Leksiya 1 Ta`lim jarayonida innovasion tehnologiyalar. Muammoli ta’lim texnologiyasi



Download 0,6 Mb.
Sana13.04.2020
Hajmi0,6 Mb.
#44244
Bog'liq
1 leksiya

Leksiya 1

Ta`lim jarayonida innovasion tehnologiyalar. Muammoli ta’lim texnologiyasi
Reja:

  1. Ta`lim jarayonida innovasion tehnologiyalar

  2. Muammoli ta’lim texnologiyasi haqidagi umumiy qarashlar.

  3. Muammoli ta’limni tashkil qilishdan ko’zda tutiladigan maqsadlar.

  4. Muammoli ta’limning afzalliklari.

  5. Dasturlash tillarini o’qitishda muammoli ta’limdan foydalanish yo’llari

  6. Xulosa

Tayanch tushunchalar: Ta`lim jarayonida innovasion tehnologiyalar, muammoli ta’lim, o’quv materiallari, muammolar paydo qilish, mustaqil fikrlash, ta’lim oluvchilarning izlanuvchanlik qobiliyati, tahlil jaaryoni, pedagogik va psixologik muhit, fikrlash faoliyati, o’quv axoboti.

Oliy ta’lim tizimida zamonaviy dastur va texnologiyalar asosida yuqori darajada samarali о‘qitishni tashkil yetish va malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash ustuvor masalalardan biri xisoblanadi. Oliy ta’limni islox qilishning bugungi talabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muxitida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalangan xolda о‘qishni tashkil yetish yuzasidan bugungi kun professor-о‘qituvchining vazifasini tubdan о‘zgartiradi.

Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini (AKT), kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda, fuqarolarning axborotlarga ortib borayotgan talablarini tо‘la qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda va axborot resurslaridan bahramand bо‘lishni kengaytirishda Algoritmlar fanini о‘qitish katta ahamiyatga egadir.

О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mо‘ljallangan eng muhim ustuvor yо‘nalishlarga bag‘ishlangan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida shunday deganlar: “Ma’lumki, biz zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g‘oyat muhim e’tibor qaratmoqdamiz.”1

“Dasturlash tillari” fanini о‘qitishdan asosiy maqsad - boʻlajak informatika oʻqituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim boʻlgan bilimlar va amalda qoʻllash uchun koʻnikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Ushbu dasturda har bir kasb egasi uning faoliyat koʻrsatish turidan qat’iy nazar egallashi kerak boʻlgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini nazarda tutadi. Bular munozara darslari, muzokaralar, ishbilarmon о‘yinlar, о‘quv lari, muammoli holatlarni, keys stadilarini yechish va hokazolardir. Ushbu usullar talabalarning ijodiy faolligini oshirishda, iqtisodiy masalalarni hal qilishda, muammoni hal qilishning eng maqbul yо‘llarini topishda yordam beradi.

Odatdagi ma’ruza darslarining an’anaviy tarzda, ilg‘or pedagogik usullarsiz olib borilishi talabadan faollik talab qilmaydi. Darsni о‘zlashtirish ham osonday tuyuladi, fanga nisbatan qiziqish uyg‘onmaydi. Muammoli holatlarning yaratilishi, aniq misollar yordamida masalalarning yechilishi, talabani fanga qiziqtirish, uning faolligini oshirib, kengroq fikrlashga, maqsadga qarab intilishga, kerakli bilim va kо‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi.

Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yо‘nalish - innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. Innovatsion pedagogikatermini va unga xos bо‘lgan tadqiqotlar G‘arbiy Yevropa va AQShda 60-yillarda paydo bо‘ldi. Innovatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuz’mina, V.A.Slastenin, A.I.Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg‘or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazardan yoritilgan. X.Barnet, Dj. Basset, D. Gamil’ton, N.Gross, R. Karlson, M.Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Yedem ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta’limdagi о‘zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning “hayoti va faoliyati” uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.

Yangilik kiritishning sotsial - psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bо‘lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.

Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir.

A.I.Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq о‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.

Abduqodirov A., Pardayev A.lar о‘zlarining “Ta’lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish uslubiyoti” nomli qо‘llanmasida ta’limda pedagogik inovatsiyalar haqida tо‘talib, “innovatsiya”ga berilgan ta’riflarni bayon etgan2:

Innovatsiya - bu pedagogik haqiqatning mumkin bо‘lgan о‘zgarishlarining shunday mazmuniki, u ta’lim va tarbiyaning avvaldan ma’lum bо‘lmagan, avval uchramagan holat, natija, rivojlanadigan nazariyasi va amaliyotiga olib keladi. Bu holat pedagogik haqiqatga butunlay va uning alohida tashkil etuvchilariga tegishli bо‘lishi mumkin ( N.R. Yusufbekova).

Innovatsiyalar - bu ta’lim evolyusiyasi uchun istiqbolli bо‘ladigan va uning rivojlanishiga, shuningdek ta’limning kengroq fazosining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadigan turli tashabbuslar va yangiliklar asosida paydo bо‘ladigan dolzarb ma’noli va tizimli о‘zini-о‘zi tashkil etadigan yangiliklardir ( I.V.Nikishina).

Innovatsiya (yangilik kiritish) - jamiyatning aniq talabini qondiradigan va qator (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy, ekologik) samara beradigan, tubdan yangi yoki modifikatsiya qilingan vositalar(yangilik)ni yaratish va amalga oshirish (joriy etish)ning yakuniy natijasidir (D. V. Sokolov, A. B. Titov, M. M. Shabanova).

Innovatsiya (yangilik kiritish) – mahsulot va texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqish hamda tarqatish, yangi tashkiliy shakllarni joriy etish va sh.k.larga qaratilgan ijodiy faoliyat natijasidir (“Nauchno-texnicheskiy progress” lug‘ati).

Innovatsiya - ishlab chiqarish faoliyatini, fan, madaniyat, ta’lim va jamiyatning boshqa faoliyat sohalaridagi iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy munosabat jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari va ishlanmalarni foydalanishdir (“Innovatsionniy menedj-ment” ma’lumotnomali qо‘llanma).

Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida о‘qituvchi innovatsion faoliyatiga zarurat tug‘ildi. Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki о‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. О‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning tо‘qnashuvi va о‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini kо‘zda tо‘tadi. О‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart - sharoitlarga bog‘liq. Unga о‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini о‘qtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida о‘qituvchi о‘z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bо‘ladi.

О‘qituvchi faoliyatida о‘z - о‘zini faollashtirish, о‘z ijodkorligi, о‘z - о‘zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa о‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu о‘qituvchining о‘z mustaqillik mavqeyini mustahkamlashga, dunyoga, pedagogika faniga, о‘ziga bо‘lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. О‘qituvchi о‘z nuqtai nazarlariga о‘ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda о‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati о‘zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu о‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. О‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni о‘zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.

О‘qituvchi va talaba о‘rtasidagi muloqot namunasining о‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bо‘lganidek, qistovlar, hukmga bо‘ysunish kabi unsurlardan holi bо‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, о‘zaro boshqarilishi, о‘zaro yordam shaklida qurilgan bо‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu о‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.

Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:

- kasbiy faoliyatning ongli tahlili;

- meyorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;

- kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;

- dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bо‘lish;

- о‘z imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarish, о‘z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.

Demak, о‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bо‘ladi.

Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida о‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bо‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan о‘lchanadi:

• ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va о‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda о‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, о‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bо‘ladi;

• ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo о‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;

• pedagogik yangilikni о‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan о‘qituvchining munosabati harakteri о‘zgarishi.

О‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samardorligini belgilovchi muayyan meyorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday meyorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qо‘llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik, pedagogik yangilik meyori sifatida о‘zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi.



Biz, aniq о‘quv mashg‘ulotlari misolida, dars berish va о‘quv jarayonida guruhlarda ishlash usulidan qanday foydalanish mumkinligini kо‘rsatib beramiz hamda yangi innovatsion texnologiyalarning ushbu metodlarini tahlil etamiz:

Ushbu usulning о‘ziga xosligi - amaliy yо‘nalishga ega biron-bir о‘quv vazifasini amalga oshirish yoki amaliy ni bajarish uchun ta’lim oluvchilarning izlanuvchi guruhlarini shakllantirishdan iborat. Bu usulni amalga oshirish, yuqori darajada muammoli vazifalarni qо‘yishni va kichik guruhlarga izlanish faoliyatida tо‘liq mustaqillikni berishni talab qiladi. Aynan shu tufayli, guruhlarni ixtiyoriy belgisi bо‘yicha shakllantirishga ruxsat beriladi.



Ularning ishidan maqsad - ijodiy yondoshishni talab qiladigan mini-tadqiqot о‘tkazish. Ular, empirik material yig‘ilishlari, tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlari, olingan natijalarning yangiligini ifoda etishlari, tadqiqotni ma’ruza kо‘rinishida shakllantirishlari zarur va nihoyat, tadqiqotning asosiy mazmuni hamda natijalarini, turli fan о‘qituvchilari va ota - onalardan tashkil topgan maxsus ekspert kengash oldida “himoya” qilishlari kerak.

Ushbu metod о‘quvchi - talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni о‘rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuqur о‘rganishdan oldin о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.

Klasterlarga ajratish - о‘quvchilarga biror mavzu bо‘yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. U turli g‘oyalar orasidagi bog‘lanishlar haqida fikr yuritishga undovchi strukturalarni ajratib olishni talab etadi.

Bu metod biror mavzuni chuqur о‘rganishdan avval о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, о‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi о‘zlashtirish, umumlashtirish hamda о‘quvchilarni shu mavzu bо‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.



Ushbu texnologiyani о‘quvchilar bilan individual va guruh bо‘lib ishlaganda qо‘llash mumkin. Klasterlarga ajratish texnologiyasi uncha murakkab emas.

  1. Katta о‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning о‘rtasiga ochqich sо‘z yoziladi;

  2. О‘quvchilar ushbu sо‘z bilan bog‘liq xayolga kelgan sо‘z va jumlalarni uni atrofiga yoza boshlaydilar;

  3. Yangi g‘oyalar paydo bо‘lishi bilan xayolga kelgan sо‘zlar ham darhol yozib qо‘yiladi;

  4. Sо‘zlarni yozish jarayoni о‘ituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha sо‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi.

Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur.

  1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e’tibor bermasdan yozib borish;

  2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermaslik;

  3. Vaqt tugaguncha, iloji boricha tо‘xtalmasdan yozish;

  4. Iloji boricha kо‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish;

  5. G‘oyalar va sо‘zlar sonini cheklab qо‘ymaslik.

“Aqliy hujum” - jamoa bо‘lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi.

“Aqliy hujum”ning tamoyili juda sodda. О‘qituvchi о‘quv­chilar oldiga masalani qо‘yadi va ushbu masalani yechish bо‘yicha о‘zlarining fikrlarini bayon qilishni sо‘raydi. Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning g‘oyalari haqida о‘z fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yо‘q.

“Aqliy hujum”ning qoidalari quyidagilardir:



  • taklif etilayotgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi;

  • ish g‘oyalar sonini kо‘paytirishga qaratilgan, g‘oyalar qancha kо‘p bо‘lsa shuncha yaxshi;

  • har qanday g‘oyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish mumkin;

  • har bir g‘oya yozib boriladi;

  • aqliy hujum о‘tkazish vaqti qat’iy о‘rnatiladi va unga rioya qilinadi.

Aqliy hujum tugagandan sо‘ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. Tahlil qilinganda avvalo taklifning foydalilik jihatlariga e’tiborni qaratish lozim.

Bu shunday metodki, unga kо‘ra 36 ishtirokchi ma’lum bir vaqt mobaynida biror bir masalani muhokama qilib, kо‘pchilik guruh a’zolarining masalaga bо‘lgan munosabatlarini bilib olish mumkin.

Har biri 6 kishidan iborat bо‘lgan 6 ta guruhda ma’lum bir vaqt mobaynida о‘qituvchi tomonidan qо‘yilgan muammo muhokama qilinadi. Shundan sо‘ng о‘qituvchi guruh a’zolari orasida oldingi bahs guruhida qatnashgan о‘quvchilari bо‘lgan yangi guruh tuzadi. Yangi guruhda ishtirokchilar о‘z guruhlarida qilgan ishlarining natijalarini muhokama qiladilar.

Ushbu metod bilan mashg‘ulot quyidagicha olib boriladi:



  1. Mashg‘ulot oldidan о‘qituvchi 6 ta stol atrofiga 6 ta о‘rindiq qо‘yib chiqadi.

  2. Sinf har biri 6 ta о‘quvchidan iborat bо‘lgan 6 ta guruhga bо‘linadi.

О‘quvchilar о‘z о‘rinlarini egallab bо‘lganlaridan sо‘ng о‘qituvchi bahs mavzusini e’lon qiladi (guruhlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli jihatlariga tegishli bо‘lishi mumkin).

О‘qituvchi ish borishini nazorat qilib turadi. Barcha guruh a’zolari masalaning shartini tо‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilgach, savollarga javob beradi va agar ishtirokchilar yordamga mutoj bо‘lib qolsalar, ularga qо‘shimcha kо‘rsatmalar beradi.



Belgilangan vaqt tugaganidan sо‘ng о‘qituvchi yangi guruhlar tuzadi. Bunda har bir guruhda oldingi bahs guruhlaridan albatta bittadan vakil ishtirok etadi.

NILUFAR GULI” chizmasi - muammoni yechish vositasi. О‘zida nilufar guli kо‘rinishini namoyon qiladi. Uning asosini tо‘qqizta katta tо‘rt burchaklar tashkil etadi.

Tizimli fikrlash, tahlil qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi.

Chizmani to‘zish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: tо‘rt burchak markazida avval asosiy muammoni (gʽoya, vazifa) yozadilar. Uning yechish gʽoyalarini esa markaziy tо‘rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta tо‘rt burchaklarga yozadilar. Markaziy tо‘rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta tо‘rt burchaklarga yozilgan gʽoyalarni, atrofda joylashgan sakkizta tо‘rt burchaklarning markaziga yozadilar, ya’ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning xar biri о‘z navbatida yana bir muammodek kо‘riladi.

Chizmani to‘zish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida-kichik guruhlarda chizma tuzadilar: avval asosiy muammoni (gʽoya, vazifa) yozadilar, sо‘ngra kichik muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil kо‘rib chiqish uchun “kichik shoxchalarni” chiqaradilar. Shunga asosan har bir gʽoyalar rivojlanishini batafsil kuzatish mumkin.

Amaliy nuqtai nazardan barcha gʽoyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta-ikkitasi bilan chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi.

Sizga katta qogʽoz varagʽi zarur bо‘ladi. Doimo о‘zingiz mushohadalaringiz natijasini bir varaq qogʽozda kо‘rish foydali hisoblanadi. Qarama-qarshi holda esa sizga bir varaqdan boshqasiga sakrab yurishingizga va bunda zaruriy biror muhim narsani unutishingizga olib keladi.

Hozirgi kunda ta’lim tizimida "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni maktab amaliyotiga tadbiq etishning yakuniy bosqichi davom etmoqda.

Pedagogika fanida o’qitish jarayoni ikki tomonlama ta’lim oluvchi tomonidan bajariladigan o’kuv faoliyati va ta’lim beruvchining o’rgatuvchilik faoliyati yig’indisidan iborat ekanligi e’tirof etiladi. Bu qoidani inkor etib bo’lmagani kabi zamonaviy ta’lim mazmuni umuminsoniy va milliy tajribalardan tashkil topshi ham xayotiy xaqikatdir.

Ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi va mustakil fikr yuritishlariga undashi bevosita ta’lim beruvchi faoliyatiga eoglik. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni faollashtiradigan, o’zi va o’rganuvchi uchun qulay bo’lgan yo’l , usul va uslublarni o’qitish shakllari mgtsd va vaziyatlarni izlaydi. Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib o’kuv jarayonining yukori sifat va samaradorligiga erishadi. Zero, "agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi mukarrar".

Yosh avlodni erkin mustaqil fikrlashi uchun ta’lim tizimida muammoli usuldan, muammoli vaziyatlarni yaratish yoki muammoli ta’limni tashkillash maksadga muvofikdir.

Muammoli ta’lim deyilganda, o’kuv materialini ta’lim oluvchilar ongida ilmiy izlanishga undash, bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan kilib o’rganish tushuniladi. O’rgatishning bu usulida ta’lim oluvchining fikrlash faoliyatida mantiqiy, to’g’ri, ilmiy xulosalarni izlash va o’zlashtirishga rag’batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Yuzaga kelgan muammoni xal qilish uchun, u o’rganiladigan qoidalarni to’g’ri tushunib olishga intiladi. Muammoli ta’limni tashkil kilishdan asosiy maqsad:

a) talabalarni mustakil fikrlashga o’rgatish;

b) mustaqil bilim olish , o’z ustida ishlash ko’nikmasini singdirii1;


v)ta’lim oluvchilarni izlanuvchanlik kobiliyatlarini shakllantirnsh:

g) o’z fikr - muloxaza za takliflariga suyanib xulosa chikarishga, fikrlarni dalillar asosida asoslab berishga tajribalar o’tkazishga o’rgatishdan iboeatdir.

Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida muammoli vaziyatlarning har xil turlaridan foydalanilmokda. Boshlang’ich sinflarda bolalarning faxmini rivojlantiradigan biluv topshiriqlaridan, masalalardan, yukori sinflarda har narsani bilishga qiziqish va xavas uyg’otadigan, ya’ni fanlar bo’yicha maxsus masalalardan, o’rta maxsus kasb-xunar, akadem lisey va oliy ta’lim tizimida esa ta’lim oluvchi ongida mukarrar sur’atda mayilli bir savol tug’iladigan va shu savolga javob kaytarish istagi paydo bo’ladigan, shuningdek, intellektual hislar va ruxiy kechinmalar xosil qiladigan muammoli vaziyat yaratilmokda.

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ta’lim oluvchilar oldida tez-tez muammolar paydo qilish, ya’ii muammoli vaziyat yaratish usulidan unumli foydapanishmoqda.

Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.

         Bugun jamiyat ta'lim maskanlari oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.

         Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.

         Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va boshqa shu kabilar) va o'quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o'qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo'llash qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq o'quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.

         Muammoli ta'lim nazariyasi o'quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik – pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi.

         Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o'quvchi faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o'quv jarayonini qayta qurish g'oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko'rish asosida muammoli ta'limning asosiy g'oyasi aniqlanadi: muammoli ta'limda bilimning deyarli katta qismi o'quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o'quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.

Ma'lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim ko'rsatikichi – yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar ta'lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so'zning zamonaviy ma'nosida rivojlanuvchi ta'lim deb hisoblash mumkin.

         Rivojlanuvchi ta'lim deb, ya'ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan shunday ta'limni hisoblash mumkinki, unda o'qituvchi fikr yuritishning qonuniy rivojlanishni bilimga tayangan holda, maxsus pedagogik vositalar yordamida o'z o'quvchilarini fan asoslarini o'rganish jarayonida fikrlash qobiliyati va bilish ehtiyojini shakllantirishga oid maqsadga yo'naltirilgan ish faoliyatini olib boradi.

         O'qitish jarayoniga muammoli o'qitish texnologiyasini qo'llash uchun o'qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:


  1. O'quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;

  2. Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish;

O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur.

Pedagogika fanlarining o’qitishni tashkillashtirishda muammoli usuldan foydalanish alohida ahamiyatga egadir. Masalan: "Zardo’shtiylik dinining birinchi olovi kayerda yoqilgan", yoki doskaga kuyidagi tasvirni tushirib, "Kaykovusni qarindoshlik rishtalarini aniklang", yoki "Anbar otin nima uchun kizlar maktabida chistonlardan foydalangan", yoki "ta’lim va tarbiya jarayonlarining xususiyat va qonuniyatlari orasida kanday fark va o’xshashliklar bor?" yoki "Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan o’kitish paradshmasini anikdang". Bu savollar ko’rinishidan juda soddaga o’xshasa xam, uni echish, unga javob topish , asoslash ta’lim oluvchini o’ylangiradi, fikrlarini teranlashtiradi, natijada u o’zining bilimlarini ishga soladi. Bu jarayonda ta’lim beruvchi quyidagi talablarni nazarda tutishi shart:



  1. Ta’lim o.tuvchilar bilish kiyinchiligiga ega, ya’ni o’rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish.

  2. Ta’lim oluvchilarda bilishga qiziqish uyg’otish.

  3. Taxlil jarayonida ta’lim oluvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish.

  4. Ta’lim sluvchiga qulay pedagogik-psixologik muhitni tashkil kilish.

Tajribalarnin)- ko’rsatishicha muammo natijalarini topish, ta’lim oluvchilarda bklishga xavas, izlash-kidirishga intilish, intellektual hislar, ruhiy kechinmalarni xosil qiladi. Muammoli tatlim vauni tashkil etish bir qancha afzalliklarga ham ega:

  1. Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarni mantikiy-ilmiy, ijodiy, fikrlashga o’rgatadi.

  2. Muammoli ta’lim o’kuv axborotini chukurroq o’zlashtirishga olib keladi.

  3. Ruhiy koniqish, o’z imkoniyatlarini va kuchiga ishonish tuyg’usini vujudga keltirish.

  1. Ta’lim oluvchilarda yangiliklar yaratish va mantikiy xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.

  2. Haqikatning, qonuniyatning osonlikcha paydo bo’lmasligi, u ta’lim oluvchidan intilish, izlanish, mashakqatlarga barham berish kabi ilmiy e’tiqodlarini chuqurlashtiradi.

  3. Ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatida ularda xar narsaii bilishga havas, faxm-farosatlikni tarbiyalashga yordam beradi.

  4. Ta’lim oluvchiga mustaqil o’qishga qiziqish va yangilikka intilish hissini o’stiradi.

  5. Ta’lim oluvchida ijod qilishga intilish va o’zgalar fikrini hurmat qilish kabi shaxsiy fazilatlarni taribyalashga yordam beradi.

Shark mutaffakiri A.R. Beruniyning pedagogik va didaktik qarashlarida, o’quvchilarning o’kitish hamda taribiyalash jarayonida birinchidan, turli mavzularda muloxazalar yuritishni, shuningdek o’kuvchining zerikmasligini, xotirasiga malol keltirmaslikni (zo’riqtirmaslikni) ta’kidlab aytgan fikrlarini keltirish joiz: "Bizning maqsadimiz o’quvchini toliktirib qo’ymaslikdir, xadeb bir narsani o’kiyberish zerikgrli bo’ladi, va toqatni toq qiladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga utib tursa u huddi turli tuman bog-rog’larda sayr kilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar-o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko’rgisi va tomosha kilgisi keladi. Har bir yangi vokea-narsa kishiga rohat bag’ishlaydi".

Muammoli ta’lim informatika fanini o’qitishda keng qo’llanadigan interfaol metodlardan biridir. Bu ta’lim texnologiyasi o’quvchini fikrlashga, mulohazali bo’lishga, o’rganilayotgan hodisa haqida keng va chuqur mushohada yuritishga o’rgatadi. Informatika fanini o’rgatishda shu texnologiyadan foydalanilsa, o’quvchilar mavzuni teran va ongli idrok etadilar. Informatika fanini o’rgatishda hamma mavzularni o’rgatishda bu usuldan foydalanib bo’lmaydi. Mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda bu usul qo’llanishi mumkin. O’qituvchi muammo qo’yilishi mumkin bo’lgan mavzuni to’g’ri belgilay olishi kerak. Agar mavzu to’g’ri belgilanmasa, kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi.

Dasturlash tillari ta’limida butun bir dars jarayonini muammoli ta’lim texnologiyasi asosida qurish imkoniyati yo’q. Muammo darsning ma’lum qismida yuzaga keltiriladi va o’quvchilar e’tiboriga havola etiladi. O’quvchilar qo’yilgan muammoni hal qilish uchun mavzuga oid nazariy tushunchalarni atroflicha o’rganadilar, muammo yechimiga yordam beradigan amaliy ishlarni bajaradilar. Bunday amaliy ishlarga dasturlash tillarii taqqoslash, guruhlarga ajratish, misollar topish kabi mustaqil ishlar kiradi.

O’qituvchi bu texnologiyani qo’llashda sinfni guruhlarga bo’lib ish olib borsa, maqsadga erishish imkoniyatlari kengayadi. Guruhlar muammoni birinchi bo’lib echishga intiladilar va faolroq ishlaydilar. Guruhlar bilan ish olib borish muammo yuzasidan bir necha echimlarni qiyoslash imkoniyatini ham beradi. O’quvchilar o’qituvchi yordamida muammoga oid eng to’g’ri echimni belgilaydilar. 9-sinfda pascal dasturini o’rgatishda mazkur texnologiyadan foydalanish mumkin.



1 И.А. Каримов Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаравонлигини оширишга хизмат қилади: 2010 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2011 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларга бағишланган ЎзР Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маъруза, 2011 йил 21 янв./ - Т.: Ўзбекистон, 2011. -48 б.

2 Абдуқодиров А., Пардаев А. Таълим ва тарбияда замонавий педагогик технологиялардан фойдаланиш услубиёти – Т.: Истеъдод, 2014.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish