Andijon davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi


Birinchi bob. Soha atamalari va atamashunoslik masalalari



Download 256,46 Kb.
bet11/23
Sana22.09.2021
Hajmi256,46 Kb.
#181685
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida maxsus atamalarni oqitish muammolari

Birinchi bob. Soha atamalari va atamashunoslik masalalari

    1. Atama- ma’lum fan yoki xunar sohasiga oid tushunchalarni qayt qilish, saqlash

va bu sohada to`plangan bilim, tajriba, texnik maxorat va malakani boshqalarga berish vositasidir. Shuning uchun ilm - fan, texnika ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi atamalarning nazariy va amaliy qimmatini oshiradi. Mutaxasisislarning bir birini tushunish uchun, imiy va ilmiy pedagogik va muxandis mutaxasislarini tayorlashhda, ilmiy, ilmiy texnik adabiyotlar va darsliklarni yaratishda, ilmiy-statik xisoboti, xalq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda sifatli va ko`pchilig maqullagan atama lug`atlarining bo`lishi muxim axamiyatga ega.Fach-spra-che die; alle Fachausdrücke u.spezifischen Formulirungen(od.Berufzweig) verwendet werden u.für Laien mst nur schwer od.gar nicht zu verstehen sind: die juristische, medizinische F.7

Xozirgi texnikaning yuqori taraqiy etgan bir paytda adabiy til yanada zakovatli bir shakilga ega bo`lib muxitning ma’lum bir sohalar bo`yicha ixtisoslashi ro`y beradi. Shu sababli ham mutaxasisilar bilan tilshunoslar va oddiy til ixlosmandlarini manfatlari va qiziqishlalri to`qnashadi. Bu toqnashish munozara masalani tog`ri xal bo`lishiga muvofiq manzur atamani tanlab olishga yordam beradi va yagona yo`nalishni vujudga keltiradi.

Atama- ifodaloyotgan tushunchani aniq ifodalashi kerak. Tilshunos olim G Shuxrad “atamashunoslikdagi noaniqlik, chalkashlik tuman ichidagi paroxodni boshqarish bilan barobar” degan edi. Atama qo`lashdagi aniqlik darxol ro`y bermaydi, yillar davomida tanlash, tartibga solish, nixoyat umumlashtirish, standartlashtirsh orqali ro`y beradi.

Atamalarning aniqligi millatning, ma’rifati, madaniyati darajasini ko`rsatadi.

Umuman ona tilida atamalarni puxta ishlanishi, tartibga solishni darslik qo`lanmalar tuzishi uchun ham zarur bo`lgan manbadir. Atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir etadi, chunki uslubning turli sohalarini yaratuvchi vositalardan biri atamadir.

Ma`lumki, so`zlar bir nechta ma`noga ega bo`ladi. Ko`p ma`noli so`zlarning aniq ma`nosi kontekstda gap tarkibida aniqlanadi. Bunday so`zlar nuqtaning ta`sirli, jonli ixcham va badiiy bo`lishida nihoyatda katta rol o`ynaydi. Shu bilan birga, har bir tilda o`zining ishlatish doirasiga ko`ra cheklangan, asosini birgina ma`noga ega bo`lgan birgina tushunchani ifodalaydigan so`zlar ham bo`ladi. Bunday so`zlar, xususan fan, texnika, sanoat, siyosat, til va adabiyot, hunarmandchilik kabi turli sohalarda uchraydi. Bu sohalarda hamma diqqat borligini faqat mantiq jihatidan bilishga qaratilgan. Shuning uchun fan, texnika, siyosat sohalarida nihoyatda aniq bo`lishi talab qilinadi.Rus tilidagi so’zi termin so‘zi lotincha “terminus” so`zidan olingan bo`lib, chegara, chegara belgisi, chek ma`nolarini anglatadi. Fan-texnika va boshqa sohaga oid narsa-hodisa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatish sohasi shu sohalar bilan chegaralangan so`zlar yoki so`z birikmasi atama deb ataladi. Atamalar bir ma`noli bo`lishi ekspressivlik va emotsionallikka ega bo`lmasligi kabi belgilari bilan ham umumiste`moldagi so`zlar bilan farqlanadi.

Atamalarning muhim xususiyati shundaki, ular ko`p ma`noli bo`lmaydi. Ko`chma ma`nolarda ishlatilishi nihoyatda kam uchraydi. Masalan, operatsiya atama sifatida 1) tibbiyot sohasida yorish, kesish, kesib olib tashlash va shu yo`llar bilan kasallikni tuzatish va davolash maqsadida. 2) Harbiy sohada biror vazifa va maqsadni amalga oshirishga qaratilgan urush harakatlari ma`nosida. 3) Davlat idoralarida rasmiy muomala (masalan: bank pochta operatsiyasi kabilar ma`nolarda qo`llaniladi.

Fan-texnika, adabiyot, san`at ishlab chiqarishning taraqqiy etib borishi bilan atamashunoslik ham rivojlanib boradi, ya`ni atamalar paydo bo`ladi. Ba`zi bir eskirib keraksiz bo`lib qolgan atamalar esa iste`moldan chiqib qoladi.

K.M.Musayev atamashunoslikni tilninng leksikasi sifatida go`yo bir shaharga qiyoslaydi. Uning fikricha atamashunoslik yagona reja asosida qurilsada, lekin birdaniga barpo etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil avlodga mansub bo`lgan turli me`morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har bir qurilayotgan inshootni yaxshi o`rgangan holda barpo etadilar.

Atamashunoslikni tartibga solishdagi o`ziga xos murakkablik shu bilan belgilanadi8. Rus tilshunosi D. S. Lotte atamashunoslik bag`ishlangan asarlarda barcha sohaviy atamashunosliklar uchun umumiy bo`lgan quyidagi kamchiliklarni k`orsatib o`tgan.



  1. Barcha atamashunoslik sistemalar uchun taniqli bo`lgan kamchiliklardan bir atamalarning ko`p manoliligidir. Bunda bir atama ikki va undan ortiq manolarda qo`llaniladi.

  2. Ikkinchi yirik nuqsonlardan biri atamalar sinonimyasi xodisasidir. atama- sinonim (dublet) lar deganda muayyan bir tushunchani ifodalash uchun ikki undan ortiq atamaing muomilada bo`lishi tushuniladi.

  3. Atamashunoslikdagi muayyan bir kamchilik bu ma’lum bir tushunchani ifodalashga xizmat qiluvchi atamaning anglatishi lozim bo`lgan tushuncha moxiyatiga uyg`un bo`lmasligidir. Bazi xolatlarda so`zning aynan manosi bilan tushuncha moxiyati o`rtasidagi nomutanosiblik vujudga keladi.

  4. Atamaning ko`p komponentlardan iborat bo`lishi va natijada, uni qo`lashdagi noqulaylikdir. Bunday muayyan bir trushunchani ifodalashga xizmat qiliuvchi atama ikkii va undan ortiq komponentlardan ibort bo`ladi.

  5. Atama talafuzining noquylayligi. Bunday atamalar ikki sababga ko`ra vujudga keladi: 1) Asosiy treminnni yaratishda uning derivatvlik imkoni imkoniyatlari yetarlicha inobatga olinmaydi. 2) Xorijiy atamani o`zlashtirishda unga jiddiy etibor bilan qarab, tanqidiy yondashilmaydi.

  6. Atamashunoslikdagi eng katta kamchilik bu atamashunoslikni keragidan ortiq miqdorda xorijiy atamalar bilan to`ldirib tashlashdir.

Xech qanday til faqat o`z atama elimentlari bilan hisobiga atamashunosliksini qura olmaydi. Til qurish jarayoni shuni ko`rdsatadiki, dunyoda sof tilni o`zi umuman mavjud emas.

  1. Ko`p hollarda bazi tushunchalarni ifodolovchi atamalar iste’molda mavjud bo`lmaydi. Natijada bunday tushunchalar o`ta muxim va axamiyatli bo`lishiga qaramasdan, keng tarqalish imkoniyatidan maxrum bo`ladi.

  2. Yana bir kamchilik shuki, atama yaratishda u ang`latishi lozim bo`lgan tushuncha moxiyati bilan o`zaro batartiblikni yetishmasligidir.

D.S.Lotte tomonidan ko`rsatib o`tilgan barcha soha atamashunosliklariga oid bu kamchiliklar, oradan 40 yildan ortiq vaqt o`tishiga qaramasdan bugungi kunda ham o`z axamiyati va dolzarbligini yo`qotmasdan turibdi.

Ma’lumki atamashunoslik lug`atlar ham soha atamashunosliksini tartibga solishda o`ziga xos axamiyat kasb etadi. Akademik G` Abduraxmonov atamashunoslik lug`atlarni ma’lum fan sohasiga xizmat qilibgina qolmay atamaallarni tartibga solish, takomillashtirish hamda standartlashtirishda ham muhim ro`l o`ynashini ta’kidlab o`tgan. Atamashunoslik lug`tlar uchun atama tanlash nixoyatda ma’sulyatli ish. Chunki har bir atama ma’lum tushunchani to`g`ri ifodalashi o`zi ifodalangan sohaga va ayni chog`da ona tili qonuniyatlariga mos bo`lishi shart. Tanlangan atama bir manoli, ihcham so`z yoki birikmadan iborat bo`lishi, qolaversa u sinonimlarga ega bo`lmasligi kerk. Atamashunoslik lug`atlar bir tilda yoki ikki tilda tuzilib uning vazifasi har bir sohadagi atamalarni izoxlab, tushuntirib berishdan iborat. Bunday lug`talar “Maxsus lug`tlar”, ya’ni “Soha lug`tlar” Deb ham yuritiladi. Atamashunoslik lug`atlar har qaysi soha bo`yicha tuziladi.ilmiy uslubdagi leksikada atamalar aloxida o`rinni egallaydi.

Atamashunoslik ilmiy uslubining alomatlari yetakchi deb tan olingan.

Xozirgi zamon fani va texnikasi diferensiyalashish va maxsuslashish bilan xarakterlanadi. Masalan, zamonaviy fanlar 500 dan ortiq soha va tarmoqlarga bo`linib ketganki, ularning xar qaysisi o`zining takomilashtirilgan atamashunosliksiga ega. Shu bilan birga fan va texnikaning barcha soha va tarmoqlari maxsuslashgan bo`lishi bilan bir qatorda umumiy xamdir, binobarin, ular soha mutaxasislarining tor manfatlari bilan cheklanib qolmaydi.

Provardida, atamalar aniq amaliy ishlarda qo`llash uchun qulay bo`lmog`i lozim. Zamonaviy atamashunoslik xarakterli xususiyatlardan biri.

Mutonasib bo`lmagan keng ommaning u yoki bu darajalari tor mutaxasislar o`rtasida qo`laniladigan atamalar bilan duch kelishini taqazo qiladi. Negaki fan va texnika, ayniqsa, bizning mamalaktimizda keng ommaning mulki bo`lib qoladi.




Download 256,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish