2.1 Zamonaviy pedegogik tehnologiyalar. Zamonaviy pedagogic tehnologiya-o’qitish jarayonlarini optimal tashkil etishdir. O’quv materiallarini tanlash, qayta ishlab ta’lim oluvchilarning kuchiga, o’zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o’zgartirish ham ta’lim tehnologiyasiga dahldor. Pedagogik tehnologiya –o’z navbatida ta’lim- tarbiyaning ob’ektiv qonuniyatlari va diagnostic maqsadlari asosida o’qquv jarayonlari, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir, y’ani fan va tehnika yangiliklarini o’zida mujassamlashtiradigan o’quv jarayonidir.
Bugungi kunda o’quv jarayoniga pedagogic tehnologiyalarini tadbiq etish orqali o’qitish jarayonida talabalarning faol ishtirokini,ularning mustaqil bilim olishlari evaziga ta’lim samaradorligi va kutilayotgan natijalarga erishilmoqda. Ayniqsa bunday tehnologiyalarni qo’llashda interfaol metodlarni to’g’ri tanlab, o’rinli qo’llay olish muhim ahamiyatga ega.Hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida juda ko’p interfaol metodlar qo’llanib kelinmoqda. Misol uchun aqliy hujum,muammoli vaziyat, qarorlar shajarasi,yelpig’ich,pinpord,boomerang,domino,ruchka stol ustida va boshqalar. Yuqorida sanab o’tilgan metodlardan 1.”Domino” metodi-ta’lim oluvchilarni faollashtirishga, mustaqil fikrlashga hamda o’z fikrini boshqalarg yetkazib berib uni asoslab berishga qaratilgan.Ushbu metod o’tilgan mavzuni takrorlash yoki biror bob tugaganda qo’llanilishi mumkin.
Metodni mavzuga qo’llash tartibi quyidagicha:
*kichik guruhlarni raqamli kartochkalar yoki sanoq asosida shakillantiriash;
*tayyorlangan dominolarni xar bir guruhga tarqatish;
*dominoni joylashtirish uchun vaqt ajratish;
*hatolar ustida ishlash.
Domino metodini tayyorlash. Domino kichik guruhlarga bir hil beriladi.Dominoning bir tomoniga savol,ikkinchi tomoniga javob yozilgan bo’ladi.Ta’lim oluvchilar savolga javob,javobning esa savolini boshqa kartochkallardan topib to’g’ri joylashtirishlari kerak.
“Domino”metodining afzalliklari: *ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantiradi;
*ta’lim oluvchilar bigalikda ishlash ko’nikmasi oshadi;
*bir-birini eshitish va bir-biriga o’z fikrlarini asoslab berishni o’rganadi;
*ta’lim oluvchilar natijalarni tahlil qilishni o’rganadilar.
“Domino”metodining kamchiliklari; *o’quvchilarda yuqori motivatsiya talab etadi;
* shovqin siron bo’lishi;
* ko’p vaqt talab etilishi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida o’qitish quyidagi izchillikni talab etadi:
O’quvchilarning o’zlari dars jarayonini rejalashtiradi.
O’quvchilarning o’zlari belgilagan mavzuiy o’quv rejasi asosida shug’ullanishadi.
Ta’lim maqsadlarining ro’yobga chiqishida o’quvchilar ham ishtirok etish huquqiga ega bo’lishadi.
O’quvchilar muhokamalar o’tkazishadi.
O’qitish metodlarini tanlashda o’quvchilar ham hamkor sifatida ishtirok etadilar.
O’quvchilar egallagan bilimlarini boshqalarga ham yetkaza olish malakasi bilan ta’minlanadi [78].
Zamonaviy texnologiya usullarida o’quvchilar o’zlari xulosa qiladilar va o’quvchilar o’zlarini-o’zlari baholaydilar. Bularning hammasini birdaniga amaliyotga tatbiq etib bo’lmaydi, albatta. Bunga asta-sekin erishish mumkin.Nemis tili darslarida ukuvchilarni mustakil fikrlashga o’rgatish oldimizda turgan muxim vazifadir. Biz bilamizki, xozirgi ta’lim jarayonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Darslarga qo’yilgan eng muxim talablardan biri o’quvchini mustaqil fikrlashga urgatishdir. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 2. Fikrlar baxosi. “Die Meinungsnoten” Uebung.Bu usul yukori sinf ukuvchilari uchun muljallangan bulib, ularga uzlarining fikrlarini ochik bayon etish imkonini beradi.
3. Quvnoq topishmoqlar. (die lustige Raetsel ) O’qkuvchilarga topishmoqlar o’rgatish nemis tilini urgatishda muxim axamiyatiga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan so’zlarni o’rganadilar va topishmoq javobini topadilar. Topishmoqlarni xazil tariqasida xam tuzish mumkin:
1.Was ist schwarz im Weiss und weiss im Schwarz?
2.Was hat zwei Haende und vier Beine?
3.Was kommt oben drauf , wenn das Regen unten kommt?
4.Welcher Mann hat der grosste Hut?
5.Welche Stadt kann man essen?
6.Was machen Sie , bevor sie aus dem Zug aussteigen?
7.Was kann man als erstens in den Kessel hineinwerfen?
8.Warum ist der Buchstabe immer wichtig?
Lösungen des Rätsels:
1. die Tafel. 2. der Sessel.3.der Regenschirm. 4.der Mann mit grossem Kopf. 5. die Stadt Hamburg. 6. Natuerlich, zuerst einsteigen. 7. Ihr Augenblick. 8. Weil er kommt immer am Anfang.
4. Quiz kartochkalari. Quiz- biror mavzu o‘tib bo‘lingach o‘tkaziladigan nazorat savollaridir.Bunday paytda tayyorlanish uchun savollar uyga berilmaydi. Savollar kartochkalarga yoziladi. 1- komanda savol beradi , 2-komanda esa javob beradi. Bunday mashqlarni o’tkazishdan maqsad o‘quvchilarning eshitish, va tinglash qobiliyatini ustirish. Bu usul orqali grammatik jixatdan to’gri savol berishni xam o’rganamiz.
Masalan: Ferien und Urlaub mavzusi o‘tib bo‘lindi. Biz quyidagicha quiz kartochkalari (Quiz Karte) tuzishimiz mumkin.
Was ist der Urlaub? Was bedeutet das Wort Ferien?
Antwort: «Urlaub» bedeutet “Erholung” und das Wort “Ferien” bedeutet “frei von den Schulen und Studium”.
2. Welche Urlaubsorten kennen Sie?
Antwort:Fresische Inseln,Ostsee und Nordsee, Berlin, Schleswig-Holstein,Luebeck und Rostock.
Sinonim so‘zlar, antonim so‘zlar mavzusida quiz kartochkalarini tuzish mumkin.
Karte №1
Welches Wort ist Synonym fuer das Wort “bekommen”?
1.erholen
2. erhalten
3.kriegen
Antwort:3.kriegen
Karte №2
Welches Wort ist Antonym fuer das Wort “gross”?
1.riesig
2.hoch
3.klein
Antwort:3.klein.
Keyingi kartochkalarimiz shartlari mimikalar yoki xarakatlar orkali bajarilgani uchun Mimik (mimika) Karten deb ataladi.
Karte №1.
1.Fahre das Auto
2.Wische den Korridor
3.Wisch die Tafel
4.Waehle die Nummer.
Karte №2.
1.Nimm das Bild
2.Ess die Bonbons
3.Gib die Apparate
4. Ziehe den Hut.
Xozirda integratsiya darslari, ya’ni boshka darslar bilan nemis tili qo‘shib utilishi mumkin. Bu darslarda biz kuyidagi savollarni kartochkalarni yozib o‘qituvchilardan javob talab qilishimiz mumkin.Nnemis tilida quyidagicha savollar berishimiz mumkin.
Karte № 1
1.Was ist die Milchstrasse?
Antwort: Unser Galaxy.
Karte № 2
Wieviele Planeten hat unser Sonnensystem ?
Antwort: 9.
Karte № 3
1. Welcher Planet ist am naehrsten in die Sonne ?
Antwort: Mercury.
Karte № 4
Welcher Planet ist zur Erde nah?
Antwort: Mars.
Quiz kartochkalarini darslarda qo‘llash o‘quvchilarni o‘ylashga,axborot olishga, axborot berishga, birgalikda ishlashga urgatadi.Eng muximi,dars samaradorligini oshiradi.O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi va qizlar va o’g’il bolalar chiziq bo’ylab qator bo’lib turishadi. O’qituvchi oxirgi o’quvchining orqasiga rasm” chizadi”, u o’quvchi o’zidan oldingi o’quvchi orqasiga rasm chizadi.” O’yin shu tarzda davom etib, 1 turgan o’quvchi o’sha rasmni doskaga chizadi. Oxirgi o’quvchi rasmni doskaga chizguncha rasm umuman o’zgarib ketishi mumkin. Qaysi guruh o’quvchilari shartda ko’rsatilgande qilib bajarsalar shu guruh g’olib hisoblanadi. O’qituvchi muhokama uchun savollar tayyorlaydi va ikkita konvertga soladi. O’quvchilar 2 guruxga ajralib, aylana bo’ylab turishadi. O’qituvchi o’quvchilardan 1-10 gacha son aytishlarini so’raydi. Konvertlarni o’quvchilarga uzatadi. 6 soni aytilgan bo’lsa, 6- raqamli talaba konvertdagi 6 savolga javob beradi. O’yin shu tarzda davom etadi. Bu jarayonda nemischa musiqa yangrab turishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga og’zaki ravishda zanjir xikoya tuzishni taklif qiladi. O’qituvchi 1 gapni doskaga yozadi, keyin sonlar yozilgan kartochkani o’quvchilarga tarqatadi. O’quvchilar navbati bilan gaplar aytadilar. Oxirgi o’quvchi xikoyani tugatadi. O’qituvchi ergash gapga oid gapni doskaga yozadi. ( Masalan: Wenn ich viel Geld haette,koente ich eine Weltreise machen.) O’qituvchining o’ng tomonidagi o’uvchi davom ettiradi. (Wenn ich eine Weltreise mache,wuerde ich Amerika waehlen). Shu tarzda zanjirli xikoya davom etadi. O’quvchilar juftlikka ajratiladi. Bu juftliklar xarf yozilgan kartochkani tanlab oladilar. 3 minutdan so’ng xar bir juftlik shu xarf bilan boshlanadigan so’zlar orqali gap tuzadilar. (M:Katrin kommt kehrend… ).O’qituvchi xar bir o’quvchi(student) dan o’zidan o’ng tomondagi o’quvchiga biror otni shivirlab aytishini so’raydi. Keyin o’quvchilar sinfni uch guruxga ajratadi. Xar bir guruxda 1 o’quvchi savol so’raydi. (M: Was hast du gestern gegessen? Was ist z.B: etwas?)
5.Kollaj(Kollage)- bu usulda mavzu umumlashtirilgan holda chizmalar asosida beriladi. Deutschland mavzusi olinib, unda joylashgan ulkalar nomlari katakchalarga joylashtiriladi.talba lar to’rt guruhga bo’linib katakdagi har bir o’lka haqida ma’lumot beradi.Qaysi guruh o’sha o’lka haqida to’liq ma’lumot bersa , o’sha guruh yutgan hisoblanadi. O’zbekiston mavzusi o’tilayotgan bo’lsa,mavzularni quyidagicha tanlash mumkin: Historische Daenkmaele von Usbekistan, Industrie von Usbekistan, Bildung in Usbekistan, die beruehmte Menschen von Usbekistan.Nemis tili darslarida bu usuldan foydalanayotganda talabalarga tanlash uchun nima berish , bunday holatda guruhlar o’zlari tanlagan mavzuni olib, shu mavzu haqida gapirishadi.Bu usulni biz darslikdagi biror bobni o’tib bo’lganimizdan so’ng qo’llaymiz.Masalan: Rus vaO’zbek maktablari darsliklarida Deutschland,die USA,das Frankreich,das Holland,die Schweiz kabi mamlakatlar to’g’risida ma’lumotlar bor.Yuqoridagi tartibga ko’ra quyidagi chizmani beramiz:
Talabalar avval Germaniya (Deutschland ) keyin Angliya (England), so’ng Shotlandiya(Schottland) va Uels (Uels) haqida so’zlab berishadi. Bu usulning afzalligi shundaki, o’quvchi mavzuni osongina o’zgartirishi mumkin.
6. Pantomima (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib , talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo’ladi. Sinf to’rt guruhga ajratiladi. Har bir guruh O’zbekistonda ishlab chiqariladigan elektr asboblari yoki mashinalarni harakatda ko’rsatadilar, boshqa guruh a’zolari buni nima ekanligini nemischa aytadilar .( televizor, muzlatgich, Neksiya avtomobili va .x k.)
7.Hikoya zanjiri (die Geschichtenkette) O’qituvchi doskaga birinchi gapni yozadi. Talabalarga raqamlangan kartochkalarni beradi. Raqamlar bo’yicha har bir talaba yoki o’quvchi bittadan gap aytadi. Oxirgi raqamdagi o’quvchi hikoyani tugatishi lozim. Bu usul o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishda yordam beradi.
8. Topishmoqlar kaliti (Raetsel) Bu usulda bir o’quvchi sinfdan tashkariga chiqib ketadi,qolgan o’quvchilar sinfda biror narsani “yashirishadi.”Tashqaridagi o’quvchi xonaga kirgach “yashirilgan narsani topishi kerak . Buning uchun kimdir unga yordam beradi. Qaysi o’quvchi javobga to’g’ri ishora qilsa, shu o’quvchi o’yinni davom ettiradi. Masalan:o’qituvchi stoli ustidagi kartochka yashirilsa o’quvchi shunday ta’rif berishi mumkin: die Sammlung von harten viereckigen und plastischen Schnitten,mit Ziffern drauf,die fuer das Spiel geiegnet sind.(o’yinlar o’ynash uchun mo’ljallangan, ustida maxsus rasmlari va raqamlari bo’ladigan, qattiq to’rtburchak qog’ozlar yoki plastik bo’laklar to’plami)
9. Tez aytishlar va harfli kartalar (Zungenbrecher und Buchstabenkarte) Bu usulni tovushlarni tushuntirmoqchi bo’lganimizda qo’llasak foydali bo’ladi:
O’qituvchi o’quvchilarni juftliklarga ajratib, ularga harflar yozilgan kartochkalarni beradi. O’quvchilar har bir harf bilan boshlanadigan so’z va gaplar tuzadilar.
(M: Fritz fischt frische Fische,frische Fische fischt Fritz)
Boshqa juftliklar bu tez aytishlarni takrorlashlari lozim.
10. Tavakkal qilish. (Risiko) O’qituvchi doskaga “Das Deutschland”mavzusi o’tilgach, quyidagilarni yozishi mumkin:
100 100 100
200 200 200
300 300 300
Masalan: Birinchi guruh bir mavzuni 100ni tanlaydi. O’qituvchi savol beradi: ““Wer ist der erste Praesident von Deutschland?” agar komanda to’g’ri javob bersa, 100 ballni qo’lga kiritadi; xato javob bersa 100 ballni yo’qotadi. Agar 300 ballik savolni tanlansa savol ham murakkablashadi.
11.Telefon (Telephon) O’qituvchi sinfni uch guruhga ajratadi. Birinchi turgan o’quvchiga qog’ozda gap yozib beradi.
M: 1. Oxirgi o’quvchigacha gap to’g’ri yetib borishi kerak va hamma so’zlar oldin darsda o’tilgan bo’lishi kerak. Bu usul o’quvchilarning lug’at boyligini oshiradi.
12 Oltin sandiq (Der goldene Kasten) Bu usulda o’quvchilar kichkina sandikchaga mashhur kishilarning ibratli fikrlari, maqollari yozilgan qogozlarni tashlaydilar.
M: 1. Wissen ist Macht. (A. Temur )
2. Wer dir ein Buchstabe lehrt, das kannst du nie mit deinem Eigentum bezahlen. (A.Navoiy)
3. Sage Wahrheit ,wenn dein Kopf unter Schwert steht. (A.Temur)
4. Wer die Schultuer oeffnet,ist Gefaengnisstuer fuer ihn zu.(Victor Gyugo)
Sandiqcha ochilib fikrlar o’qib tarjima qilinadi va mag’zi chaqiladi.
1. Kuch adolatdadir (A. Temur)
2. Kim senga bir xarf ukitmish ranj ila,aylamak bulmas ado,oning xakkin ming ganj ila.(A.Navoiy)
3. Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir. (A.Temur)
4. Kim maktab eshigin ochsa , unga qamoqxona eshigi yopilar. (V.Gyugo)
Nemis tili darslarida interfaol usullardan foydalanish o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziishini oshirish bilan bir qatorda darsda do’stona muhit yaratishga va o’quvchilarni bir-birlariga yaqinlashtirishda yordam beradi.
13.Kubik.(Kubik) usuli har tomonlama fikrlash, tasavvur qilish, tafakkur qilish, ko’rsatish, faollikni oshirishga qulay bo’lganligi bilan ham ajralib turadi.Bu usuldan foydalanish 2 xil ko’rinishda bo’lishi mumkin:
1-usul. Qog’ozdan kubik yasab olti tomoniga savollar yozib qo’yiladi, tashlangan kubik qaysi tomonga tushsa, o’sha savolga javob beriladi. Bu usulni o’tkazishdan oldin barcha savollar vatman qog’ozga yozib qo’yiladi. Bir necha kubik (2-3) ishlatish ham mumkin.
2-usul.Qog’ozdan kubik yasab tomonlariga: Buni tasvirlang! Buni taqqoslang! Kabi shartlar yozilishi mumkin. Bu holatda kubik ustiga rasmlar yopishtirilishi ham mumkin.
14.“Masofali ta’lim” usuli interaktiv usullarning zamonaviy ko’rinishi bo’lib, jonli muloqot, matbuot orqali, telekommunikatsiya orqali amalga oshiriladi. Nemis tiliga oid hamma mavzuda bo’lishi mumkin.
15 “Allomalar yig’ini” (Geniensammlung) SHekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va “yozuvchilar”ni darsga taklif qilish mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsimizda foydalansak yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashimizga yordam beradi:
Masalan: “: “Freiheit ist das Wichtigste.Deswegen haben wir Angst,dass wir sie verlieren ” G.B.Shaw.
“Und wenn wir denken das wir leiten,dann haben wir echt meiste Leiter.” Lord Byron.
16.“Integratsiyalashgan dars usuli”.Bunday dars usuli fanlararo aloqani bilish maqsadida o’tkazilib, o’quvchining umumiy bilimi aniqlaydi.
Masalan: “Einkauf”mavzusini geografiya fani o’qituvchisi bilan hamkorlikda o’tkazish mumkin.
Ma’lumki ,hozir O’zbekistonlik talabalar, o’quvchilar chet ellarda ta’lim olmoqdalar va kelajakda ularning ko’pchiligi horij mamlakatlarida ta’lim olish niyatidalar. Germaniya va AQSH kabi mamlakatlarda kiyimlar o’lchamlari biznikidan farq qiladi. Biz bu haqida ham Integratsiya darslarida ma’lumot berishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |