histuyg‗usi, erishgan moddiy va ma‘naviy boyliklarining asosiy manbaidir. Mexnat
moddiy boyliklarning asosi, butun insoniyat hayotining birinchi asosiy sharti
Mehnat jarayonida o‗quvchilarning estetik his etish, did va qarashlarini
rivojlantirish tarbiyaviy ishning muhim tomoni hisoblanadi. Estetik didi yuksak
bo‗lgan inson yaxshi fazilatlar egasi — insonparvar, mehnatsevar, davrning
ilg‗or g‗oyalarini chuqur o‗zlashtiruvchi, shu g‗oyalar-ning rivojiga o‗z hissasini
ahamiyatga egaki, mehnatsiz inson hayoti o‗zining butun qimmatini va butun
fazilatini yo‗qotadi. Mehnat faqat insonning kamol topishi uchungina emas, balki,
37
hatto, u erishgan insoniy fazilatlarini mazkur darajada saqlab turish uchun ham
zaruriy shartdir. Inson mehnat qilmay turib ilgari bora olmaydi, u orqaga qarab
ketishga majbur bo‗ladi.
Insonning tanasi, qalbi aqliy mehnat qilishni talab etadi, bu talab
shunday qat‘iy bir talabki, agar inson biror-bir sababga ko‗ra, turmushda shaxsan
mehnat qilmasa, u holda chinakam turmush yo‗lini yo‗qotadi va uning oldiga
ikkita boshqa yo‗l, ikkovi ham bir xilda halokatli yo‗l ochiladi:
birinchi yo‗l shundan iboratki, unday odam turmushdan cheksiz norozi
bo‗ladi, hamma narsani yoqtirmaydi, hamisha zerikib, xunob bo‗lib yuradi;
ikkinchi yo‗l shundan iboratki, unday odam o‗z xohishi bilan, o‗zi ham
sezmagan holda o‗zini-o‗zi nobud qilib boradi va tez orada yosh bolalarga xos injiq
va qaysar bo‗lib qoladi... «Bu har ikkala yo‗l ham insonni tiriklayin murdaga
aylantiradi, nimaga desangiz, shaxsiy mehnat, erkin mehnat ana shuning o‗zi
hayotdir.
Murabbiy mehnat ta‘limi jarayonida yosh avlodga politexnik bilim bilan
birga estetik bilim ham beradi. Bunda u aniq misollar, badiiy asarlardan namunalar
keltirish bilan mehnatning estetik xususiyatini ko‗rsatadi, o‗quvchilarning
mehnatning estetik va yaratuvchanlik xususiyatini anglab olishlariga alohida e‘tibor
beradi.
Mehnat estetikasini namoyish qilish o‗quvchilarning estetik didi va yukodiy
qobiliyatini o‗stiradi; o‗quvchilar mehnatni san‘at namunasi darajasiga ko‗tarish orqali
ularda san‘atni anglash va tushunish qobiliyati tarbiyalanadi; o‗quvchilar mehnatda
go‗zallik yaratishga, go‗zallikni sevish va ardoqlashga, go‗zallik uchun kurashishga
o‗rgatiladi; o‗quvchilarda mehnatga ijod namunasi sifatida munosabatda bo‗lish
hislati tarbiyalanadi.
Shoir G‗. G‗ulom inson go‗zalligini, xalq farovonligini, hayot go‗zalligini
erkin, ijodiy mehnat sharofati deb biladi. Shuning uchun ham uni madh etadi.
G‗afur G‗ulom (1903—1966) mehnatni insoniy hayotda asosiy o‗ringa
qo‗yadi, mehnatning insonga go‗zallik baxsh etishini aytadi. Zero, inson go‗zalligi u
38
yaratgan, ijod etgan narsalarda namoyon bo‗ladi. Shoir «Go‗zallik nimada?» she‘rida
deydi:
Go„zallik
—
ishlayish,
Manglayni terlatish,
Do'stlaringiz bilan baham: