbiyada uzviylikka alohida ahamiyat berildi.
Uylaymizki, hurmatli o‗qituvchilar qo‗llanmadan ijodiy foydalanadilar, o‗z
tajribalarida o‗quvchi shaxsini shakllantirishda aniqpagan maqbul fikr-mulohazalari
bilan uning mukammallashuviga ko‗maklashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |